Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer-ligasi

21-tur, 11 yanvar, soat 21:00. Bosh hakam: Fil Daud

MANCHESTER YUNAYTED

0 : 1

SAUTGEMPTON

Dushan Tadich (69)
JAMOALAR TARKIBI
01.David de Xea (D)
17.Deyli Blind
04.Fil Jons
03.Lyuk Shou
12.Kris Smolling
08.Xuan Mata
07.Anxel Di Mariya
25.Antonio Valensiya
16.Maykl Kerrik
10.Ueyn Runi
20.Robin van Persi
  23.Freyzer Forster (D)
21.Rayan Bertran
02.Nataniel Klayn
06.Joze Fonte
17.Tobi Alderveyreld
22.Eljero Elia
12.Viktor Vanyama
04.Morgan Shnayderlen
08.Stiven Devis
16.Jeyms Uord-Prous
19.Grasiano Pelle
ZAHIRA
32.Viktor Valdes (D)
33.Patrik MakNeyr
06.Jonni Evans
42.Tayler Blekett
21.Ander Errera
31.Maruan Fellayni
49.Jeyms Uilson
  01.Kelvin Devis (D)
05.Florin Gardosh
33.Mett Tarjet
28.Xarrison Rid
11.Dushan Tadich
27.Lloid Isgruv
07.Sheyn Long
SARIQ KARTOCHKA
Robin van Persi (58)
Maykl Kerrik (76)
 
Dushan Tadich (70)

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat. Bugun soat 01:00da boshlanadigan "Barselona" va "Atletiko" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan onlayn translyasiyani o‘tkazib yubormang
'
Ushbu g‘alabadan keyin Ronald Kuman shogirdlari o‘z ochkolarini 39taga yetkazishdi va 3-o‘ringa ko‘tarilib olishdi! "MYu" esa 4-o‘ringa tushib qoldi
90+6'
O‘yin yakunlandi! "Sautgempton" sensasion tarzda "Old Trafford"dan g‘alaba bilan qaytadi!
90+5'
"Sautgempton" burchak zarbasini ishlashdi
90+3'
Olis masofadan yuqorilatib yetkazilgan to‘pni Forster egallab oldi
90+2'
Jarima maydonchasiga chap burchakdan kirgan Fellayniga to‘p yuqoridan uzatildi, Maruan ko‘kragi bilan to‘pni o‘ziga bo‘ysundirdi, ammo himoyachilar keyin to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirishdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi
88'
Oho! Qarshi hujum natijasida Pelle 15 metrlardan zarba yo‘lladi. Noaniq
87'
Runi burchak to‘pini o‘yinga kiritdi, ammo bu ham samara bermadi
84'
Mata! Felayni to‘pni o‘ng qanotdagi Valensiyaga uzatdi. Antonio jarima maydonchasiga uzatma berdi va Mata to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon yo‘lladi. Zarba kuchli, ammo aniq chiqmadi
80'
"Sautgempton"da o‘zgarish: Stiven Devis o‘rniga Xarrison Rid maydonga tushdi
79'
Yana Mataaaaa! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Xuan darvozaga yaqin joydan zarba berdi. To‘p sakrab kelgani bois zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi!
78'
Vuuuuuuuh! Mataaaaa! Valensiya qanotida ikki marta uzatilgan to‘pni himoyachilar qaytarishdi. Ikkinchi uzatmadan keyin to‘p chap qanotga o‘tib ketdi. Blind darvoza oldiga to‘pni qaytardi. Forster zo‘rg‘a barmog‘i bilan narigi tomonga urdi va o‘zi yiqildi. To‘p bo‘sh turgan Mataga kelib tushdi. U darhol zarba berdi, ammo to‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi. Darvoza deyarli bo‘sh ediya!
76'
Maykl Kerrik ogohlantirish oldi. Raqib hujumini buzgani uchun
76'
Mata jarima zarbasini yuqoridan darvoza yaqiniga uzatdi. Havo to‘plari uchun kurashda "Sautgempton" himoyachilar to‘laligacha yutib chiqishmoqda!
74'
Chap qanotdan havolatib yetkazilgan to‘pga Runi va himoyachi sakradi. To‘p himoyachining boshidan yon tomonga ketdi
72'
"MYu"da o‘zgarish: Di Mariya maydonni tark etdi. Maruan Fellayni o‘yinni davom ettiradi
70'
Futbolkasini yechgani uchun Tadich ogohlantirish oldi
69'
GOOOOOOL! Dushan Tadich, 0:1! Oldinga chiziqqa uzatilgan to‘pni mehmon futbolchilarga egallashdi va Pelleni o‘ng tomondan darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqarishdi. Grasiano yaqin burchakni nishonga oldi, to‘p ustunga tegib ortga qaytdi. Tadich jarima maydonchasi chizig‘i ustidan narigi burchakni ishg‘ol qildi!
69'
Mezbonlar asta-sekin bosimni oshirishmoqda, o‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Forster egallab oldi!
63'
"Sautgempton"da ham o‘zgarish bo‘ldi. Eljero Elia o‘rniga Dushan Tadich o‘yinni davom ettiradi
61'
"MYu"da o‘zgarish: Van Persi o‘rniga Ander Errera tushirildi
61'
O‘ng qanotdan to‘p chap oyoq bilan darvozabon maydonchasiga yetkazildi. Runi to‘pga oyoq cho‘zdi, ammo yeta olmadai. Forster to‘pni egallab oldi
60'
"Sautgempton" o‘ng qanotdan hujum tashkil qilib, to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. "MYu" xavfni bartaraf etdi
58'
Robin van Persi sariq kartochka oldi. Maydon markazida Fonteni ortidan tepib yiqitgani uchun
56'
Di Mariya jarima maydonchasining chap tomonida to‘pni egalladi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilar yana to‘pni qaytarishdi. Qanotlardan uzatmalar mezbonlarga samara keltirayotgani yo‘q hozircha
56'
Bugun "MYu"ning g‘alaba qozonishi oson bo‘lmasligi ko‘rinib turibdi. Kuman shogirdlari mutlaqo konsentrasiyani yo‘qotishmayapti
55'
Lyuk Shou chap qanotdan yerlatib kuchli uzatma berdi. Himoyachilar qaytarishdi
53'
Deyli Blindga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Darvozagacha 30 metrlardan belgilangan "standart"da Runi jarima maydonchasiga yetkazdi. Fil Jons bosh bilan noaniq zarba berdi
51'
"Sautgempton" yarim himoyachisi to‘p bilan jarima maydonchasi kirib keldi, ammo kuchli zarba berishga ulgurmadi
49'
"Sautgempton" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi, bosh bilan berilgan zarba aniq chiqmadi
48'
Di Mariya o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo uzatmani aniq bera olmadi
46'
Mehmonlar raqib darvozasi oldida taxlikali vaziyatni yuzaga keltirishdi. Xavf bartaraf etildi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha hisob ochilmadi
45+1'
Mata himoyaga yaqin joyda to‘pni oldi, 2-3 nafar himoyachini orasidan o‘tib, chap qanotdan oldinga o‘tgan Di Mariyani to‘p bilan ta’minladi. Anxelning uzatmasini himoyachi bosh bilan qaytardi. Runi bosh bilan to‘pni oldinga urdi, ammo Van Persi ofsaydda qoldi
45'
Dastlabki taymga 1 daqiqa qo‘shildi
45'
Di Mariya 24 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p yaqin ustun yonidan o‘tib ketdi
41'
Uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyat! Runi to‘p bilan jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va qarshisida 3 himoyachi bo‘lishiga qaramay, chap tomonda ochiq turgan Van Persiga to‘pni yetkaza oldi. Robin chap oyoqda zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib yuqoriga ko‘tarildi va uni Forster egallab oldi!
37'
Mezbonlar maydon markazida to‘pni olib qo‘yishdi Di Mariya o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirib keldi. To‘g‘ridan darvozabon maydonchasiga yaqinlashgan Runiga uzatma berdi. To‘pni Forster egallab oldi
34'
Di Mariya burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi. Ish darvozaga zarba berishgacha yetib bormadi
32'
"MYu" yaxshi bosim uyushtirdi. Chap qanotdan yetkazilgan to‘p qaytarildi, ammo uni o‘ng tomonda Valensiya egallab, jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Mataga yetkazdi. To‘pni mehmonlar qaytarib qolishdi
30'
Runi to‘p bilan jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va ichkarida turgan Van Persiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni tepib yubordi
29'
Blind to‘pni yuqoridan darvozabon maydonchasiga uzatdi. Di Mariya to‘pga biroz yeta olmadi. To‘p posbonga nasib etdi
27'
"Sautgepton" burchak to‘pni o‘yinga kiritib berdi. Fonte bosh bilan zarba yo‘lladi, ammo noaniq
26'
O‘yin jarima maydonchasidan jarima maydonchasigacha davom etmoqda. Hozircha xavfli vaziyatlar yo‘q
21'
Tobi Alderveyreld maydonga qaytmadi, Uning o‘rniga Florin Gardosh tushirildi
21'
Di Mariya jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza oldidan o‘tib ketdi
17'
"Sautgempton" himoyachisi Alderveyreldning darvoza oldida yotganini ko‘rgan mezbonlar to‘pni maydondan chiqarib yuborishdi
13'
Mehmonlarning burchak zarbasi samarali chiqmadi
12'
"Sautgempton" o‘ng qanotdan jarima zarbasini amalga oshirdi. Kerrik bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
11'
So‘nggi 3 daqiqa davomida tashabbus mezbonlar tomonida bo‘ldi, ammo "avliyolar" yaxshi himoyalanishdi
8'
To‘p burchakdan o‘yinga kiritilganidan so‘ng Di Mariya to‘p bilan jarima maydonchasining burchagi tomon yurdi va chap oyoqda olis ustun tomon uzatmani amalga oshirdi (yoki zarba berdi), to‘p hech kimga tegmay, maydonni tark etdi
7'
Jarima zarbasini himoyachilar maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi.
6'
Di Mariyaga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. To‘p oldida Runi
4'
"Barselona"ning sobiq darvozaboni Viktor Valdes "MYu"ning zaxira darvozaboni sifatida qaydnomaga kiritilganini e’tiborga molik
3'
"Avliyolar" chap qanotdan jarima zarbasini o‘yinga kiritishdi. "Qizil iblislar" xavfni bartaraf etishdi
2'
"MYu" qizil oq, "Sautgempton" esa to‘q ko‘k forma va sariq getrada o‘ynamoqda
1'
"MYu" va "Sautgempton" o‘rtasidagi o‘yin boshlandi!
'
Assalomu alaykum yana birta Angliya futboli muxlislari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.