Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Ispaniya La ligasi

18-tur, 12 yanvar, soat 01:00. Bosh hakam: Undiano Malyenko

BARSELONA

Neymar (12)
Luis Suares (35)
Lioyenel Messi (87)

3 : 1

ATLETIKO

Mario Manjukich (57-pen.)
JAMOALAR TARKIBI
13.Klaudio Bravo (D)
03.Jerar Pike
18.Xordi Alba
22.Dani Alves
04.Ivan Rakitich
08.Andres Inyesta
14.Xavyer Maskerano
05.Serxio Buskets
10.Lionel Messi
09.Luis Suares
11.Neymar
  01.Migel Moyya (D)
20.Xuanfran
24.Xose Ximenes
02.Diyego Godin
18.Xesus Games
07.Antuan Grizmann
14.Gabi
05.Tyagu
06.Koke
10.Arda Turon
09.Mario Manjukich
ZAHIRA
01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
15.Mark Bartra
21.Adriano
20.Serxi Roberto
12.Rafinya
07.Pedro Rodriges
31.Munir el-Haddodiy
  13.Yan Oblak (D)
03.Gilyerme Sikeyra
23.Juan Miranda
08.Raul Garsiya
04.Mario Suares
17.Saul Niguyes
19.Fernando Torres
SARIQ KARTOCHKA
Luis Suares (59)
Maskerano (74)
Lionel Messi (81)
 
Xesus Games (22)
Mario Manjukich (33)
Xuanfran (49)
Tyagu Mendesh (65)
Antuan Grizmann (69)
Diyego Godin (83)

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat!
'
"Barselona" juda chiroyli o‘yin namoyish qildi (ayniqsa, birinchi bo‘limda) va o‘ta muhim o‘yinda g‘alaba qozondi. Natijada kataloniyaliklar "Real"ni ta’qib qilishda davom etadigan bo‘lishdi.
90+3'
O‘yin yakunlandi. "Barselona" - "Atletiko" - 3:1!
90+3'
"Atletiko" o‘ng qanotda maydon markaziga yaqin joyda jarima zarbasini o‘yinga kiritdi. Bravo to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘p undan o‘tib ketdi. Rafinya to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirishga muvaffaq bo‘ldi!
90+1'
Luis Suares o‘rniga Pedro Rodriges tushirildi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
87'
GOOOOOOOOOOOL! Messssiiii! 3:1!!! Gol qarshi hujum natijasi bo‘ldi. Olis masofadan chap qanotdagi Suaresga to‘p yetkazildi. Luis to‘pni qarama-qarshi qanotdagi Messiga uzatdi va Leo o‘ng tomondan Rakitichning oldinga o‘tishini kutib, unga pas berdi. Ivan to‘pni jarima maydonchasiga kirgan Messini o‘ziga qaytardi, to‘p esa undan o‘tib ketdi, ammo himoyachining oyog‘iga tegib, o‘ziga qaytib keldi. Lionel yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi!
84'
"Atletiko"da o‘zgarish: Xesus Games o‘rniga Gilyerme Sikeyra tushirildi
84'
Neymar chap qanotdan himoyachilardan qochib, oldinga o‘tdi va to‘pni orqaroqqa - jarima maydonchasi chizig‘i ustiga qaytardi. Messi to‘pni to‘xtatmasdan darvoza tomon tepdi. Moyya to‘pni egalladi
83'
Diyego Godin vatandoshi Suaresga nisbatan qoidabuzarligi uchun ogohlantirish oldi
81'
Messi to‘pni Alvesga uzatib, o‘ziga jarima maydonchasiga kirdi. Yuqorida uzatilgan to‘pga Messi oyoq cho‘zdi va darvozabonga urilib ketdi. Sariq kartochka!
80'
Vuuuuuh! Mehmonlar hisobni tenglashtirishlariga sal qoldi. Burchakdan yetkazilgan to‘pni Pike bosh bilan qaytardi. Takroriy hujum paytida Arda Turon tavani bilan Pikening oyoqlari orasidan o‘tkazib, Torresga pas berdi. Fernandoning zarbasini darvozabon qaytardi va himoyachilar to‘pni jarima maydonchasiga tashqarisiga qaytarishdi. "Atletiko" futbolchisining zarbasini Bravo egallab oldi!
77'
Vuuuuh! Darvozalar oldida bittadan xavfli vaziyat yuzaga keltirildi! Messi jarima maydonchasi chizig‘i ustidan to‘pni egallab, chap oyoqqa to‘pni to‘g‘rilayotganida himoyachilar undan to‘pni olib qo‘yishdi. Qarshi hujumda esa o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgan Torres tomon pas berildi. Bravo chaqqonlik qilib, to‘pni egallab oldi!
75'
Mehmonlar jarima zarbasini o‘yinga kiritishdi. Pike bosh bilan to‘pni qaytardi va kataloniyaliklar tezda qarshi hujumga o‘tishdi. Suares tomon olis masofadan yetkazilgan to‘pni himoyachi qaytarib qoldi
74'
Maskerano ogohlantirish oldi
74'
"Atletiko"da o‘zgarish: Grizmann o‘rniga Raul Garsiya tushirildi
73'
O‘yin tempi yana oshib bormoqda. Mezbonlarda chiroyli harakatlar kuzatilmoqda. Messi chap qanotdan oldinga o‘tayotgan Suaresni darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqarmoqchi bo‘ldi. Himoyachi bosh bilan to‘pni qaytardi, Messi baland sakrab qaytgan to‘pni o‘ng tomonga uzatdi. Ammo Suares keyinchalik qoida buzdi
69'
Antuan Grizmann ogohlantirildi
68'
"Atletiko"da o‘zgarish: Gabi o‘rniga Fernando Torres tushirildi
66'
Messining jarimadan yo‘llagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi
65'
Tyago Mendesh ogohlantirish oldi. Neymar bir emas, ikki emas, 3-4 nafar raqib futbolchisidan o‘tib ketayotgandi, Mendesh oxiri uni qo‘li bilan tortib qoldi
64'
Vuuuuuh! Neymar jarima maydonchasining chap burchagida to‘pni qabul qildi va to‘pni biroz o‘ngroqqa olib zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib, 11 metrli nuqta atrofida turgan Messiga kelib tushdi. Messining zarbasini himoyachilar qaytarishdi
63'
Xuanfran o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga ko‘tardi. Pike to‘pni qaytardi, Messi to‘pni egallayotgan paytda unga nisbatan qo‘pollik ishlatildi
59'
Luis Suares hakam bilan tortishgani uchun sariq kartochka oldi. Ivan Rakitich yiqitilgani uchun Suares hakamdan penalti so‘radi
57'
Mario Manjukiiiich! Kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! 2:1! O‘yin davom etadi!
56'
Penalti! "Barsa" darvozasiga! Messi aybdor! To‘p oyoq cho‘zib, Xesus Gamesni jarima maydonchasi ichida chalib yiqitdi
51'
Messining zarbasini Godin bosh bilan qaytardi va Leo burchakka yaqin joyda to‘pni egallab, ikki himoyachidan o‘tib ketayotganida to‘p maydonni tark etdi
50'
Alvesga nisbatan qoida buzildi. Jarima maydonchasining o‘ng burchagidan jarima zarbasi tepiladi
49'
Xaunfran to‘pni qabul qilayotgan Neymarga qo‘pollik ishlatdi va ogohlantirish oldi
48'
"Atletiko" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi va bosh bilan zarba berildi. Darvoza to‘riga yuqoridan kelib tushdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Statistika: to‘p nazorati - 69%-31%, Zarbalar - 11:1, Aniq zarbalar - 5:0, Burchak to‘plari - 1:0.
'
"Barselona" Luis Enrike qo‘lostida o‘zining eng yaxshi o‘yinini namoyish qilmoqda. "Atletiko" yaqin orada hali bunchalik zaif ko‘rinmagandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Barselona" - Atletiko" - 2:0. Tanaffus.
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
43'
"Atletiko" futbolchisi chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, ikki himoyachining orasidan o‘tmoqchi bo‘lganida Pike to‘pga oyoq qo‘ydi, hujumchi to‘pga qoqilib yiqildi. Qoida buzilmadi
38'
"Atletiko" chap qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Pike bosh bilan to‘pni qaytardi...
35'
GOOOOOOOOL! Luis Suareeeeeesssss! 2:0! Messi maydon markazida to‘pni himoyachining ustidan o‘tkazib, oldinga o‘tdi va jarima maydonchasiga yaqinlashib kelib, chap qanotda ochilgan Suares to‘pni uzatdi. Luis yaqin masofadan kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! Ammo! Takroriy lavhada Messi maydon markazida to‘pni qo‘li bilan o‘ziga bo‘ysundirgani ko‘zga tashlandi. Hakam buni ko‘rmay qolibdi
33'
Buskets va Manjukich o‘rtasida tushunmovchilik yuzaga keldi. Natijada Mario sariq kartochka oldi
32'
Yana bir xavfli hujum va kombinasiya. Uzatmalardan keyin Rakitich o‘ng tomondan yerlatib darvozabon maydonchasiga pas berdi. Suares to‘pga yeta olmadi, Moyya to‘pni qo‘liga oldi
30'
Yana bir qarshi hujum! Messi o‘ng qanotdan oldinga bordi va jarima maydonchasi kirib borgan Rakitichga uzatma berdi. Ivan himoyachini ortda qoldirdi va yuqoridan uzatma berdi. Moyya to‘pni egalladi
29'
Vuuuuuuh! "Barselona" qarshi hujumda o‘ta xavfli o‘ynamoqda. Xuddi birinchi golda bo‘lgani kabi Neymar jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va Messiga to‘pni berdi. Lionel bir himoyachini aldab, narigi qanotga pas berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi, Messi darvozaning ustidan oshirib Neymarga pas berdi. Himoyachi to‘pni bosh bilan qaytardi, boz ustga hakam hujumda fol ishlatildi deb topildi
27'
Chap qanotda Turonga nisbatan qoida buzildi. Mehmonlar o‘sha joyning o‘zida qisqa masofadan to‘pni o‘yinga kiritishdi. Mezbonlar xavfni bartaraf etishdi
23'
Neymmmmmmaar! Messining uzatmasidan keyin Suares o‘ng tomondan oldinga o‘tdi, yo‘l-yo‘lakay bir himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirdi va darhol qarama-qarshi qanotdagi Neymarga havodan uzatma berdi. Braziliyalik hujumchi bosh bilan zarba berdi, ammo to‘p darvoza yonidan o‘tib ketdi!
22'
Xesus Games sariq kartochka oldi. Messiga nisbatan ishlatilgan fol uchun
20'
Maydon markazida Messiga nisbatan fol ishlatildi
18'
Neymarning oyog‘idan oqayotgan qon getraning ustiga sizib chiqmoqda... Qiziq, bu yaqqol qizil kartochka edi! Malyenko hattoki o‘yinni to‘xtatmadi...
16'
Oy-oy-oyyyy..... Rakitich jarima to‘pini jarima maydonchasi tashqarisida zarba berish uchun chog‘langan Neymarga uzatdi. Himoyachi tik oyoq bilan ungan tashlandi. Neymar unga urilib, juda xunuk yiqildi. Undiano Malyenko hattoki o‘yinni to‘xtatmadi
15'
Messiga nisbatan fol ishlatildi
13'
Albaaaaa! Jarima maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi. Darvozabon qaytardi, qaytgan to‘pga Suares yeta olmadi...
12'
GOOOOOl!!!!! Neymaaaar! 1:0! Barcha ish jarima maydonchasi ichida bo‘ldi va u o‘ngdan chapga qarab rivojlandi. Kombinasiya va uzatmalarga ahamiyat bering: Messi-Alves-Messi-Suares-Neymar! Chiroyli va murakkab kombinasiya. Ko‘p sonli madridlik himoyachilar qarshilik ko‘rsata olishmadi
9'
Ehhhhh, Messsiiii! Neymar jarima maydonchasi yaqinlashib keldi va Messiga to‘pni berdi. Lionel bir himoyachidan o‘tib ketib, darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib borib, o‘ng oyoqda zarba yo‘lladi. Zarba noaniq chiqdi
7'
"Barsa" to‘pni nazorat qilishga o‘tdi
5'
Alba chap qanotda to‘pga yetib oldi va jarima maydonchasiga qaytardi, Neymar to‘p uchun kurashda himoyachidan ustun keldi, ammo o‘zi yiqildi. To‘pni Migel Moyya egallab oldi.
4'
Burchak to‘pi o‘yinga kiritildi. Himoyachi Pikega urilib yiqildi, hakam hujumda fol ishlatildi deb topildi
3'
Alba chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga kirayotgan Neymar tomon uzatdi. Himoyachi yotgan holda to‘pni qaytarib yubordi
2'
"Barselona" ko‘k-anorrang, "Atletiko" esa oq rangli formada harakat qilmoqda
1'
O‘yin boshlandi!
'
Kimningdir xotirasiga 1 daqiqa sukut saqlandi
'
O‘yin boshlanishidan oldin La liga rahbariyati Messiga — Ispaniya chemponatining eng yaxshi to‘purariga maxsus sovrinni taqdim etishdi.
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
'
"Barsa"da shunday vaziyat yuzaga kelganki, ertaga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Bunday ahvolda futbolchilar qanday o‘yin ko‘rsatishadi, buni o‘yin davomida kuzatib boramiz
'
Markaziy uchrashuvdan tashkil qilinayotgan matnli translyasiyani kuzatib borishga taklif etamiz
'
"Barselona" La liganing 18-turida o‘z maydonida "Atletiko"ni qabul qilmoqda
'
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.