Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

FIFAning 2014 yil laureatlarini taqdirlash marosimi

12 yanvar, soat 22:30

:

JAMOALAR TARKIBI
 

Matn

'
Krishtianu Ronalduning muxlislarini tabriklaymiz! U haqli ravishda sovrinni qo‘lga kiritdi
'
Ronaldu sovrinni Blatterdan qabul qilib oldi va so‘zga chiqib, ko‘pchilikka minnatdorchilik bildirib o‘tdi
00:02'
DIQQAT! 2014 YILNING ENG YAXSHI FUTBOLCHISI — KRISHTIANU RONALDUUUUU!
23:59'
Sahnaga Tyerri Anri taklif etildi. U "Oltin to‘p" nomini o‘qib eshittiradi. Da’vogarlar yana bir marta eslatib o‘tilmoqda
23:56'
Diqqat! Nadin Kesler "Oltin to‘p" sovrini egasi! Germaniya terma jamoasi va "Volfsburg" jamoasi futbolchisi
23:53'
"Oltin to‘p"ga uchinchi da’vogar Manuel Noyer sahnaga taklif etildi. Gvardiola darvozabon haqidagi fikrlarini bayon qildi, uning do‘sti Noyerga savol berdi va Manu savolga javob berdi
23:51'
Eslatib o‘tamiz, Pushkash nomidagi sovringa Stefaniya Roshe (Irlandiya) va Robin van Persi (Gollandiya)ning gollari ham da’vogarlik qilishgandi.
23:48'
Pushkash nomidagi eng yaxshi gol sovrini Xames Rodrigesga topshirildi. U JCH-2014da Urugvay darvozasiga chiroyli gol urdi. U jarima maydonchasi tashqarisidan to‘pni ko‘kragi bilan qaytarib, uni yerga tushirmasdan zarba berdi. To‘p darvoza to‘siniga tegib, chiziqni kesib o‘tgandi
23:45'
Kristian Karambyoga sahnaga taklif etildi. Ushbu futbolchi Pushkash nomidagi eng chiroyli gol sohibi nomini o‘qib eshittiradi
23:43'
Sahnaga ayollar o‘rtasida "Oltin to‘p" da’vogarlari — Nadin Kesler, Marta, Ebbi Uembax taklif etilishdi. Sovrin kim nasib etadi. Birozdan keyin bilib olamiz
'
Shveysariyalik qo‘shiqchi Bastian Beyker kuylamoqda
'
Ayollar o‘rtasidagi "Oltin to‘p"ga da’vogar futbolchilar ham navbati bilan yaqindan tanishtirilmoqda. Kesler, Marta, Uembax...
23:25'
Sahnaga "Oltin to‘p"ga yana bir nomzod Lionel Messi taklif etildi. Luis Enrike o‘z shogirdi haqida fikrlarini bildirib o‘tmoqda.
23:17'
FIFAning "Fair Play" sovrini JCH-2014da ishlagan barcha volontyorlarga bag‘ishlandi. FIFA bosh kotibi Jerom Valke so‘zga chiqib, bu haqda ma’lum qildi
23:10'
2014 yilning eng yaxshi murabbiyi — Germaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov! Unga sovrinni Otmar Xitsfeld topshirdi
23:09'
"Yilning eng yaxshi murabbiyi" nominasiyasiga navbat keldi. Yoaxim Lyov, Karlo Anchelotti, Diyego Simeone.
'
Ralf Kellerman — "Folsburg" ayollar klubi bosh murabbiyi ayollar futbolida jahonning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Unga sovrinni Otmar Xitsfeld topshirdi!
23:05'
"Ayollar jamoasida eng yaxshi murabbiy" nominasiyasida g‘olib nomini bilib olamiz. Nomzodlar nomlari e’lon qilinmoqda
23:02'
"Oltin to‘p"ga da’vogar futbolchilardan biri Krishtianu Ronaldu yana bir marta sahnaga taklif etildi. Uning o‘yinlaridan lavhalar namoyish etildi, Anchelotti futbolchi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tildi. Ronalduning o‘zi ham Anchelotti haqida iliq fikrlarni bildirdi. "Real" bilan 10-ECHLning bosh sovrinini qo‘lga kiritganimiz fantastik lahzalar edi", - deydi Ronaldu
22:56'
"Nufuzli sovrinni qo‘lga kiritish men uchun katta baxt. 1979 yilda ilk marta Blatter bilan suhbatlashgandim. 2014 yilga kelib uning qo‘lidan maxsus sovrinni qo‘lga kiritdim", - deya o‘z fikrlarini bayon qildi Xiroshi Kagava.
22:52'
Yaponiyalik sport jurnalisti Xiroshi Kagava FIFA prezidenti sovrini bilan taqdirlandi! Bu hamkasbimiz 90 yoshga to‘libdi. Qoyil
22:47'
Jahonning 2014 yildagi ramziy terma jamoasi quyidagicha ko‘rinish oldi: Noyer — Ramos, Lam, Silva, David Luiz — Di Mariya, Inyesta, Kroos — Robben, Ronaldu, Messi
22:45'
4-3-3 taktik sxemasida 3 nafar hujumchi bilan tanishing: Aryen Robben (Gollandiya, "Bavariya), Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, "Real"), Lionel Messi (Argentina, "Barselona")!
22:42'
Yil terma jamoasiga kiritilgan 3 nafar yarim himoyachi: Anxel Di Mariya (Argentina, "MYu"), Inyesta (Ispaniya, "Barselona") va Toni Kroos (Germaniya, "Bavariya)
22:39'
Ramziy terma jamoadagi 4 nafar himoyachilar: Serxio Ramos (Ispaniya, "Real"), Filipp Lam (Germaniya, "Bavariya), Tiagu Silva (Braziliya, "PSJ"), David Luiz (Braziliya, "PSJ").
22:38'
Jahonning 2014 yildagi ramziy terma jamoasini aniqlaymiz. Davrozada — Manuel Noyer (Germaniya, "Bavariya)
'
Birinchi sovrin egasini bilib olamiz. Pushkash nomidagi yilning eng chiroyli goli!
'
Ular zaldagi o‘z joylarini egallashdi
22:32'
Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi "Oltin to‘p"ga da’vorgarlar sahnaga kirib kelishdi. Eslatib o‘tamiz, erkaklar o‘rtasidagi sovringa Ronaldu, Messi va Noyer da’vogarlik qilishmoqda
22:28'
2014 yildagi yirik musobaqalar bahslaridan videolavhalar namoyish etilmoqda
'
"Frans Futbol" bosh muharriri ham so‘zga chiqmoqda
'
Blatter fransuz tilidagi nutqini yakunladi
'
FIFA prezidenti marosimni kirish so‘zi bilan ochyapti
'
Bugun bir nechta yo‘nalishlarda 2014 yilning eng yaxshilarini aniqlab olamiz
'
Marosimdan tashkil etilayotgan matnli onlayn translyasiyani kuzatib borishga taklif etamiz
'
FIFAning 2014 yilning eng yaxshilariga sovrin topshirish marosimi boshlanish arafasida
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.