Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Osiyo kubogi-2015

«V» guruhi, 2-tur. 14 yanvar, soat 12:00. Bosh hakam: Abdulloh al-Hiloliy (Ummon)

KXDR

Ryang Yong Gi (11)

1 : 4

SAUDIYa ARABISTONI

Naif Hazzoziy (37)
Muhammad as-Sahlaviy (52, 54)
Navof Al-Obid (77)
JAMOALAR TARKIBI
1.Ri Myong Guk
3.Jang Song Xyok
4.Jon Kvang Ik
8.Ryang Yong Gi
9.Pak Song Chol (S)
10.Pak Kvang Ryong
11.Jong Il Gvan
13.Sim Xyon Jin
15.Jang Kuk Chol
16.Cha Jong Xyok
19.Ri Yong Jik
  1.Volid Abdulloh
3.Usama Havsaviy
4.Abdulla ad-Dosariy
5.Umar Havsaviy
7.Salmon al-Faraj
9.Naif Hazzoziy
10.Muhammad as-Sahlaviy
12.Hassan Muaz Falatah
14.Saud Kaririy (S)
18.Salim ad-Davsariy
20.Navof al-Obid
QIZIL KARTOCHKA
Ri Yong Jik (76)
 

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi. KXDR - Saudiya Arabistoni - 1:4. Eni e’tiborimizni Xitoy-O‘zbekiston uchrashuviga qaratamiz
90+1'
BUrchakdan yetkazilgan to‘pga hozirgina maydonga tushgan Von bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Ehhhhh, Pak Kvang Ryong! Jarima maydonchas chizig‘i ustida u to‘p uchun kurashda himoyachidan ustun keldi va birga bir vaziyatda zarba yo‘lladi. Volib Abdulloh zarbani qaytardi! Burchak to‘pi
88'
Saudiyaliklar to‘pni nazorat qilib, oldinga o‘tib turishibdi. Hozircha beshinchi gol uchun vaziyat yuzaga kelmadi
84'
Saudiyaliklar olis masofadan kuchli zarba yo‘llashdi. Ri Myong Guk zarbani qaytardi. Qaytgan to‘pni egallagan saudiyaliklarga koreyaliklar xavfli hujum tashkil qilish imkonini berishmadi
81'
Saud Kaririy o‘rniga Ibrohim g‘olib tushirildi
77'
Penalti belgilangan vaziyatda KXDR futbolchi maydondan chetlatildi
77'
GOOOOL! Navof Al-Obid! 1:4! Penaltidan yo‘llangan zarba darvozabonning qo‘lidan darvoza ustuniga tegib, chiziq bo‘ylab qarama-qarshi qanotga harakatlandi va Navofning o‘zi birinchi bo‘lib to‘pga yetib keldi va darvozani ishg‘ol qildi
76'
KXDR darvozasiga penalti! Saudiyalik hujumchi birga bir vaziyatda zarba yo‘lladi. To‘p darvoza to‘siniga tegib qaytayotganida himoyachinng qo‘liga tegdi
75'
Sahlaviy o‘rniga Taysir tushirildi
74'
Muhammad Sahlaviy kesib o‘tuvchi pas bilan Hazzoziyni birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Ammo laynsmen qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va ofsaydni ko‘rsatdi
72'
Sim Xyon Jin ogohlantirish oldi
71'
Ehhhh, Sahlaviyyyy! U markaziy himoyachini chiroyli tarzda ortda qoldi, darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatda zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi!
69'
Vuuuuuuh! Saudiya o‘yin taqdirini uzil-kesil hal qilib qo‘yishi mumkin edi! Jarima maydonchasi ichida ular bir necha marta zarba berishdi, zarbani himoyachilar qaytarishdi. Shundan so‘ng chap tomonda ochiq turgan Davsariyga pas berildi. Uning 7-8 metrdan yo‘llagan zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi!
68'
Saudiya o‘z jarima maydonchasi yaqinida to‘pni oldirib qo‘ydi va koreyaliklar to‘pni darhol jarima maydonchasiga uzatishdi. Jong Il Gvan to‘pga biroz yeta olmadi
67'
Vuuuuuh! Hazzoziy o‘ng tomondan bir futbolchini aldab, jarima maydonchasiga kirib bordi va zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
63'
Koreyaliklar yaxshi imkoniyatga ega bo‘lishdi. Jarima maydonchasi ichida hujumchilar bir birlarini yaxshi tushunishmadi
60'
KXDRda o‘zgarish: Cho Jong Xyok o‘rniga Ro Xak Su tushirildi
57'
Shimoliy Koreya futbolchisining olis masofadan yo‘llagan zarbasi noaniq chiqdi
55'
KXDR bosh murabbiyi Cho Tong Sob o‘zgarishga qo‘l urdi
54'
GOOOOOL! Muhammad as-Sahlaviy, 1:3! Himoyachi va darvozabonning qo‘pol xatosidan so‘ng hujumchi to‘pni egallab oldi va bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi!
52'
GOOOOOOL! Muhammad as-Sahlaviy, 1:2! Qanotdan yetkazilgan to‘pni hujumchi darvozaga burib qo‘ydi!
50'
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Muhammad Sahlaviy bosh bilan darvozaga yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
48'
KXDR ikkinchi bo‘lim boshida katta kuch bilan oldinga tashlanmoqda
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha KXDR-Saudiya Arabistoni - 1:1. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
43'
Burchak to‘pi saudiyaliklar uchun samarali bo‘lmadi
42'
Vuuuuuuuh! O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Navof al-Obid jarima maydonchasi ichida ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi va uni yerga tushirmasdan zarba yo‘lladi. Ri Myong Guk muqarrar goldan jamoasini qutqardi!
37'
GOOOOOOOL! Naif Hazzoziy, 1:1! Al-Obid jarima maydonchasi chizig‘i ustida o‘ng qanotdan ichkariga kirgan Hazzoziyni to‘p bilan ta’minladi. Naif deyarli birga bir vaziyatda kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi!
34'
Pak Kang Ryong jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Noaniq
31'
Xavfli vaziyat! Burchak to‘pi kuchliroq chiqdi va olis ustun tomonga ketdi. Bosh bilan darvozabon maydonchasi yaqiniga qaytarildi. Sahlaviy chalqancha uslubda zarba berishga harakat qildi. Urinish muvaffaqiyatli chiqmadi, to‘p darvoza oldidan o‘tib ketdi
29'
Qanotdan yetkazilgan to‘pga koreyalik hujumchi jarima maydonchasi ichida bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza oldidan o‘tib ketdi
26'
Arablar olis masofadan to‘pni Hazzoziyga yetkazishdi. Hujumchi to‘pga yeta olmadi
24'
KXDR chap qanotdan jarima maydonchasiga havodan uzatma berdi. Saudiyaliklar qaytarishdi
21'
To‘p nazorati Kosmin Olariu shogirdlari tomonida. Ammo koreyaliklar yaxshi himoyalanishmoqda
17'
Vuuuuuuuuh! Saudiya hisobni tenglashtirishiga bir bahya qoldi! To‘p burchakdan yetkazilganidan keyin narigi qanotga o‘tdi va u jarima maydonchasiga qaytarildi. Naif Hazzoziy bosh bilan bergan zarba ustun yoyoyoyonginasidan o‘tib ketdi!
16'
O‘ng qanotdan KXDR darvozasi oldiga yetkazilgan uzatma xavfli bo‘ldi, ammo himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
15'
Koreyaliklar qarshi hujumlari xavfli bo‘lmoqda. Maydon markazidan yetkazilgan to‘pni hujumchi bosh bilan oldinga urdi, ammo to‘pni posbon egallab oldi
15'
Saudiyaliklar olis masofadan zarba yo‘llashdi. Ri Myong Guk to‘pni egalladi
11'
GOOOOOOOL! Ryang Yong Gi! 1:0! Shimoliy koreyaliklar chiroyli hujum tashkil qilishdi. Jarima maydonchasining o‘ng burchagida futbolchilardan bir yuqoridan yetkazilgan to‘pni bosh bilan sherigiga tashlab berdi. 18 metrlardan yo‘llangan zarbani Volid Abdulloh qaytardi, to‘pga birinchi bo‘lib yetib borgan Ryang Yong Gi darvozani ishg‘ol qildi!
7'
Vuuuuuuuh! Burchak to‘pidan keyin Sim Xyon Jin bosh bilan zarba yo‘lladi. To‘sin ostiga kirayotgan to‘pni darvozabon qaytarib qoldi!
7'
Oho! KXDR futbolchisi jarima maydonchasining chap burchagidan kuchli zarba yo‘lladi! Volid Abdulloh to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi
6'
Saudiyaliklar o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yerlatib uzatma berishdi. Koreyaliklar to‘pni qaytarishdi
4'
KXDR terma jamoasi o‘yin boshidanoq katta shijoat bilan o‘ynashmoqda
1'
Saudiya to‘pni o‘yinga kiritdi. Jong Il Gvan pressing chog‘ida riqibining oyog‘iga tepdi va sarich kartochka oldi
1'
O‘yin boshlandi
'
Saudiya yashil, KXDR oq rangli formada o‘ynaydi
'
Endi esa navbat Saudiya Arabistoni davlat madhiyasiga
'
Shimoliy Koreya davlat madhiyasi yangramoqda
'
Saudiya Arabistoni va KXDR terma jamoalari maydonga chiqib kelishdi
'
Osiyo kubogi-2015 guruh bosqichi muhim pallaga kirib bormoqda. Bugun "V" guruhida 2-tur o‘yinlari boshlanmoqda. Ushbu o‘yinlari chorak final yo‘llanmasi uchun kurashda vaziyatga ancha oydinlik kiritib beradi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.