Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Osiyo kubogi-2015

«V» guruhi, 2-tur. 14 yanvar, soat 14:00. Bosh hakam: Muhammad Abdulla Hassan (BAA)

XITOY

Vu Si (55)
Sun Ke (68)

2 : 1

O‘ZBEKISTON

Odil Ahmedov (22)
JAMOALAR TARKIBI
23. Van Daley
10.Chjen Chji
4.Szyan Chjipen
5.Chjan Linpen
15.U Si
2.Jen Xan
7.U Ley
3.Mey Fang
21.Yu Xay
18.Gao Lin
17.Chjan Chendong
  12.Ignatiy Nesterov
23.Akmal Shorahmedov
3.Shavkat Mullajonov
5.Anzur Ismoilov
19.Vitaliy Denisov
7.Aziz Haydarov
9.Odil Ahmedov
18.Timur Kapadze
17.Sanjar Tursunov
8.Server Jeparov
11.Igor Sergeev
SARIQ KARTOCHKA
Jen Xan (35)
 
Shavkat Mullajonov (18)

Matn

'
Qolgan fikr-mulohazalarn saytda beriladigan maqolalar orqali o‘qib boramiz
90+4'
O‘yin yakunlandi. Bugun O‘zbekiston emas, bosh murabbiy Mirjalol Qosimov yutqazdi.
90+3'
Rashidov o‘ng tomondan jarima maydonchasi ichida to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. HImoyachilar muammosiz xavfni bartaraf etishdi
90+2'
Sergeev chap qanotdagi Hasanovga to‘pni yetkazdi. Jasurning darvozabon maydonchasi tomon uzatmasini himoyachilar qaytarishdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi. Xitoy esa shu vaqtdayam xavfli hujum tashkil qilishda davom etmoqda
88'
Xitoylik hujumchi chap qanotdan Islomdan o‘tib ketdi, Anzurdan o‘tdi, baxtimizga To‘xtaxo‘jayevning o‘zi ortdan yetib kelib, to‘pni qaytardi. Agar hujumchi narigi qanotdan ochilgan sherigiga uzatma berganida, vaziyat ancha xavfli bo‘lardi
87'
Na o‘yin bor, na paslar aniq, na to‘pni nazorat qilyapmiz. Nima qilishni bilmayapmiz
86'
Xitoy ham hujum qilmoqda
84'
Yo‘q, bunday o‘yin bilan durangga ham erisha olmaymiz. Chunki o‘yinning o‘zi yo‘q
82'
Denisov o‘yin qoidasini buzdi
81'
Chjan Chendong o‘rniga Liu Binbin tushirildi
80'
Ahmedovning uzatmasiga Akmal yeta olmadi
79'
Xitoy hujumchisi kechirdi! Anzur xato qildi, futbolchi Nesterov bilan birga bir vaziyatda gol ura olmadi!
77'
Bizda o‘yinchi almashtirish imkoniyati qolmadi. Vaholanki, hujum tashkil qilishimiz kerak, hujumchi kerak bizga...
75'
Jarima zarbasi burchakka qarab ketib qolishiga qaramay, xitoyliklar to‘pni egallab, jarima maydonchasiga qaytarishdi. Nesterov to‘pni egallab oldi
74'
Vitaliy Denisov jarima maydonchasi burchagida qoida buzdi.
73'
Jasur Hasanov o‘ng qanotga o‘tdi, jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va to‘pni qarama-qarshi tomondagi Rashidov tomon yetkazdi. Uzatma himoyachidan o‘tmadi
71'
O‘zbekistonda uchinchi o‘zgarish: Sanjar Tursunov o‘rniga Jasur Hasanov tushirildi
69'
Mana Xitoy bosh murabbiyi Alen Perrenning strategiyasi! Hozirgina maydonga tushgan futbolchi gol urdi!
68'
GOOOOL! Xitoy - O‘zbekiston - 2:1! Sun Ke jarima maydonmiz tashqarisidan chiroyli zarba bilan olis burchakni nishonga oldi! Ikki markaziy himoyachimiz unga xalal bera olishmadi
67'
Yaxshi, Sardor! U chap qanotdan jaarima maydonchasiga kirdi, bir himoyachini aldadi va zarba yo‘lladi. Zarba uncha kuchli chiqmadi. Darvozabon egalladi
66'
Xitoyda o‘zgarish: Gao Lin o‘rniga Sun Ke tushirildi
65'
Sardor Rashidov jarima zarbasini tepdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi. Boz ustiga, BAAlik hakam hujumda fol qayd etdi
65'
Tursunovga nisbatan o‘ng qanotda fol ishlatildi
64'
Burchak to‘pini xitoylik futbolchining boshidan qarama-qarshi qanotga o‘tdi va to‘pni raqiblarimiz egallab, uni darvozabon maydonchasiga uzatildi. Nesterov to‘pni egalladi
63'
Tezlikdan yutqazib qo‘yyapmiz. Xitoy burchak to‘pi ishladi.
62'
Sardorlik bog‘ichi Odil Ahmedov bilagiga o‘tdi
62'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Server Jeparov o‘rniga Sardor Rashidov maydonga tushirildi
59'
O‘tkazib yuborilgan goldan keyin hamon o‘zimizga kela olmayapmiz. Xitoy esa yuqori pressing va tezlik evaziga bizni o‘yin borasida mag‘lub etmoqda
57'
Tushunarsiz, hammasi tushunarsiz. Qosimov nimani maqsad qilgan o‘zi? Axir Saudiya KXDRni yutganidan keyin biz Xitoyni yirikroq hisobda yutishimiz kerak emasmidi? Tarkib tushunarsiz, taktika tushunarsiz, o‘yin tushunarsiz, tezlik nol...
55'
GOOOL! Vu Si, 1:1! Chap qanotdan berilgan uzatmaga chiqishda Nesterov qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. To‘p qarama-qarshi qanotga o‘tib ketdi. Nesterov joyiga qaytishga ulgurmadi. XItoyliklar to‘pni tezda darvozabon maydonchasi oldiga uzatildi va Vu Si bo‘o‘sh darvozani ishg‘ol qildi!
52'
Faqat himoyalanyapmiz, faqat himoya. To‘pni nazorat qilishni ham eplay olmayapmiz
51'
To‘xtaxo‘jayev maydon markazida fol ishlatdi
48'
Xitoy bosim uyushtirib yotibdi. O‘ng qanotdan, chap qanotdan uzatmalar. Hozir hujumchi 13 metrlardan zarba yo‘lladi! Nesterov to‘pni egallab oldi
46'
O‘zbekistonda majburiy o‘zgarish: Shavkat Mullajonov o‘rniga Islom To‘xtaxo‘jayev tushirildi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Barchamiz tarkibda o‘zgarishlar kutgandik. Masalan, Shuhrat Muhammadiyev, Rashidov kabi futbolchilarni o‘yin boshidan tushirish mumkin edi. Bosh murabbiy tarkibni o‘zgartirmay, o‘z imkoniyatlarini cheklab qo‘ydi. Boz ustiga, Mullajonovda bitta rasmiy ogohlantirish va bitta og‘zaki ogohlantirishga ega. Uni ham almashtirish kerak hali...
'
Birinchi bo‘lim haqida nima deyish mumkin. O‘yinimiz juda sust, birgina rekoshet orqali hozircha hisobda oldindamiz. Qosimov raqibga qarab taktika va tarkib tanlamagan. Shunday taassurot uyg‘onyaptiki, go‘yoki, asosiy maqsadimiz — o‘yin tempini o‘ldirishdan iborat...
45+1'
Qiziq vaziyat yuzaga keldi. Zaxira hakami "1" raqami aks ettirilgan tabloni ko‘tardi, ammo bosh hakam vaqt qo‘shib o‘tirmasdan bo‘limni yakunlab qo‘ya qoldi
45'
Vuh! Chap qanotdan to‘p jarima maydonchamiz tomon uzatildi. Nesterov katta mahorat evaziga to‘pni qaytarib yubordi
44'
Bo‘lim oxirida Xitoy bosimni oshirmoqda. Jarima maydonchamiz ichida ikki marta taxlikali vaziyat yuzaga keldi.
42'
Mullajonov maydon markazida raqibni to‘xtatib qoldi. Hakam vaziyatni taktik fol sifatida baholab, Shavkatga sariq kartochkaga berishi va ikkinchi sariq qizilga aylanishi mumkin edi...
41'
Tursunovning uzatmasidan keyin Shoraxmedov o‘ng qanotda oldingi o‘tdi, ammo chap qanot himoyachisidan o‘tib keta olmadi
39'
Ehhh, Server. Kapadze jarima maydonchasi chap tomonida to‘pni egalladi va Jeparovga pas berdi. Sardorimiz to‘pni to‘xtata olmadi. Aks holda 15 metrlardan zarba yo‘llashi mumkin edi
39'
To‘pni nazorat qilish ko‘rsatkichi - 50-50
37'
Ehhhh, Odil! Jonli devor zarbani o‘ziga qabul qildi.
35'
Jen Xan shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i ustida Server Jeparovni qo‘li bilan tortib qoldi. Sariq kartochka! Xavfli jarima zarbasi!
35'
Xitoyliklar jarima maydonchamiz oldidagi hujumchiga to‘pni yetkazishdi, Mullajonov to‘pni qaytarib qoldi
34'
Sergeev tomon yetkazilgan to‘pga Igor yeta olmadi
32'
Kapadze maydon markazidan oldinga chiziqqa to‘pni uzatdi. Sergeev to‘pga sakradi, uni egallay olmadi. Daley to‘pga ega chiqdi
29'
Tomonlar navbati bilan to‘pni nazorat qilishmoqda
26'
Gao Lil jarima maydonchamizga kirdi va darvozabon maydonchasining chap tomonida to‘pni egallagan zahoti darvoza tomon zarba berishga harakat qildi. To‘p maydonni tark etdi
25'
O‘z vaqtida kiritilgan gol orqali Xitoyning shashtini biroz pasaytirdik deb o‘ylaymiz, ammo hali bo‘shashishga aslo haqimiz yo‘q!
22'
GOOOOOOOOL! GOOOOL! GOOOOOL! Odiiiiiil Ahmedoooooovv! 0:1! Yarim himoyachimiz jarima maydonchasi tashqaridan o‘ng oyoqda kuchli zarba yo‘lladi. To‘p rekoshet holatida Xitoy darvozasining olis burchagiga borib tushdi!
20'
Endi maydon markazida raqib futbolchisi Mullajonovga nisbatan tirsak ishlatdi. Ammo kartochka yo‘q
18'
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin Shavkat Mullajonov jarima maydonchasi tashqarisida havodagi kurashda raqibiga nisbatan tirsak ishlatdi deb hisoblandi va hakam uni ogohlantirdi
18'
Akmal Shorahmedovning jarima maydonchasi burchasidan yo‘llagan zarbasi rekoshet holatida darvozabon uchun noqulay zarba aylandi. Van Daley to‘pni darvoza ustidan o‘tkazib yubordi
17'
Chap yon chiziqdan to‘p o‘yinga kiritilganidan so‘ng 11 metrli nuqta atrofida Jeparov zarba yo‘lladi. To‘p yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi
16'
Jamoamiz maydon markazida to‘pni yo‘qotishi oqibatida Xitoy oldinga o‘tdi va o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Nesterov to‘pni egallab oldi
14'
Ilk marta to‘pni raqib jarima maydonchasiga olib kirdik. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Jeparov bosh bilan zarba berishga urindi. Zarba muvaffaqiyatsiz chiqdi. Boz ustiga, u himoyachiga urilib ketib, yengil jarohat oldi
13'
Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Alen Perren o‘yinoldi matbuot anjumanida O‘zbekistonga qarshi o‘yinga qarshi maxsus reja tayyorlab qo‘yganini ta’kidlagandi. Demak, reja ma’lum. Xitoy o‘yin boshidan bosim uyushtirib, O‘zbekistonning o‘z o‘yinini topib olishiga yo‘l qo‘ymaslik! Biladiki, O‘zbekiston to‘pni o‘z nazoratiga olsa, unda raqibga qiyin bo‘ladi
12'
Xitoy chap qanotdan jarima zarbasini jarima maydonchasiga uzatdi. Nesterov musht bilan to‘pni yon tomonga urib yubordi
11'
Xitoyliklar chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga havodan yetkazishdi. Denisov bosh bilan to‘pni qarama-qarshi qanotga urib yubordi
10'
O‘zbekiston ijrosida ilk hujumga o‘xshagan hujum. Jeparov jarima maydonchasiga yaqinlashayotgan Denisovga to‘pni uzatdi. Vitaliy to‘pni egallashiga himoyachi yo‘l qo‘ymadi
8'
O‘yinimiz qovushayotgani yo‘q, hali hujum haqida gap-so‘z yo‘q. To‘pni tezda yo‘qotyapmiz
7'
Tursunov o‘zi tomon uzatilgan to‘pga yeta olmadi, to‘p maydonni tark etdi. Darvoza oldidan erkin zarba
7'
Navbatdagi burchak to‘pini vakillarimiz qaytarishdi
6'
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin xitoyliklar jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llashdi. Yana bir burchaak to‘pi
5'
Ohohoo! Xitoy chap qanotdan hujum tashkil qildi va to‘pni jarima maydonchasiga uzatishdi. Vu Leyning oyog‘iga to‘p tegdi, ammo u to‘pni o‘zida olib qola olmadi, aks holda Nesterov bilan birga bir vaziyatga chiqib ketardi. Burchak to‘pi
4'
Xitoyning navbatdagi hujumini bartaraf etdik. Denisov to‘pni sheriklariga uzatayotganida raqibga tegib, maydonni tark etdi
2'
O‘yin boshida Xitoy biroz faolroq. Ular o‘ng qanotdan oldingi o‘tmoqchi bo‘lishdi. To‘p yon chiziqdan maydonni tark etdi
1'
Futbolchilarimizning maydon markazidagi xatosidan so‘ng xitoylik futbolchi uzooooq masofadan o‘ta noaniq zarba yo‘lladi!
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
Mini-qur’a natijasiga ko‘ra to‘pni o‘yinga xitoyliklar kiritadigan bo‘lishdi
'
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun KO‘K, Xitoy esa OQ rangli formada harakat qilishadi.
'
Endi esa navbat O‘zbekiston davlat madhiyasiga
'
Xitoy madhiyasi yangramoqda
'
Qadrli futbol muxlislari! Avstraliyanin Brisben shahri! Xitoy va O‘zbekiston terma jamoalari maydonga chiqib kelishdi.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.