Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Nazorat o‘yini, BAA, Abu-Dabi

22 yanvar, soat 16:30. BAA

LOKOMOTIV

Ivan Nagayev (45)

1 : 2

SHAXTYOR

Luis Adriano (5)
Tayson (77-pen.)
JAMOALAR TARKIBI
12. Temur G‘aniyev
5. Anvar G‘ofurov
3. Yevgeniy Gogol
6. Jasur Hasanov (kichik)
77. Jasur Hasanov (katta)
17. Islom To‘xtaxo‘jayev
13. Lutfulla To‘rayev
14. Andrey Kojokar
19. Islom Inomov
23. Ivan Nagayev
18. Sardor Mirzayev
  32. Kaniboloskiy
33. Srna (k)
27. Chigrinskiy
44. Rakiskiy
31. Ismaili
6. Stepanenko
89. Dentinyo
7. Vellington
29. Teysheyra
10. Bernard
9. Luis Adriano
ZAHIRA
26. Eldor Isaboyev
33. Ikrom Alibayev
8. Akmal Xolmatov
29. Viktor Karpenko
2. Salim Mustafayev
22. Sherzod Sharipov
15. Vyacheslav Shevchenko
24. Ibrohim Rahimov
4. Boburbek Yo‘ldoshev
  30. Pyatov
14. Kobin
38. Krivsov
4. Volovik
95. Sobol
3. Xyubshman
8. Fred
77. Ilsinyo
28. Tayson
11. Eduardo

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat. "Bunyodkor" - "Rostov" o‘yinidan uyushtirilayotgan matnli translyasiyani esa kuzatishda davom etamiz.
90+3'
O‘YIN YAKUNLANDI. "LOKOKOTIV" - "SHAXTYOR" - 1:2
90+2'
Karpenko va Rahimov burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Karpenko zarbasi/uzatmasi esa noaniq chiqdi. Bu "temiryo‘lchilar"ning so‘nggi imkoniyati edi.
90+1'
Fred ogohlantirildi
90'
Akmal Xolmatov darvozaning pastki burchagiga to‘pni yo‘lladi, ammo Pyatov to‘pni egallab oldi
89'
Ibrohim Rahimov burchak to‘pi tepiladigan joydan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Himoyachilar to‘pni jarima maydonchasidan tashqarisiga olib chiqishdi, ammo "Loko" futbolchisiga nisbatan qoida buzishdi. Navbatdagi standart.
87'
Eduardo sariq kartochka oldi. Bu ukrainaliklarning uchinchi sariq kartochkasi
87'
"Lokomotiv"ning hujumlarini doneskliklar osonlik bilan bartaraf etishmoqda. Ular ham oldinga katta kuch bilan tashlanishmayapti.
84'
Karpenko burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar to‘pni qaytarib yuborishdi
84'
Ibrohim Rahimov himoyachi Sobolning xatosidan keyin to‘pni egallab olib, Pyatov bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Andrey esa to‘pni egallab oldi. "Kafu"da hisobni tenglashtirish uchun yaxshi imkoniyat bor edi...
82'
O‘yin tugashiga 8 daqiqa vaqt qolmoqda. "Lokomotiv" vaziyatni o‘nglashga harakat qilmoqda. Hozircha besamar
79'
Tayson jarima maydonchasi tashqarisidan darvoza tomon zarba berishga qaror qildi. Noaniq.
78'
Jarohat olgan Ilsinyo o‘rniga Shevchuk tushirildi.
77'
Penaltini esa Tayson aniq amalga oshirdi.
76'
Belgilangan jarima to‘pini Bernard amalga oshirdi. Krivsov to‘p uchun kurashayotganida Islom To‘xtaxo‘jayev jarima maydonchasi ichida uni qo‘pollik bilan yiqitdi. Natijada penalti belgilandi.
76'
"Lokomotiv" darvozasi tomon penalti belgilandi!
74'
Jarima maydonchamiz ostonasida "temiryo‘lchilar" Ilsinyoni chalib yiqitishdi. Braziliyalik futbolchiga tibbiy yordam ko‘rsatildi.
69'
Viktor Karpenko darvoza tomon kuchli zarba berdi. To‘p shundoqqina darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi.
64'
Bernard chap qanot bo‘ylab oldinga intildi va to‘pni Taysonga uzatdi. Ammo uning Eduardoga uzatgan to‘pi vakillarimizga nasib qildi.
60'
"Lokomotiv"da yana 4 nafar o‘yinchi almashtirildi. Maydonni G‘ofurov, Hasanovlarning har ikkalasi va Inomov tark etishdi. Ularning o‘rniga Sherzod Sharipov, Ibrohim Rahimov, Ikrom Aliboyev va Salim Mustafoyev o‘yinni davom ettirishadi.
59'
Tayson Eduardoni zarba berish uchun qulay vaziyatga chiqardi. U ham zarba berishga ulgurdi. G‘aniyev esa to‘pni mushtlari bilan urib yubordi va qaytgan to‘pni himoyachilarimiz egallab olishdi.
57'
Viktor Karpenko darvoza tomon zarba berdi. To‘p rekoshet orqali maydonni tark etdi. Burchak to‘pidan keyin (katta Hasanov ijrosida) esa Pyatov to‘pni egallab oldi.
56'
Chapaqay Hasanov chap qanotdan to‘pni balandlatib jarima maydonchasiga yetkazi berdi. Pyatov esa to‘pni egallab olib jamoasining hujumini boshlab berdi. Bernard hujumni rivojlantirdi va darvozabonimiz bilan birga-bir vaziyatga chiqishi mumkin bo‘lgan vaziyatda Boburbek Yo‘ldoshev xavfni bartaraf etdi.
55'
Ikkinchi bo‘lim boshida "Lokomotiv"dan Kojokar, Mirzayev, Gogol va Nagayev maydonni tark etishdi va ularning o‘rniga Akmal Xolmatov, Viktor Karpenko, Boburbek Yo‘ldoshev va Vyacheslav Shevchenko tushirildi.
54'
"Lokomotiv" tezkor hujum tashkil qildi. Dilshod Jabborov jarima maydonchasi tashqarisidan darvoza tomon kuchli zarba berdi. "Shaxtyor"ni goldan darvozabon Andrey Pyatov qutqarib qoldi.
53'
to‘p bu safar Bernard va Ilsinyo orqali Taysonga kelib tushdi. Braziliyalik ftubolchi imkoniyatdan foydalana olmadi.
51'
Tayson - Kobin - Ilsinyo kominasiyasidan so‘ng hujum jarima maydonchamizga ko‘chirildi. To‘p esa "Lokomotiv" futbolchisiga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to‘pi.
50'
Ikkinchi bo‘lim boshida "Shaxtyor" murabbiylari bir nechta o‘zgarishlari amalga oshirganini ta’kidlash lozim
49'
Xyubshman to‘pni chap qanotda ochilayotgan Sobolga uzatdi. U esa o‘yindan tashqari holatga tushib qolgandi.
46'
Bo‘lim boshlanishi bilan ukrainaliklar xavfli hujum uyushtirishdi. Taysonning zarbasi rekoshet orqali Fredga kelib tushdi. 8-raqamli futbolchi to‘pni Eduardoga uzatdi. Xorvatiyalik futbolchining zarbasini esa himoyachilarimizdan biri qaytarib qolishga ulgurdi.
46'
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI!
'
Eslatib o‘tamiz, saytimiz orqali "Bunyodkor" - "Rostov" nazorat o‘yini ham onlayn translyasiya qilinmoqda. http://std.uz/online/show/65 Bu o‘yinda hozircha hisob ochilmadi.
45+1'
Xakamning xushtagi yangradi. Tanaffus. Hozircha "Lokomotiv" - "Shaxtyor" (Donesk) - 1:1
45'
Ivan Nagayev aniq zarba bilan hisobni tenglashtirdi.
45'
Goooooollll!!!! "Loko" hisobni tenglashtirdi!!!
44'
"Shaxtyor" sardori Srna ogohlantirildi
42'
Ismoiliy shiddat bilan oldinga intildi va darvozamiz tomon zarba berdi. Ammo zarba noaniq bo‘ldi.
41'
Chapaqay Jasur Hasanov esa burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ammo to‘pni "Shaxtyor" futbochilari egallab olishdi.
40'
Vakillarimiz jarima zarbasiga ega bo‘lishdi. To‘p yoniga Gogol yaqinlashdi va kuchli zarba berdi. Himoyaga yordamga kelgan Vellington to‘pni bosh bilan maydondan tashqariga burib yubordi. Burchak to‘pi.
35'
Bu safar zarba yo‘liga Yevgeniy Gogol g‘ov bo‘ldi. U Srnaning zarbasini bartaraf etdi.
34'
Bu safar esa Bernard jarima maydonchasi tashqarisida turib to‘pni darvozabon ustidan oshirib darvozaga yo‘llamoqchi bo‘ldi. To‘p biratula darvoza ustidan o‘tib ketdi.
33'
Teysheyra to‘pni Adrianoga uzatdi. Luis esa jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berishga qaror qildi. Islom To‘xtaxo‘jayev uning oyog‘i tagiga tashlanib, zarbani bartaraf etdi.
31'
Hakim Fuzaylov o‘yinchi almashtirishga qaror qildi. Lutfulla To‘rayev o‘rniga Dilshod Jabborov tushirildi.
30'
Teysheyra jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilib olayotganida ofsaydda qolgandi.
29'
Vellington jarima maydonchasi yaqinigacha to‘p bilan yaqinlashib keldi, ammo zarba berishga ulgurmadi. Himoyachilarimiz xavfni bartaraf etishdi.
29'
Braziliyalik Bernard chap qanot bo‘ylab ikki nafar toshkentliklardan o‘tib ketdi va to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Biroq Adriano bu to‘pga yetib kela olmadi.
28'
"Shaxtyor" futbolchisi Dentinyo ogohlantirildi. U Lutfulla To‘rayevga nisbatan qo‘pollik ishlatgandi.
23'
Luchesku shogirdlari chiroyli kombinasiyani amalga oshirishdi. Darius Srna jarima to‘pini amalga oshirish chog‘ida to‘pni jonli devor yonidan o‘tkazib, Teysheyraga uzatdi. "Lokomotiv" himoyachilari to‘pni o‘z vaqti maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. Burchak to‘pi esa G‘aniyev darvozasi oldida xavfli vaziyatni yuzaga keltirmadi.
21'
Katta Hasanov jarima to‘pini to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqib darvozasining olis yuqori burchagiga joylamoqchi bo‘ldi. Zarba kuchli bo‘ldiyu, biroq unga biroz aniqlik yetishmadi.
20'
Vellington markaz bo‘ylab tayanch yarim himoyachilaridan o‘tib ketdi va to‘pni Teysheyra tomon uzatdi. Ammo himoyachilarimiz Aleksga to‘pni egallab olish imkonini berishmadi.
19'
Hakim Fuzaylov shogirdlari chiroyli hujum tashkil etishdi. Islom Inomov o‘zining o‘ng qanotidan to‘pni jarima maydonchasi ostonasiga yaqinlashgan Sardor Mirzayevga uzatdi. U esa chap qanotdan hujumga qo‘shilgan katta Hasanovni o‘z vaqtida ko‘rdi va uni to‘p bilan ta’minladi. Jasur esa to‘p bilan oldinga harakatlandi va darvozabon maydonchasi tomon to‘pni yetkazdi. Ammo "temiryo‘lchilar"ning hech biri to‘pni darvozaga burib yubora olmadi.
17'
"Lokomotiv" jarima zarbasi tepish huquqini qo‘lga kiritdi. Biroq Sardor Mirzayev uning zarbasi o‘ta noaniq ko‘rinish hosil qildi.
15'
Chigrinskiy kesma pas bilan qanotdan ochilayotgan Bernardni to‘p bilan ta’minlagandi. Biroq braziliyalik futbolchi ofsaydda qolib ketdi.
12'
Tashabbus "konchilar" tomoniga o‘tayotgandek.. Teysheyra jarima maydonchasi yaqinida Bernardda zarbavor vaziyatga chiqarishga harakat qildi. Vakillarimiz unga zarba berish imkonini berishmadi, to‘pni egallab olishdi.
9'
Dentinyoga nisbatan qoida buzilgani uchun "Lokomotiv" darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi. Darvozaga masofa olis bo‘lishiga qaramay, Bernard zarba yo‘llashga qaror qildi. To‘pni esa himoyachilarimizdan biri bosh bilan qaytarib qoldi.
8'
Bernard tomonidan qanotdan uzatilgan to‘p Adrianoga kelib tushdi. Luis esa to‘pni oyog‘i bilan darvozaga yo‘lladi
7'
Gooool! "Shaxtyor" hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi
5'
Doneskliklarning markaz bo‘ylab uyushtirilgan hujumini "Loko"ning mudofaa chizig‘i bartaraf etdi.
3'
Uchrashuv boshida jamoalar to‘pni nazorat qilgan holda, raqibni "razvedka" qilish bilan mashg‘ul bo‘lishmoqda
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
Hozircha "Shaxtyor" tarkibi ma’lum bo‘ldi. "Loko" tarkibini ham aniqlashtirishga harakat kilamiz
'
O‘yin yana 15 daqiqadan keyin boshanadi
'
BAAda yig‘in o‘tkazayotgan Toshkentnin "Lokomotiv" jamoasi bugun Ukraina chempioni - "Shaxtyor" bilan bahs olib boradi
'
Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari. Bugungi reportajimiz ham olis arab diyoridan tashkil etiladi.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.