Ispaniya kubogi, nimchorak final
| Javob o‘yini. 16 yanvar, soat 23:59. Bosh hakam: Mateu Laxos | ||
REAL MADRIDSerxio Ramos (20)
Krishtianu Ronaldu (53) |
2 : 2 |
ATLETIKOFernando Torres (1, 46)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Keylor Navas Pepe Serxio Ramos Marselo Daniel Karvaxal Isko Toni Kroos Xames Rodriges Krishtianu Ronaldu Garet Beyl Karim Benzema |
Yan Oblak Xuanfran Joao Miranda Diyego Godin Gilyerme Sikeyra Mario Suares Tyagu Mendesh Koke Raul Garsiya Antuan Grizmann Fernando Torres |
|
| ZAHIRA | ||
|
Iker Kasilyas Rafael Varan Fabiu Koentrau Sami Xedira Asiyer Illyarramendi Xavyer Ernandes Xese |
Migel Anxel Moyya Xose Mariya Ximenes Xesus Games Gabi Arda Turan Saul Raul Ximenes |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Serxio Ramos (56)
Marselo (83) Karvaxal (86) Isko (90) |
Gabi (84)
|
|
Matn
| ' | ![]() |
E’tiboringiz uchun rahmat! |
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Atletiko" Qirol kubogidagi yurishini davom ettiradi. Ularni chorak finalda juda katta ehtimol bilan "Barselona" kutmoqda |
| 90+3' | ![]() |
Ronaldu "regbicha" jarima zarbasini amalga oshirdi |
| 90+2' | ![]() |
Isko 10 metrlardan ikki himoyachining orasidan o‘tkazib oyog‘ining uchi bilan zarba berdi. Oblak to‘pni egallab oldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Mezbonlar asabiylashishmoqda. Isko yo‘q joyda raqib futbolchini tepib ag‘dardi. |
| 90' | ![]() |
Simeone shogirdlari xotirjamlik bilan to‘pni nazorat qilishmoqda |
| 87' | ![]() |
"Atletiko" uchinchi golni urishiga sal qoldi. Mezbonlar so‘nggi pallada raqibga zarba berish imkonini berishmadi |
| 86' | ![]() |
Mehmonlar burchak to‘pini yaqn masofadan o‘yinga kiritishdi. Karvaxal esa raqib oyog‘iga ochiqchasiga tepdi |
| 85' | ![]() |
"Atletiko" burchak to‘pi ishladi |
| 84' | ![]() |
"Atletiko" butun o‘yin davomida biror marta ham ogohlantirish olmasa, g‘alaba bo‘lardi albatta. Gabi sariq kartochka oldi |
| 83' | ![]() |
Marselo ogohlantirildi |
| 81' | ![]() |
"Atletiko"da o‘zgarish: Raul Garsiya o‘rniga Ximenes tushdi |
| 80' | ![]() |
Chap qanotdan uzatilgan to‘pni Benzama bosh bilan darvozaga burishga harakat qildi. Zarba noaniq chiqdi |
| 76' | ![]() |
Marselo to‘pni darvozabon maydonchasi yaqinidagi Ronaldu tomon uzatdi. Himoyachi bosh bilan qaytargan to‘pga Benzema birinchi bo‘lib yetib keldi va zarba yo‘lladi! To‘p himoyachiga tegib, darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 75' | O‘yin tugashiga 15 daqiqa qoldi, "Real" futbolchilarining o‘zlari ham qolgan vaqtda 3ta gol urishlarga ishonishmayapti shekilli... | |
| 73' | ![]() |
"Atletiko"da o‘zgarish: Grizmann o‘rniga Gabi tushirildi |
| 73' | ![]() |
"Atletiko" futbolchi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegib yuqoriga ko‘tarildi va uni Navas egallab oldi |
| 72' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish yuz berdi. Xames o‘rniga Xese tushirildi |
| 69' | ![]() |
Vuuuuh! To‘p burchakdan yetkazilganidan keyin Benzema to‘pni boshi bilan qaytardi va to‘p himoyachining yelkasiga tegib, yerga tushayotganida Karim oyoqda zarba yo‘lladi. Ammo 3 metrdan darvozani ishg‘ol qila olmadi! To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 67' | ![]() |
Marselo jarima maydonchasi ostonasida yiqilayotib zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 65' | ![]() |
Beyl chap qanotdan bergan uzatmasiga Ramos bosh bilan zarba berdi. Oblak to‘pni egallab oldi |
| 64' | ![]() |
Burchak to‘piga Godin bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 63' | ![]() |
Grizmann yo‘llagan zarba Navasning qo‘lidan maydonni tark etdi |
| 62' | ![]() |
"Atletiko" so‘nggi 3-4 daqiqadan beri o‘z vaqtini hujumda o‘tkazmoqda, mezbonlar xato ketidan xatoga yo‘l qo‘yishmoqda. Ramos o‘z jarima maydonchasi oldida fol ishlatdi |
| 60' | ![]() |
"Real" himoyachilarining xatosidan so‘ng mehmonlar darvoza tomon xavf solishdi. Mezbonlarning o‘zi xatoni to‘g‘irlashdi |
| 58' | ![]() |
"Real"da majburiy o‘zgarish bo‘ldi. Pepe o‘rniga Rafael Varan tushirildi |
| 57' | ![]() |
Pepega esa tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 57' | ![]() |
"Atletiko"da o‘yinchi almashmoqda. O‘yin qahramoni Torres o‘rniga Arda Turan tushirildi |
| 53' | ![]() |
GOOOOOL! Ronalduuu! Bu safar aynan Beylning chap qanotdan uzatmasini Ronaldu bosh bilan darvozaga to‘g‘rilab qo‘ydi! 2:2! |
| 52' | ![]() |
Oho! Beyl chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yuqoridan yetkazdi. Ronaldu bosh bilan zarba yerdi. Oblak to‘pni egallab qola olmadi. Himoyachilar to‘pni uzoqlashtirishdi. |
| 51' | ![]() |
Vuuuuuh! "Real" darvozasiga uchinchi gol kirishiga sal qoldi! Maydon markazidan yetkazilgan uzatmadan keyin Torres jarima maydonchasiga kirib bordi. O‘ng qanotda sherigiga ochiq turganiga qaramay to‘pni yetkazmadi va bir o‘zi Pepe va Ramos aldashga qaror qildi. Ortdan yetib kelgan Grizmann esa kutilmaganda zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustunini silagancha maydonni tark etdi |
| 50' | ![]() |
Torres 2-3 nafar himoyachi qurshovida jarima maydonchasiga kirib bordi va to‘pni tavani bilan ortda turgan Grizmannga qoldirdi. Antuan hujumni rivojlantira olmadi |
| 49' | ![]() |
Tyagu Mendesh ogohlantirish oldi. Ortdan kelib Xamesni yiqitgani uchun |
| 46' | ![]() |
GOOOOOOOL! Fernandooooo Torreees! 1:2! Ehhh, "Real"! Yana bo‘lim boshida gol o‘tkazib yubormoqda! Grizmann to‘pni egalladi va oldinga borib chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Torresga uzatma berdi. Fernando Pepeni yosh bolalarcha aldab o‘tdi va birga-bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi. To‘p Keylor Navasning oyog‘idan darvoza to‘riga borib tushdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Hozircha "Real" - "Atletiko" - 1:1. Tanaffus. "Santyago Bernabeu" sohiblari 3ta gol urishlari uchun 45 daqiqa imkoniyatga egalar. Kutamiz. | |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. |
| 45+2' | ![]() |
Isko jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbasi himoyachiga tegib qaytdi |
| 45+1' | ![]() |
Mehmonlar futbolchisi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
Marselo jarima maydonchasi burchagidan yerlatib zarba yo‘llandi. Oblak zarbani qaytardi |
| 43' | ![]() |
Ronaldu jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. Qo‘llarini tanasiga yopishtirib turgan Grizmanning qo‘liga yon tomondan to‘p kelib tegdi. Qo‘llar tabiiy holatda. Shuning uchun penalti yo‘q |
| 42' | ![]() |
"Atletiko"ning juda ham kamsonli hujumlaridan biri burchak to‘pi bilan yakunlandi |
| 40' | ![]() |
Benzema jarima maydonchasi ichida to‘pni o‘ziga bo‘ysundirdi va darvoza tomon o‘girilgancha zarba yo‘lladi. Zarba kuchsiz chiqdi, to‘pni Oblak egalladi |
| 37' | ![]() |
O‘yin bitta darvoza oldida kechmoqda! Mezbonlar ketma-ket bosh bilan, oyoq bilan zarbalar berishmoqda. "Yo‘l-yo‘llilar" zarbalarni qaytarish bilan ovoralar |
| 35' | ![]() |
Chap qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatilgan to‘pga Benzema sakradi, ammo to‘pni Godin qaytardi |
| 34' | ![]() |
"Real" to‘la-to‘kis shturm qilmoqda. Qanotlardan yetkazilayotgan uzatmalarni "matraschilar" bartaraf etib turishibdi |
| 30' | ![]() |
Realchilar jarima maydonchasi ichidan va atrofidan ketma-ket bir necha marta zarba yo‘llashdi. Barcha zarbalar qaytarildi |
| 29' | ![]() |
Beyl jarima maydonchasi ichida — o‘ng tomonda to‘pni qabul qildi va olis ustun yaqinidagi Ronalduga pas berdi. Krishtianu bosh bilan zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib maydonni tark etdi |
| 28' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Simeone shogirdlari qaytarishdi |
| 23' | ![]() |
Vuuuuuuh! Ronalduuuu! Xames chap qanotdan uzatma berdi, himoyachilar to‘pni qaytarishdi. Ronaldu jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. Himoyachilar to‘pni yana qaytarishdi! |
| 20' | ![]() |
GOOOOOOOL! Serxio Ramooooos! 1:1!!! Maydonning o‘ng tomonida mehmonlar Ronalduga nisbatan o‘yin qoidasini buzishdi. Kroos jarima zarbasini olis burchak tomonga uzatdi. Darvozabon to‘pga chiqish chog‘ida Godinga urilib yiqilib tushdi. Ramos bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 18' | ![]() |
Vuuuuh! Kroos burchakdan to‘pni yetkazib berdi. Benzema to‘pni oyog‘i bilan qaytardi, ammo zarba berishga ulgurmadi. Ronaldu ham zarba berishga ulgurmadi, Oblak to‘pni egallab oldi |
| 16' | ![]() |
Marselo tomonidan yetkazilgan uzatmaga Beyl bosh bilan zarba berdi. Yan Oblak to‘pni egalladi |
| 13' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani mezbonlar qaytarishdi. Qaytgan to‘pga Marselo zarba berdi. Ancha noaniq |
| 12' | ![]() |
Beyl chap qanotdan yetkazgan to‘pni Oblak egallab oldi |
| 10' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pni mehmonlar qaytirishdi. Takroriy hujum paytida Isko 2-3 nafar futbolchidan o‘tib, jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Yuqoriga ko‘tarilib ketdi... |
| 9' | ![]() |
Benzema jarima maydonchasi ichida o‘ziga yetkazilgan to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. To‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi |
| 7' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan to‘pni Beyl bosh bilan darvoza tomon burdi. To‘pni egallab olish Oblakka katta qiyinchilik tug‘dirmadi |
| 5' | ![]() |
Mezbon futbolchilar kichik shok holatiga tushishdi. Translyasiya rejissyori goldan keyingi ularning holatlarini ko‘rsatib berdi |
| 3' | ![]() |
Ochig‘i, Torres hammasini "rasvo" qildi! Endi "Real" 4ta gol urishi kerak! 4ta! Bugun qo‘shimcha bo‘limlar ko‘rmaymiz! |
| 1' | ![]() |
GOOOOOOOL! Fernando Torreeeesssss! 0:1! "Atletiko" maydon markazida "barselonacha" paslar bilan raqib ta’qibidan qochishdi, Grizman esa chap tomonda Pepedan o‘tib ketdi va jarima maydonchasiga o‘ng tomondan kirgan Torresga uzatma berdi. Fernando chap oyoqda zarba berib, "Real" darvozasini ishg‘ol qildi! |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! "Qaymoqranglilar" o‘yinni boshlab berishdi! Ketdik! |
| ' | ![]() |
"Visente Kalderon"dagi o‘yinda "Atletiko" 2:0 hisobida g‘alaba qozongandi. Anchelotti shogirdlari bugun "kambek" qilishga urinib ko‘rishadi. Bu qiyin bo‘ladi, ammo uddalab bo‘lmaydigan vazifa emas |
| ' | ![]() |
Krishtianu Ronaldu o‘zining "Oltin to‘pi"ni, Xames eng chiroyli gol uchun berilgan sovg‘asini va yil ramziy terma jamoasiga kirgan Toni Kros va Serxio Ramos o‘z sovg‘alarini muxlislariga namoyish qilishdi |
| ' | Ispaniya kubogi doirasida Madrid derbisi - "Real" - "Atletiko"! | |
| ' | ![]() |
O‘zbekiston terma jamoasidan biroz chalg‘igan holda, e’tiborimizni Yevropa futboliga qaratamiz |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli fktbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|