Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Osiyo kubogi-2015

«V» guruhi, 3-tur. 18 yanvar, soat 14:00. Bosh hakam: Benjamin Uilyams (Avstraliya)

O‘ZBEKISTON

Sardor Rashidov (2, 79)
Vohid Shodiyev (71)

3 : 1

SAUDIYa ARABISTONI

Muhammad as-Sahlaviy (60-pen.)
JAMOALAR TARKIBI
12.Ignatiy Nesterov
3.Shavkat Mullajonov
5.Anzur Ismoilov
14.Shuhrat Muhammadiyev
19.Vitaliy Denisov
7.Aziz Haydarov
9.Odil Ahmedov (S)
4.Sardor Rashidov
15.Jasur Hasanov
10.Jamshid Iskanderov
6.Bahodir Nasimov
  1.Volid Abdulloh
3.Usama Havsaviy
5.Umar Havsaviy
4.Abdulloh az-Zoriy
13.Yosir Al Shahroniy
7.Salmon al-Faraj
14.Saud Kaririy (S)
18.Salim ad-Davsariy
20.Navof al-Obid
10.Muhammad as-Sahlaviy
9.Naif Hazzoziy.
ZAHIRA
1.Eldorbek Suyunov
2.Egor Krimes
8.Server Jeparov
11.Igor Sergeev
13.Lutfulla To‘rayev
16.Vohid Shodiyev
17.Sanjar Tursunov
18.Temur Kapadze
21.Akbar To‘rayev
22.Farrux Sayfiyev
23.Akmal Shorahmedov
 
SARIQ KARTOCHKA
Shuhrat Muhammadiyev (54)
Anzur Ismoilov (59)
 
Abdulloh az-Zoriy (62)
Muhammad as-Sahlaviy (68)

Matn

'
Saytdan uzoqlashmang! "Xetafe" - "Real" o‘yini onlayn translyasiya qilanadi.
'
O‘ZBEKISTON MILLIY TERMA JAMOASI CHORAK FINALDA! Chorak finaldagi raqibimiz — Janubiy Koreya!
90+6 '
Saudiya jarima to‘pini o‘yinga kiritadi. Himoyachilarimiz xavfni bartaraf etishdi! O‘YIN YAKUNLANDI! TABRIKLAAAAAAAAAR!
90+3'
Usama Havsaviyga sariq kartochka. Kechiktirilgan fol uchun
90+2'
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi
90+1'
Saudiyada o‘zgarish: Navof al-Obid maydonni tark etdi. Al-Muvallad o‘yinni davom ettiradi
90'
Odil Ahmedov maydonda yotibdi. Futbolchilarimz ataylab to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi
89'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Sardor Rashidov o‘rniga Sanjar Tursunov tushirildi.
88'
Bahodir Nasimov hujumda fol ishlatdi. Kurashish kerak! KUrashda davom etish kurak! Bunday g‘alabalar osonlik bilan qo‘lga kiritilmaydi, o‘rtoqlar!
87'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Shuhrat Muhammadiyev o‘rniga Akmal Shorahmedov tushirildi
84'
Saudiyada o‘zgarish: Abdulloh ad-Dosariy o‘rniga Yahyo ash-Shehriy tushirildi
83'
Zaxiradagi Farrux Sayfiyevga ogohlantirish berildi. Uchinchi gol paytida maydonga chiqib ketgani uchun!
82'
Vuuuuh! Nesterov, barakalla! Bizga yarimta ham gol kerakmas hozir! Chap qanotdan yetkazilgan to‘pga Hazzoziy bosh bilan kuchli zarba berdi. Ignat qaytardi!
79'
GOOOOOOL! GOOOOOOL! GOOOOOOL! Sardor Rashidooooooov!!!!! Yana bir marta GOOOOOOOOL! Qarshi hujumda "Real" ham bunchalik tez gol ura olmaydi! To‘p chap qanotdagi Hasanov orqali Rashidovga yetkazildi. Sardor birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi!!! Bo‘larkanu!
78'
Vohid Shodiyev ogohlantirish oldi.
77'
Terma jamoamiz to‘liq qarshi hujum taktikasi o‘tdi
76'
Nasimov maydon markazida fol ishlatdi, zarari yo‘q
75'
Saudiyada o‘zgarish: Saud Kaririy o‘rniga Taysir al-Jassim tushirildi
71'
GOOOOOOOOL! GGOOOOOOOL! GOOOOOOOOL! Shodiyeeeev! Ajoyib gol! O‘ng qanotdan havolatib yetkazilgan to‘pni Vohib bosh bilan darvozaning olis burchagiga joylab qo‘ydi!!!
69'
Ehhh, Nasimooov! Rashidovning o‘ng qanotdan yerlatib uzatmasi ustidan Shodiyev sakrab o‘tib ketdi va Bahodirga to‘pga oyoq cho‘zdi. To‘p Bahodirdan uzoqlashib ketdi.
68'
Muhammad as-Sahlaviy Jasurning oyog‘ini bosdi. Sariq kartochka
67'
Benjamin har qanday mayda follarda Saudiya foydasiga qaror chiqarishni boshladi!
66'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Jamshid Iskandarov o‘rniga Vohid Shodiyev tushirildi
64'
Benjamin Uilyams ifloslik qilishni boshladi! U ikkinchi bo‘limga butunlay boshqacha "nastroy"da tushib keldi! Rashidov zarba berdi, qaytgan to‘pni Nasimov darvozaga yo‘lladi! Ammo Anzur bilan joy talashayotgan himoyachi yiqilgani uchun hakam o‘yinni to‘xtatdi!
62'
Abdulloh az-Zoriy ogohlantirildi. Jarima maydonchasi chizig‘i ustidan jarima zarbasi tepamiz!
60'
Muhammad Sahlaviyning zarba yo‘nalishini Ignatiy topdi, ammo zarba burchakka yo‘naltirilgani uchun darvozabonimiz uni qaytara olmadi
59'
Benjamin O‘zbekiston darvozasi tomon nohaq penalti belgiladi! Nohaq!
59'
Anzur Ismoilov ogohlantirish oldi.
58'
Iskandarov oldinga o‘tayotgan Hasanovga uzatma berdi, ammo u himoyachidan o‘tmadi
55'
Jarimadan yetkazilgan to‘pni Nesterov egallab oldi va darhol Hasanov tomon uloqtirib berdi. Jasur katta tezlikda oldinga o‘tdi, ammo jarima maydonchasiga yaqin joyda raqibni alday olmadi
54'
Shuhrat Muhammadiyev sariq kartochka oldi.
52'
Mana nima uchun Muhammadiyevning foydasi ko‘proq! Jamshid maydon markaziga yaqin joyda belgilangan jaima to‘pini o‘ng qanotdagi Shuhrat orqali o‘ynadi. Ular o‘zaro bir necha marta devor o‘ynab, jarima maydonchasiga kirib borishdi va "Nasaf" futbolchisi darvoza yaqinidagi Bahodirga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
51'
O‘ng qanotdan jarima maydonchamizga uzatilgan to‘pni Ismoilov oyog‘i bilan qaytardi, ammo to‘p Hazzoziyga kelib tushdi. Naif 15 metrdan zarba yo‘lladi. Yuqoridan o‘tib ketdi
50'
Rasmiy mehmonlar chap qanotdan jarima zarbasini o‘yinga kiritishdi. Anzur bosh bilan to‘pni qaytardi. To‘p yana jarima maydonchasi qaytarildi. To‘p Nesterovga bordi
47'
Sardor o‘ng qanotda Jamshiddan to‘pni qabul qilib oldi va markaz tomon surildi, ammo jarima maydonchasisha yaqinlashayotganida ikki himoyachi undan to‘pni olib qo‘yishdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni - 1:0. Tanaffus. Biroz dam olamiz
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
43'
Ehhhh, Sardoor! Nasimovning uzatmasidan keyin Rashidov darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi. Ammo u jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni oldirib qo‘yib, keyin qoida buzdi
42'
Saudiyaning hujumlarini bartaraf etib turishimiz kerak!
41'
Haydarovning xatosidan so‘ng arabistonliklar xavfli hujum tashkil etishlariga bir bahya qoldi. Anzur to‘pni tepib yuborishga ulgurdi
39'
Raqib markazdan hujum tashkil qildi. Hazzoziy jarima maydonchasi ostonasida turib, chap qanotdan ichkariga kirishni ko‘zlagan sherigi tomon uzatma berdi. To‘p maydonni tark etdi
37'
Xavfli! Saudiyaliklar hozircha mudofaamizga ancha muammo tug‘dirishdi. Bir necha marta zarbalar berildi. Bir marta Nesterov to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi. So‘nggi pallada Shavkat to‘pni qaytarib yubordi
34'
Yaxshi-yaxshi! Iskanderov o‘ng qanotda to‘pni egallab, markazdan oldinga o‘tgan Denisovga uzatdi. Vitaliy raqib jarima maydonchasiga yaqinlashib bordi va o‘zi zarba berishi mumkin bo‘lgan vaziyatda chap qanotga uzatma berdi. Hasanovning uzatmasini himoyachilar qaytarishdi. Jasurning uzatmalari ozgina aniq bo‘lsa, xavf yanada kuchliroq bo‘lardi!
33'
Vuuuh! Jamshid jarima maydonchasining chap burchagida zarba yo‘lladi. Zarba aniq chiqmadi
30'
Maydon markazida Mullajonov to‘pni qaytardi, raqib futbolchisi uning oyog‘iga urilib yiqildi. Hakam esa fol qayd etdi. Shavkat tik oyoq bilan chiqqaniga ahamiyat qaratdi shekilli
28'
Qarshi hujum natijasida Saudiyaning 3 nafar futbolchisi ikki himoyachimizga chiqib borishdi. Anzur qoida buzish evaziga xavfni bartaraf etdi
27'
Yaxshi hujum tashkil qildik. Odil to‘pni chap qanotdan oldinga o‘tgan Hasanovga uzatdi va Jasur darhol jarima maydonchasiga pas berdi. To‘p hech kimga tegmay narigi qanotga o‘tib ketdi. Rashidov to‘pni egallab Azizga berdi. Haydarovning 17 metrdan yo‘llagan zarbasi ofsaydda turgan Nasimovga tegdi...
25'
Burchakdan uzatilgan to‘pni Nesterov musht bilan oldinga urib yubordi
25'
Vitaliy Denisov ikki raqib futbolchisi qurshovida to‘pni bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga muvaffaq bo‘ldi
24'
Odil Ahmedov! Jasur bilan devor o‘ynab, jarima maydonchasiga kirib borib, zarba berdi. To‘p yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi...
22'
Odilning uzatmasi biroz kuchliroq chiqdi, Nasimov to‘pga yeta olmadi
20'
Yashillar olis masofadan jarima maydonchamiz tomon uzatma berish orqali o‘ynashmoqda. Hozircha mudofaada ishonchli o‘ynayapmiz. Ko‘z tegmasin
19'
Odil Ahmedov chap qanotdan oldinga o‘tayotgan Hasanovga uzatma berdi. Jasur ofsaydda qolgan ekan
18'
Burchak to‘pi xavfli chiqmadi, ammo Rashidov maydon markazida to‘pni egallab navbatdagi hujumga asos soldi. Iskandarov 20 metrlardan darvoza tomon zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni egallab oldi!
17'
Denisov o‘z qanotida yon chiziqdan to‘pni jarima maydonchasiga uloqtirib berdi. Burchak zarbasi ishladik
16'
Shahroniy o‘ng qanotdan davrozabon maydonchasiga uzatma berdi. Nesterov to‘pni egalladi
15'
Aziz Haydarov maydon markazida fol ishlatdi
14'
Denisovnng folidan keyin Saudiya o‘ng qanotdan jarima zarbasini o‘yinga kiritdi. To‘p chap qanotdagi futbolchiga bordi va u to‘pni jarima maydonchasiga qaytardi. Usama Havsaviy bosh bilan zarba berdi. Noaniq
12'
Saudiyaliklar o‘ng qanotdan oldinga o‘tib, to‘pni jarima maydonchamizga yetkazishdi. Anzurning boshiga tekkan to‘p Sahlaviyga borib tushdi. Muhammadning uzatmasi Muhammamdiyevga tegib, jarima maydonchasini tark etdi
11'
Vuuuuuuuh! Shuuhraaaaaaaat! Muhammadiyev o‘ng qanotda Odil bilan devor o‘ynab, jarima maydonchasiga kirib bordi. Himoyachining ustidan to‘pni olib o‘tib, kuchli zarba yo‘lladi! To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi! Darvozabon tomoshabin vazifasini bajargandi....
10'
Jasur Hasanov yetkazib bergan to‘pga Mullajonov bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
10'
Burchak to‘pi ishladik! Denisovning uzatmasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi!
9'
Saudiyaliklar to‘pni oldinga chiziqqa uzatishdi. To‘p Ignatga nasib etdi
8'
Jamoamiz to‘pni raqibga qaytarib berishdi. Feyr pley
7'
Odil Ahmedov to‘p uchun kurashda raqib oyog‘iga tepib yubordi va o‘zi jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatmoqda. Maydon chetiga chiqdi u
5'
Vuuuuuh! O‘yin qaynoq boshlandi!
2'
GOOOOOOOOOL! GOOOOOOL! GOOOOOOOL! Rashidooooooovvvv! Futbolchilarimiz chap qanotda raqibni xato qilishga majbur qilishdi va Sardor chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirib, chap oyoqda zarba berdi! To‘p darvozabonning oyoqlari orasida o‘tib, to‘rga borib tushdi!
1'
Jamshid chap qanotdan uzatgan to‘pga Nasimov yeta olmadi. Volid to‘pni egalladi
1'
O‘yin boshlandi!
13:58'
Bugun Odil Ahmedov bugun jamoa sardori! Odil yigit - Ahmedov! Olg‘a, O‘zbekiston!
13:56'
Saudiya madhiyachi yangramoqda...
13:55'
O‘zbekiston madhiyasi yangramoqda!
13:54'
Diqqat, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari FIFA Feyr pley musiqasi sadolari ostida maydonga chiqib kelishmoqda!
13:52'
Saudiya bosh murabbiyi Kosmin Olariu esa bugun boshqacha tarkib va taktikada o‘ynashini ma’lum qilib o‘tdi
'
Osiyo kubogi-2015 translyasiyasini amalga oshirayotgan TV vakillari o‘yindan oldin O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovning qisqacha fikrlarini efirga uzatdi.

"O‘yindan oldian hayajon bor. Bu o‘yin har ikkala jamoa uchun juda ham muhim o‘yin hisoblanadi. Yaxshi niyat qilaman, bugun g‘alaba qozonamiz.

Saudiya Arabistoni terma jamoasida yaxshi va tezkor o‘yinchilar bor. Ular individual jihatdan yaxshi harakat qiladi. Biz o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik, maydonga faqat g‘alaba uchun chiqamiz. Bugun taktik jihatdan boshqacha o‘yin qilamiz", - deydi Mirjalol Qosimov.
13:42'
O‘yin boshlanishiga 18 daqiqa qoldi. Jamoalar chigalyozdi mashg‘ulotni yakunlab, kiyinish xonasiga yo‘l oldi
'
O‘ZBEKISTO-SAUDIYa ARABISTONI! Yo HAYOT, Yo MAMOT!
'
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.