Ispaniya La ligasi
| 19-tur, 18 yanvar, soat 16:00 | ||
XETAFE |
0 : 3 |
REAL MADRIDKrishtianu Ronaldu (63, 79)
Garet Beyl (67) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
| Kodina, Pereyra, Lago, Ruano, Velaskes, Rodriges, Sarabiya, Leon, Sammir, Kastro, Vaskes. | Kasilyas, Ramos, Karvaxal, Varan, Marselo, Isko, Xames, Beyl, Kroos, Benzema, Ronaldu. | |
Matn
| 90+2' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 2 daqiqa yakuniga yetdi. "Xetafe" - "Real" - 0:3. |
| 87' | ![]() |
Mezbonlar ketma-ket to‘rtinchi marta burchak to‘pini o‘yinga kiritishadi |
| 85' | ![]() |
Ehhhh! "Xetafe" hujumchisi yaqin masofadan darvoza ustunini poyladi! |
| 79' | ![]() |
GOOOOOOL! Krishtianuuuuu Ronaldu! 0:3! Xames tomonidan yetkazilgan to‘pni Ronaldu bosh bilan darvozaga joyladi! |
| 77' | ![]() |
"Xetafe" futbolchisi jarima maydonchasi ichida zarba bermoqchi bo‘lganida yiqilib tushdi va xavf yo‘qqa chiqdi |
| 72' | ![]() |
Vuuuuh! Ronaldu tomonidan jarimadan yo‘llangan zarba darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi! |
| 67' | ![]() |
GOOOOOOL! Garet Beyl! 0:2! Ronaldu-Xames-Beyl kombinasiyasidan keyin Garet darvozabon bilan birga bir vaziyatdan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 63' | ![]() |
GOOOOOOOOOOL! Krishtianu Ronaldu! 1:0! Barcha ishni Benzema bajardi. Xamesdan to‘pni qabul qilgan Karim ikki himoyachidan chiroyli tarzda o‘tib ketdi va Ronalduga pas berdi. Krishtianu bo‘o‘sh darvozani osongina ishg‘ol qildi! |
| 59' | ![]() |
Beyl jarima zarbasini o‘ta noaniq yo‘lladi |
| 57' | ![]() |
Beyl chap qanotdan raqib himoyachilaridan to‘pni olib qo‘ydi va jarima maydonchasi ostonasida urgan Xamesga uzatdi. Rodrigesning zarbasini Kodina egallab oldi! |
| 53' | ![]() |
"Xetafe" darvozaboni Kodina Benzema tomonidan deyarli birga bir vaziyatda yo‘llangan zarbani qaytardi! |
| 50' | ![]() |
Isko va Benzema jarima maydonchasining o‘ng tomonida bir birlarini yaxshi tushunib harakat qilishdi. Ammo himoyachilar gol urishga yo‘l qo‘yishmayapti |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Uchrashuvda hisob ochilmadi hozircha |
| 45' | ![]() |
Vuuuuuh! Kroos tomonidan yo‘llangan zarba darvoza to‘siniga tegib qaytdi! |
| 43' | ![]() |
Mezbonlar hujumga o‘tishdan tortinib o‘tirishmayapti. Ularga so‘nggi zarbani aniq yo‘llash nasib etmayapti |
| 43' | ![]() |
Mezbonlar hujumga o‘tishdan tortinib o‘tirishmayapti. Ularga so‘nggi zarbani aniq yo‘llash nasib etmayapti |
| 39' | ![]() |
"Xetafe" qarshi hujumda ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldi. To‘rt nafar mezbon futbolchisi 4 himoyachiga qarshi chiqib borishdi. Ammo 9-raqamli futbolchining zarbasi o‘ta noaniq bo‘ldi! |
| 37' | ![]() |
Isko jarima maydoncha tashqarisidan olis "to‘qqizlik" tomon zarba berdi. Darvozabon zarbani qaytardi! |
| 34' | ![]() |
Toni Kroos ogohlantirish oldi |
| 34' | ![]() |
Toni Kross ogohlantirish oldi. |
| 29' | ![]() |
Mana golli vaziyat! Benzema chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, so‘nggi chiziq bo‘ylab yurib, 11 metrli nuqta oldidagi Krishtianuga pas berdi. Ronalduning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi |
| 27' | ![]() |
Hisob hamon 0:0. "Real" gol urish yaqqol imkoniyatga ega bo‘lgan yo‘q hozircha |
| 22' | ![]() |
"Xetafe" nomdor raqibga jiddiy qarshilik ko‘rsatmoqda. Ular himoyada tartibli o‘ynab, hujumga ham o‘tib turishibdi |
| 22' | ![]() |
"Xetafe" nomdor raqibga jiddiy qarshilik ko‘rsatmoqda. Ular himoyada tartibli o‘ynab, hujumga ham o‘tib turishibdi |
| 15' | ![]() |
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ramos bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqriga ko‘tarildi va uni darvozabon egallab oldi |
| 9' | ![]() |
Madridliklar o‘yin nazoratini o‘z qo‘llariga olishmoqda. Hozircha golga tortadigan vaziyat yaratishmadi |
| 5' | Saytda yuzaga kelgan texnik nosozliklar uchun uzr so‘raymiz. Barchaning kayfiyati yaxshi. Shunday kayfiyatda La liga o‘yinini kuzatishda davom etamiz. "Xetafe" ko‘k, "Real" oq rangli formada o‘ynamoqda | |
| 1' | ![]() |
"Xetafe" - "Real" o‘yini boshlanib ketdi. Hozircha hisob 0-0! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|