Angliya Premyer-ligasi
| 22-tur, 18 yanvar, soat 21:00 | ||
MANCHESTER SITI |
0 : 2 |
ARSENALSanti Kasorla (24-pen.)
Olivye Jiru (66) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Jo Xart (D) 05.Pablo Sabaleta 04.Vensan Kompani 26.Martin Demichelis 22.Gael Klishi 25.Fernandinyo 06.Fernando 15.Xesus Navas 21.David Silva 07.Jeyms Milner 16.Serxio Aguero |
13.David Ospina (D) 39.Ektor Bellerin 04.Per Mertezaker 06.Loran Koselni 18.Nacho Monreal 16.Aaron Remzi 34.Fransis Koklen 19.Santi Kasorla 15.Aleks 17.Aleksis Sanches 12.Olivye Jiru |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Vilfredo Kabalyero (D) 20.Elyakim Mangala 03.Bakari Sanya 11.Aleksandr Kolarov 18.Frenk Lempard 10.Edin Jeko 35.Stefan Yovetich |
01.Voysex Shchensni (D) 03.Kiran Gibbs 21.Kalum Chambers 07.Tomash Rosiski 20.Matye Flamini 11.Mesut O‘zil 14.Teo Uolkott |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Vinsen Kompani (41)
Serxio Aguero (86) |
Aaron Remzi (38)
|
|
Matn
| ' | ![]() |
E’tiboringiz uchun rahmat. "Deportivo" - "Barselona" uchrashuvidan tashkil etiladigan onlayn translyasiyani kuzatishga taklif etamiz |
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Manchester Siti" - "Arsenal" - 0:2. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Ehhhh, Flaminiiii! Rosiskining kesib uzatmasidan keyin Flamini o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirib keldi va darvozabonning narigi tomonida ochilgan Jiruga pas berayotganida Kompani to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 89' | ![]() |
"Shaharliklar" burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Kompani bosh bilan zarba yo‘lladi! To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 87' | ![]() |
Jeko chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida kuchli zarba yo‘lladi! Darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 86' | ![]() |
Hakam Serxio Agueroga sariq kartochka ko‘rsatdi |
| 86' | ![]() |
Qarshi hujum natijasida Gibbs chap qanotdan oldinga o‘tdi, Kompani to‘pni yomon tomonga tepib yubordi |
| 84' | ![]() |
"Arsenal"da ikkita o‘zgarish: Sanches o‘rniga Gibbs, Remzi o‘rniga Flamini tushirildi |
| 83' | ![]() |
BUrchak to‘pini himoyachilar qaytarishdi, takroriy uzatma paytida Ospina to‘pni egallab oldi |
| 80' | ![]() |
Vuuuuh! Yovetich yaqin masofadan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi! |
| 74' | ![]() |
"Siti"ning navbatdagi burchak zarbani samarasiz yakunlandi |
| 72' | ![]() |
Vuh! Sanches jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Darvozabon zarbani qaytardi |
| 71' | ![]() |
Mezbonlar olis masofadan yo‘llagan zarbani "Arsenal" himoyachilari qaytarishdi |
| 66' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Olivye Jiru! 0:2! Sanches jarimadan to‘pni ko‘tarib berdi, Jiru bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 66' | ![]() |
"Arsenal"da o‘zgarish: Okslend-Chemberleyn o‘rniga Tomash Rosiski tushirildi |
| 64' | ![]() |
Sabaleta tomonidan o‘ng qanotdan uzatilgan to‘pni Ospina egallab oldi |
| 63' | ![]() |
"Siti"da o‘zgarish bo‘ldi. Fernandinyo o‘rniga Lempard tushirildi |
| 62' | ![]() |
Burchak zarbasi samara bermadi |
| 60' | ![]() |
Vuuuuuuh! Milner darvozabon maydonchasining o‘ng tomonidan uzatma berdi. To‘p himoyachiga tegib, olis ustun yonidan o‘tib ketdi. Unga na Aguero, na Yovetich oyoq qo‘yishga ulgurishdi! |
| 56' | ![]() |
Vuuuh! Jiru bir amallab to‘pni jarima maydonchasining chap tomonidan kirgan Sanchesga yetkazdi. Aleksisning kuchli zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 53' | ![]() |
Sanches chap qanotda bir himoyachini aldab o‘tib, jarima maydonchasiga kirib keldi. Darvozabon maydonchasi tomon kuchli pas/zarba berdi. To‘p hech kimga tegmay, maydonni tark etdi |
| 52' | ![]() |
David Silvaning jarima maydonchasi yo‘llagan ichida yo‘llagan zarbasi himoyachiga tegib, Fernandinyoga kelib tushdi. Uning chalqancha uslubda yo‘llamoqchi bo‘lgan zarbasi o‘xshamadi. Fernandoning zarbasi esa darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 51' | ![]() |
Milner o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va zarba yo‘lladi. To‘p yo‘liga g‘ov bo‘ldi |
| 48' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pni mehmonlar qaytarishdi |
| 47' | ![]() |
Aguero tomonidan yo‘llangan zarbani David Ospina qaytardi. Burchak to‘pi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+1' | ![]() |
BIrinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Manchester Siti" - "Arsenal" - 0:1. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 41' | ![]() |
Vinsen Kompani sariq kartochka oldi. Penalti belgilangan vaziyatda unga ogohlantirish bermagandi. Endi berildi |
| 40' | ![]() |
Maydon egalarining burchak zarbasini mehmonlar bartaraf etishdi |
| 38' | ![]() |
Aaron Remzi ogohlantirildi. Maydon markazida qoida buzgani uchun |
| 35' | ![]() |
Mezbonlarning bu galgi burchak to‘pi ham samarali chiqmadi |
| 32' | ![]() |
"Siti" hali darvoza tomon aniq zarba bera olmadi |
| 28' | ![]() |
Mezbonlar hozircha londonliklarning mudofaasini yorib o‘ta olishmayapti. "Kanonirlar" qarshi hujumda xavfli ko‘rinmoqdalar |
| 24' | ![]() |
GOOOOL! Santi Kasorla! 0:1! Darvozabon yo‘nalishni topdi, ammo to‘p yuqoriga yo‘naltirilgani uchun to‘pni qaytara olmadi! |
| 23' | ![]() |
PENALTI! "Siti" darvozasiga! Nacho Monreal jarima maydonchasining chap tomonida Jiru bilan "devor" o‘ynab, oldinga o‘tayotganida Kompani uni gavdasi bilan yiqitdi! |
| 19' | ![]() |
Burchak to‘pi taxlikali bo‘ldi. Xart mushti bilan to‘pni urib yubordi |
| 18' | ![]() |
Vuuuuh! O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pga Jiru 5-6 metrdan bosh bilan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to‘pi |
| 18' | ![]() |
Sanches 3-4 nafar futbolchi qurshovida jarima maydonchasiga kirmoqchi bo‘ldi, ammo maqsadiga yeta olmadi |
| 15' | ![]() |
Venger shogirdlari himoyada mustahkam o‘ynab, mezbonlar hujumlarini bartaraf etishmoqda |
| 12' | ![]() |
"Arsenal"ning yana bir hujumi bu safar jarima maydonchasi burchagidan Jiru narigi qanot tomon uzatma berdi. Sanches to‘pga yeta olmadi |
| 7' | ![]() |
"Arsenal" qarshi hujumga o‘tdi. Jarima maydonchasining chap burchagida Sanches to‘pni egallab, ichkariga kirmoqchi bo‘lganida himoyachidan o‘tib keta olmadi |
| 3' | ![]() |
Burchak to‘pi samarali chiqmadi |
| 3' | ![]() |
"Manchester Siti" burchak zarbasi ishladi. Aguero o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelib, to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazayotganida to‘p himoyachidan maydonni tark etdi |
| 1' | ![]() |
O‘yinni havorang formadagi "Siti" boshlab berdi. "Arsenal" esa sariq rangli kiyimda o‘ynamoqda |
| ' | Manchesterdagi "Ittihod" stadioni. Mezbon "Manchester Siti" "Arsenal"ni qabul qilmoqda! | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli Angliya futboli muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|