Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Ispaniya kubogi, chorak final

Dastlabki o‘yin, 22 yanvar, soat 02:00

BARSELONA

Messi (85)

1 : 0

ATLETIKO

JAMOALAR TARKIBI
Mark-Andre ter Shtegen
Daniel Alves
Xerard Pike
Xavyer Maskerano
Xordi Alba
Serxio Buskets
Ivan Rakitich
Andres Iniyesta
Luis Suares
Lionel Messi
Neymar
  Yan Oblak
Xuanfran
Joao Miranda
Diyego Godin
Gilyerme Sikeyra
Mario Suares
Gabi
Koke
Arda Turan
Antuan Grizmann
Fernando Torres
SARIQ KARTOCHKA
Maskerano (80)
 
Xuanfran (45)
Mario Suares (78)
Gabi (88)
Diyego Godin (90+1)

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
'
Ispaniya kubogi, chorak final, dastlabki o‘yin. "Barselona" - "Atletiko" - 1:0. Javob o‘yini bir haftadan keyin "Visente Kalderon" stadionida bo‘lib o‘tadi.
90+4'
O‘yin yakunlandi.
90+2'
Messining zarbasi darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi...
90+1'
Diyego Godin sariq kartochka oldi. Neymarning uzatmasidan keyin Messi birga bir vaziyatga chiqib ketayotgandi. Godin uni chalib yiqitdi. Shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i ustidan jarima zarbasi!
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
89'
Ehh, Messi! U raqibdan to‘pni olib qo‘ydi va oldinga o‘tdi. Chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Suaresga to‘pni uzatayotganidi markaziy himoyachiga to‘p tegib, darvozabonga kelib tushdi
87'
"Barselona"da o‘zgarish: Inyesta o‘rniga Mark Bartra tushirildi
86'
Mehmonlar darhol hujumga o‘tishdi, yo‘llangan zarbalarni mezbon himoyachilari bartaraf etishdi
85'
GOOOL! Messi! Yan Oblak Messining kuchli zarbasini qaytardi. Qaytgan to‘pni Lionelning o‘zi darvozaga yo‘llab, hisobni ochdi!
83'
PENALTI! "Atletiko" darvozasiga! Messi jarima zarbasini yerlatib yo‘lladi. To‘p jonli devordagilarga tegib, Busketsga kelib tushayotganida himoyachi Serjini oyog‘idan tepib yiqitdi!
82'
Sikeyra Messini ortidan turtib yiqitdi. Darvozagacha 22 metrlardan jarima zarbasi. Messining "nuqta"si
80'
Xavyer Maskerano ogohlantirish oldi. Hakam keskin e’tiroz bildirgani uchun
78'
"Atletiko" yarim himoyachisi Mario Suares ogohlantirish oldi.
77'
"Barselona"da o‘zgarish: Rakitich o‘rniga Xavi tushirildi
75'
"Barselona" hujumchisi Suares Messining uzatmasidan keyin Godinning qo‘liga urilib yiqildi, hakam o‘yinni to‘xtatmadi
74'
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin Inyesta 17 metrlardan chap oyoqda kuchli zarba yo‘lladi. Yan Oblak to‘pni egallab oldi
69'
Ehh, Messi-Neymar-Suares-Neymar kombinasiyasidan keyin braziliyalik hujumchi yiqilib tushdi, aks holda darvozabon bilan yakkama yakka vaziyatga chiqib ketardi
68'
"Barsa" ketma-ket ikkinchi marta burchak zarbasini o‘yinga kiritdi. Alba jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
67'
Sauras o‘ng qanotdan Alvesdan to‘pni qabul qildi va himoyachini aldab o‘tish chog‘ida burchak to‘pi ishladi
66'
"Atletiko"da ikkinchi o‘zgarish: Antuan Grizmann o‘rniga Raul Garsiya tushirildi
64'
"Barselona"ning chap qanotdan boshlangan hujumi o‘ng qanotda ochilgan Messi tomon ko‘chirildi. Hujumchi ikki himoyachini aldab o‘tdi, ammo uchinchi undan to‘pni olib qo‘ydi
62'
Messi o‘ng tomonda Rakitichga uzatma berdi. Ivan biroz pauza qildi va tavani bilan to‘pni jarima maydonchasi ichiga uzatdi. Ammo Lionel negadir bu joyga yugurib kelib ulgurmagandi
60'
Neymar bu safar chap qanotdan jarima maydonchasiga yaqinlashib, orqaroqda — jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Inyestani to‘p bilan ta’minladi. Andresning zarbasi yo‘liga himoyachini o‘zini tashladi. To‘p unga tegib, yuqoriga ko‘tarildi va Oblak to‘pni egallab oldi
58'
"Atletiko" negadir burchak to‘pini to‘g‘ridan to‘g‘ri jarima maydonchasiga yetkazmasdan, ammo yaqin joyga uzatib, keyin darvozabon maydonchasi tomon yetkazishmoqda.
58'
"Atletiko" burchak to‘pi ishladi
56'
To‘p nazorati to‘la to‘kis mezbonlarda. Ular hujum variantlarini qidirishmoqda
51'
Messi maydon markazidan to‘pni egallab, raqibdan qochib ketdi va o‘ng qanotda ochilgan Suaresga pas berdi. Uning uzatmasiga Neymar sakradi, ammo u himoyachiga nisbatan qoida buzdi
49'
Messi o‘ng qanotda to‘pni egallab, o‘z oldidan barcha futbolchilarni aldab o‘tdi va to‘pni jarima maydonchasi kirib borayotgan Neymar va Saures tomon uzatdi. Ammo ular oldinga yugurib ketishdi va to‘pni himoyachi qabul qildi
48'
Xuanfran o‘z qanotida Albani o‘tkazib yubordi. Xordi havolab berilgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi
47'
Bo‘lim boshida madridliklar raqib darvozasi tomon bosim uyushtirishga harakat qilishmoqda
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
46'
"Atletiko"da o‘zgarish bo‘ldi. Fernando Torres o‘rniga Mario Manjukich tushirildi
'
"Barselona"ga esa ozgina shiddat, ozgina tezlik kerak bo‘ladi. Ikkinchi bo‘limni kutamiz
'
Goldan keyin vaziyat o‘zgarib ketmasa, "Atletiko" tartibli himoyalanishda va qarshi hujumda o‘z imkoniyatini kutishda davom etadi
'
Birinchi bo‘lim haqida nima deyish mumkin. Bu kubok bahsi, jamoalarning strategiyasi shunga mos bo‘lmoqda. Ya’ni, barcha masala ikkinchi o‘yinda hal bo‘lmoqda. Shu bois klublar birinchi o‘yinda e’tiborni ehtiyotkorlikka qaratishgan. Bu o‘yin ko‘p gol ko‘rmasak kerak.
45'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hakam vaqt qo‘shib o‘tirmadi
45'
Xuanfran maydon markazida Neymar tepib ag‘darib tashladi. Sariq kartochka
44'
Messining uzatmasidan keyin Neymar to‘pni qabul qildi va jarima maydonchasi ichida turgan Inyesta to‘pni uzatib, zarbavor vaziyatga chiqayotganida, Andres ofsaydda qolgan ekan
39'
Ehhh, Torreees! Mezbonlarning maydon markazidagi kutilmagan xatosidan so‘ng Torres to‘p bilan oldinga qochib ketdi. U oldida turgan Pikedan to‘pni o‘tkaza olganida Grizmann birga bir vaziyatga chiqib ketardi. Ammo Pike oyog‘ining uchi bilan to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi!
36'
Luis Suareeeees! Rakitichning pas berish san’atiga qoyil! U jarima maydonchasi tashqarisida turib o‘ziga sakrab kelgan to‘pni to‘xtatmasdan Suaresni birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Urugvaylik futbolchi 5-6 metrdan darvozani ishg‘ol qila olmadi! To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi! Lius boshini changalladi...
35'
Xavfli vaziyat! Sikeyra chap qanotdan "Barsa" jarima maydonchasiga pas berdi. Grizmann bosh bilan zarba berishga muvaffaq bo‘ldiyu, ammo unga aniqlik yetishmadi. Antuan to‘pni ortdan kelgan jamoadoshiga qoldirganida vaziyat yanada xavfliroq bo‘lardi!
33'
Messi chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi, bir himoyachini aldab o‘tib, darvozabon maydonchasiga uzatma berayotganidan himoyachi bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi. Burchak to‘pini darvozabon egallab oldi
32'
"Atletiko" qarshi hujum tashkil qildi. Torres jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va zarba berdi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi
30'
"Barsa" qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga kirib kelishga harakat qilmoqda. Simeone shogirdlari yaxshi himoyalanishmoqda
27'
Jarima zarbasi darvozabon maydonchasiga uzatildi. Pike bosh bilan uzatmani qaytardi. Turon jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Ter Shtegen to‘pni egalladi
26'
Jarima maydonchasining burchagiga yaqin joyda Rakitich Arda Turonni ortidan itarib yiqitdi
25'
Messining uzatmasidan keyin Diyego Godin Rakitichga to‘pni egallash imkoniyatini bermadi
24'
Madridliklar yana bir marta burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llangan zarba ancha noaniq bo‘ldi
22'
Rakitich "Barselona"da o‘zini ancha yaxshi his qila boshladi. Uning olis masofadan uzatmalari jamoaga ancha foyda keltirmoqda. Hozir Suares Ivandan yetkazilgan to‘pni jarima maydonchasi chizig‘i ustida o‘ziga bo‘ysundira olmadi...
21'
"Atletiko" o‘yindagi ilk burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Qiziq tomoni, ular to‘pni darhol jarima maydonchasiga yetkazmasdan, yaqin masofadan oshirib o‘yinga kiritishdi
19'
Hakam Neymarni og‘zaki ogohlantirdi. Inyesta fol ishlatgani uchun hakam o‘yinni to‘xtatdi, 2 soniya avval Neymar yiqilgani uchun o‘yin to‘xtatilmagani uchun braziliyalik hakam keskin e’tiroz bildirdi
17'
O‘yin tempi biroz tushdi. Grizman chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga kirib borgan Torresni to‘p bilan ta’minladi, biroq Fernando ofsaydda qoldi
12'
Vuuuuh! Alves yana markazdan oldinga o‘tdi va Messiga to‘pni uzatib, o‘zi jarima maydonchasi ichida undan to‘pni qabul qildi. Keyinchalik Rakitich orqali to‘p Messiga uzatildi. Lionelning o‘ng oyoqda 7-8 metrlardan yo‘llagan zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi!
9'
Enrike yangi yildan boshlab "Barsa"ning o‘yiniga kichik o‘zgartirish kiritdi. Messi ko‘proq o‘ng qanot yarim himoyachisi vazifasida o‘ynayotgan bo‘lsa, Alves hujum ortida harakat qilmoqda. Hozir Danni ikki futbolchini aldab o‘tib, to‘ni Neymarga uzatayotganida himoyachi to‘pni qaytarib qoldi
8'
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Ter Shtegen egallab oldi
7'
Burchak to‘pidan so‘ng takroriy tashkil qilingan hujum paytida Inyesta o‘ng qanotdagi Messiga to‘pni uzatdi. Leo esa chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Albani to‘p bilan ta’minladi. Xordining uzatmasini darvozabon egallab oldi
6'
"Barsa" katta ustunlikni namoyish qila boshladi. Neymar chiroyli tarzda Albaga uzatma berdi. Xordining uzatmasini himoyachi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
4'
Vuuuh! Messidan chap qanotda to‘pni qabul qilgan Neymar, biroz markazga surildi va olis burchakka to‘pni aylantirdi. Oblak mushti bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi!
3'
Suares chap qanotdan oldinga o‘tdi va Neymar bilan "devor" o‘ynab, jarima maydonchasiga kirmoqchi bo‘lganida, markaziy himoyachi to‘pni qaytarib qoldi
2'
Dastlabki hujumni "Atletiko" tashkil qildi. Koke tomonidan jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llangan zarba noaniq bo‘ldi
1'
O‘yin boshlandi!
'
O‘yin 1 daqiqalik sukut saqlash bilan boshlanadigan bo‘ldi
'
"Barselona" o‘zining ko‘k-anorrang, "Atletiko" esa och havorang formada o‘ynaydi
'
Diqqat! Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
'
O‘yin boshlanishiga 10 daqiqa qolmoqda. Jamoalarning maydonga chiqib kelishlarini kutib qolamiz
'
Simeone esa ajoyib psixolog. U har bir o‘yinga shogirdlarini katta ishtiyoq bilan tushishini ta’minlaydi. Boz ustiga, ushbu mutaxassis chempionat doirasida o‘yindan yetarlicha xulosa chiqarib olgan bo‘lsa kerak.
'
Yil boshida "Barselona"da yuzaga kelgan qaltis vaziyat ancha tarqalib, jamoa yaxshi formaga kirib bormoqda. Enrike shogirdlari chempionat doirasida "Atletiko" ustidan g‘alaab qozonishga ulgurishdi. Messi ham ketma-ket gollar urmoqda. U "Deportivo" darvozasiga 3ta gol urishga muvaffaq bo‘lmoqda. Umuman olganda kataloniyaliklarning hujum uchligi — Neymar-Messi-Suaresni to‘xtatish oson bo‘lmayapti
'
Shunday bo‘lsa-da, 2ta o‘yinda iborat mazkur to‘qnashuv muxlislarga zavq bag‘ishlashiga shubha yo‘q.
'
Bugun muxlislari "El-klassiko"ga guvoh bo‘lishlari mumkin edi, ammo "Atletiko" bunga yo‘q qo‘ymadi. Simeone shogirdlari Ispaniya kubogining nimchorak finalida amaldagi sovrin sohibi "Real"ni musobaqadan chiqarib yuborishdi
'
Tun yarmidan oqqaniga qaramay, biz bilan qiziqarli kechishi kutilayotgan o‘yinni kuzatib borayotganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.