Osiyo kubogi-2015
| Chorak final, 22 yanvar, soat 12:30. Bosh hakam: Fahad al-Mirdasiy (Saudiya Arabistoni) | ||
JANUBIY KOREYaSon Xeng Min (103, 120)
|
2 : 0 |
O‘ZBEKISTON |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
23.Kim Jin Xyon 2.Kim Chang Su 5.Kvak Te Xvi 19.Kim Yong Gvon 3.Kim Jin Su 6.Park Ju Xo 16.Ki Sung Yeung 11.Li Keun Xo 10.Nam Te Xi 7.Son Xeung Min 18.Li Jeong Xyeop |
12.Ignatiy Nesterov 5.Anzur Ismoilov 3.Shavkat Mullajonov 19.Vitaliy Denisov 14.Shuxrat Muhammadiyev 7.Azizbek Haydarov 13.Lutfulla To‘rayev 9.Odil Ahmedov 17.Sanjar Tursunov 4.Sardor Rashidov 6.Bahodir Nasimov |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Kvak Te Xvi (55)
|
Vitaliy Denisov (56)
Anzur Ismoilov (86) |
|
Matn
| 120+2' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. Afsuski, qo‘shimcha bo‘limlardagi xato evaziga bugun mag‘lubiyatga uchradik. Bugun g‘alaba qozonish uchun juda ko‘p imkoniyatlardan foydalana olmadik! Afsus. Yigitlarga esa bugungi o‘yin uchun rahmat aytamiz |
| 120+2' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin yo‘llangan zarba darvoza ustuniga tegib qaytdi! Afsus! |
| 120+1' | ![]() |
BUrchak to‘pi ishladik. |
| 119' | ![]() |
GOL! Son Xeung Min o‘yin taqdirini hal qildi! Qarshi hujumda to‘p o‘tkazib yubordik |
| 118' | ![]() |
Kapadze jarima maydonchasi chizig‘i ustida yiqildi, ammo hakam o‘yinni to‘xtatmadi |
| 117' | ![]() |
Ustunlik to‘laligacha bizda. Koreyslar himoyalanishmoqda |
| 115' | ![]() |
Haydarovning uzatmasidan keyin Temur o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va to‘pni 11 metrli nuqta ustida turgan Nasimovga uzatdi. Bahodir zarba berishga ulgurmadi. Iskanderov uzatmasi esa noaniq bo‘ldi |
| 114' | ![]() |
Iskandarovning uzatmasini Haydarov jarima maydonchasi chizig‘i ustida qabul qildi. Ammo uning uzatmasi juda noaniq bo‘ldi |
| 112' | ![]() |
Ehhhh, Sergeev! Rashidov chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasi ichida ochilgan Igorga uzatdi, ammo hujumchi to‘pni o‘ziga bo‘ysundirish chog‘ida xatoga yo‘l qo‘ydi va Kvak Te Xvi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pidan samara chiqara olmadik |
| 112' | ![]() |
Ehhhh, Sergeev! Rashidov chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasi ichida ochilgan Igorga uzatdi, ammo hujumchi to‘pni o‘ziga bo‘ysundirish chog‘ida xatoga yo‘l qo‘ydi va Kvak Te Xvi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pidan samara chiqara olmadik |
| 111' | ![]() |
Koreyada so‘nggi o‘zgarish: LI Keun Xo o‘rniga Jang Xyun Su tushirildi |
| 110' | Koreyaliklar endi to‘pni ko‘proq nazorat qilishga intilishmoqda | |
| 108' | ![]() |
Denisov o‘z qanotida Li Keun Xoga nisbatan fol ishlatdi. Unda bitta sariq bor. Hakam o‘yinni yaxshi boshqarmoqda |
| 107' | ![]() |
Temur Kapadzening boshi bint bilan o‘raldi. |
| 107' | ![]() |
Temur Kapadzening boshi bint bilan o‘raldi. |
| 106' | ![]() |
To‘rtinchi bo‘lim boshlandi! |
| 105+1' | ![]() |
O‘zbekistonda uchinchi o‘zgarish: Sanjar Tursunov o‘rniga Igor Sergeev tushirildi. Ixtiyorimizda 15 daqiqa bor! Gol uramiz, yutamiz! Koreyslar ham charchashgan! O‘ynash kerak! |
| 105' | ![]() |
Vuuuuuuh! Darvoza tomon bir necha marta zarba berdik! Sardorning so‘nggi zarbasiga aniqlik yetishmadi! |
| 104' | ![]() |
Yaxshi! BUrchak to‘pi ishladik |
| 103' | ![]() |
GOL! Xato ketidan xato! Endi Muhammadiyev to‘pni raqib tortiq etdi. Chap qanotdan yetkazilgan to‘pni Son Xeung Min bosh bilan darvozaga yo‘lladi. Nesterov zarbani qaytara olmadi. |
| 102' | ![]() |
Vuuuuh, Kapadze, kerakmas bunday xato! JArima maydonchamiz atrofida raqibni aldash kerak emas! |
| 99' | ![]() |
Terma jamoamiz himoyadan chiqish paytida: Tursunov olis masofadan to‘pni Rashidov tomon uzatdi. Sardor to‘pni to‘xtatdi, bir himoyachini aldab o‘tdi va 25 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvozaning ustidan 1 metr yuqoridan o‘tib ketdi |
| 98' | ![]() |
Raqibning tirsak bilan urib yuborishi natijasida Denisovning labi qonadi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatildi |
| 96' | ![]() |
Jarimadan yo‘llangan zarbani Haydarov bosh bilan qaytardi. Qayta tashkil etilgan hujum orqali raqib burchak to‘pini ishladi. BUrchakdan yetkazilgan to‘pni Nesterov mushtlari bilan urib yubordi |
| 95' | ![]() |
Rashidov jarima maydonchasi burchagidan o‘yin qoidasini buzdi. Ehtiyot bo‘lish kerak albatta! |
| 91' | ![]() |
Nasimov Tursunovdan bunday uzatmani kutmagandi. Natijada u to‘pni maydonda olib qola olmadi |
| 91' | ![]() |
Uchinchi bo‘lim boshlandi! |
| 90+3' | ![]() |
Qo‘shimcha daqiqalarda ustunlik biz tomonda bo‘ldi. To‘p bir necha marta raqib jarima maydonchasiga yetkazildi. Koreyaliklar xavfni bartaraf etishdi. O‘yinning asosiy vaqti yakunlandi. Biroz tanaffus va yana 30 daqiqalik qo‘shimcha bo‘limlar |
| 90+3' | ![]() |
Qo‘shimcha daqiqalarda ustunlik biz tomonda bo‘ldi. To‘p bir necha marta raqib jarima maydonchasiga yetkazildi. Koreyaliklar xavfni bartaraf etishdi. O‘yinning asosiy vaqti yakunlandi. Biroz tanaffus va yana 30 daqiqalik qo‘shimcha bo‘limlar |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi. Burchak to‘pini o‘yinga kiritdik. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi. Qaytgan to‘pni HAydarov darvoza tomon tepdi. Himoyachilar zarbani yana qaytarishdi. |
| 90' | ![]() |
Vuuuuuh! Sardorning uzatmasidan keyin jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo zarba berishga ulgurmadi. Sanjar va himoyachi to‘qnashib ketishdi. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Biz esa burchak to‘piga ega bo‘ldik |
| 88' | ![]() |
Iskandarov yaxshi pas bilan Tursunovni oldinga chorlagandi. Himoyachi bir amallab uzatmani bosh bilan qaytarib qoldi |
| 86' | ![]() |
Anzur Ismoilov sariq kartochka oldi |
| 85' | ![]() |
O‘zbekistonda ikkinchi o‘zgarish: Lutfulla To‘rayev o‘rniga Jamshid Iskanderov tushirildi |
| 83' | ![]() |
Uuuuuuuh! Baxtimizga o‘ng qanotdan yerlatib yetkazilgan to‘pga koreyalik futbolchining oyog‘i tegmay qoldi! |
| 82' | ![]() |
Himoyachilarning xatosidan so‘ng Nasimov to‘pni egalladi, ammo Rashidovga pas berishda unga biroz aniqlik yetishmadi |
| 81' | ![]() |
Koreya o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Shuhrat Muhammmadiyev bosh bilan qaytarganidan so‘ng Rashidov bir raqibdan o‘tib, oldinga o‘tayotganida hakam xushtagini chaldi va darvozamiz tomon jarima zarbasi belgiladi. JArimadan yetkazilgan to‘pga Son Xeung Min bosh bilan noaniq zarba berdi |
| 78' | ![]() |
Lutfulllaaaaaaaaa! Jamoamiz Muhammadiyev-Tursunov-Rashidov kombinasiyasini amalga oshirishdi. Sardor bir himoyachidan o‘tib ketib, olis ustun tomonga yetkazdi. To‘rayev esa bo‘sh darvozani bosh bilan ishg‘ol qila olmadi |
| 76' | ![]() |
Denisov qanotidan hujum uyushtirdi. Vitaliy to‘pni olgan Kapadze olis masofadan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 74' | ![]() |
Chap qanotdan uzatmani Anzur yon tomonga tepib yubordi |
| 71' | ![]() |
Uuuhhh! Maydon markazidan yetkazilgan uzatmani Muhammadiyev o‘tkazib yubordi va Li Keun Xo deyarli darvozabonimiz bilan birga bir vaziyatda zarba yo‘lladi. Baxtimizga zarba aniq chiqmadi! |
| 70' | ![]() |
Song Xeung 2-3 nafar futbolchimizni aldab, jarima maydonchasiga kirdi so‘nggi pallada Ismoilov to‘pni olib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi |
| 69' | ![]() |
Koreyada o‘zgarish bo‘ldi. Kim Chang Su o‘rniga Cha Du Ri tushirildi |
| 68' | ![]() |
Anzur o‘yin qoidasini jarima maydonchasi burchagida buzdi. Jarimadan yo‘llangan zarbani Nesterov egallab oldi |
| 64' | ![]() |
Rashidov burchak to‘pni olis ustun tomonga yetkazdi. To‘p sakragan Nasimovning boshiga tegdi, ammo darvozaga emas, maydon tashqarisiga yo‘l oldi |
| 63' | ![]() |
Ehhhh, Sardooooor! To‘rayev maydon markazidan pas bilan Rashidovni birga bir vaziyatga chiqardi. Sardor to‘p havodan yerga tushayotganida o‘ziga bo‘ysundirganida, hammasi joyida bo‘lardi! Ammo keyinchalik darvozabon to‘pni yon tomonga urib yubordi... BUrchak to‘pi |
| 60' | ![]() |
Terma jamoamiz 2ta yaxshi hujum tashkil qildi. Kapadze maydon markazida to‘pni egallab oldinga bordi va o‘ng qanotdagi Nasimovga berdi. Bahodir narigi qanotga yerlatib uzatma berdi, ammo Rashidov to‘pga biroz kechroq tezlanish olgandi. Keyingi vaziyatda esa Lutfulla o‘tkir burchak ostida o‘ng tomondan zarba berdi. Davrozabon to‘pni egalladi |
| 56' | ![]() |
Vitaliy Denisov "sariq" evaziga raqibni to‘xtatishga majbur edi, aks holda hujumchi bir bir vaziyatga qochib ketardi |
| 55' | ![]() |
Kvak Te Xvi ogohlantirish oldi. To‘pni qo‘li bilan to‘xtatib qoldi. |
| 54' | ![]() |
To‘p jarima maydonchaga kirgan Li Keun Xoga yetkazildi. Mullajonov o‘z vaqtida to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 53' | ![]() |
Endi To‘rayevga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik natijasida "standart"ni o‘yinga kiritdik. Jarimadan yetkazilgan to‘pni Kapadze bosh bilan darvozabon maydonchasiga uzatdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 52' | ![]() |
Muhammmadiyev raqibga nisbatan o‘yin qoidasini buzgani uchun fol qayd etildi. Jarimadan yetkazilgan to‘pni Nesterov egallab oldi |
| 51' | ![]() |
BUrchakdan yetkazilgan to‘pni posbon egallab oldi |
| 51' | ![]() |
Vuuuuuh! Koreyaliklar o‘z darvozalarini ishg‘ol qilib qo‘yishlariga bir bahya qoldi! Nasimov birga bir vaziyatga chiqarildi. Kim Jin Xyon oldinga chiqib to‘pni tepib yuborayotganida to‘p himoyachiga tegib, darvoza tomon ketdi. Ammo darvozaga kirmadi. |
| 50' | ![]() |
Vuuuuuuh! Nesteroy jamoani goldan qutqardi. Jarima zarbasini Li Jeong Xyeop bosh bilan darvozaga yo‘lladi. Ignat to‘pni urib yuborishga muvaffaq bo‘ldi! |
| 49' | ![]() |
Mullajonov yana fol ishlatdi. U har safar hakamning qaroriga keskin e’tiroz bildirmoqda. Bunday qilish kerak emas |
| 47' | ![]() |
Xavfli zarba. To‘p yaqin burchakka aylantirildi. Nesterov qiyinchilik bilan to‘pni qaytarib yubordi. Keyinchalik himoyachilarimiz xafni bartaraf etishdi |
| 46' | ![]() |
Mullajonov himoyamizning o‘ng qanotida Li Jeong Xyeopni ortidan turtib yiqitdi. Deyarli burchak to‘pi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Jamoalar, hakamlar maydonga qaytishmoqda | |
| ' | Biroz dam olamiz. Hozircha hammasi joyida. Nasib qilsa, terma jamoamiz tanlagan strategiya foyda berishi kerak! Ishonch bor | |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Janubiy Koreya-O‘zbekiston - 0:0. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
"Bayer" futbolchisining jarimadan zarbasi ancha noaniq bo‘ldi |
| 44' | ![]() |
Mullajonov Son Xeung Minga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Darvozagacha 26 metr masofa |
| 44' | ![]() |
Koreyaliklar chap qanotdan to‘pni jarima maydonchamizga yetkazishdi. Anzur uzatmani qaytardi |
| 40' | ![]() |
Oho! Yaxshi! Zo‘r! Denisov hujumimizni boshlab berdi. To‘rayev kesma uzatma bilan Rashidovni birga bir vaziyatga chiqarishga urindi. To‘pni himoyachi so‘nggi pallada qaytarib qoldi. Qaytgan to‘pga Nasimov jarima maydonchasi chizig‘i ustidan akrobatik uslubda zarba yo‘lladi. Zarba kuchli chiqdi, ammo to‘p darvozaga aniq bormadi |
| 39' | ![]() |
Ki Seung Yeung olis masofadan noaniq zarba yo‘lladi |
| 36' | ![]() |
Jamoamiz o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirmoqchi bo‘ldi, Kapadze to‘pini biroz o‘zidan uzoqlashtirib yubordi. Qaytgan to‘pni Denisov egallab, 35 metrdan zarba yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 35' | ![]() |
Denisovning autdan uloqtirib bergan uzatmasidan keyin raqib jarima maydonchasi ichida taxlikali vaziyat yuzaga keldi. Afsuski, futbolchilarimiz zara berishga ulgurishmadi |
| 33' | ![]() |
Jamoamiz yana ko‘pchilik bo‘lib himoyalanmoqda |
| 31' | ![]() |
Rashidov o‘ng tomondan jarima maydonchasi kirdi va to‘pni egallab, sheriklari kelishini ketdi. U o‘ng qanotdagi To‘rayevga to‘pni uzatdi. Lutfullaning uzatmasini esa Denisov ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundira olmadi |
| 30' | ![]() |
O‘zbekistonda majburiy o‘zgarish shekilli. Odil Ahmedov o‘rniga Temur Kapadze tushirildi |
| 27' | ![]() |
Odilning uzatmasidan keyin Nasimov to‘pni zarba berish uchun qulay vaziyatga ochildi va kuchli zarba berdi. Zarba aniq bo‘lmadi |
| 26' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin qayta tashkil qilingan hujumdan so‘ng koreyalik futbolchi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Baxtimizga, zarba noaniq chiqdi |
| 25' | ![]() |
Vuuuuuuuh! Nesterov jamoamizni ikki marta muqarrar goldan qutqarib qoldi! Dastlab markaziy himoyachilarimiz raqib futbolchisining birga bir vaziyatga chiqishiga qarshilik ko‘rsata olishmadi. Nesterov oldinga chiqib to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pga Li Jeong Xyeop zarba yo‘lladi. To‘p Ignatga tegib, yuqoriga ko‘tarildi va himoyachilarimiz to‘pni o‘ng qanotga uzoqlashtirishdi. Ki Seung Yeung bir himoyachimizni aldab, murakkab zarba yo‘lladi. Posbonimio‘ to‘sin ostiga borayotgan to‘pni yuqoriga urib yubordi! |
| 24' | Tomonlar navbati bilan hujum tashkil etishmoqda, navbati bilan himoyalanishmoqda | |
| 22' | Birinchi bo‘lim o‘rtalariga yaqinlashyapmiz. O‘yin juda ajoyib davom etmoqda. Yuqori saviya | |
| 19' | ![]() |
Koreyaliklar taxlikali hujum tashkil qilishdi. Yaxshiyamki, ish zarbagacha yetib bormadi. KEyingi hujum paytida hujumchi ofsaydda qoldi |
| 17' | ![]() |
Ehhhhh, Sanjaaaaaar! Shuhratning o‘ng qanotda uzatmasidan keyin himoyachining boshida to‘p Tursunovga kelib tushdi. Sanjar yakkama-yakka vaziyat zarba yo‘lladi. Oldinga chiqib kelgan darvozabon ko‘kragi bilan zarbani qaytardi! Denisov to‘pni yana jarima maydonchasiga qaytardi. Odilning zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi! Qanday imkoniyatlar a!!!! |
| 13' | ![]() |
BUrchak to‘pi Ki Sung Yeongdan maydonni tark etdi |
| 12' | ![]() |
Koreya burchak to‘pi ishladi. Chap qanotdan yetkazib berilgan uzatmani Shuhrat maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 10' | ![]() |
Lutfulla maydon markazida fol ishlatdi. To‘rayev mayda follardan ehtiyot bo‘lishi lozim |
| 8' | ![]() |
Terma jamoamiz qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga kirib borishga intilishdi. Ammo raqiblar to‘pni egallab olib, qarshi hujumga o‘tishayotganida To‘rayev fol ishlatib, hujumni to‘xtatdi |
| 8' | ![]() |
Kutilmagan yoqimli holat. O‘yin boshidagi to‘la ustunlik o‘zbekistonliklar tomonida |
| 6' | ![]() |
Lutfullaaaaaaaaa! Odil tomonidan o‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazib berdi. To‘rayev to‘pga bosh bilan intildi. To‘p uning boshiga birozgina tegdi, ammo to‘p darvoza tomon burilmadi... |
| 5' | ![]() |
Denisovga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi |
| 4' | ![]() |
Raqib darvozasi tomon dastlabki zarbani Nasimov berdi! Bahodir Tursunovning uzatmasidan keyin o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Kim JIn Xyon to‘pni egalladi |
| 1' | ![]() |
Koreyaliklar o‘ng qanotdan oldinga o‘tishdi. Kim Chang Su Denisovni aldab o‘tib, jarima maydonchasiga kirib kelganida Mullajonov to‘pni egallab oldi! Yaxshi! |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| 12:29' | ![]() |
O‘yinni boshlash uchun barcha narsa shay. |
| ' | "Olamni mahliyo aylagan diyoyoyoyor!" Bugun g‘alaba bilan olamni mahliyo aylang, yigitlar! Omad va g‘alaba sizga yor bo‘lsin! Yaratganning o‘zi qo‘llasin! | |
| 12:26' | ![]() |
Endi esa navbat O‘zbekiston davlat madhiyasiga! "Serquyoyoyoyoyosh, huuuuur o‘lkammm...." |
| ' | Janubiy Koreya davlat madhiyasi yangramoqda | |
| ' | ![]() |
Bugun ham O‘zbekiston sardori Odil Ahmedov! Koreyaliklarni esa Ki Sung Yeung sardor sifatida maydonga boshlab tushadi |
| ' | ![]() |
Diqqat! Jamoalar maydonga chiqib kelishga tayyor! Eslatib o‘tamiz, Koreya qizil, O‘zbekiston oq rangli formada harakat qilishadi |
| ' | "Guruhga nisbatan bu o‘yin boshqacha. O‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Futbolchilarning kayfiyati yomon emas. O‘z baxtimizni ularning darvozasi oldidan qidiramiz. Musobaqada o‘z ishtirokimizni davom ettirishni juda ham xohlaymiz. Ishonchsiz yashab bo‘lmaydi, biz o‘z kuchimizga ishonamiz", - deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi Mirjalol Qosimov. | |
| ' | Jamoalar o‘yinoldi chigalyozdi mashg‘ulotini yakunlab, kiyinish xonasiga kirib ketishdi. Fursatdan foydalanib, stadon maysasi sug‘orilmoqda | |
| ' | Lutfullaning hozirgi holatini murabbiylarimiz yaxshi bilishadi. U Dubaydagi yig‘in davomida nimasi bilandir yaxshi taassurot qoldirgan bo‘lishi kerak | |
| ' | Terma jamoalarimizda texnik direktor vazifasini bajarayotgan Rustam Akromov so‘nggi paytlarda barcha terma jamoalarimizda bitta strategiyani qo‘llab kelmoqda. Guruh bosqichida bitta futbolchidan umuman foydalanmasdan, chorak finalda undan yashirin qurol sifatida foydalanib kelmoqda. Bugun yashirin qurol vazifasini Lutfulla To‘rayev bajarib berishi kerak | |
| ' | Har ikkala futbolchimiz Saudiyaga qarshi o‘yinda jamoaning barcha futbolchilari maydonda borlarini berishganini, barcha zaxira kuchlarigacha sarflashganini ta’kidlab o‘tishdi. Umid qilaamiz, 4 kun davomida o‘yinchilarimiz kuchni tiklab olishga muvaffaq bo‘lishdi va bugun xuddi shunday o‘yin ko‘rsatib berishdi | |
| ' | ![]() |
O‘zbekistonlik legionerlar Anzur Ismoilov (Xitoy chempionatida o‘ynamoqda), Shavkat Mullajonov (Qatar, Saudiya Arabistoni va Xitoy chempionatlarida o‘ynagan) ingliz tilida ancha erkin gapirishni o‘rganishibdi. Ularning Saudiyaga qarshi o‘yindan keyin mikst-zonada arab jurnalistiga bergan intervyusi Sport kanali orqali namoyish qilindi |
| ' | O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 12:30da boshlanadi. Ungacha esa o‘yinoldi fikrlarimiz, voqealar bilan tanishtirib boramiz | |
| ' | Osiyo kubogida chorak final uchrashuvlari boshlanmoqda. Ushbu bosqichning ilk o‘yinini O‘zbekiston terma jamoasi boshlab beradi, Janubiy Koreyaga qarshi | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|