Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Ispaniya La ligasi

20-tur, 2015 yil 24 yanvar, soat 20:00. Bosh hakam: Ernandes Ernandes

KORDOBA

Nabil G‘ilos (3-pen.)

1 : 1

REAL MADRID

Karim Benzama (27)
JAMOALAR TARKIBI
Xuan Karlos
Xose Anxel Krespo
Adrian Gunino
Edimar
Deyvid
Aleksandar Pantich
Federiko Kartabiya
Fausto Rossi
Nabil Gilas
Florin Andone
Bebe
  Iker Kasilyas
Marselo
Daniel Karvaxal
Serxio Ramos
Rafael Varan
Sami Xedira
Toni Kroos
Garet Beyl
Xames Rodriges
Krishtianu Ronaldu
Karim Benzema
ZAHIRA
Mikel Saysar
Daniel Pinilyos
Xose Agulyo
Federiko Viko
Lopes Silva
Abel
Aris Garay
  Keylor Navas
Nacho
Fabiu Koentrau
Alvaro Arbeloa
Asyer Ilyaramendi
Xese
Xavyer Ernandes
SARIQ KARTOCHKA
Fausto Rossi (57)
Federiko Kartabiya (60)
 
Sami Xedira (62)
QIZIL KARTOCHKA
Federiko Kartabiya (87)
 
Krishtianu Ronaldu (83)

Matn

'
"Elche" - "Barselona" uchrashuvidan tashkil etiladigan matnli onlayn translyasiyani kuzatib borishga taklif etamiz
90+3'
O‘yin tugadi. "Real" katta qiyinchilik evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Tan olish kerak, o‘yin davomida "Kordoba" futbolchilari ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘lishdi
90+3'
Vuuuh! Bebe tomonidan o‘ng tomondan darvozabon maydonchasiga yetkazilgan to‘pni mezbon futbolchisi darvozaga burib yuborishgsha ulgurmadi!
90+2'
Olis masofadan yetkazilgan uzatmani Kasilyas egallab oldi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
89'
GOOOL! Garet Beyl! Uelslik futbolchi "Real"ni ochko yo‘qotishdan qutqarmoqda! Beylning o‘zi jarima zarbasi ishladi, penalti ishladi va penaltidan gol urdi!
87'
Kartabiyaga ikkinchi sariq kartochka ko‘rsatildi va u ham maydonni tark etdi
87'
"Kordoba" darvozasi tomon penalti! Jaonli devordan turgan Kartabiya qo‘li bilan Beylning zarbasini qaytardi
86'
Shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i ustida Beylga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Xavfli zarba bo‘lishi mumkin
83'
Ronaldu maydondan chetlashtirildi! Krishtianu asablarini jilovlay olmadi. "Real" maydon markazidan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p darvozaga yaqin joyda turgan Ronalduning oyog‘idan darvozabonga bordi va posbon to‘pni egallab oldi. Ronaldu esa kutilmaganda himoyachining yuziga urib yubordi. Unga e’tiroz bildirgan boshqa himoyachi ham Ronalduning zarbasidan benasib qolmadi... Natijada Krishtianu qizil kartochka oldi!
81'
"Kordoba" burchak to‘pini o‘yinga kiritganidan keyin qaytarilgan to‘p Rossiga kelib tushdi. Faustoning jarima maydonchasi yarim doirasi ustida yo‘llagan zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi!
80'
Jamoalarda bittadan o‘zgarish bo‘ldi. "Kordoba"da Andone o‘rniga Viko, "Real"da Xames o‘rniga Isko tushirildi
80'
Burchakdan yetkazilgan to‘pga Ramos bosh bilan zarba yo‘lladi. Noaniq
79'
Benzemaaaa! Jarima maydonchasi tashqarisidan darvozabon uchun o‘ta noqulay zarba yo‘lladi. Sakrab borgan to‘pni posbon maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
77'
Xames yuqoridan jarima maydonchasi ichiga to‘pni yetkazib berdi. Benzema bosh bilan Ronaldu tomon pas berayotganida himoyachi to‘pni qaytardi...
76'
Ronalduning uzatmasidan keyin Kross jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Xuan Karlos to‘pni egallab odi
75'
Burchak to‘pidan keyin to‘pni egallagan madridliklar qarshi hujumga o‘tishayotganida Benzemaga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi
74'
"Kordoba" yana bir marta burchak to‘pini o‘yinga kiritadi. To‘p 5-6 daqiqadan beri "Real" jarima maydonchasi atrofida aylanmoqda
72'
"Real"da o‘zgarish: Marselo o‘rnia Koentrau tushirildi
71'
Jarimadan yetkazilgan to‘pni Benzemaning oyog‘idan maydonni tark etdiyu BUrchak to‘pi
70'
Ilyara burchak yonida "Kordoba" hujumchisini chalib yiqitdi
68'
Vuuuuuh! "Real"ni goldan darvoza to‘sini qutqarmoqda!!! Andone to‘p uchun kurashda Ramosdan to‘p olib qo‘ydi va birga bir vaziyatda to‘pni Ramosning ustidan oshirdi. To‘p yerga tegdi va sakrab, darvoza to‘siniga tegib qaytdi! Qaytgan to‘pni Kasilyas egallab oldi!
67'
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Havodagi to‘p uchun kurashda "Kordoba" futbolchilari yutqazishmayapti
64'
"Real"da dastlabki o‘zgarish: Sami Xedira o‘rniga Asyer Ilyaramendi tushirildi
62'
Sami Xedira ogohlantirildi
61'
Xamesning o‘zi jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar bosh bilan xavfni bartaraf etishdi
60'
Kartabiya ogohlantirish oldi. Chap qanotdan jarima zarbasi
58'
Ronaldu tomonidan yo‘llangan zarba jonli devorga tegib qaytdi
57'
Fausto Rossi ogohlantirish oldi. U Ronalduni chalib yiqitda. Jarima maydonchasi burchagidan jarima zarbasi tepiladi
56'
Yana bir marta vuuuuh! Bebe maydon markazidan boshlab o‘z yo‘lida uchragan "Real"ning barcha futbolchilaridan o‘tib ketdi va jarima maydonchasi ichida zarba yo‘lladi. Kasilyas qiyinchilik evaziga zarbani qaytardi!
55'
Vuuuuuuuh! Andone madridlik himoyachilardan o‘tib ketdi va 17 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvoza yonginasidan o‘tib ketdi. Kasilyas to‘pga tashlanishga ulgurmagandi
53'
"Kordoba" maydon markazida jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Olis ustun oldidagi futbolchi bosh bilan to‘pni darvozabon maydonchasiga qaytardi. Hujumchi zarba berishga ulgurmadi, to‘pni Varan qaytardi
52'
Burchak to‘pi paytida bu safar mezbonlar xushyor o‘ynashdi
51'
Xames jarima maydonchasiga yaqinlashib bordi va uzatma berdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
49'
Bebe jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi va zarba yo‘lladi. O‘ta noaniq zarba bo‘ldi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
'
Jamoalar maydonga qaytishdi
45'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Kordoba" - "Real" - 1:1. Tanaffus
45'
"Kordoba" futbolchilari 4ga 3 chichib borishdi, ammo yana so‘nggi uzatmada xatoga yo‘l qo‘yishdi
42'
Xamesning uzatmasidan keyin Beyl birga bir vaziyatga chiqib bordi, ammo ofsaydda qolgan ekan
40'
Florin Andone to‘p uchun yelkama-elka kurashda Ramosdan ustun keldi va jarima maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi
38'
Benzema jamoadoshlari bilan qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga kirishga urindi, so‘nggi pas noaniq bo‘ldi
37'
"Real" darvozasi tomon jarima maydonchasi burchagidan jarima zarbasi belgilandi. Bebe tomonidan yo‘llangan zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi
'
Negadir 2015 yildan boshlab 2014 yildagi "Real"ni ko‘rmayapmiz. Ketma-ket 22ta o‘yinda g‘alaba qozongan "Madrid" yaxlit mexanizm edi. Hozir esa futbolchilar o‘sha eski inersiya orqali o‘ynayotgandek tasavvur uyg‘otmoqda.
31'
Mezbon yarim himoyachisi chap qanotdan zarba yo‘lladi. Bu Ikerga muammo tug‘dirmadi
27'
GOOOOOOOL! Karim Benzema! 1:1! Xames burchak zarbasini amalga oshirdi. Beyl bosh bilan to‘p yo‘nalishini biroz o‘zgartirdi va u darvozabon qarshisida turgan Benzamaga borib tushdi. Karim yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi!
26'
"Kordoba"ning 4 futbolchisi 4 himoyachiga qarshi chiqib borishdi, ammo uzatma noaniq bo‘ldi
24'
Ronaldu "regbicha" zarba yo‘lladi... Darvoqe, u bugun klub doirasidi bugun 600-o‘yinni o‘tkazmoqda
23'
Xamesga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Darvoza ro‘parasidan jarima zarbasi. Darvozagacha 25 metrlar...
20'
Oho! "Kordoba" futbolchisi 22 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p to‘g‘ri Ikerning o‘ziga bordi
18'
Vuuuuh! "Kordoba"ning 29-raqamli futbolchisi jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va olis burchak tomon zarba berdi. To‘p darvoza yonidan o‘tib ketdi!
12'
Xedira o‘ng qanotdan yerlatib yetkazib burgan uzatmasini Beyl darvozabon chizig‘i ustida darvoza tomon burishga harakat qildi. Zarba aniq chiqmadi
10'
"Real" burchak zarbasidan foydalana olmadi
9'
"Real" mudofaasida parokandalik! Ikki nafar mezbonlar futbolchisi bir himoyachiga qarshi chiqib borishdi. Ammo ulardan biri Ramosdan to‘pni o‘tkazib, sherigiga aniq pas bera olmadi!
7'
O‘yin kutilmagan tarzda boshlandi. "Real" himoyachilari ketma-ket xatoga yo‘l qo‘yishmoqda
4'
Burchak to‘pidan keyin "Madrid" hisobni tenglashtirishi mumkin edi, ammo mezbonlar o‘z vaqtida xavfni bartaraf etishdi
3'
GOOOOL! Nabil G‘ilos hisobni ochdi! Uning zarbasini Kasilyas qaytara olmadi!
1'
"Real" darvozasiga penalti! Hakam biroz pauzadan keyin "nuqta"ga ishora qildi! Darvoza tomon berilgan zarba Ramosning qo‘liga tegdi!
1'
O‘yinni "Kordoba" boshlab berdi!
'
O‘yin oldidan 1 daqiqalik sukut saqlanmoqda
'
"Kordoba" oq-yashil yo‘l-yo‘l, "Real" qora rangli formada o‘ynaydi bugun
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Ispaniya La ligasida ikkinchi davra o‘yinlari boshlanmoqda. "Real" bugun safarda "Kordoba" mehmoni bo‘ladi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.