Ispaniya La ligasi
| 20-tur, 2015 yil 24 yanvar, soat 22:00 | ||
ELCHE |
0 : 6 |
BARSELONAJerar Pike (35)
Lionel Messi (55-penalti, 88) Neymar (69, 71) Pedro (90+3) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
25.Pshemislav Titon (D) 02.Damian Suares 03.Enso Roko 18.Serxio Pelegrin 05.Domingo Sisma 24.Mario Pashalich 07.Aaron Niges 20.Faysal Fajr 08.Adrian Gonsales 22.Jonatas 17.Viktor Rodriges |
13.Klaudio Bravo (D) 02.Martin Montoyya 03.Jerar Pike 15.Mark Bartra 18.Xordi Alba 14.Xavyer Maskerano 12.Rafinya 06.Xavi Ernandes 11.Neymar 07.Pedro Rodriges 10.Lionel Messi |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Manu Errera (D) 14.Xose Alonso 04.David Lomban 21.Edu Albakar 10.Koro 09.Kristian Errera 19.Alvaro Ximenes |
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 21.Adriano 22.Dani Alves 20.Serxi Roberto 08.Andres Inyesta 05.Serxio Buskets 09.Luis Suares |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Adrian Gonsales (20)
Aaron Niges (27) Serxio Pelegrin (35) Jonatas (40) Faysal Fajr (41) David Lomban (79) |
Maskerano (62)
Xordi Alba (62) |
|
| QIZIL KARTOCHKA | ||
|
Faysal Fajr (58)
|
||
Matn
| ' | Messi o‘z gollari sonini 21taga yetkazib oldi. Ronaldu hisobida esa 28ta gol borligini eslatib o‘tamiz | |
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Elche" - "Barselona" - 0:6. |
| 90+3' | ![]() |
GOOOL! Pedro, 0:6! Qarshi hujum paytida Neymar oldinga o‘tdi, himoyachini ortda qoldirdi va chap qanotdan yetib kelgan Pedroga pas berdi. Pedro osonlik bilan bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 88' | ![]() |
GOOOOOL! Messi, 0:5! Bartraning uzatmasidan keyin Leo jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va himoyachining oyoqlari orasidan o‘tkazib zarba yo‘lladi. To‘p olis burchakka borib tushdi |
| 86' | ![]() |
Buskets va Jonatas to‘qnashib ketishi oqibatida har ikkala futbolchi jarohat oldi |
| 82' | ![]() |
"Elche"da o‘yinchi almashdi: Nges o‘rniga Koro tushirildi |
| 80' | ![]() |
Messining jarimadan yo‘llagan zarbasini Toton egallab oldi |
| 79' | ![]() |
David Lomban sariq kartochka oldi. Neymarni ag‘dargani uchun |
| 74' | ![]() |
"Barselona"da o‘zgarish: Xavi o‘rniga Serxi Roberto tushirildi |
| 74' | ![]() |
Ehh, bu safar Messi Neymarga uzatma berishga qizg‘andi. Aks holda uzatma-gol bo‘yicha o‘ziga xos "xet-trik" qayd etilardi... |
| 71' | ![]() |
GOOOOL! Neymar! 0:4! Messidan yana bir superpas, yana birga bir vaziyat va gol! |
| 69' | ![]() |
GOOOOOL! Neymaaar! 0:3! Messining ideal pasidan keyin Neymar birga bir vaziyatga chiqdi va osonlik bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 66' | ![]() |
Xordi Alba sariq kartochka oldi. |
| 64' | ![]() |
Ehhh, "Elche" futbolchisi 11 metrli nuqta ustida darvozaga aniq zarba bera olmadi! |
| 62' | ![]() |
Maskerano ogohlantirildi. Qarshi hujumga o‘tayotgan raqib futbolchisini chalib yiqitdi |
| 61' | ![]() |
Ehhh, Pedro! BIrga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qila olmadi! Titon zarbani qaytardi! |
| 60' | ![]() |
"Elche"da o‘zgarish: Jarohat olgan Sisma o‘rnga Edu Al-Bakar tushirildi |
| 59' | ![]() |
Montoyya o‘ng qanotda bir himoyachidan o‘tib ketdi va jarima maydonchasiga kirib kelib, pas berdi. Himoyachilar uzatmani qaytarishdi |
| 58' | ![]() |
"Elche" futbolchisi Faysal Fajr ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi |
| 55' | ![]() |
GOOOL! Messi! Davrozabonni osonlik bilan alday oldi. 0:2! |
| 54' | ![]() |
Penalti! "Elche" darvozasiga. Qarshi hujum natijasida Neymar jarima maydonchasiga kirib keldi va himoyachini aldab o‘tayotganida raqibni qoida buzishga majbur qildi! |
| 53' | ![]() |
Oho! Messining yuqoridan bergan uzatmasini jarima maydonchasiga kirib kelgan Alba bosh bilan Neymarga uzatdi. Braziliyalik futbolchi birga bir vaziyatda gol urishi uchun unga biroz bo‘shliq yetishmadi. Darvozabon to‘pni qaytardi! |
| 51' | ![]() |
Messi o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va darvozabon maydonchasi tomon pas berdi. To‘pni himoyachilar qaytarishdi |
| 48' | ![]() |
Mezbonlar ilk daqiqalardan oldinga o‘tishdi. O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni himoyachilar egallashdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45' | ![]() |
Hakam birinchi bo‘limga vaqt qo‘shmadi. Tanaffus. Hozircha "Elche" - "Barselona" - 0:1. |
| 43' | ![]() |
Messining uzatmasidan keyin Pedro darvozabon qarshisida yolg‘iz qoldi, ammo ofsayd |
| 41' | ![]() |
Oy-oy-oy... Fajr oyog‘ini baland ko‘tarib, Rafinyaning yuzidan tepib yubordi. Sariq kartochka |
| 40' | ![]() |
Jonatas ham ogohlantirish oldi |
| 40' | ![]() |
Endi Messining "yurish"lari ham o‘xshagandek bo‘lyapti. U "devor" o‘ynab jarima maydonchasiga kirayotganida himoyachilar to‘pni qaytarib qolishdi |
| 39' | ![]() |
Pedro jarima maydonchasi ichida yiqildi, ammo penalti yo‘q. Rostda ham penalti yo‘q edi |
| 37' | ![]() |
Pashalich jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Rekoshet holatida borgan to‘pni Bravo egalladi |
| 35' | ![]() |
GOOOOOOL! Jerar Pike! 0:1. "Barselona" joniga "standart" oro kirdi. Pike to‘pni ko‘kragi bilan qaytardi va yaqin masofadan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi! |
| 35' | ![]() |
Serxio Pelegrini ogohlantirildi. Jarima zarbasi |
| 34' | ![]() |
Messi jarima maydonchasi tashqarisidan to‘pni Neymar qanotiga aylantirdi. Neymarning oyog‘iga to‘p o‘tirmadi |
| 34' | ![]() |
Kataloniyaliklar haqiqiy ma’noda piyoda futbol o‘ynashmoqda |
| 29' | ![]() |
Bugun "Elche" futbolchilari Messini juda qattiq qo‘riqlashmoqda. Lionel aldab o‘tish chog‘ida to‘pni faqat yo‘qotmoqda |
| 27' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin Messi to‘pni egallab oldinga o‘tayotganida Aaron Niges uni qo‘li bilan to‘xtatdi va ogohlantirish oldi |
| 26' | ![]() |
Jarima zarbasi xavfli bo‘ldi. Bravo burchakka borayotgan to‘pni yon tomonga urib yubordi |
| 25' | ![]() |
Montoyya fol ishlatdi. Darvozagacha 25 metrlardan jarima zarbasi tepadi |
| 25' | ![]() |
Vuuuuh! mezbonlarda yana bir xavfli vaziyat! Jonatas o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va kuchli zarba yo‘lladi! Bravo oyog‘i bilan to‘pni qaytardi! |
| 23' | ![]() |
Vuuuuh! Olis masofadan yetkazilgan to‘pni Jonatas jarima maydonchasi ichida egalladi va kuchli zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 21' | ![]() |
Messining jarimadan yo‘llagan zarbasi xavfli bo‘ldi, ammo to‘p darvoza yonidan o‘tib ketdi |
| 20' | ![]() |
Adrian Gonsales sariq kartochka oldi. U Messini to‘xtatib qoldi, aks holda u darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketardi |
| 18' | ![]() |
"Barsa" yarim kuch bilan o‘ynamoqda. Bunaqada ochko yo‘qotib qo‘yishi mumkin |
| 14' | ![]() |
"Barselona" jarima maydonchasining o‘ng burchagidan jarima zarbasini amalga oshirdi. XAvi to‘pni chap burchakdagi Albaga uzatdi. Xordi to‘pni yerga tushirmasdan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 12' | ![]() |
"Elche" jarima to‘pini o‘yinga kiritib berdi. Jonatas uzatgan to‘p hech kimga tegmay, maydonni tark etdi |
| 10' | ![]() |
Neymar chap qanotdan bir futbolchini aldab o‘tib, jarima maydonchasidagi Messi tomon uzatdi. Tzp Lionelga o‘tmadi |
| 8' | ![]() |
Olis masofadan jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pga Messi yeta olmadi, Titon to‘pni egalladi |
| 5' | ![]() |
"Elche" chap qanotdan jarima zarbasini amalga oshirdi. To‘p hujumchidan maydonni tark etdi |
| 2' | ![]() |
Xavi yuqoridan darvozabon maydonchasiga to‘pni uzatdi. Markaziy himoyachilar qaytarishdi |
| 2' | ![]() |
"Barselona" ko‘k-anorrang, "Elche" esa oq-yashil rangli formada o‘ynamoqda |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi! |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom, qadrli saytimiz muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|