Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya liga kubogi

Yarim final, javob o‘yini. 28 yanvar, soat 00:45

CHELSI

Branislav Ivanovich (94)

1 : 0

LIVERPUL

JAMOALAR TARKIBI
13.Tibo Kurtua (D)
03.Filipe Luis
02.Branislav Ivanovich
26.Jon Terri
10.Eden Azar
04.Sesk Fabregas
21.Nemanya Matich
05.Kurt Zuma
22.Villian
08.Oskar
19.Diyego Kosta
  22.Simon Minyole (D)
37.Martin Shkrtel
17.Mamadu Sako
10.Filippe Koutinyo
14.Jordan Xenderson
31.Raxim Sterling
23.Emre Jan
21.Lukas Leyva
18.Alberto Moreno
08.Stiven Jerrard
50.Lazar Markovich
ZAHIRA
01.Petr Chex (D)
24.Geri Kexill
28.Sesar Aspilikueta
06.Natan Eyk
07.Ramires
11.Didye Drogba
18.Loik Remi
  52.Denni Uord (D)
02.Glen Jonson
06.Deyan Lovren
20.Adam Lallana
24.Jo Allen
09.Riki Lambert
45.Mario Balotelli

Matn

'
"Chelsi" Angliya liga kubogining yarim finalida g‘alaba qozondi (birinchi o‘yin 1:1) va finalga chiqdi. Finalda ularga "Sheffild Yunayted" – "Tottenxem" juftligi g‘olibiga qarshi maydonga chiqishadi
120+2'
O‘yin yakunlandi.
119'
Himoyachilarning xatosidan so‘ng Ramires jarima maydonchasi ichida to‘pni egallab, zarba yo‘lladi. Minyole zarbani qaytardi
119'
"Chelsi"da o‘zgarish: Villian o‘rniga Drobga tushirildi
116'
Shkrtel maydon markazidan o‘zidan o‘tib ketayotgan Diyego Kostan chalib yiqitdi. Sariq!
114'
Emre Jan ham ogohlantirildi. Azarga nisbatan qo‘pollik uchun
111'
Ramires jarima maydonchasi ichida ancha noaniq zarba yo‘lladi
110'
O‘ng qanotdan havodan yetkazilgan to‘pni Kurtuv egallay olmadi. Balotelli to‘pni chap qanotda jarima maydonchasi tashqarisida egalladi va juda ham o‘tkir burchak ostidan to‘pn darvozabonning ustidan oshirib darvozaga joylashga urindi. Urinish muvaffaqiyatsiz chiqdi
109'
Jarima zarbasi amalga oshirilgan paytda darvozabonga nisbatan fol ishlatildi deb topildi
108'
Oskar sariq kartochka oldi. Emre Janni yiqitgani uchun
106'
Ramires o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirib borib, to‘pni orqaroqda turgan Azarga uzatdi. Eden esa chapda ochilga Diyego Kostaga berdi, ammo hujumchi himoyachini aldash chog‘idan to‘pdan mahrum bo‘ldi
106'
To‘rtinchi bo‘lim boshlandi
106'
"Liverpul"da Moreno o‘rniga Riki Lambert maydonga tushdi
105+1'
"Chelsi" burchak to‘pini o‘yinga kiritib, vaqtdan yutishga harakat qildi. Tanaffus. Jamoalar maydonning tomonlarini almashishadi
105'
Uchinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
105'
Chap qanotdagi burchak yaqinida Villianga nisbatan fol ishlatildi
103'
Balotelli o‘ng qanotda ikki futbolchi orasidan o‘tib ketdi va Morenoni to‘p bilan ta’minladi. uning 15 metrlardan yo‘llagan zarbasi darvozaga aniq bormadi
102'
Jerard va Diyego Kosta to‘p uchun kurashdan keyin bir-birlarini kurash uslubida yiqitishdi va shundan so‘ng tortishib ketishdi. Ikkalasiga ham sariq kartochka!
100'
Vuuuuh! Sterling chap qanotda ikki himoyachidan qochdi va darvoza yaqinga uzatma berdi. Xenderson bosh bilan darvozani ishg‘ol eta olmadi!...
99'
"Chelsi" to‘pni nazorat qilmoqda
94'
GOOOOOOOL! Branislav Ivanovich! 1:0! Villian jarima maydonchasi burchagidan jarima zarbasini o‘yinga kiritdi. Ivanovich baland sakrab 5-6 metrdan bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi!
92'
Balotelli tomonidan jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llangan zarba yuqoriga ketib qoldi
91'
Qiziq! 90 daqiqada amal qilinmagan "safardagi gol" qoidasi qo‘shimcha bo‘limlarda amalda bo‘larkan! Ya’ni, mazkur 30 daqiqada hisob ochilmasa, finalga "Chelsi" chiqadi, 1:1 hisobi qayd etilsa, penaltilar seriyasi, 2:2 va undan ko‘proq gol urilgan duranglarda "Liverpul" final yo‘llanmasini qo‘lga kiritar ekan!
91'
Uchinchi bo‘lim boshlandi. Biz bugun Angliya liga kubogining dastlabki finalchisi nomini bilib olishimiz kerak!
90+4'
O‘yinning asosiy vaqti yakunlandi. Hozircha "Chelsi" - "Liverpul" - 0:0. 30 daqiqalik qo‘shimcha bo‘limlar belgilanadi
90+4'
Qo‘shib berilgan daqiqalarda "Chelsi" bosim uyushtirdi, ammo hozircha mezbonlar darvozani ishg‘ol qila olishmadi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
90'
Jerrardning jarimadan uzatmasi narigi qanotga o‘tib kettdi va Xenderson burchak to‘pi ishladi
89'
Ivanovich sariq kartochka oldi. Sterlingni tortib yiqitgani uchun. Jarima maydonchasining chap tomonidan jarima zarbasi
88'
RAhim Sterling jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi!
87'
Azar ancha olis masofadan zarba yo‘lladi. Minyole to‘pni egallab oldi
82'
"Chelsi"da yaxshi imkoniyat! Azar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va to‘pni Kostaga uzatdi. Diyegoning zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi!
77'
"Chelsi"da jarohat olgan Filipe Luis o‘rniga Sesar Aspilikueta tushirildi
72'
Jerrardning zarbasini Kurtua egalladi
70'
"Liverpul"da o‘zgarish: Balotelli maydonga tushdi
68'
Ramiresning kuchli zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi
66'
To‘p "Liverpul" futbolchisining qo‘liga tegdi. Jarimadan yo‘llangan zarbani darvozabon egallab oldi
65'
Vuuuuuuuh! Simon Minyole!!!! Himoyachilarning xatosidan so‘ng Diyego Kosta raqib jarima maydonchasi ichida darvozabon bilan yolg‘iz qoldi. Darvzabon oyog‘i bilan to‘pni undan olib qo‘ydi
65'
Sterling "Chelsi" jarima maydonchasi tashqarisidan Markovichga uzatma berayotganida to‘p manzilga yetib borishiga himoyachilar yo‘l qo‘yishmadi!
64'
Oskar o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va tavani bilan Villianga to‘pni qoldiirdi. Villianning darvozabon maydonchasi tomon uzatmasini himoyachiga tegib, darvozabonga bordi...
62'
"Liverpul"ning javob hujumi! Jerrardning zarbasini Kurtua egallab oldi!
61'
Vuuuuuuh! "Chelsi" futbolchisining jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbasini Minyole katta qiyinchilik bilan qaytardi!
59'
Vuuuuuh, Azaaaar! Eden jarima maydonchasi tashqarisida deyarli barchadan o‘tdi va 16 metrlardan chap oyoqda kuchli zarba yo‘lladi! To‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi!
54'
Jarima zarbasi jonli devorga tegib qaytdi
53'
"Liverpul" himoyachisi Lukas Leyva fol evaziga raqib futbolchisini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Sariq kartochka!
50'
"Liverpul" himoyachilari navbatdagi burchak to‘pini bartaraf etishdi
48'
Azar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga pas berdi. Shkrtel to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Chelsi" - "Liverpul" - 0:0. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
45'
Mehmonlar o‘z jarima maydonchalari atrofida to‘pni oldirib qo‘yishdi. "Chelsi" imkoniyatdan foydalana olmadi
44'
"Liverpul" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Kurtua to‘pni egallab oldi
40'
Londonliklar qisqa pas orqali raqib jarima maydonchasiga yaqinlashib kelishdi. Azarning Oskar tomon uzatmasi biroz noaniq chiqdi
38'
Vuh! OSkarning zarbasi xavfli chiqdi! To‘p darvoza oldidan o‘tib ketdi
37'
Shundoqqina jarima maydonchasi ostonasida Oskarga nisbatan fol ishlatildi. Jarima zarbasi
35'
"Liverpul" maydonning "Chelsi" tomonida to‘pni egallab, chap qanotdan oldinga o‘tdi. Koutinyo-Jerard-Xenderson uzatmasidan keyin Jordan 17 metrlardan zarba yo‘lladi. Noaniq
32'
"Chelsi"ning burchak zarbasi samarasiz yakunlandi
30'
Vuuuuuuh, Koutinyo! Qoyil, Kurtua! "Liverpul" yarim himoyachisi ikki futbolchini aldab o‘tib deyarli birga bir vaziyatdan jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. Tibo oyog‘i bilan zarbani qaytardi!
27'
Burchak zarbasi mehmonlar uchun samarali chiqmadi
27'
Ehhhh, Koutinyo! Jerrardning uzatmasidan keyin Filippe chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va deyarli birga-bir vaziyatda o‘tkir burchak ostidan zarba yo‘lladi! Zarba Kurtuaning qo‘liga tegib, maydonni tark etdi
22'
Diyego Kosta jarima maydonchasi ichida yiqildi. Shkrtel bilan kontakt bor edi. Hakam penalti belgilashga jazm etmadi
21'
Diyego Kosta jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berishga chog‘landi. Ammo himoyachilar bunga imkon berishmadi
18'
Ivanovich o‘ng qanotdan o‘tkir burchak ostida darvozabon maydonchasiga xavfli uzatma berdi. Minyole to‘pni egallab oldi
17'
"Liverpul"ning qarshi hujumi paytida Sterling oldinga o‘tdi va jarima maydonchasi ichida bir himoyachini aldab, darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqmoqchi bo‘lganida, to‘pni oldirib qo‘ydi. Rahim o‘z vaqtida o‘ng qanotdan yordamga kelgan sherigiga to‘pni berishi kerak edi. Qizg‘ondi
15'
Felipe Luis jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘p darvozabonga nasib etdi
12'
Kosta va Emre Jan to‘p uchun kurash olib borishdi va to‘p maydonni tark etdi. Shundan so‘ng Kosta butsasining tishlari bilan Emrening to‘pig‘ini bosib o‘tib ketdi. Hakam hech kimga ogohlantirish bermadi
8'
Mehmonlar o‘ng qanotdan to‘pni yerlatib jarima maydonchasiga uzatishdi. Himoyachilar xavf hujumga imkon berishmadi
6'
Diyego Kosta raqib jarima maydonchasining o‘ng qanotidan to‘p bilan kelib, Villianga uzatma berdi. Uning zarbasi yo‘liga himoyachi o‘zini tashladi, to‘p himoyachining qo‘liga tegib qaytdi. Hakam o‘yinni to‘xtatmadi
5'
Liverpulliklar o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Sterlingga uzatma berishdi. Rahim burchak tomon ketgan to‘pni egalladi, bir himoyachini aldab, yana jarima maydonchasiga kirayotganida boshqa futbolchi to‘pni egallab oldi
2'
Dastlabki hujumni mezbonlar tashkil etishdi. Azar to‘pga yeta olmadi. Minyole egallab oldi
1'
O‘yin boshlandi!
'
"Chelsi" va "Liverpul" jamoalari maydonga chiqib kelishdi. Angliya liga kubogining yarim final bosqichidan o‘rin olgan ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinda 1:1 hisobi qayd etilgandi. Ushbu musobaqada safardagi gol qoidasiga amal qilinmaydi, demak, 90 daqiqadan so‘ng durang qayd etilsa, qo‘shimcha bo‘limlar belgilanadi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.