Ispaniya kubogi, chorak final
| Javob o‘yini, 30 yanvar, soat 01:00. Bosh hakam: Gonsales Gonsales | ||
ATLETIKO MADRIDFernando Torres (1)
Raul Garsiya (30-pen.) |
2 : 3 |
BARSELONANeymar (9, 41)
Joao Miranda (38-avtogol) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Yan Oblak Miranda Xuanfran Ximenes Sikeyra Gabi Mario Suares Raul Garsiya Arda Turon Antuan Grizmann Fernando Torres |
1.Ter Shtegen 3.Jerar Pike 4.Ivan Rakitich 5.Serji Buskets 8.Andres Inyesta 9.Luis Suares 10.Lionel Messi 11.Neymar 14.Xavyer Maskerano 18.Xordi Alba 22.Dani Alves |
|
| ZAHIRA | ||
|
Moyya Manjukich Ximenes Saul Games Kani Lyuka |
Xavi Pedro Rafinya Bartra Adriano Matyo Masip |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Raul Garsiya (15)
Gabi (43) Arda Turon (48) Mario Suares (69) Sikeyra (76) Xose Ximenes (83) |
Xavyer Maskerano (29)
Lionel Messi (43) Dani Alves (74) |
|
| QIZIL KARTOCHKA | ||
|
Gabi (tanaffusda)
Mario Suares (84) Kani (86) |
||
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat | |
| ' | ![]() |
"Atletiko" - "Barselona" - 2:3 (ikki o‘yin natijasi - 2:4). Kataloniyaliklar yarim finalga chiqishdi. Ushbu bosqichda ularning raqibi "Vilyarreal" - "Xetafe" juftligi g‘olibi bo‘ladi. |
| 90+2' | ![]() |
O‘yin yakunlandi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 90' | ![]() |
Inyesta 19 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Oblak to‘g‘ri joy tanladi va to‘pni egalladi |
| 86' | ![]() |
Kani ataylab Messini ortdan chaldi va u ham "sariq"dan bebahra qolmadi |
| 85' | ![]() |
Messi jarima zarbasini davrozaga aylantirdi. Yan Oblak to‘pni egallab oldi |
| 84' | ![]() |
Mana "Atletiko" 9 kishi bo‘lib qoldi. Mario Suares Messining oyog‘idan ortdan turib bosdi. Ikkinchi sariq kartochka va chetlatish |
| 83' | ![]() |
Xose Ximenes sariq kartochka oldi. U hakamga keskin e’tiroz bildirgani uchun ogohlantirildi |
| 81' | ![]() |
Vuuuuuh! Messining uzatmasidan keyin Inyesta birga bir vaziyatga chiqib ketdi va zarba yo‘lladi! Darvozabon zarbani qaytardi. Pedro chap qanotda to‘pni egalladi va bir himoyachinii aldab 15 metrdan yaqin burchakka zarba berdi. Oblak to‘pni egallab oldi |
| 79' | ![]() |
Rafinyaning chiroyli uzatmasidan keyin Alves o‘ng qanotdan jarima maydonchasigacha yaqinlashib keldi, uning yuqoridan darvozabon maydonchasi tomon uzatmasi himoyachilardan o‘tmadi. Qayta tashkil etilgan hujum paytida Rafinya yiqitildi |
| 77' | ![]() |
"Barselona"da o‘zgarish: Neymar o‘rniga Pedro tushirildi |
| 76' | ![]() |
Sikeyra ogohlantirildi. U to‘psiz qolgan Alvesning oyog‘iga tepdi |
| 74' | ![]() |
Dani Alves ogohlantirish oldi |
| 72' | ![]() |
Neymar jarima maydonchasigaga yaqinlashib keldi va o‘ng tomonda ochiq turgan Messiga to‘pni uzatdi. Leo yaqin burchakka unchalik kuchli bo‘lmagan zarba yo‘lladi. Oblak to‘ni egallab oldi |
| 71' | ![]() |
Vuuuuuuh! "Atletiko" hisobni tenglashtirishiga sal qoldi! O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘p himoyachilarning boshi orqali chap qanotdan ochiq turgan Kaniga kelib tushdi. Kani kuchli zarba yo‘lladi. Ter Shtegen katta reakiya ko‘rsatib, to‘pni yuqoriga urdi, keyin Pike bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 70' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Rakitich o‘rniga Rafinya tushirildi |
| 69' | ![]() |
Hakam o‘yinni qiziq boshqarmoqda. Uning tajribasizroqligi sezilmoqda. Ha, Mario Suares Busketsga nisbatan qoida buzdi, shubhasiz bu sariq kartochka. Ammo Messi himoyachilardan o‘tib, yakkama-yakka vaziyatga chiqib borayotgandiku! |
| 67' | ![]() |
Messining uzatmasini Mario Suares bosh bilan qaytardi |
| 67' | ![]() |
Jarima maydonchasi burchagida Messiga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi |
| 63' | ![]() |
"Atletiko"da o‘zgarish: Arda Turon o‘rniga Kani o‘yinni davom ettiradi |
| 62' | ![]() |
"Barselona"da o‘zgarish: Maskerano o‘rniga Matyo tushirildi |
| 61' | ![]() |
"Barsa" o‘yin tempini tushirib, to‘pni nazorat qilishga o‘tdi |
| 59' | ![]() |
Suares ikki himoyachi orasidan o‘tmoqchi bo‘lganida to‘p darvozabonga bordi... |
| 58' | ![]() |
"Atletiko"da o‘zgarish: Xuanfran o‘rniga Xesus Games tushirildi |
| 57' | ![]() |
Vuuuuh! Inyestaning olis masofadan uzatmasidan keyin Messi jarima maydonchasining o‘ng tomonidan to‘pni o‘ziga bo‘ysundirdi va kichik pauza qilib, Suares tomon pas berdi. Luisning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi! |
| 55' | ![]() |
Messi Neymar bilan "devor" o‘ynab, jarima maydonchasiga kirib borayotganida himoyachi to‘pni tepib yuborishga ulgurdi |
| 54' | ![]() |
"Atletiko" futbolchilari qo‘pol o‘ynashdav davom etishmoqda. Biz hali yana qizil kartochka ko‘ramiz shekilli |
| 48' | ![]() |
Yana qiziq! Arda Turan to‘pni oldirib qo‘yganidan keyin shartta oyog‘idagi butsani yechdi va uni laynsmen tomon uloqtirdi. Hakam egilib qoldi va butsa uning ustidan o‘tib ketdi. Hakam unga sariq kartochka berdi. Agar turkiyalik futbolchi ataylab hakamga butsa uloqtirgan bo‘lsa, aslida bu qizil kartochka bo‘lishi kerak! |
| 46' | ![]() |
Qiziq! "Atletiko" futbolchisi Gabi maydondan chetlatilibdi! Qachon? Balki tanaffus paytidagi tartibsizlar paytida? Xullas, Simeone shogirdlari ikkinchi bo‘limda 10 kishi bo‘lib o‘ynaydi. |
| 46' | ![]() |
"Atletiko"da o‘zgarish bo‘ldi. Maydonga Saul tushirildi, Grizmann o‘rniga |
| ' | O‘yinning 1-daqiqasidayoq gol urib olgan "Atletiko" ruhiy jihatdan ko‘tarinkilikka ega bo‘lib olgandi. Ular ketma-ket hujum qilishib, penaltidan yana oldinga chiqib olishdi. Ammo "Barsa" o‘yin davomida 3ta gol urdi va oldinga chiqib oldi. Madridliklar yarim finalga chiqish uchun 3ta gol urishlari talab etiladi, albatta, darvoza daxlsizligini saqlab qolgan holda. | |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘lim statistikasi. To‘p nazorati: 39% - 61%, zarbalar: 6-6, aniq zarbalar: 3-4, burchak to‘plari: 2-4, ofsaydlar: 1-1, follar: 7-7. |
| ' | O‘yin juda chiroyli o‘tmoqda. Har 8-9 daqiqada bittadan gol. "Barselona" bugun qarshi hujumda o‘ta xavfli ko‘rinmoqda. O‘ta xavfli! | |
| ' | ![]() |
Futbolchilarning maydondan chiqib ketishlari qiyin bo‘ldi. Avvaliga Torres hakam penalti bo‘lganini tushuntirishga harakat qildi. Keyinchalik Torres va Neymar negadir tortishib ketishdi. Barcha futbolchilar ularni ajratishga harakat qilishdi |
| 45' | ![]() |
30 yoshli hakam birinchi bo‘limga vaqt qo‘shib o‘tirmadi |
| 45' | ![]() |
"Barsa"ning yana bir qarshi hujumi. Neymar bir himoyachi qarshisida jarima maydonchasiga yaqinlashib kelib, narigi qanotdagi Messiga uzatdi. Lionel to‘pni to‘xtata olmadi va xavfli vaziyat yo‘qqa chiqarildi |
| 43' | ![]() |
Lionel Messi sariq kartochka oldi. |
| 41' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Neymaaaaaaar, 2:3! Aslida, aslida! "Barselona" darvozasiga penalti belgilanishi kerak edi! O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Torres yaqin masofadan darvoza tomon tepdi. To‘p Albaning tirsagiga tegdi! Ammo hakam o‘yinni to‘xtatmadi va kataloniyaliklar qarshi hujumga o‘tishdi. To‘p Messiga uzatildi, Leo to‘p bilan jarima maydonchasi yaqiniga keldi va chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Albaga uzatdi. Xordi darvozabon maydonchasidagi Neymarga uzatma berdi va braziliyalik futbolchi osonlik bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 38' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Miranda, avtogol, 2:2! Burchakdan yetkazilgan to‘pga Buskets bosh bilan zarba berdi. To‘p olis ustunga yaqin joyda turgan Mirandaga tegib, so‘ngra ustun orqali to‘rga borib tushdi! |
| 37' | ![]() |
Vuuuuuuh! Rakitiiiiich! Alvesning uzatmasidan Ivan jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va zarba yo‘lladi. To‘p Ximenesning oyog‘idan maydonni tark etdi! |
| 35' | ![]() |
Luis Suares o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va himoyachiga urilib yiqildi, hakam esa Suares yiqilganidan keyin qo‘liga to‘p tekkani uchun o‘yinni to‘xtatdi |
| 35' | ![]() |
"Barsa" so‘nggi daqiqalarda tashabbusni raqibga berib qo‘ygandi. Ular asta-sekin to‘p nazoratini o‘z oyoqlariga olishmoqda |
| 32' | ![]() |
Rakitich o‘ng qanotdan bir himoyachidan o‘tmoqchi bo‘lganida "Atletiko" futbolchisi to‘pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi |
| 30' | ![]() |
GOOOOOL! Raul Garsiya kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! 2:1! |
| 29' | ![]() |
Penalti! "Barselona" darvozasiga! Arda Turon mehmonlar jarima maydonchasi ichida jarohat olgandek yotib qoldi. Hamma Xuanfran to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishini kutayotganida u o‘ng qanotda birdaniga ikki futbolchi orasidan o‘tdi va jarima maydonchasi tashqarisida turgan Maskeranoga urilib, ichkariga yiqildi. Hakam esa penalti belgiladi. |
| 27' | ![]() |
Vuuuuh! Sikeyra chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Grizmann 5-6 metrlardan zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi. Zarba u qadar kuchli chiqmadi |
| 26' | ![]() |
Grizmann burchakdan to‘pni yaqin burchakka aylantirdi. To‘p darvoza to‘riga yon tomondan kelib tushdi |
| 26' | ![]() |
Grizmann burchak zarbasini ishladi |
| 24' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan to‘pni kataloniyaliklar qaytarishdi |
| 24' | ![]() |
Inyesta jarima maydonchasi tashqarisida Ardaga nisbatan qoida buzdi. |
| 21' | ![]() |
Alba maydon tashqarisiga chiqib ketdi va laynsmenni aylanib, maydonga qaytayotganidan qanot hakamining bayroqchasiga boshi bilan urilib ketdi... |
| 18' | ![]() |
Darvozaboning uzatmasidan keyin Neymar darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib borib, darvozani ishg‘ol qildi. Ammo ofsayd tufayli chalingan hushtakni eshitmay qolgandi |
| 15' | ![]() |
"Atletiko" yarim himoyachisi Raul Garsiya ogohlantirish oldi. Xordi Albaga nisbatan o‘yin qoidasini buzgani uchun. Follar bo‘yicha ko‘rsatkich 6-1ga yetdi... |
| 14' | ![]() |
Demak, bugungi o‘yinda bitta narsa aniq. O‘yinda qo‘shimcha bo‘limlar bo‘lmaydi. Barcha narsa 90 daqiqada aniq bo‘ladi |
| 12' | ![]() |
Messini chalib yiqitishda madridliklar |
| 9' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Neymmaaaaaar! 1:1!! "Atletiko" qarshi hujumda gol o‘tkazib yubordi! Messi maydonning "Barselona" tomonida to‘ni egalladi va ikki raqib futbolchisidan o‘tib, Suaresga pas berdi. Luis o‘z vaqtida Neymarning ochilayotganini ko‘rdi va unga pas berdi. Braziliyalik hujumchi birga bir vaziyatga chiqib bordi va osonlik bilan darvozani ishg‘ol qildi!!! |
| 8' | ![]() |
Neymarga nisbatan yana bir fol. Bu safar darvozagacha masofa ancha olis |
| 6' | ![]() |
Burchak to‘pini mezbonlar bartaraf etishdi |
| 5' | ![]() |
Rakitich jarima zarbasini olis yuqori burchak tomon yo‘naltirdi! Oblak to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi. Burchak to‘pi |
| 4' | ![]() |
Albaga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik natijasida belgilangan jarima zarbasini mehmonlar o‘yinga kiritishdi. To‘pni kataloniyaliklar egallab, takroriy hujum tashkil qilishayotganida bu safar Neymarga nisbatan qoida buzildi |
| 3' | ![]() |
O‘yin boshidanoq ikkita o‘yin natijasiga ko‘ra hisob tenglashdi! |
| 1' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Fernando Torres, 1:0! Vuhhhh! O‘yinning 30-soniyalarida hisob ochildi! Maskerano himoyadan turib maydon markazi tomon to‘pni tepdi. Mezbon jamoa futbolchisi to‘pni jarima maydonchasi tashqarisida turgan Torresga uzatdi. Fernando Maskeranoni aldadi va olis burchakka zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuniga tegib, to‘rga borib tushdi! |
| 1' | ![]() |
UCHRASHUV BOSHLANDI! KETDIK! To‘pni o‘yinga "Barsa" kiritib berdi. |
| ' | Endi darvozalardan birida to‘rning tagi ochilib qolgani aniqlandi | |
| ' | ![]() |
Hakamlar aloqa vositalarini tartibga keltirib olishlari uchun 2 daqiqa vaqt ketdi |
| ' | ![]() |
Diqqat! Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda! |
| ' | Jamoalar maydonga chiqib kelishga tayyor. "Barsa" sarg‘ish rangli formada, "Atletiko" esa qizil-oq yo‘l-yo‘l rangli formada maydonga tushishadi | |
| ' | Hisob kichik ko‘rinishda bo‘lsa-da, "Barsa" jiddiy ustunlikka ega. Birinchidan, Enrike shogirdlari o‘z uylarida darvoza daxlsizligini saqlab qolishdi. Demak, Madridda uriladigan har bir gol "Atletiko"ni qiyin ahvolga solib qo‘yaveradi. "Matraschilar" mehmonlarning har bitta goliga 2ta gol bilan javob berishlariga to‘g‘ri keladi | |
| ' | "Kamp Nou"da bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda kataloniyaliklar Messining goli evaziga g‘alabani qo‘lga kiritishgandi. Yodingizda bo‘lsa, Busketsga ishlatilgan qo‘pollik natijasida belgilangan penaltini Messi tepgandi, ammo darvozabon zarbani qaytargandi. Leoning o‘zi qaytgan to‘pni darvozaga yo‘llab, jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etgandi | |
| ' | Madriddagi "Visente Valderon" stadionida mezbonlar "Atletiko" "Barselona"ni qabul qilmoqda | |
| ' | Ispaniya kubogida chorak finalning javob o‘yinlari boshlanmoqda. | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|