Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Ispaniya La ligasi

21-tur, 11 yanvar, soat 21:00

REAL MADRID

Xames Rodriges (3)
Serxio Ramos (37)
Karim Benzema (52, 74)

4 : 1

REAL SOSYEDAD

Ariz Elustondo (1)
JAMOALAR TARKIBI
01.Iker Kasilyas (D)
02.Rafayel Varan
04.Serxio Ramos
15.Daniel Karvaxal
12.Marselo
23.Isko
10.Xames Rodriges
11.Garet Beyl
08.Toni Kroos
24.Asyer Ilyaramendi
09.Karim Benzema
  01.Xeronimo Ruli (D)
03.Mikel Gonsales
06.Inigo Martines
34.Ariz Elustondo
19.Yuri Berchiche
08.Esteban Granero
16.Serxio Kanales
14.Ruben Pardo
10.Xabi Priyeto
04.Gorka Elustondo
11.Karlos Vela
ZAHIRA
13.Keylor Navas (D)
05.Fabiu Kuentrau
17.Alvaro Arbeloa
18.Nacho Fernandes
06.Sami Xedira
14.Xavyer Ernandes
20.Xese
  13.Enyaut Zubikaray (D)
20.Joseba Zaldua
24.Alberto de la Belya
18.Chori Kastro
05.Markel Bergara
07.Alvred Finnbogason
09.Imanol Agirreche
SARIQ KARTOCHKA
Asyer Ilyarramendi (31)
Marselo (70)
 

Matn

90+2'
O‘yin yakunlandi. "Real Madrid" - "Real Sosyedad" - 4:1. Anchelotti shogirdlari birinchi davradagi mag‘lubiyat (2:4) uchun san-sebastyaniklardan alam olishdi. Ular peshqadamlik qilishda davom etishadi
90'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
89'
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Beyl bosh bilan zarba yo‘lladi. Noaniq
88'
Yuri Berchiche ogohlantirish oldi
86'
Uhhhhh! Xerinimo Ruli! O‘z himoyachilarining qo‘pol xatosini to‘g‘irladi. U raqibning ikki hujumchisisga qarshi yolg‘iz o‘zi qarshi chiqdi va to‘pni ulardan olib qo‘ydi
82'
Ehhhhhh, Beyyyyyyl! U maydon markazida himoyachidan to‘pni olib qo‘ydi va darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi. Ammo u darvozani ishg‘ol qila olmadi. Ruli zarbani qaytardi
81'
"Real"da ikkita o‘zgarish: Benzema o‘rniga Chicharito, Kroos o‘rniga Sami Xedira tushirildi
76'
GOOOOOOOL! Karim Benzemaaaaaa!!!! Dahshatli zarba va chiroyli gol! 4:1! Burchakdan yetkazilgan to‘p uchun kurashda Benzema oxirigacha kurashdi va deyarli berchakka yaqin joyda to‘pni egalladi va Isko orqali "devor" o‘ynab chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va aylanma zarba yo‘lladi. To‘p olis yuqori burchakka kirib ketdi! Davrozabon bunday zarbalarni qaytarishga ojiz
76'
Benzema jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi. Burchak to‘pi
74'
"Real"da dastlabki o‘zgarish: Xames o‘rniga Xese Rodriges tushirildi
72'
Mezbonlar katta kuch bilan qarshi hujumga o‘tishayotganida himoyachi Ramosdan to‘pni olib qo‘ydi
70'
Marselo sariq kartochka oldi
68'
Burchak zarbasi samarali bo‘lmadi
67'
Jarima zarbasini Ramos qaytardi. Takroriy hujum paytida mehmonlar burchak zarbasini ishlashdi
66'
Karvaxal o‘yin qoidasini buzdi. Darvozagacha 25 metr
63'
"Sosyedad"da uchinchi o‘zgarish: Ariz Elustondo o‘rniga Markel Bergara tushirildi
62'
Vuuuuh! Isko bir himoyachining qochib ketib, chap tomondan darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib borib, to‘pni uning ustidan oshirishga harakat qildi. Ruli oyog‘i bilan to‘pni qaytarib qoldi
61'
Ustunlik to‘laligicha madridliklar tomonida
56'
Vuuuuuuh! "Real" to‘rtinchi golni juda chiroyli tarzda urishi mumkin edi! Beyl yana tavani bilan jarima maydonchasiga pas berdi. Isko to‘pni darvozabon maydonchasi tomon uzatdi. To‘p esa bo‘sh darvoza oldida turgan Benzemaning oyog‘i ustidan sakrab o‘tib ketdi! Eh, qanday omadsizlik....
55'
Yana bir xavfli vaziyat! Marselo jarima maydonchasiga kirib keldi va zarba yo‘lladi. To‘p darvozabonning qo‘lidan yuqoriga ko‘tarildi va unga Beyl bosh bilan zarba berdi. Darvozaga kirayotgan to‘pni himoyachi qaytarib qoldi!
54'
Nazarimizda, hozir hakam "Real Sosyedad" darvozasiga penalti belgilashi kerak edi! Beyl tavani bilan to‘pni aylantirib, jarima maydonchasiga uzatdi. To‘pga yugurayotgan Benzemani himoyachi chalib yiqitgandi
52'
GOOOOOL! Karim Benzema, 3:1! Beyl va Benzama ikki marta o‘zaro ikki marta "devor" o‘ynashdi va Karim yaqin masofadan darvozaning bo‘sh qolgan qismiga to‘pni yo‘lladi. Dastlabki "devor" paytida Beyl biroz ofsaydga kirishga ulgurganligini takroriy vaziyat ko‘rsatdi
48'
Beyl Iskoni zarba berish uchun qulay vaziyatga chiqardi. Isko olis burchak tomon to‘pni aylantirmoqchi bo‘ldi, ammo yuqoriga ko‘tarilib ketdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. "Sosyedad"da o‘zgarish bo‘ldi. Kanales o‘rniga Alberto de la Belya tushirildi.
'
Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Real Madrid" - "Real Sosyedad" - 2:1. Tanaffus
45+1'
Agirreche raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi, penalti emas
45'
Biinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
44'
Beylning jarimadan yo‘llagan zarbasi aaaancha noaniq. Regbicha zarba...
43'
Jarima maydonchasi yarim aylanasi chizig‘i oldida Benzemaga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Beyl uchun yaxshi nuqta
40'
Ehhhhh, Beeeeyyyyyyl! Bo‘sh darvozani ishg‘ol qila olmadi! Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishganidan keyin madridliklar tezkor qarshi hujum tashkil qilishdi. Uch nafar "Real" hujumchisi "Sosyedad"ning ikki himoyachisi va bir darvozabonia qarshi chiqib borishdi. Benzema bir himoyachini ortda qoldirib, darvozabonni aldab, Beylga pas berdi. Yetti metrli darvozada yolg‘iz himoyachi qoldi. Ammo Garet davrozani ishg‘ol qila olmadi! To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi!... Beyl to‘pni Xames qoldirsa ham bo‘lardi
39'
Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishadi
37'
GOOOOOOOL! Serxio Ramooossss! Burchakdan yetkazilgan to‘pni himoyachilar qaytarishdi. Marselo to‘pni yana jarima maydonchasiga qaytardi. Benzama to‘pni egallab zarba berdi. To‘p himoyachilarga tegib, Ramosga kelib tushdi. Serxio yaqin masofadan kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi!
36'
Kroosning diagonal uzatmasi Benzemaga aniq yetib bordi, ammo himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
35'
Marseloning chap qanotdan uzatmasini qabul qilgan Isko darvozagacha 15 metrlar masofadan zarba yo‘lladi. Himoyachining oyog‘idan zarba o‘z kuchini yo‘qotdi va Ruli to‘ni egallab oldi
31'
Asyer Ilyarramendi ogohlantirish oldi
30'
Benzema jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarbani noaniq yo‘lladi
29'
Burchakdan yetkazilgan to‘pga Beyl bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
28'
Mezbonlar ketma-ket burchak to‘pini o‘yinga kiritmoqda. To‘p jarima maydonchasi ichida turgan Xamesga kelib tushdi. Kolumbiyalik futbolchi to‘pni chap oyog‘iga to‘g‘rilab olgunicha fursat yo‘qotib qo‘ydi. Yana bir burchak to‘pi
26'
Burchakdan yetkazilgan to‘pni Ramos akrobatik uslubda davrozaga burishga harakat qildi, to‘p darvozaga aniq bormadi
24'
Mehmonlar o‘z darvozabon maydonchalari yaqinida to‘pni Beylga oldirib qo‘yishdi. To‘p uchun kurashda esa Garet yiqildi. Hakam penalti belgilash uchun asos topmadi
23'
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirishdi
22'
Beyl maydon markazidan oldinga chiziqqa to‘pni yetkazdi. Xames ofsaydda qolgan ekan
19'
Vuuuuuh! Xamesning uzatmasidan keyin Benzema raqib jarima maydonchasi ichida darvozabon bilan yolg‘iz qoldi va to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. Ruli zarbani qaytardi!
17'
"Real Sosyedad"da majburi o‘zgarish: Jarohat olgan Karlos Vela o‘rniga Imanol Agirreche tushirildi.
13'
Mezbonlar navbatdagi burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. "Sosyedad" futbolchilari xavfni bartaraf etishdi
11'
Burchakdan Xames yetkazib bergan uzatmaga Varan bosh bilan zarba berishga intildi. Ancha noaniq
9'
Jarima maydonchasi ichiga kirayotgan Benzema tomon pas berildi. Darvozabon to‘pni egallab oldi
8'
Bugun Xames oldingi chiziqda (Ronalduning joyida) o‘ynamoqda, orqaroqda esa Ilyaramendi harakat qilmoqda
4'
Vuuuuuuuh! Serxio Kanales darvozani ishg‘ol qilishigi sal qoldi. Jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llangan zarbani "Sosyedad" futbolchisi darvoza tomon burdi. To‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi!
3'
GOOOOOL! Xames Rodrigeesss! 1:1! Chap qanotda Marselo tomonidan yetkazilgan to‘pni Xames bosh bilan 10 metrlardan darvozaga joyladi! Dahshatli start!
1'
GGOOOL! Ariz Epustondo! 0:1! O‘yinning 40-soniyasida hisob ochildi. "Sosyedad" burchak to‘pi ishladi va burchakdan yetkazilgan to‘pni Ariz boshi bilan darvozaga joyladi!
1'
O‘yin boshlandi
'
O‘yin oldidan 1 daqiqalik sukut saqlandi
'
"Real" oq, "Sosyedad" qizil rangli formada harakat qilishadi
'
Ispaniya La ligasi, 21-tur. "Real Madrid" - "Real Sosyedad". Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.