Angliya Premyer-ligasi
| 23-tur, 31 yanvar, soat 22:30. Bosh hakam: Mark Klatenburg | ||
CHELSILoik Remi (41)
|
1 : 1 |
MANCHESTER SITIDavid Silva (45)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Tibo Kurtua Jon Terri Branislav Ivanovich Sesar Aspilikueta Kurt Zuma Ramires Nemanya Matich Villian Eden Azar Oskar Loik Remi |
Jo Xart Bakari Sanya Vensan Kompani Martin Demikelis Gael Klishi Fernandinyo Xesus Navas Fernando Jeyms Milner David Silva Serxio Aguero |
|
| ZAHIRA | ||
|
Petr Chex Jamol Blekmen Natan Ake Gari Kexill Andreas Kristensen Ruben Loftus-Chik Didye Drogba |
Villi Kabalyero Pablo Sabaleta Aleksandr Kolarov Dedrik Boyata Frenk Lempard Edin Jeko Stevan Yovetich |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
David Silva (52)
|
||
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Chelsi" - "Manchester Siti" - 1:1. |
| 90+4' | ![]() |
Navas burchak to‘pi ishladi |
| 90+2' | ![]() |
"Chelsi"da o‘zgarish: Oskar o‘rniga Ruben Loftus-Chik tushdi |
| 90+1' | ![]() |
Mehmonlar burchak to‘pidan samara chiqara olishmadi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
"Siti"da uchinchi o‘zgarish: David Silva maydnni tark etdi. Uning o‘rniga Stevan Yovetich tushirildi |
| 88' | ![]() |
Silva nozik pas bilan Milnerni jarima maydonchasiga ichiga boshladi. Jeymsning chap qanotdan pas/zarbasi hech kimga tegmay narigi tomondan maydonni tark etdi |
| 87' | ![]() |
"Chelsi"da o‘zgarish: hujumchi Loik Remi o‘rniga himoyachi TIm Kexill tushirildi |
| 86' | ![]() |
So‘nggi daqiqalarda to‘p nazorati to‘laligicha "shaharliklar" tomonida. "Chelsi" katta kuch bilan himoyalanib, raqibga xavfli vaziyat yaratish imkoniyatini bermayapti |
| 84' | ![]() |
"Man.Siti"da o‘yinchi almashdi. Aguero o‘rniga Edin Jeko tushirildi |
| 82' | ![]() |
"Ko‘klar" jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Mehmonlar yaxshi himoyalanishdi |
| 80' | ![]() |
"Chelsi"da o‘zgarish: Villian o‘rniga Didye Drogba tushirildi |
| 78' | Yodingizda bo‘lsa, birinchi davradagi o‘yinda Lempard "Siti"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgandi | |
| 77' | ![]() |
Maydonga Frenk Lmepard tushirildi! Fernandinyo o‘rniga |
| 72' | ![]() |
Uh! Silva va Navas nozik paslar orqali jarima maydonchasiga kirib borishdi, so‘nggi pallada himoyachilar to‘pni qaytarib yuborishdi |
| 68' | ![]() |
Jarima to‘pi o‘yinga kiritildi. Fernandinyo tezkor qarshi hujumga o‘tayotgan Ramiresdan to‘pni olib qo‘ydi va 25 metrlardan zarba yo‘lladi. Kurtua zarbani egallashda muammoga duch kelmadi |
| 66' | ![]() |
"Siti" jarima zarbasi ishladi. Darvozagacha 25-26 metr... |
| 65' | ![]() |
Navas o‘ng qanotdan havolatib yetkazgan uzatmaga Milner bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 63' | ![]() |
Villian jarima zarbasini o‘yinga kiritdi. To‘p hech kimga tegmay, maydonni tark etdi |
| 61' | ![]() |
"Siti" o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirib kelishdi, Silva yiqilib tushishi oqibatida xavf yo‘qqa chiqdi |
| 58' | ![]() |
Jarima zarbasidan keyin takroriy hujum paytida laynsmen Milnerni ofsaydda deb topdi. Biroz adashdi, ofsayd yo‘q edi |
| 57' | ![]() |
Burchak to‘pini mezbonlar qaytarishdi, ammo Silvaga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi |
| 56' | ![]() |
Oho! Silvaning uzatmasidan keyin Navas o‘ng qanotdan oldingi o‘tdi va yuqoridan jarima maydonchasiga pas berdi. Mehmon himoyachilaridan biri (Fernandinyo bo‘lsa kerak) bosh bilan bergan zarba yerga tegib, darvoza to‘sini ostiga yo‘l olayotganida Kurtua to‘pni yuqoriga o‘tkazib yubordi |
| 52' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limda follar soni oshib bormoqda. David Silva sariq kartochka bilan jazolandi |
| 47' | Frenk Lempard "Stemford Brij" maydoni chetida yengil yugurishni boshladi. Muxlislar uni olqishlashdi. Frenk ularga minnatdorchilik bildirdi | |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limni mezbonlar boshlab berishdi |
| ' | Jamoalar kiyinish xonasiga yo‘l olishdi. Hozircha "Chelsi" - "Manchester Siti" 1:1. Loik Remi tomonidan 41-daqiqada urilgan golga manchesterliklar tezda javob qaytarishdi va birinchi bo‘limning o‘zida hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Tanaffus. | |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi |
| 45+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
GOOOOOOOL! David Silva, 1:1! Mehmonlar o‘ng qanotdan oldinga o‘tishdi. Navas havodan yetkazgan to‘pni musht bilan urib yuborishdi Kurtua ishonchsiz o‘ynadi. Aguero 14 metrlardan zarba yo‘lladi va Silva darvoza yonidan o‘tib ketishi mumkin bo‘lgan to‘pni davrozaga burib yubordi! |
| 41' | ![]() |
GOOOOOL! Loik Remi, 1:0! Ivanovich jarima maydonchasiga chap tomondan kirgan Azarga uzatma berdi. Eden to‘pni yerga tushirmasdan darvozabon maydonchasiga qaytardi. Kompani to‘pni o‘tkazib yubordi va Loik Remi bo‘sh qolgan darvozani osonlik bilan ishg‘ol qildi! "Chelsi" ilk xavfli vaziyatni golga aylantirdi! |
| 38' | To‘p jarima maydonchasidan jarima maydonchasigacha borib kelyapti, ammo ichkariga kirmayapti. Hozircha xavfli vaziyatlar yo‘q | |
| 32' | ![]() |
Ehhhhh, Agueroooo! Olis masofadan uzatilgan to‘pni qabul qilgan Serxio darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib borib, o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonginasidan o‘tib ketdi! |
| 30' | ![]() |
Endi mehmon himoyachilaridan to‘pni olib qo‘ygan Loik Remi oldinga intildi va Oskarga pas berdi. Braziliyalik yarim himoyachining zarbasini Jo Xart egallab oldi |
| 28' | ![]() |
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilgan paytda Aguero himoyachiga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi |
| 28' | ![]() |
Yana bir marta burchak to‘pi tepiladi |
| 27' | O‘yin asosan maydon markazida kechmoqda. "Siti" burchak zarbasi ishladi | |
| 24' | ![]() |
Vuuuh! "Chelsi" futbolchilar yana himoyada to‘pni oldirib qo‘yishdi. Aguero chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib, o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Kurtua zarbani qaytardi |
| 21' | ![]() |
Villianning maydon markazidan uzatmasidan keyin Loik Remi darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqqandi, ammo u ofsaydga kirishga ulgurgan ekan |
| 17' | ![]() |
Aguero burchak zarbasi ishladi. Milner tomonidan yetkazilgan to‘pni "Chelsi" futbolchilar egallab olishdi |
| 14' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pga Terri bosh bilan aniq zarba bera olmadi |
| 14' | ![]() |
Eden Azar o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va burchak to‘pi ishladi |
| 11' | ![]() |
Ayni daqiqalarda "Siti" ko‘proq hujum tashkil qilmoqda, to‘pni ko‘proq nazorat qilmoqda. Ochkolar orasidagi 5 ochkolik farq Mourinyo jamoasiga 2-raqamli jamoa sifatida o‘ynashga imkon berar balki |
| 8' | ![]() |
Vuuuuh! "Chelsi" himoyadagi xato tufayli gol o‘tkazib yuborishiga sal qoldi! Silva jarima maydonchasining o‘ng tomoniga o‘tgan Fernandinyoni to‘p bilan ta’minladi. Uning darvozabon maydonchasiga bergan uzatmasi rekoshet holatida olis ustun yonidan o‘tib ketdi... |
| 4' | O‘yin boshidan ehtiyotkorlik asosiy planda. Har ikkala jamoa avvalo himoyani mustahkamlab, so‘ngra hujumga o‘tishni maqsad qilgan. Tabiiyki, bugun mezbonlar biroz faolroq bo‘lishlari kerak | |
| 1' | ![]() |
Dastlabki hujumni mehmonlar tashkil qilishdi. Xesus Navas jarima maydonchasining o‘ng burchagidan zarba yo‘lladi. Kurtua zarbani qaytardi... |
| 1' | ![]() |
"Manchester Siti" o‘yinni boshlab berdi. Ketdik! |
| ' | "Chelsi" to‘q ko‘k, "Siti" och ko‘k rangli formalarda harakat qilishadi | |
| ' | O‘yinni boshlash uchun barcha narsa shay. | |
| ' | Musobaqa jadvalida 1 va 2-o‘rinni egallab turgan jamoalar o‘rtasidagi jang! 6 ochkoga qiyoslanadigan o‘yin. "Chelsi" g‘alaba qozonsa, oradagi farqni 8taga yetkazib oladi. "Siti" g‘alabaga erishsa, chempionlik uchun intrigani keskin oshirib yuboradi. Tabiiyki, durang orqali oradagi 5 ochkolik farq saqlanib qoladi | |
| ' | Angliyada yil jangi! "Chelsi" - "Manchester Siti" o‘yini boshlanish arafasida. Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. | |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|