Ispaniya La ligasi
| 21-tur, 2 fevral, soat 02:00. Bosh hakam: Bikandi Garrido | ||
BARSELONANeymar (45)
Rafinya (53) Messi (56) |
3 : 2 |
VILYARREALDenis Cherishev (30)
Lusiano Vyetto (51) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Klaudio Bravo (D) 18.Xordi Alba 22.Dani Alves 03.Jerar Pike 08.Andres Inyesta 05.Serxio Buskets 12.Rafinya 14.Xavyer Maskerano 09.Luis Suares 11.Neymar 10.Lionel Messi |
01.Serxio Asenxo (D) 18.Yaume Kosta 02.Mario Gaspar 05.Mateo Musachchio 15.Viktor Ruis 21.Bruno Soriano 06.Jonatan dos Santos 04.Tomas Pinya 07.Lusiano Viyetto 17.Denis Cherishev 09.Jovanni dos Santos |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 24.Jeremi Matye 21.Adriano 04.Ivan Rakitich 06.Xavi Ernandes 20.Serxi Roberto 07.Pedro Rodriges |
||
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Rafinya (62)
|
Bruno Soriano (22)
Jonatan dos Santos (41) |
|
Matn
| ' | ![]() |
E’tiboringiz uchun rahmat. |
| ' | ![]() |
Qiziqarli o‘yin bo‘ldi. "Barselona" "Real"ni ta’qib qilishda davom etadi. Ular orasidagi farq 1 ochkoni tashkil etmoqda |
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. Kataloniyaliklar ikki marta hisobda ortda borayotib, irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi. "Barselona" - "Vilyarreal" - 3:2. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pni Pike bosh bilan qaytardi |
| 90' | ![]() |
Mehmonlar burchak to‘pi ishlashdi |
| 89' | ![]() |
"Vilyarreal"da o‘zgarish: Jovanni dos Santos o‘rniga Okachukve Uche tushirildi |
| 88' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Rafinya o‘rniga Ivan Rakitich tushdi |
| 87' | ![]() |
O‘yinning so‘nggi soniyalari bo‘lishiga qaramay, mezbonlar raqib jarima maydonchasi atrofida pressing qilishmoqda. Bu esa o‘z foydasini bermoqda. Mehmonlar to‘pni oldirib qo‘yishmoqda, ammo o‘zlari ham "Barsa" futbolchilariga zarba berish imkoniyatini berishmayapti |
| 83' | ![]() |
Alba yana chap qanotda ochildi va Messidan uzatmani qabul qilib, darvozabon maydonchasi yaqiniga pa berdi. Himoyachi qiyinchilik bilan bo‘lsa-da xavfni bartaraf etishdi |
| 83' | ![]() |
Alba chap qanotdan darvozabon maydonchasi tomon to‘pni yetkazdi, davrozabon to‘pga ega chiqdi |
| 82' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan to‘pni Vyetto bosh bilan darvozaga burishga urindi. Muvaffaqiyatsiz chiqdi urinish |
| 82' | ![]() |
"Vilyarreal" chap qanotda jarima zarbasini o‘yinga kiritadi |
| 80' | ![]() |
Vuuh! Alves yuqoridan darvozabon maydonchasi yaqiniga pas berdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi. Aks holda Neymar darvozaga zarba berishga tayyor edi. Hakam esa burchak to‘pi bermadi |
| 79' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Suares o‘rniga Pedro tushirildi |
| 77' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin bu safar Messi chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi, ammo darvoza oldiga pas berdi. To‘p hech kimga tegmay, qarama-qarshi qanotga o‘tib ketdi |
| 76' | ![]() |
Avvalgi o‘yinda bo‘lgani kabi Neymar chap tomondan Messiga pas berib, o‘zi yuqoridan keladigan to‘pni qabul qilish uchun darvozabon maydonchasi tomon ochildi. HImoyachi so‘nggi pallada to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 73' | ![]() |
"Vilyarreal" futbolchilari maydon markazida to‘pni egallab, yaxshi qarshi hujumga o‘tishayotganida Rafinya to‘pni olib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi va jamoasini xavfli hujumdan qutqardi |
| 71' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish bo‘ldi: Buskets o‘rniga Jeremi Matyo tushirildi. U markaziy himoyadan joy olib, Maskerano maydon markaziga suriladi |
| 69' | ![]() |
Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. "Barsa" to‘pni egallab qarshi hujumga o‘tayotganida Messi jarima maydonchasiga yaqin joyda fol ishlatdi |
| 68' | ![]() |
"Vilyarreal" tavakkal qilib, katta kuch bilan oldinga o‘tmoqda. Mehmonlar kataloniyalik himoyachilar muammo tug‘dirishmoqda, ammo o‘zlari ham qarshi hujumda gol o‘tkazib yuborishlari mumkin. Hozir Neymar ikkiga ikki vaziyatda himoyachini aldab o‘ta olmadi |
| 65' | ![]() |
Vuuuuuuh! Bir narsalar bo‘lib ketdi! Avvaliga Viktor Ruis urgan gol ofsayd tufayli bekor qilindi. "Barsa" tezkor qarshi hujum tashkil qildi va Neymar darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqdi. U to‘pni darvozabonning ustidan oshirib, yonidan o‘tayotganida posbonga urilib yiqildi. O‘yin to‘xtatilmadi. Yon tomonga tepib yuborilgan to‘pni Rafinya egalladi va zarba berdi. To‘p rekoshet holatida olis ustun yonida yotgan Suares tomon keldi. Luis o‘rnidan turib, bosh bilan to‘pni darvozaga burishga harakat qildi, ammo gol ura olmadi!!! |
| 62' | ![]() |
Rafinya sariq kartochka oldi. Darvozagacha 20 metrlardan jarima zarbasi tepadi "Vilyarreal" |
| 61' | ![]() |
Eh, Neymar! Messi deyarli himoyadan to‘pni egallab, jarima maydonchasigacha kelib, Neymarga pas berdi. Braziliyalik hujumchi 15 metrlardan darvozaga aniq zarba bera olmadi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi |
| 60' | ![]() |
Inyesta chap qanotdan darvozabon maydonchasi tomon uzatmani amalga oshirdi. Himoyachilar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi |
| 56' | ![]() |
GOOOOOOOOL! MEsssssssiiii! 3:2! Qoyil-qoyil... Chap qanotdan tashkil etilgan hujum natijasida Suares jarima maydonchasi tashqarisida qabul qildi va yotgan holda sal nariroqda turgan Messiga pas berdi. Leo o‘ng oyoqda "to‘qqizlik"ni aniq nishonga oldi! |
| 53' | ![]() |
GOOOOOOL! Rafinya! 2:2! Chap qanotdan uyushtirilgan hujum natijasida to‘p darvozabon maydonchasiga yetkazildi. To‘p himoyachilarga tegib, Rafinyaga kelib tushdi va u darvozani ishg‘ol qildi! |
| 51' | ![]() |
GOOOOL! Lusiano Vyetto! 1:2! Bundan bir daqiqa avval Pike "Vilyarreal"ning qarshi hujumi paytida Cherishevdan to‘pni chiroyli tarzda olib qo‘ygan bo‘lsa, hozir yo‘q joydan, maydon markazida Jonaton dos Santosga to‘pni oldirib qo‘ydi. Hujumchi jarima maydonchasigacha yugurib borib, Pikeni yana bir marta aldadi va Vyettoga pas berdi. Futbolchi bo‘sh darvozani osonlik bilan ishg‘ol qildi! |
| 50' | ![]() |
Vuuuh! Chiroyli, juda chiroyli! Neymar va Inyesta juda qisqa masofadan ikki marta tavan bilan "devor" o‘ynashdi. Rafinya chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi, ammo sheriklariga pas berishga ulgurmadi |
| 48' | ![]() |
Jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani mehmonlar qaytarishdi. Alves 17 metrlardan zarba yo‘lladi, to‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi |
| 47' | ![]() |
"Barselona" to‘pni nazorat qilib, o‘ng tomondan uzatilgan pas bilan jarima maydonchasi ichida ochilgan Suaresni to‘p bilan ta’minladi. Lius yiqilib tushdi, ammo to‘pni orqaroqqa tepdi. Rafinya va Messi zarba berishiga himoyachilar yo‘l qo‘yishmadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda. Bir daqiqadan keyin ikkinchi bo‘lim boshlanadi. | |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘lim statistikasi: To‘p nazorati (%) - 71 : 29. Zarbalar - 9 : 3. Aniq zarbalar - 3 : 2. Burchak zarbalari - 5 : 0. Follar - 4 : 12. Ogohlantirishlar - 0 : 2. Hisob - 1 : 1. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga vaqt qo‘shilmadi. "Barselona" - "Vilyarreal" - 1:1. Tanaffus. |
| 45' | ![]() |
GOOOOOOL! Neymaaaaar! 1:1! Messi jarima maydonchasining o‘ng burchagida ichkarida ochilgan Rafinyaga pas berdi. Rafinya masterlarcha chap oyoqda olis burchak tomon to‘pni aylantirdi. Davrozabon qiyinchilik bilan to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pni Neymar darvozaga yo‘llab, hisobni tenglashtirdi! |
| 43' | ![]() |
Qarshi hujum darvozaga aniq zarba yo‘llanishi bilan yakunlandi. Chap qanotdan yetkazilgan to‘pni Pike qaytardi va to‘p yuqoriga ko‘tarildi. Lusiano Vyetto bosh bilan darvozaga zarba berdi. Bravo to‘pni egallab oldi |
| 42' | ![]() |
Messining uzatmasidan keyin Alves o‘ng tomondan jarima maydonchasiga yaqinlashdi va Suaresga pas berdi. Luis Inyestaga zarba berish imkoniyatini yaratdi. Yarim himoyachining zarbasini himoyachilar qaytarishdi va shundan so‘ng ular Messidan to‘pni olib qo‘yib, qarshi hujumga o‘tishdi |
| 41' | ![]() |
Jonatan dos Santos ogohlantirish oldi. Maydon markazida Neymarni chalgani uchun |
| 40' | ![]() |
"Barsa" to‘pni nazorat qildi va Suaresga to‘p yetkazilgan paytda hujumchi ofsaydda qoldi |
| 38' | ![]() |
Albaning uzatmasi noaniq bo‘ldi va to‘p narigi tomondan maydonni tark etdi |
| 37' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pni darvozabon mushti bilan urib yubordi, "Vilyarreal" tezkor hujumga o‘tishi mumkin bo‘lgan vaziyatda Alba oldinga uzatilgan to‘pni egallab oldi |
| 36' | ![]() |
Suares jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni qabul qilib, chap qanotda ochigan Albaga uzatma berdi. Xordining uzatmasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi |
| 33' | ![]() |
Chap burchakka yaqin joyda Messiga nisbaan o‘yin qoidasi buzildi. Lionelning o‘zi to‘pni jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Alves uzatdi. Dani yo‘llagan zarba (to‘pni yerga tushirmasdan) aniq chiqmadi |
| 30' | ![]() |
GOOOOOOOL! Denis Cherisheeev! 0:1! "Vilyarreal" chap qanotdan hujum tashkil qilib, to‘pni o‘ng qanotga uzatishdi. Mario Gaspar jarima maydonchasi tashqarisida zarbani o‘ta muvaffaqiyatsiz va naoniq yo‘llagandek ko‘ringandi, ammo Cherishev to‘p oyoq qo‘yib qoldi va to‘p Bravo qo‘riqlayotgan darvozaning yaqin burchagiga kirib ketdi. Kutilmagan gol |
| 27' | ![]() |
Neymarga nisbatan Cherishev o‘yin qoidasini buzdi, ammo to‘p mezbonlarda bo‘lgani uchun hakam o‘yinni to‘xtatmadi. To‘p Messi orqali Alvesga keldi. Danielning 20 metrlardan yo‘llagan zarbasi aniq chiqmadi |
| 26' | ![]() |
Alves o‘ng qanotdan havodan yetkazib bergan uzatmani darvozabon qaytardi, ammo qaytgan to‘pni darvozaga yo‘llaydigan "ko‘k-anorrang" formali futbolchi topilmadi |
| 25' | ![]() |
Jovanni dos Santos Maskeranoni aldab o‘ta olmadi, aks holda "Barsa" darvozaboni bilan birga bir vaziyatga chiqib ketardi... |
| 22' | ![]() |
"Vilyarreal" yana Cherishev qanotidan hujum tashkil qildi. Denisning uzatmasidan keyin Alba keskinlikni yo‘qqa chiqardi |
| 21' | ![]() |
Ehhhhh, Suaressss! Alves uzatgan to‘pni Inyesta jarima maydonchasi ichida Suaresga qoldirdi. Luis aynan 11 metrli nuqta atrofida zarba yo‘llab, darvozani ishg‘ol qila olmadi! |
| 19' | ![]() |
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin Messi chiroyli pas bilan chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Inyestani birga bir vaziyatga chiqardi. Ammo Adres to‘pga biroz yeta olmadi. Asenxo to‘pni egallab oldi |
| 19' | ![]() |
Messi tomonidan yo‘llangan zarba jonli devordagi futbolchining boshiga tegib, maydonni tark etdi. Burchak zarbasi |
| 17' | ![]() |
"Vilyarreal" jarima maydonchasi yarim aylanasi ichida Rafinya chalib yiqitildi. Messi uchun yaxshi nuqta! |
| 16' | ![]() |
Messi to‘p bilan jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo ko‘pgina himoyachilar qurshovida yiqilib, to‘pni yo‘qotdi. Hakam penalti uchun asos topmadi |
| 14' | ![]() |
Cherishev o‘zining chap qanotidan kataloniyaliklar jarima maydonchasiga yerlatib uzatma berdi. Maskerano to‘pni qaytardi |
| 12' | ![]() |
Vuuuuuh! Alves yerlatib jarima maydonchasi tashqarisida turgan Suaresga uzatma berdi va Luis 18 metrlardan darvoza tomon zarba berdi. Asenxo qiyinchilik bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 12' | ![]() |
Inyesta ofsaydda qoldi deb topildi |
| 11' | ![]() |
"Sariq suvosti kemasi" mezbonlarning dastlabki bo‘limdagi bosimini bartaraf etdi va endi o‘zlari ham asta-sekin oldinga o‘tishmoqda |
| 8' | ![]() |
Oho! Inyestaning kesib o‘tuvchi uzatmasidan keyin Suares o‘ng tomondan jarima maydonchasi kirib bordi va narigi tomondan ochilishi kerak bo‘lgan Neymar tomon uzatma berdi. Ammo braziliyalik futbolchi kech qolgandi |
| 6' | ![]() |
Alves o‘ng qanotdan oldinga uzatma berdi. Messi bu to‘pga yeta olmasdi |
| 3' | ![]() |
Burchakdan uzatilgan to‘pni Suares akrobatik uslubda darvozaga yo‘llashga harakat qildi. Zarba aniq chiqmadi |
| 3' | ![]() |
Suares chap tomondan jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo zarba berishga ulgurmadi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi |
| 2' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin mehmonlar darvozasiga oldida taxlikali vaziyat yuzaga keldi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani darvozaga yo‘llaydigan futbolchi topilmadi |
| 1' | ![]() |
Oho! Messi maydon markazida to‘pni egallab olib, Suaresni darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqardi. Luis jarima maydonchasi ichida to‘pni egallab, himoyachini aldamoqchi bo‘lganida to‘p himoyachidan maydonni tark etdi. Burchak to‘pi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi. To‘pni o‘yinga "Vilyarreal" kiritib berdi. Ketdik! |
| ' | ![]() |
"Barselona" ko‘k-anorrang, "Vilyarreal" esa sariq rangli formalarda maydonga tushib kelishmoqda. |
| ' | O‘yin boshlanishigi tobora oz vaqt qolmoqda. Tarkibga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Enrike asosiy tarkibga bitta o‘zgartirish kiritgan. Bugun Rakitich o‘rniga Rafinya ilk daqiqalardan o‘yinni boshlaydi. Qolgani hammasi joyida | |
| ' | "Barselona" o‘z maydonida "Vilyarreal"ni qabul qilmoqda. So‘nggi paytlarda har ikkala jamoa juda yaxshi o‘yin namoyish qilishmoqda. Shu bois, bugungi o‘yin ancha qiziqarli o‘tishi kutilmoqda | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|