Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer-ligasi

23-tur, 7 fevral, soat 17:45. Bosh hakam: Martin Atkinson (Angliya)

TOTTENXEM

Harri Keyn (55, 86)

2 : 1

ARSENAL

Mesut O‘zil (11)
JAMOALAR TARKIBI
01.Ugo Lyoris (D)
05.Yan Vertongen
15.Erik Dayer
02.Kayl Uoker
23.Kristian Eriksen
11.Erik Lamela
38.Rayan Meyson
03.Denni Rouz
19.Mussa Dembele
42.Nabil Bentaleb
18.Harri Keyn
  13.David Ospina
4.Per Mertezaker
6.Loran Koselni
18.Nacho Monreal
39.Ektor Bellerin
16.Aaron Remzi
34.Fransis Koklen
11.Mesut O‘zil
19.Santi Kasorla
12.Olivye Jiru
23.Danni Uelbek
SARIQ KARTOCHKA
Harri Keyn (36)
 
Nacho Monreal (42), Denni Uelbekk (45), Loran Kosyelni (52)

Matn

'
Tottenhem London derbisida Chelsi ketidan Arsenaln ham mag‘lub etdi. Harri Keyn kutilganidek qahramon!
90+6'
Hakam hushtagi chalindi!! O‘yin tugadi!
90+5'
O‘yinning so‘nggi soniyalarida, Tottenhem kutilganidek so‘nggi o‘zgarishni amalga oshirmoqda. Rayan Meyson o‘rniga Paulinyo maydonga tushadi....
90+4'
Yana bir sariq kartochka. Bu safar Aaron Remsi ogohlantirildi. Bentalebni ushlab qolgani uchun. Bu fol Tottenhemga ancha foyda bo‘ldi.
90+4'
O‘zilning jarimadan yetkazib bergan to‘pi ham noaniq bo‘ldi. Mezbon himoyachilari raqibga imkon berishmayapti.
90+3'
To‘p kutilganidek Arsenal futbolchilarida.
90+2'
Nabil Bentaleb ogohlantirildi.
90'
Uchrashuvga 4 daqiqa qo‘shib berildi.
89'
Tottenhem safida ham o‘zgarish. Erik Lamelaning o‘rniga Bendjamin Stambuli maydonga tushmoqda.
88'
Arsenal darhol yangi kuchlarni maydonga tashlamoqda. Chupa Akpom maydonga tushmoqda. Fransis Koklen o‘rniga.
87'
Harri Keynni to‘xtatib bo‘lmayapti. Tottenhem hujumchisi hozircha uchrashuv qahramoni. Bentalebning qanotdan uzatgan to‘pini Keyn boshi bilan darvozaning uzoq burchagiga joylab qo‘ydi.
86'
GOOOOL!! Harri Keyndan dubl!
84'
Olivye Jiru ham sariq kartochka oldi. O‘yin ancha asabiy tarzda o‘tmoqda.
82'
Hujum uyushtirish navbati Tottenhemga keldi. Eriksen raqib jarima maydoniga kirib borayotgan Shadliga to‘pni uzatdi, ammo Ospina bu to‘pga birinchi bo‘lib ulgurdi.
80'
O‘zil va Nacho Monreal qanotdan yaxshi hujum boshlashgan edi, ammo Monreal tomonidan amalga oshirilgan so‘nggi to‘p uzatilishi noaniq bo‘ldi
78'
Tottenhem safida Rayan Meyson ogohlantirildi.
76'
Teo Uolkott maydonga tushmoqda. Kutilganidek Denni Uelbek o‘rniga....
75'
Tottenhem safida ham o‘zgarish. Mussa Dembele o‘rniga Nosir Shadli maydonga tushdi.
73'
Jiru to‘pni qulayroq turgan Uelbekka tashlab berdi, ammo Arsenal hujumchsiga zarba berish uchun imkon berishmadi.
70'
Eriksenning jarima maydoniga yaqin joydan amalga oshirgan jarima to‘pi biroz yuqoridan o‘tib ketdi.
68'
Arsenal himoyachilari markazga kirib borgan Lamelaga zarba berish imkonini berishmadi. Ayni damda o‘yinda Tottenhem biroz ustunlikka erishmoqda.
66'
Arsenalda o‘zgarish. Santi Kasorlaning o‘rniga Tomash Rosiski maydonga tushmoqda.
62'
Ospina!! Arsenal darvozaboni uchrashuvdagi eng yaxshi seyvni amalga oshirdi, Avvaliga Bentalebning kuchli zarbasini qaytargan darvozabon, ketidan Keynning ham zarbasini qaytarishga erishdi. Ajoyib o‘yin.
61'
Arsenal ketma-ket ikkita hujum uyushtirdi. Dastlab, Uelbekning havfli zarbasini Lyoris qaytargan bo‘lsa, keyingi hujumda Kosyelni qanotdan uzatilgan to‘pga boshi bilan zarba berdi. Bu zarbani ham Lyoris ushlab oldi.
56'
Tottenhem to‘purari Ospinadan qaytgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.
55'
GOOOL! Harri Keyn! Tottenhem ketma-ket hujumlardan so‘ng hisobni tenglashtirmoqda!
51'
Arsenalda navbatdagi sariq kartochka. Bu safar Loran Kosyelni ogohlantirildi. O‘yin tempi ancha oshdi, jamoalar ketma-ket hujum uyushtirishmoqda.
49'
Arsenal juda havfli qarshi hujum uyushtirdi. Kasorla chamasi 20 metrlardan zarba berdi, ammo Lyorsi hozir qahramonlik ko‘rsatdi va to‘pni qaytarib qoldi.
47'
Denni Uelbek raqibiga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Ammo hakam bu vaziyatda Arsenal hujumchisini ayadi. Uelbekda sariq kartochka bor.
49'
Mezbonlar ikkinchi bo‘lim ancha faol boshlashdi. "Arsenal" raqibning bosimlarini bartaraf etishdi
46'
Ikkinchi taym kutilganidek mezbonlar hujumi bilan boshlandi. Bentalebning uzoq masofadan bergan zarbasi noaniq.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi
45+2'
Jarimadan yetkazilgan to‘pni Ospina egallab oldi
45+2'
Uelbek ogohlantirildi
45'
Ikki daqiqa qo‘shildi
43'
Nacho Monreal ogohlantirish oldi
42'
Harri Keyn o‘ng tomondan uzatilgan to‘pni qabul qilib, o‘tkir burchak ostida xavfli zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi. Ammo laynsmen ofsayd qayd etdi. Bahsli vaziyat
40'
Keyn jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarbani noaniq yo‘lladi
36'
Harri Keyn ogohlantirish oldi.
36'
"Arsenal"ning qarshi hujumi paytida O‘zil jarima maydonchasi ichida to‘pni himoyachiga oldirib qo‘ydi
34'
Erikssen o‘ng qanotdan yerlatib uzatgan pasni Lamela yotgan holatda darvozaga yo‘llashga urindi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
33'
"Arsenal"ning kam sonli qarshi hujumlardan birini "shporlar" bartaraf etishdi
31'
Burchak zarbasi paytida "kanonirlar" raqibga hech kanday imkoniyat qoldirishmayapti
30'
To‘p nazorati, hujumlar soni bo‘yicha tashabbus "Tottenxem" tomonida. Meyson jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Ospina ajoyib seyv bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi!
23'
Rouz faol o‘ynamoqda. U hozir jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasini ko‘zlab bergan pasi juda kuchli chiqdi. Narigi tomonga o‘tib ketdi
22'
Oho! Rouz jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va kuchli zarba yo‘lladi. To‘p Ospinaning qo‘lidan maydonni tark etdi
21'
Bentaleb bir himoyachini aldab, jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza yonidan o‘tib ketdi
20'
"Tottenxem" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ammo undan samara chiqara olmadi
16'
"Arsenal"ning qarshi hujumlari xavfli bo‘lmoqda. Shu bilan birga Venger shogirdlari himoyada mustahkam o‘ynashmoqda
14'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani darvozabon egalladi
14'
Denni Rouz jarima maydonchasi chap burchagidan zarba yo‘lladi. Ospina qaytargan to‘pni himoyachi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
11'
GOOOOOOOL! Mesuuuuuut O‘ziiiiil! Juda chiroyli gol! Uelbek o‘ng qanotda bir himoyachining yonidan to‘pni o‘tkazib, o‘zi uni aylanib o‘tdi va jarima maydonchasiga yaqinlashib, 11 metrli nuqta atrofidagi Kasorlaga pas berdi. Santi to‘pni to‘xtatmasdan chap qanotda ochilgan O‘zilni to‘p bilan ta’minladi, Mesut to‘pni to‘xtatmasdan darvozaga joyladi!
10'
Chap qanotdan oldinga o‘tgan Rouz to‘p bilan ta’minlandi. Dennining uzatmasini Ospina egallab oldi
7'
Mezbonlar tomonidan amalga oshirilgan 2ta burchak to‘pi "kanonirlar" uchun xavfli bo‘lmadi
5'
"Tottnexem"ning ilk xavfli hujumi. Harri Keyn jarima maydonchasining chap burchagidan olis burchak tomon aylanma zarba berdi. David Ospina barmog‘i bilan to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi.
5'
"Arsenal" maydon markzida to‘pni egallab olib, ko‘pchilik bo‘lib qarshi hujumga o‘tdi. Chap qanotdan darvozabon maydonchasiga yetkazilgan to‘pni ikki hujumchi qarshisida turgan yolg‘iz markaziy himoyachi egallab oldi va xavfni bartaraf etdi.
4'
Harri Keyn tomon yuqoridan uzatilgan to‘pni himoyachilar qaytarishdi
2'
"Tottenxem" futbolchisi Erikssenning kesib o‘tuvchi uzatmasi mehmon himoyachilaridan o‘tmay qoldi
1'
O‘yin boshlandi!
'
Yana bir necha daqiqalardan so‘ng Angliya Premyer-Ligasi 24 turining markaziy o‘yinlaridan biriga start beriladi.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.