Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Ispaniya La ligasi

22-tur, 7 fevral, soat 20:00. Bosh hakam: Fernandes Borbalan

ATLETIKO MADRID

Tiagu Mendesh (14)
Saul Niguyes (18)
Antuan Grizmann (67)
Mario Manjukich (89)

4 : 0

REAL MADRID

JAMOALAR TARKIBI
01.Migel Moyya (D)
02.Diyego Godin
03.Gilyerme Sikeyra
20.Xuanfran
23.Juan Miranda
05.Tiagu Mendesh
06.Koke
10.Arda Turan
07.Antuan Grizmann
14.Gabi
09.Mario Manjukich
  01.Iker Kasilyas (D)
15.Daniel Karvaxal
02.Rafayel Varan
18.Nacho Fernandes
05.Fabiu Kuentrau
06.Sami Xedira
08.Toni Kroos
23.Isko
11.Garet Beyl
07.Krishtianu Ronaldu
09.Karim Benzema
ZAHIRA
13.Yan Oblak (D)
18.Xesus Games
24.Xose Ximenes
08.Raul Garsiya
17.Saul Niguyes
04.Mario Suares
19.Fernando Torres
  13.Keylor Navas (D)
17.Alvaro Arbeloa
34.Diyego Lyorente
16.Lukas Silva
24.Asyer Ilyaramendi
20.Xese
14.Xavyer Ernandes
SARIQ KARTOCHKA
Gabi (45)
Arda Turon (49)
Diyego Godin (54)
Mario Manjukich (82)
 
Toni Kroos (29)
Xese Rodriges (85)

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat. Soat 22:30da boshlanadigan "Everton" - "Liverpul" o‘yinidan tashkil etiladigan onlayn translyasiyani kuzatib borishni unutmang
'
Ushbu g‘alabadan keyin "Atletiko" "Real" bilan oradagi farqni 4 ochkoga yetkazib oldi. "Barselona" esa ertaga "Atletik Bilbao"ni mag‘lub etsa, "Qirollik klubi" bilan oradagi farqni minimumgacha qisqartiradi
90+2'
O‘YIN YAKUNLANDI! "ATLETIKO" - "REAL" - 4:0! Izohga hojat yo‘q. "Real Madrid" har tomonlama yutqazdi. Bugun maydonda faqat bitta jamoa o‘ynadi!
90+2'
"Matraschilar" to‘liq hujumda!
90+1'
"Atletiko" beshinchi golni urmoqchi... Bu safar Manjukich bosh bilan yo‘llagan zarbasi noaniq chiqdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
89'
Ohhhh, unda bunisi ortiqcha! Mario Manjukich, 4:0! Fernando Torres qanotdan yetkazilgan to‘pni hujumchi bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi!
85'
Xese Rodriges ogohlantirish oldi. U maydon tashqarisida Mirandani tepib yiqitdi
82'
Mario Manjukich sariq kartochka oldi, to‘pni qo‘li bilan to‘xtatgani uchun
82'
Bu galgi burchak to‘pi paytida fol qayd etildi
81'
Bu safar Ilyaramendi 13 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi. Yana bir marta burchak zarbasi
80'
"Real" o‘yinga kiritgan burchak to‘pi xavfli bo‘ldi. Yana bir marta burchak to‘pi
77'
"Atletiko"da o‘zgarish: Antuan Grizmann o‘rniga hujumchi Fernando Torres tushirildi
75'
To‘p nazorati "qirollik klubi" tomoniga o‘tmoqda. Ammo "Visente Kalderon" sohiblari osonlik bilan himoyalanishmoqda
73'
"Real"da uchinchi o‘zgarish: Benzema o‘rniga Chiqarito tushirildi
72'
Vuuuuh! Yuqoridan uzatilgan to‘p birga bir vaziyatga chiqayotgan Grizmannga o‘tib ketdi. Ammo La liganing fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi... Kasilyas to‘pni egallab oldi
71'
Saul o‘rniga Raul Garsiya tushirildi
70'
"Atletiko"ning hujumi natijasida Tiagu Mendesh jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Noaniq
68'
Anchelotti yana bir o‘zgarishga qo‘l urdi. Isko o‘rniga Ilyaramendi tushirildi
67'
GOOOOOOOL! Antuaaaann Grizmaaaaan! 3:0! Arda jarima maydonchasi tashqarisidan davrozabon maydonchasi burchagi tomon ochilayotgan Saulga pas berdi. U bosh bilan to‘pni narigi ustun tomon yetkazdi. Varan to‘pni tepib yuborishda sustkashlikka yo‘l qo‘ydi va uning ortida turgan Antuan to‘pni darvozaga yo‘lladi! 3:0.
65'
Aslida gol ko‘proq mehmonlarga kerak, ammo "Atletiko" vaziyat ketidan vaziyat yaratmoqda...
63'
Vuuuuuh! "Atletiko" futbolchilarining o‘ng qanotda to‘p uzatmalari juda chiroyli chiqdi! Darvozabon maydonchasiga uzatilgan to‘pga Tiagu Mendesh bosh bilan berdi. To‘p yerga tegib yuqoriga ko‘tarildi va Kasilyas to‘pni egallab oldi
61'
"Real" markaziy himoyachilari yutqazishda davom etishmoqda. O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pga Grizmann bosh bilan zarba yo‘lladi. To‘p davroza ustidan o‘tib ketdi
60'
Vuuuuuh! Yana Antuan! Yon qanotdan to‘p jarima maydonchasiga otib berildi. Manjukich bosh bilan to‘pni ortga urib yubordi. Grizmann chalqancha uslubda zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi!
59'
Vuuuuh, Grizmaaaann!!! Himoyachining ehtiyotsizligi tufayli Antuan jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni egalladi va biroz oldinga surilib, kuchli zarba yo‘lladi! Kasilyas zarbani qaytardi!
58'
Benzema chap qanotdan Xesega uzatma berdi. Xese to‘p uchun kurashda jarima maydonchasi ichida yiqildi. penalti yo‘q
56'
Beyl qoida buzgani uchun o‘ng qanotdan jarima zarbasi belgilandi. Havodan yetkazilgan to‘pni Iker egallab oldi
54'
Nacho Manjukichga nisbatan qo‘pol o‘ynadi. Hakamdan himoyachi uchun sariq kartochka so‘ragan Diyego Godinning o‘ziga ogohlantirish berdi
52'
Borbalan maydon chetida shug‘ullanayotgan "Atletiko" zaxira futbolchilaridan biriga ogohlantirish berdi
51'
Saul o‘ng tomondan jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib, o‘z tezligini yo‘qotdi va Kasilyas to‘pni egalladi
49'
Arda Turon sariq kartochka oldi. U hakamning qaroriga keskin e’tiroz bildirgani uchun ogohlantirildi
48'
Beylning uzatmasidan keyin darvozabon maydonchasi burchagiga borgan to‘p uchun kurashda Ronaldu Xuanfranga nisbaan fol ishlatdi deb topildi
47'
Karvaxal o‘ng qanotdan to‘pni yerlatib jarima maydonchasiga uzatdi. To‘p Beylgacha yetib bormadi, himoyachilar egallab olishdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
46'
Xese Rodriges maydonga tushirildi. Xedira maydonga qaytmadi
'
Futbolichilar maydonga qaytishmoqda
'
Birinchi bo‘lim statistikasi. To‘p nazorati: 45% - 55%, Zarbalar: 5-1, Aniq zarbalar: 4-0, Burchak to‘plari: 2-0, ofsaydlar: 2-0, follar: 10-6.
'
Bugun "Real"da markaziy himoyachilar - Ramos va Pepening o‘rni bilinmoqda. Ikki yosh himoyachilar "Atletiko" hujumiga dosh bera olishmayapti. Ikkita xavfli hujumdan paytida urilgan 2ta goldan so‘ng Anchelotti shogirdlari o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishdi. Natijada ular tanaffusga qadar o‘z o‘yinlarini deyarli topa olishmadi
45+2'
Qo‘shib berilgan daqiqalarda tashabbus mezbonlar tomonida bo‘ldi. Hakamning xushtagi yangradi. Tanaffus. Hozircha "Atletiko" - "Real" - 2:0.
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
45'
Gabi sariq kartochka oldi. U havodagi to‘p uchun kurashda Xediraning yelkasiga tirsagini qo‘ydi
41'
"Real" endi o‘z o‘yinini topa boshlamoqda. Olis masofadan "Atletiko" jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni posbon musht bilan qaytardi
37'
Laynsmen Manjukichni ofsaydda deb topib, yana xatoga yo‘l qo‘ydi
35'
Oho! Yuqoridan yetkazilgan to‘p uchun kurashda "Real" himoyachilari yutqazishdi. Godin o‘tkir burchak ostida yaqin masofadan zarba berdi. To‘p esa uzala tushayotgan Koentrauning qo‘liga tegib, so‘ng Kasilyasning qo‘liga borib tushdi. Borbalan penalti belgilamadi
34'
Darvoqe, o‘yinning 10-daqiqasida jarohat olgan Koke o‘rniga Saul tushirilgandi
32'
Arda Turon to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun chap qanotdan jarima zarbasi amalga oshirildi. MEzbon himoyachilari to‘pni o‘z vaqtida tepib yubora olishmadi, Benzema yo‘llagan zarba xavfli bo‘ldi. Himoyachilar to‘pni egallab, vaziyatdan uzoqlashtirishdi.
31'
"Real"ning o‘yini qovushmayapti, uzatmalar, kombinasiyalar tez tez uzilib qolmoqda
29'
Toni Kroos maydon markazida o‘zidan o‘tib ketayotgan Grizmanning oyog‘iga ochiqchasiga tepgani uchun ogohlantirildi
27'
Ronaldu o‘ng burchakka yaqin joydan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Bu yerda darvozabondan boshqa hech kim yo‘q edi
25'
"Atletiko" o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Himoyachi qaytargan to‘p Grizmannga kelib tushdi. Uning 14 metrlardan darvoza tomon yo‘llagan zarbasini Iker egallab oldi
24'
"Real" hujumga o‘ta olmayapti. To‘p nazorati mezbonlarda. Hozir maydon markazidan berilgan uzatmadan keyin Grizmann darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va to‘pni Kasilyasning ustidan oshirib darvozani ishg‘ol qildi. Ammo laynsmen bayroqchani ko‘tarib, ofsaydni qayd etdi. Takroriy lavhada Antuan so‘nggi himoyachi bilan bir chiziqda turganga o‘xshadi
20'
"Atletiko" nomdor mehmonlarni hurmat qilib o‘tirayotgani yo‘q. Hujum ketidan hujum tashkil qilmoqda. To‘p burchakdan o‘yinga kiritildi
18'
GOOOOOOOL! Saul, 2:0!!!! Vuh, juda dahshatli gol! Sikeyra o‘ng tomondan jarima maydonchasiga yorib kirdi, bir himoyachidan o‘tib ketib, deyarli so‘nggi chiziq oldidan to‘pni biroz orqaroqqa uzatdi. Saul chalqancha uslubda zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuniga tegib, to‘rga borib tushdi!
14'
O‘ng qanotdan to‘p havolatib "Real" jarima maydonchasiga yetkazildi. Manjukich to‘pni ko‘kragi bilan qaytardi va orqaroqda turgan Mendeshga uzatdi. Tiagu jarima maydonchasi chizig‘i ustidan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p Kasilyasning qo‘liga tegib, yumalagancha chiziqni kesib o‘tdi!
5'
Maydon egalari burchak to‘pi tepishdi,Arda Turonning zarbasi Kasilyasga tushdi.
14'
GOOOOOOOOOL! Tiagu Mendesh! 1:0!
4'
Ronaldu maydon chetida fint ishlatib oldinga intildi va jarima maydonchasi ichiga to‘p uzatdi, to‘pni Miranda qaytardi.
3'
Mezbonlar to‘pni egallab olib, oldinda turgan Manjukichga uzatishdi, ammo u Real himoyasini yengib o‘ta olmadi.
1'
Uchrashuv boshlandi!
1'
Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari! Madrid derbisidan onlayn translyasiyamizni boshlaymiz!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.