Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer-ligasi

24-tur, 7 fevral, soat 22:30

EVERTON

0 : 0

LIVERPUL

JAMOALAR TARKIBI
01.Joel Robles (D)
17.Muhammad Beshich
26.Jon Stounz
06.Fil Jagelka
14.Stiven Neysmit
23.Shimus Koulmen
18.Garet Berri
08.Brayan Ovyedo
16.Jeyms MakKarti
11.Kevin Miralyas
10.Romelu Lukaku
  22.Simon Minyole (D)
37.Martin Shkrtel
17.Mamadu Sako
21.Lukas Leyva
18.Alberto Moreno
08.Stiven Jerrard
33.Jordan Ayb
10.Filippe Koutinyo
14.Jordan Xenderson
31.Raxim Sterling
23.Emre Jan
ZAHIRA
45.Rassel Griffits (D)
27.Ties Brauning
30.Antolin Alkaraz
20.Ross Barkli
25.Aaron Lennon
04.Derron Gibson
09.Aruna Kone
  52.Denni Uord (D)
06.Deyan Lovren
02.Glen Jonson
24.Jo Allen
50.Lazar Markovich
15.Daniel StarriJ
09.Riki Lambert
SARIQ KARTOCHKA
Jeyms MakKarti (37)
Brayan Ovyedo (73)
Muhammad Beshich (78)
Stiven Neysmit (78)
 
Jordan Xenderson (78)

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
90+3'
Uchrashuv yakunlandi. Mersisayd derbisida hisob ochilmadi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Lennon o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi
88'
Oho! Endi "Liverpul"ning qarshi hujumi natijasida Jerrard jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Zarbaga aniqlik yetishmadi
87'
Burchakdan yetkazilgan to‘pni mehmonlar qaytarishdi
87'
Vuuuuuuh! Koulmen o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va to‘pni qabul qilib, kuchli zarba yo‘lladi! Minyole zarbani qaytardi!
85'
"Everton"da o‘zgarish: Neysmit o‘rniga Ross Barkli tushirildi
84'
Oho! Jerrard chiroyli tarzda Lambertga to‘pni o‘tkazib yubordi. Rikki 12 metrlardan zarba yo‘lladi, ammo kuchli emas
83'
Qarshi hujum natijasida Lambert jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Himoyachi zarbani o‘ziga qabul qildi
82'
"Liverpul"da o‘zgarish: Sterling o‘rniga Lambert tushdi
82'
"Liverpul" burchak to‘pi ishladi.
78'
Ikki jamoa futbolchilari o‘rtasida janjal yuzaga keldi. Natijada Xenderson, Beshich va Neysmit ogohlantirilishdi
77'
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin yo‘llangan zarba noaniq bo‘ldi
76'
LUkaku chap qanotda Emre Jandan to‘pni olib qo‘yib, jarima maydonchasi kirib bordi, Xenderson so‘nggi pallada to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
73'
Brayan Ovyedo sariq kartochka oldi. U raqib futbolchisini chalib yiqitdi. Jarima zarbasi
70'
Vuuuuh! "Liverpul" ketma-ket ikki marta raqib jarima maydonchasi tomon jiddiy bosim uyushtirdi! Ketma-ket berilgan zarbalarni himoyachilar qaytarishdi. Jerrard tomonidan berilgan so‘nggi zarba yuqorilab ketdi
67'
"Everton" yuqoridan to‘pni Lukaku tomon yetkazdi. Shkrtel bosh bilan to‘pni qaytardi. Romelu ofsaydda qolgan ekan
61'
Xenderson o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgan Ayb tomon uzatma berdi. Jordan to‘pga yeta olmadi
60'
"Everton"da o‘zgarish: Kevin Miralyas o‘rniga Aaron Lennon tushdi
59'
To‘p nazorati to‘laligicha "qizillar" tomonida. "Everton" xushyorlik bilan himoyalanmoqda
53'
Vuuuuh, Jerraaaard! Burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin Stiven akrobatik uslubda zarba yo‘lladi. To‘p Neysmitning boshiga tegib, yuqoriga ko‘tarilib ketdi!
52'
Eh, Sterling! Rahim ikki himoyachi orasidan o‘tib ketdi va o‘tkir burchak ostida yakkama yakka vaziyatda darvozabonning o‘ziga zarba yo‘lladi. U sheriklariga pas berganiga gol bo‘lish imkoniyati yuqori edi
49'
"Everton" futbolchisi Keyin Miralyas jarima zarbasi mehmonlar darvozasi tomon yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha o‘yinda hisob ochilmadi
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
45'
Naysmit to‘p uchun baland sakradi va "Liverpul" futbolchisining ustidan oshib o‘tib, yerga boshi bilan tushdi...
43'
"Liverpul" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
41'
To‘pni nazorat qilish borasidagi ustunlik mehmonlar tomonida. Hech bir jamoa himoyaviy o‘yin qilmayotganin ta’kidlash lozim
37'
"Everton" futbolchisi Jeyms MakKarti ogohlantirildi.
35'
Koutinyo tomonidan jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llangan zarbani Robles egallab oldi
33'
Jerrarddan to‘pni qabul qilib olgan Sterling jarima maydonchasi ichida zarba yo‘lladi. To‘p himoyailardan o‘tmadi
29'
"Everton" futbolchisi o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yaqinlashib kelib, 11 metrli nuqta oldidagi sherigiga to‘pni yetkazayotganida Shkrtel to‘pni qaytarib qoldi
26'
Vuuuuuh! Jordan Ayb jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarba darvoza ustuniga tegib, yon tomonga ketdi!
22'
Ehhh, Naysmit! O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni darvozabon maydonchasi yaqinida ko‘kragi bilan qaytardi, ammo to‘p Minyole tomon ketib qolishi natijasida "Everton" futbolchisi hisobni ochish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi
18'
"Everton" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar xavfni bartaraf etishdi
17'
Vuuuh! Jordan Ayb! Sterling chap qanotdan yo‘llagan zarba/uzatmasi o‘ng qanotdan darvoza oldiga kelgan Aybga keldi. Biroq Joel Robles mahorat ko‘rsatib, xavfni bartaraf etdi!
13'
Tomonlar navbati bilan Hujum tashkil qilishmoqda. Ammo xavfli vaziyatlar yuzaga kelmayapti
9'
Jarima maydonchasiga yaqin joyda Koutinyoga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Jerarrd tomonidan yo‘llangan zarba yaqin "to‘qqizlik"ka kirayotgandi. Davrozabon to‘pni yuqoriga ko‘tarib yubordi!
8'
Vuuuh! Koutinyoning uzatmasidan keyin Sterling o‘tkir burchak ostida darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqdi va bir himoyachini aldab, zarba yo‘lladi. To‘p darvozaga aniq bormadi...
6'
"Everton"ning hujumi samarasiz yakunlandi. To‘p uzatilgan joyda mezbonlardan hech kim yo‘q edi
2'
"Liverpul" yaxshi hujum tashkl qildi. Jerrard chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelgan yarim himoyachini to‘p bilan ta’minladi. U to‘pni Sterlingga uzatdi. Rahimning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi
1'
"Everton" va "Liverpul" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boshlandi!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.