Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Nazorat o‘yini, BAA, Dubay

22 yanvar, soat 17:00

BUNYODKOR

Vohid Shodiyev (45)

1 : 1

ROSTOV

Kalachev (22)
JAMOALAR TARKIBI
Pavel Bugalo
Xayrulla Karimov
Bobur Akbarov
Akmal Shorahmedov
Sahob Jo‘rayev
Dilshod Jo‘rayev
Javlon Ibrohimov
Alibobo Rahmatullayev
Sardor Rashidov
Vohid Shodiyev
Oleksandr Pishur
  1.Pletikosa
2.Kalachev
5.Dyakov
7.Sheshukov
9.Kanga
10.Dzyuba
15.Bashtush
19.Milich
25.Logashov
49.Ananidze
84.Gaskan
ZAHIRA
  8.Xudobyak
11.YU
13.Lepskiy
16.Amelchenko
17.Vasilyev
18.Fatullayev
22.Kireev
24.Sinama-Pongol
27.Lolo
34.Margasov
42.Kulishev
55.Ksulu
99.Nikolich
4.Aroyan

Matn

90'
O‘yin 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.
87'
Qanotdan uzatilgan to‘pni «Bunyodkor» futbolchisi bosh bilan darvozaga yo‘lladi, lekin to‘p darvoza tepasidan o‘tib ketdi.
81'
«Bunyodkor» ko‘proq e’tiborni himoyaga qaratmoqda.
77'
Jamoalar bo‘sh harakat qilishmoqda. Nazorat o‘yini ekani bilinib qoldi. Balki murabbiylar qandaydir taktik uslublarni ko‘rib chiqishayotgandir.
67'
Bugun «Rostov»ning qanotlari faol harakat qilmoqda. Xudobyanning o‘zida ikkita juda yaxshi vaziyat bo‘lgan edi. Har ikki holatda ham qanotdan yetkazib berilgan to‘pni hujumchi bosh bilan darvozaga yo‘lladi, lekin unga aniqlik yetishmadi.
58'
O‘yin asosan maydon markazida kechmoqda.
53'
Ikkinchi bo‘limda ham «Rostov» faolroq o‘ynamoqda. Ayniqsa Floran Sinama Panyol juda yaxshi o‘ynamoqda. Uning ijrosidagi zarbalar xavfli bo‘lmoqda.
46'
«Rostov» ikkinchi bo‘limda tarkibni butunlay o‘zgartirdi. Amelchenko, Lolo, Ksulu, Aroyan, Margasov, Vasilyev, Fatullayev, Xudobyak, Kulishev, Sinama-Panyol, Yu Ben Su
45'
Birinchi bo‘lim shunday hisob bilan yakunlandi.
43'
Burchak to‘pi nihoyat foyda keltirdi. Yuqorilatib uzatilgan to‘pni Vohid Shodiyev bosh bilan raqib darvozasiga yo‘lladi. 1:1.
'
Goooooooooooool. 1:1
35'
Raqib «Bunyodkor»ni jarima maydonchasida siqib tashladi. Dzyuba ikkita juda yaxshi vaziyatga ega bo‘lgan edi. Avvaliga uning zarbasiga aniqlik yetishmagan bo‘lsa, ikkinchi holatda darvozabon bilan yakkama-yakka chiqayotib yiqilib tushdi va vaziyatni qo‘ldan boy berdi.
31'
O‘yindagi ustunlik «Rostov» tomonida. Jano va Dzyuba devor uslubida «Bunyodkor» himoyasini yorib o‘tishga harakat qilishdi, lekin himoyachilarimiz qo‘pollik bilan raqibni to‘xtatib qolishdi. Jano jarima zarbasini chiroyli tarzda amalga oshirdi, lekin Bugalo o‘z o‘rnida.
27'
Kanga ajoyib to‘p oshirishi bilan Kalachevni Bugalo bilan birga-bir vaziyatga chiqardi va yarim himoyachi zarbada adashmadi 1:0.
22'
Gol. «Rostov» hisobni ochdi.
18'
«Rostov» qarshi hujumda juda tez harakat qildi. Jarima maydonchasiga yaqin joyda «Bunyodkor»chilar Dzyubani to‘xtatib qolishdi va xavfli standart belgilandi.
14'
O‘yinda juda ko‘p burchak to‘plari amalga oshirilmoqda, lekin har ikki jamoa ham undan foydalana olmayapti. «Bunyodkor» himoyachilari vaziyatlardan birida bir-birlariga to‘qnashib ketishdi, biroq raqib bundan foydalana olmadi.
11'
O‘rtoqlik o‘yini bo‘lishiga qaramay, «Rostov» futbolchisi Kanga ikkinchi marta futbolchimizga qarshi qo‘pol o‘ynadi va hakam unga sariq kartochka ko‘rsatishga majbur bo‘ldi.
9'
Ortda qolgan 8 daqiqa ichida «Bunyodkor» ikki marta burchakdan to‘p tepish huquqiga ega bo‘ldi, lekin har ikki holatda ham hujum samarasiz bo‘ldi.
7'
Jano jarima to‘pi ishladi. Jarima maydoni ichida faol harakat qilgan Dzyuba to‘pni darvozaga yo‘lladi, lekin hakam o‘yindan tashqari holatni qayd etdi.
6'
«Rostov» hisobni ochdi, lekin o‘yinda tashqari holat.
4'
O‘yinni «Rostov» boshlab berdi. O‘yin maydon markazida kechmoqda. Raqiblarimiz tarikibida faqatgina Poloz maydonga tushmaganini hisobga olmaganda asosiy tarkib.
1'
O‘yin boshlandi. "Bunyodkor" ko‘k, "Rostov" sariq liboslarda harakat kilmoqda!
'
Bahsini Xumaid Salim boshqarib boradi!
'
Assalomu alaykum, qadrli muxlislar. Bugun mamlakat chempioni Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi Dubayda Rossiyaning «Rostov» jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Bu yerda o‘yinning matnli translyasiyasini kuzatib borishingiz mumkin. O‘yinga bo‘lgan qiziqish katta. Bugun «Rostov» asosiy tarkibda maydonga tushadi. Ruslar tarkibida Artyom Dzyubaning Rossiya chempionatida juda yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgani va «Barselona»ning qiziqishiga sabab bo‘lganidan xabaringiz bor. Bir so‘z bilan aytganda zo‘r o‘yin bo‘lishi kutilmoqda.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.