Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer-ligasi

24-tur, 8 fevral, soat 21:15. Bosh hakam: Mark Klatenburg

VEST XEM

Kuyate (49)

1 : 1

MANCHESTER YUNAYTED

Deyli Blind (90+2)
JAMOALAR TARKIBI
13.Kastilyo
3. Kressuell
18.Jenkinson
5.Tomkins
8.Kuyate
30.Aleks Song
16.Mark Noubl
4.Nolan
11.Dauning
31.Enner Valensiya
15.D.Sako
  1.David De Xea
17.Deyli Blind
3.Lyuk Shou
4.Fil Jons
5.Markos Roxo
7.Anxel Di Mariya
11.Adnan Yanuzay
16.Antonio Valensiya
20.Robin van Persi
9.Radamel Falkao
10.Ueyn Runi
SARIQ KARTOCHKA
Aleks Song (73)
 
Markos Roxo (43)
Lyuk Shou (83)

Matn

'
Bugun 01:00da boshlanadigan "Atletik" - "Barselona" o‘yinidan tashkil etiladigan onlayn translyasiyani o‘tkazib yubormang
90+5'
O‘yin yakunlandi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda "Manchester Yunayted" mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. O‘yin esa durangga mos bo‘ldi. Hisob - adolatli
90+5'
"MYu"da o‘zgarish: Falkao maydonni tark etdi.
90+2'
GOOOOOL! Deyli Blind, 1:1! Runi tomonidan "standart"dan yo‘llangan zarba himoyachining boshiga tegib qaytdi. To‘p yana jarima maydonchasiga qaytarildi. Himoyachi bosh bilan qaytargan to‘p Blindga kelib tushdi va Deyli 13 metrlardan zarba bilan darvoza burchagiga to‘pni joyladi!
90+1'
Jarima maydonchasi chizig‘i ustida "Vest Xem" darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi. VAn Persiga nisbatan o‘yin qoidasi buzilgani uchun
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Vuuuh! Blind yetkazib bergan to‘p uchun kurashda Fellayni jarima maydonchasi ichida himoyachidan ustun keldi va 10 metrlardan zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni yon tomonga urib yubordi
89'
O‘ng qanotdan uzatilgan to‘pga Jarvis bosh bilan zarba berdi. Zarba aniq chiqmadi
87'
Vuuuuuh! De Xeaaa! O‘ng qanotdan yerlatib uzatilgan to‘pni Noubl 12 metrlardan darvoza tomon yo‘lladi! David to‘pni qaytardi. Jarima maydonchasi tashqarisidan berilgan takroriy zarbani De Xea maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
85'
Mezbonlar qarshi hujum natijasida burchak zarbasini qo‘lga kiritishdi. "Standart"dan esa mezbonlar unumli foydalana olishmadi
83'
Lyuk Shou ogohlantirish evaziga raqibning tezkor qarshi hujumini to‘xtatdi
83'
Vuuuuuuh, Kastilyoooo! Blind 11 metrli nuqta ustida turgan Falkaoni to‘p bilan ta’minladi, u esa chap tomonda ochiq turgan Van Persiga pas berdi. Robin 7-8 metrlardan yo‘llagan zarbani darvozabon oyog‘i bilan qaytardi!
79'
"MYu"ning burchak zarbasi xavfli bo‘ldi. Roxo yo‘llagan zarbani darvozabon egallash chog‘ida van Persi posbonga xalal berdi. Qaytgan to‘pga Felleyni 6-7 metrlardan (o‘tkir burchak ostida) bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi!
77'
Ehhhh, Falkaaaaoooo! Radamel olis masofadan yetkazilgan to‘p uchun kurash olib bordi va to‘p himoyachining boshidan Runiga bordi. Ueyn darhol uzatma berib, Falkaoni birga bir vaziyatga chiqardi. Hujumchi 7-8 metrlardan darvozaga aniq zarba bera olmadi. Bu "MYu"ning o‘yinda eng xavfli hujumi bo‘ldi!
74'
Di Mariya tomonidan yo‘llangan zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi
73'
Aleks Song ogohlantirish oldi. U Runini chalib yiqitdi
72'
"MYu"da o‘zgarish: Yanuzay o‘rniga Fellayni tushirildi
71'
"Bolg‘achilar" qarshi hujum tashkil qilishdi. Sako o‘ng tomondan 11 metrli nuqta atrofiga uzatma berdi. Ammo uzatma aniq bo‘lmadi
70'
"Vest Xem" ikki marta burchak to‘pidan foydalandi. Taxlikali vaziyatlar yuzaga keldi, ammo gol bo‘lmadi
68'
Antonio Valensiya o‘ng qanotdan uzatib bergan to‘p himoyachilarning boshidan jarima maydonchasi tashqarisida turgan Yanuzayga kelib tushdi. Uning zarbasi ancha noaniq bo‘ldi
66'
"MYu" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Jenkinson bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Yana bitta burchak zarbasi
64'
Vuh! Dauning jarima maydonchasi o‘ng tomondagi chizig‘i ustidan olis ustun tomon pas berdi. To‘p esa darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi! To‘g‘ridan to‘g‘ri darvozaga kirib ketishiga sal qoldi
63'
Mezbonlarning chap qanotdan uzatmani De Xea egallab oldi
61'
Di Mariya o‘ng qanotdan kuchli tarzda uzatma berdi. Himoyachilar jarima maydonchasi ichida to‘pni qaytarishdi.
58'
Lyuk Shou jamoadoshi bilan "devor" o‘ynab jarima maydonchasiga kirib bordi va himoyachi bilan to‘qnashib ketdi.
57'
Vuuuuh, Van Persi va Yanuzay o‘zaro "devor" o‘ynab jarima maydonchasiga kirib borishdi va Robin yaqin masofadan zarba yo‘lladi. To‘p yo‘liga himoyachi o‘zini tashladi va zarbani qaytardi
53'
Robin van Persi olis masofadan zarba yo‘lladi. To‘pni Kastilyo egallab oldi
52'
Mezbonlar qarshi hujumga o‘tishdi. Uchga uch, ammo "Vest Xem" futbolchisi sheriklariga pas berish o‘rniga jarima maydonchasi ichida himoyachini aldamoqchi bo‘ldi va to‘pni oldirdi
52'
"MYu" tezkor hujumga o‘tdi, Runi o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Di Mariyaga uzatma berdi. Anxel to‘pni darvozabon maydonchasiga qaytardi. Ammo to‘pni mezbonlar egallab olishdi
49'
GOOOOOOOL! Kuyate, 1:0! "Vest Xem" chap qanotdan jarima zarbasini o‘yinga kiritdi. To‘p jarima maydonchasi ichida mehmon himoyachilarining boshiga tegdi, ammo uzoqqa ketmadi. Kuyate darvozaga teskari turgan holda to‘pni egalladi va uni yerga tushirmasdan aylangancha zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi!
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Vest Xem" - "MYu" - 0:0. Tanaffus
45+1'
"MYu" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar raqibga zarba yo‘llash imkoniyatini berishmadi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shdi Klattenburg
44'
Di Mariya burchak to‘pini to‘g‘ri darvozaga aylantirishga qaror qildi. To‘p darvoza to‘riga yuqori tomondan kelib tushdi
43'
Oradan 3 daqiqa o‘tib o‘yin to‘xtadi va Markos Roxo o‘z "nasiba"sini oldi
41'
Di Mariya olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi. Kastilyo to‘pni egallab oldi
40'
Mezbonlar qarshi hujum ko‘pchilikni tashkil qilishdi. Ammo Sakoning o‘ng tomondan uzatmasi himoyachiga tegib, De Xeaga bordi. Sal avvalroq "MYu" futbolchisi mezbon jamoasi a’zosini maydon markazida qo‘pollik bilan yiqitgandi. To‘p "bolg‘achilar"da qolgani uchun hakam o‘yinni to‘xtatmadi. Kechiktirilgan sariq kartochka bo‘lsa kerak
39'
"Vest Xem" futbolchilari chap qanotdan qisqa paslar orqali jarima maydonchasi kirib borishdi. Uzatmalarning birida Noubl ofsaydda qoldi
36'
BUrchakdan yetkazilgan to‘pga Noubl bosh bilan zarba berdi. Noaniq chiqdi zarba
32'
"MYu" futbolchilari yana bir fol ishlatishdi. Jarimadan yetkazilgan to‘pga "Vest Xem" futbolchisi hech qanday qarshiliksiz zarba berdi. De Xea oyog‘i bilan to‘pni qaytardi!
30'
Van Persi to‘pga sakrash chog‘ida ortida turgan mezbon futbolchisining yuziga urib yubordi
27'
Chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatilgan to‘pni Kastilyo egallab oldi
26'
Mezbonlarning xavfli qarshi hujumi. Sako ikki himoyachisiga qarshi jarima maydonchasi oldida to‘pni egallab oldi va o‘ng tomondan yetib kelgan Kuyate tomon pas berdi. Himoyachi unga to‘pni egallash imkoniyatini bermadi
26'
Runi uzatib bergan to‘pni Kastilyo egallab oldi
25'
Van Gal shogirdlari tashabbusni qo‘lga kiritib, raqib darvozasi tomon bosimni oshirishmoqda. Ular burchak to‘pi ishlashdi
20'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani "bolg‘achilar" qaytarishdi
17'
"Vest Xem" chap qanotdan o‘yinga kiritgan jarima to‘pi ham, takroriy tashkil etilgan hujum ham taxlikali bo‘ldi. "Yunayted" baxtiga vaziyat zarbagacha yetib bormadi
14'
Vuuuuh, De Xeaaa! Burchak to‘pidan keyin mezbon futbolchilaridan biri bosh bilan to‘pni ortga urib yubordi. "Vest Xem" futbolchisi Sako olis ustun yonida darvozaga qaychi uslubda zarba yo‘lladi. Davrozabon to‘pni yuqoriga urib yubordi!
13'
Jenkinson yo‘llagan kuchli zarbani De Xea maydon tashqarisiga urib yubordi
10'
"Vest Xem" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Havodan yetkazilgan to‘pni himoyachilar bartaraf etishdi
8'
Endi De Xea va himoyachi darvozaga yaqin joyda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishdi. "Vest Xem" hujumchisi to‘pni egallab olishiga bir bahya qoldi
6'
Eh, van Persi! U raqib jarima maydonchasi ichida himoyachilarning o‘zaro uzatmalari paytida to‘pni egallab oldi, ammo darvozabon bilan yuzma yuz holatda zarba berishga ulgurmadi. Himoyachi to‘pni yon tomonga tepib yubordi. Burchak zarbasi xavfli chiqmadi
4'
Dauning chap burchak oldidan to‘pni davrozabon maydonchasiga yetkazib berdi. De Xea to‘pni egallab oldi
3'
Maydon markazida tezkorlik bilan oldinga o‘tayotgan Yanuzay chalib yiqitildi. O‘yinning boshlanishi uchun bo‘lsa kerak, hakam Songni kechirdi
1'
O‘yin boshlandi!
'
"Bolg‘achilar" esa g‘alaba qozonib, o‘z ochkolarini 39ta yetkazib, "Liverpul"ga tenglashib olishga harakat qiladi. Shunda ular "MYu" bilan oraqadagi farqni 4 ochkoga qisqartirishadi
'
Bugungi o‘yin har ikkala jamoa uchun muhim ahamiyatga ega. "MYu" bugun ochko yo‘qotsa, jadvalda 3-o‘rinni "Sautgempton"ga berib qo‘yadi
'
"MYu" oq rangli formada maydonga chiqib kelgan bo‘lsa, "Vest Xem" to‘q qizil futbolkada o‘ynaydi
'
"Manchester Yunayted" jamoasi safarda "Vest Xem" mehmoni bo‘ladi
'
Angliya Premyer-ligasi 24-tur o‘yinlari yakuniga yetib bormoqda
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.