Ispaniya La ligasi
| 22-tur, 9 fevral, soat 01:00. Bosh hakam: Mateu Laxos | ||
ATLETIK BILBAOMikel Riko (59)
Aris Aduris (66) |
2 : 5 |
BARSELONALionel Messi (15, 62)
Luis Suares (26) Neymar (64) Pedro (86) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1. Xorka Iraisos 4. Emerik Laport 24. Mikel Balensiaga 6. Mikel San-Xose 16. Xabyer Etkseyta 14. Susayeta 10. Oskar de Markos 17. Mikel Riko 29. Unay Lopesh 19. Iker Muniain 20. Aris Aduris |
13. Klaudio Bravo 3. Jerar Pike 24. Jeremi MatYE 18. Xordi Alba 22. Dani Alves 6. Xavi Ernandes 4. Ivan Rakitich 5. Serxio Buskets 9. Luis Suares 11. Neymar 10. Lionel Messi |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Mikel Balensiaga (40)
Unay Lopes (69) Karlos Gurpegi (90+1) |
Dani Alves (45)
|
|
| QIZIL KARTOCHKA | ||
|
Xabyer Etkseyta (75)
|
||
Matn
| ' | ![]() |
E’tiboringiz uchun rahmat. Biz bilan birga bo‘lganingiz uchun tashakur. |
| ' | ![]() |
Bugungi o‘yin ko‘rsatdiki, "Barselona" o‘yindan o‘yinga kuchayib bormoqda. Jamoa ketma-ket to‘qqizinchi o‘yinda g‘alaba qozondi. Natijada kataloniyaliklar o‘z ochkolarini 53taga yetkazishdi. Endi "Real" va "Barselona" orasidagi farq atigi 1 ochkoni tashkil qilmoqda. "Atletiko" esa 50 ochko bilan ikki grandni quvishda davom etadi. |
| 90+2' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Atletik Bilbao" - "Barselona" - 2:5! |
| 90+1' | ![]() |
Karlos Gurpegi ogohlantirildi |
| 90+1' | ![]() |
Neymar boshqa gol urgisi kelmayapti. Pedroning o‘ng qanotdan uzatmasini u 11 metrli nuqta ustidan qabul qildi va xotirjam zarba yo‘lladi. Iraisos zarbani qaytardi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 90' | ![]() |
Neymar bugun faqat chiroyli gol uchun harakat qilmoqda. Bu safar u 25 metrlardan "parashyut" uslubida zarba berdi. Davrozabon to‘pni egallab oldi |
| 86' | ![]() |
GOOOL! Pedro, 2:5! Yana barchasini Messi hal qildi. U jarima maydonchasi tashqarisida to‘p bilan u tomondan bu tomonga yurdi va o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirgan Busketsni to‘p bilan ta’minladi. Uyog‘i oddiy: Serjining uzatmasini Pedro bo‘sh darvozaga joylab qo‘ydi |
| 82' | ![]() |
"Barselona" hujum tashkil qilishda davom etmoqda. Bosh rolda - Messi. Kataloniyaliklar agar istashsa yana gol uradigandek o‘ynashmoqda |
| 80' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Suares o‘rniga Pedro tushirildi |
| 79' | ![]() |
Neymar darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va o‘tkir burchak ostida to‘pni darvozabonning ustidan oshirmoqchi bo‘ldi. Himoyachi bosh bilan to‘pni qaytarib yubordi |
| 78' | ![]() |
"Atletik"da o‘zgarish: Iker Muniain o‘rniga Karlos Gurpegi tushirildi |
| 75' | ![]() |
Xabyer Etkseyta maydondan chetlatildi. U maydon markazida butsasining tishlari bilan Suaresning oyog‘idan tepdi. |
| 74' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Xavi o‘rniga Rafinya tushirildi |
| 73' | ![]() |
Vuuuuh! Adrianoning uzatmasidan keyin Xordi Alba 6-7 metrlardan bosh bilan to‘pni darvoza tomon burdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 69' | ![]() |
Pikeni tortib qolgani uchun Unay Lopes ogohlantirish oldi |
| 69' | ![]() |
"Atletik"da ham o‘zgarish: Susaeta o‘rniga Benyat Echebarriya tushirildi |
| 69' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Dani Alves o‘rniga Adriano tushirildi |
| 68' | O‘yin ancha ochiq va qiziqarli bo‘lmoqda | |
| 66' | ![]() |
GOOOOOOL! Aduris, 2:4! Aris o‘ng tomondan jarima maydonchasi kirib keldi va kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! Bravo oyoqlari orasidan to‘pni o‘tkazib yubordi |
| 64' | ![]() |
GOOOOOL! Neymaaaaar! 1:4! Yana qarshi hujum, yana Messining uzatmasidan keyin Neymar olis burchakni aniq nishonga oldi! |
| 62' | ![]() |
GOOOOOL! Messsiii! 1:3! Suares o‘ng tomondan oldinga o‘tdi va yumshoq tarzda Messiga pas berdi. Leoning zarbasi unchalik qovushmadi, ammo to‘p himoyachiga tegib, darvoza to‘riga borib tushdi |
| 61' | ![]() |
"Atletik" hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Kataloniyaliklar katta qiyinchilik evaziga xavfni bartaraf etishdi! |
| 60' | ![]() |
Vuuuh! Messi oradagi farqni oshirishi mumkin edi, ammo uning 12 metrdan yo‘llagan zarbasi darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi! |
| 59' | ![]() |
GOOOOOL! Mikel Riko, 1:2! O‘ng tomondan berilgan zarbani Bravo qaytardi, qaytgan to‘pni Riko darvozaga joyladi! |
| 54' | ![]() |
O‘ng tomondan uyushtirilgan Alves-Messi kombinasiyasidan keyin to‘p Suaresga yetkazildi. Luis darvozaga yaqin masofadan yo‘llagan zarbasi yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi |
| 52' | ![]() |
Oho! Chap tomondan rivojlangan Neymar-Suares kombinasiyasidan keyin uzatilgan pasga Messi biroz yeta olmadi... |
| 51' | ![]() |
Neymar Xavi bilan "devor" o‘ynab darvozabon maydonchasiga yaqinlashib bordi va Rakitichga pas berdi. Ivanning zarba berishiga himoyachi yo‘l qo‘ymadi |
| 48' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni qabul qilish chog‘ida Aduris Pikening turtishidan keyin yiqildi va darhol o‘rnidan turib, o‘yinni davom ettirdi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘lim statistikasi: to‘p nazorati - 30%:70%, zarbalar - 6:8, aniq zarbalar - 2:5, burchak zarbalari - 4:3. |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Atletik" - "Barselona" - 0:2. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Dani Alves sariq kartochka oldi. |
| 43' | ![]() |
Messi jarima maydonchasi chizig‘i ustidan chap oyoda zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi |
| 43' | ![]() |
Ehhhh, Neymaaaar! Kataloniyaliklarning qarshi hujumidan keyin Messi jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi o‘ng tomonda ochilgan Neymarga pas berdi. Braziliyalik hujumchi zarba berishi mumkin bo‘lgan vaziyatda himoyachini aldamoqchi bo‘ldi va to‘pni yo‘qotdi! |
| 41' | ![]() |
"Barsa" qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo Suaresning so‘nggi pasi noaniq chiqdi |
| 40' | ![]() |
Mikel Balensiaga ogohlantirildi. U maydon markazida o‘zidan o‘tib ketayotgan Suaresni ikki qo‘li bilan tortib qoldi |
| 38' | ![]() |
"Barsa" himoyadagi raqibning pressingida chiroyli chiqib ketdi va tezkor hujum uyushtirdi. Alves o‘ng qanotdan olis ustun tomon ochilayotgan Suaresga pas berdi. Luis bosh bilan zarba yo‘lladi. Muvaffaqiyatsiz |
| 35' | ![]() |
"Barselona" bundan 84 yil avval, 1931 yil 8 fevral kuni aynan "Atletik Bilbao"ga o‘z tarixidagi eng yirik mag‘lubiyatiga uchragan ekan - 1:12... |
| 32' | ![]() |
Vuuuuuh! "Barsa"ni darvoza ustuni goldan qutqardi! Dastlab o‘ng qanotdan uzatilgan to‘pga chiqishda Bravo xatoga yo‘l qo‘ydi. Himoyachining boshidan yuqoriga ko‘tarilgan to‘pga Aduris bosh bilan zarba berdi. To‘p esa darvoza ustuniga tegib qaytdi. Keyinchalik Alba to‘pni tepib yubordi! |
| 30' | ![]() |
Vuuuuuh! "Barsa" qanday qilib hozir vaziyatdan foydalana olmadi, barcha hayron! Rakitichning uzatmasidan keyin Xavi darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib borib, darvozabonni aldab o‘tdi, ammo o‘tkir burchakka o‘tib qolgandi. U Neymarga pas berdi va uning bosh bilan bergan zarbasini chiziq ustida turgan himoyachi qaytardi! Suaresning zarbasini esa himoyachi qaytardi! |
| 26' | ![]() |
GOOOOOL! Luis Suares! Kataloniyaliklaring ikkinchi goli qarshi hujum natijasi bo‘ldi. Suares maydon markazida to‘pni egallab, o‘ng tomondan oldinga o‘tgan Messiga berdi. Leo jarima maydonchasiga kirar-kirmas pauza qildi va ortdan kelgan Surayesning o‘zini zarbavor vaziyatga chiqardi. Luisning oyog‘iga to‘p "o‘tirdi" va posbonning qo‘liga tegib, darvozaga borib tushdi! |
| 24' | ![]() |
Olis ustun tomon berilgan uzatmani Bravo qaytardi. |
| 23' | ![]() |
Pike jarima maydonchasi burchagida Adurisni chalib yiqitdi. Xavfli nuqtadan jarima to‘pi |
| 22' | ![]() |
Oho! "Barsa"ning bosimi oshib bermoqda. Neymar yetkazgan uzatmaga Xavi bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi |
| 20' | ![]() |
Vuuuuuuh! Endi Xorka Iraisosga tasanno!!! Neymar tavani bilan chiroyli pas berib chap tomondan Messini jarima maydonchasiga boshladi. Leo ajoyib uzatma bilan olis ustun yonida turgan Suaresning boshiga to‘pni "qo‘ndirdi"! Luis zarbasini davrozabon qaytardi va to‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi! |
| 19' | ![]() |
Vuuuuuh! Klaudio Bravo! Chap qanotdan yetkazilgan to‘pni Aduris darvoza tomon burdi. "Barsa" posboni qiyinchilik bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubora oldi |
| 18' | ![]() |
"Barselona" bir tepar uslubda yaxshi hujum tashkil qildi. Suares birga bir vaziyatga qochib ketishi mumkin edi, ammo himoyachi undan to‘pni olib qo‘ydi |
| 17' | ![]() |
Aduris jarima maydonchasi tashqarisidan o‘ta noaniq zarba yo‘lladi |
| 15' | ![]() |
GOOOOOOOL! Messssssiiiiii! 0:1! "Atletik" futbolchisi to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun hakam jarima zarbasi belgiladi. 25 metrlardan Messi yo‘llagan zarba rekoshet holatida darvozabonning qo‘liga tegib, darvozaga to‘riga borib tushdi! |
| 14' | ![]() |
"Barsa"ning dastlabki xavfli hujumi. Rakitichning havodan uzatmasini Suares jarima maydonchasi ichida Messiga qoldirda. To‘p esa Leoning oyog‘idan oldinga ketib qoldi va himoyachi to‘pni tepib yubordi |
| 11' | ![]() |
Kataloniyaliklar chap qanotdan tezkor hujumga o‘tishdi. To‘p jarima maydonchasi ichidagi Suaresga yetkazildi. Luis qarshisidagi himoyachidan o‘tib keta olmadi |
| 8' | ![]() |
Mezbonlar "Barsa"ga o‘z o‘yinini topishga imkoniyat bermaslikka harakat qilmoqda. |
| 8' | ![]() |
"Atletik" pressing uyushtirish evaziga, kataloniyaliklar himoyasini taxlikada ushlab turibdi. |
| 7' | ![]() |
Vuuh! Burchakdan yetkazilgan to‘pni Aduris oyoq bilan darvoza tomon tepdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 6' | ![]() |
Olis masofadan uzatmadan keyin to‘p Albaning oyog‘idan maydonni tark etdi. Burchak zarbasi |
| 5' | ![]() |
Messining maydon markazidan uzatmasini Neymar chap burchak yaqinida qabul qildi, ammo u hujumni rivojlantira olmadi |
| 4' | ![]() |
"Barsa" to‘pni nazorat qilmoqda. Hujum yo‘llarini izlamoqda. |
| 2' | ![]() |
Bilbaoliklar o‘yin boshida "Barsa"ga nisbatan pressing uyushtirishmoqda |
| 1' | ![]() |
O‘yinni "Atletik Bilbao" boshlab berdi. Ketdik! |
| ' | Hakamlar va sardorlar ishtirokida tanga tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘yinni boshlash uchun barcha narsa shay | |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Atletik" oq-qizil yo‘l-yo‘l rangli formada o‘ynasa, "Barselona" yorqin sariq rangli formani tanlagan |
| ' | ![]() |
Tan olish kerak, "Barselona" muxlislari kechadan beri bu o‘yinni kutishmoqda. Ular bugungi "Barselona" g‘alaba qozonib, "Real" bilan oradagi farqni 1 ochkoga qisqarishini istashayotgani bor gap. Shu bilan keyin chempionlik masalasi 22 martda bo‘ladigan "el-klassiko"da hal bo‘ladi... Bu haqda keyinroq yana to‘xtalamiz. Hozir esa 90 daqiqalik o‘yinni kuzatishni boshlaymiz |
| ' | So‘nggi o‘yinlarda "Barsa" bosh murabbiyi Luis Enrike asosan maydon markazida rotasiya qilmoqda. Bu safar Buskets-Xavi-Rakitich uchrashuvni boshlang‘ich tarkibdan boshlaydi. Shuningdek, markaziy himoyachda Maskerano o‘rnini Matyo egalladi. Hujumda esa o‘sha uchlik - Neymar-Suares-Messi. | |
| ' | ![]() |
Bugungi uchrashuv Xavi Ernandesning faoliyatidagi rasman 1000 - yubiley uchrashuvi bo‘ladi. |
| ' | Ispaniya La ligasining 22-turi doirasida markaziy o‘yinlardan biri "Atletik" va "Barselona" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. O‘yin roppa-rosa yarim soatdan so‘ng boshlanadi. | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|