Angliya Premyer-ligasi
| 25-tur, 11 fevral, soat 01:00. Bosh hakam: Fil Daud | ||
LIVERPULLazar Markovich (15)
Stiven Jerrard (53-pen.) Mario Balotelli (83) |
3 : 2 |
TOTTENXEMXarri Keyn (26)
Mussa Dembele (61) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
22.Simon Minyole (D) 17.Mamadu Sako 37.Martin Shkrtel 08.Stiven Jerrard 33.Jordan Ayb 23.Emre Jan 10.Filippe Koutinyo 18.Alberto Moreno 14.Jordan Xenderson 50.Lazar Markovich 15.Daniel Starrij |
01.Ugo Lyoris (D) 05.Yan Vertongen 15.Erik Dayer 02.Kayl Uoker 03.Denni Rouz 23.Kristian Eriksen 38.Rayan Meyson 11.Erik Lamela 42.Nabil Bentaleb 18.Gerri Keyn 19.Mussa Dembele |
|
| ZAHIRA | ||
|
52.Denni Uord (D) 02.Glen Jonson 06.Deyan Lovren 20.Adam Lallana 24.Jo Allen 09.Riki Lambert 45.Mario Balotelli |
13.Mishel Vorm (D) 21.Federiko Fasio 33.Ben Devis 22.Naser Shadli 08.Paulinyo 17.Andros Taunsend 09.Roberto Soldado |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Shkrtel (40)
Mamadu Sako (45+1) Stiven Jerrard (60) |
Rayan Meyson (25)
Kristian Eriksen (27) Mussa Dembele (63) Kayl Uolker (73) Paulinyo (88) |
|
Matn
| ' | ![]() |
E’tiboringiz uchun rahmat |
| ' | ![]() |
"Liverpul" - "Tottenxem" - 3:2. Ushbu g‘alabadan keyin "qizillar" 7-o‘rinda qolishdi, ammo deyarli "Tottenxem"ga yetib olishdi |
| 90+5' | ![]() |
"Tottenxem"ning so‘nggi urinishi samarasiz chiqdi. Hakamning final xushtagi yangradi |
| 90+3' | ![]() |
Mamadu Sako jarohat olgan ko‘rinadi. Unga tibbiy yordam kerak |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi |
| 89' | ![]() |
Emre Jan to‘p bilan jarima maydonchasigacha yaqinlashib keldi va o‘ng tomonda ochilgan Balotelliga uzatma berdi. Ammo uzatma aniq bo‘lmadi va to‘p olisga ketib qoldi |
| 88' | ![]() |
Paulinyo sariq kartochka oldi |
| 83' | ![]() |
GOOOOOL! Mario Balotelliiiii! 3:2! Jordan Ayb o‘ng tomondan ikki himoyachining orasidan o‘tkazib jarima maydonchasiga kirgan Lallanaga uzatdi. Adam kuchli uzatma bilan darvozabon maydonchasiga pas berdi. Balotelli to‘pga oyoq qo‘ydi va mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi |
| 80' | ![]() |
"Tottenxem"da o‘zgarish: Erikssen o‘rniga Nosir Shodli tushirildi. |
| 79' | ![]() |
"Liverpul"da o‘zgarish: Markovich o‘rniga Adam Lallana tushirildi |
| 78' | ![]() |
"Liverpul" burchak to‘pi ishladi. |
| 74' | ![]() |
Mezbonlar amalga oshirgan jarima zarbasi mehmonlar uchun taxlikali bo‘ldi. Himoyachilar to‘pni markaz tomon qaytarishdi |
| 74' | ![]() |
"Liverpul"da o‘zgarish: Starrij o‘rniga Balotelli tushirildi |
| 73' | ![]() |
Uolker sariq kartochka oldi. U Emre Janni ag‘darib tashladi |
| 70' | ![]() |
Koutinyoning uzatmasidan keyin Moreno chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va yaqin burchakka zarba berdi. Lyoris to‘pni egallab oldi |
| 69' | ![]() |
"Tottenxem"da o‘zgarish: Meyson o‘rniga Paulinyo maydonga tushdi |
| 68' | ![]() |
"Liverpul"da o‘zgarish: Jerrard o‘rniga Deyan Lovren tushdi |
| 68' | ![]() |
Koutinyoning uzatmasidan keyin Starrij jarima maydonchasiga kirib bordi va yiqildi. Hakam burchak zarbasi belgiladi |
| 63' | ![]() |
Takroriy lavha shuni ko‘rsatib berdiki, "Tottenxem"ning ikkinchi goli urilgan paytda zarba berilayotgan lahzada Keyn ofsaydda turgan ekan... |
| 62' | ![]() |
Mezbonlarning qarshi hujumi paytida Markovich o‘ng tomondan jarima maydonchasi burchagigacha bordi va chap tomondan ochilishi kutilgan Starrijga pas berdi. Daniel uzatmaga yeta olmadi |
| 61' | ![]() |
GOOOOOL! Mussa Dembele, 2:2! Jarimaddan yo‘llangan zarba juda xavfli bo‘ldi. Minyole ajoyib seyv bilan to‘pni yon tomonga urib yubordi. To‘pga yugurib kelgan Keyn darvozabon maydonchasidagi Dembelega pas berdi. Mussa qorni bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 60' | ![]() |
Jerrard sariq kartochka oldi |
| 58' | ![]() |
Ketma-ket ikkita burchak to‘pi o‘yinga kiritildi. Darvoza tomon aniq zarba berilmadi |
| 57' | ![]() |
Xarri Keyn jarima maydonchasi ichida to‘pni egallab, o‘tkir burchak ostida yo‘llagan zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi |
| 54' | ![]() |
Vuuuuh! Erik Lamela jarima maydonchasi chizig‘i ustidan yo‘llagan kuchli zarbani Simon Minyole mushti bilan darvoza yuqorisiga urib yubordi! |
| 53' | ![]() |
Jerrard, 2:1! Stivenning zarbasi Lyoris qo‘llarining uchiga tegib, to‘rga borib tushdi |
| 52' | ![]() |
PENALTI! "Tottenxem" darvozasiga! Starrijni himoyachi jarima maydonchasi ichida chalib yiqitdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha "Liverpul" - "Tottenxem" - 1:1. |
| 45+2' | ![]() |
Vuuuuuuh! Ayb o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berganidan keyin himoyachi to‘pni uzoqlashtirish chog‘ida xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘p Starrijga kelib tushdi. Daniel tavani bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi!!! |
| 45+1' | ![]() |
Mamadu Sako ogohlantirildi. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 41' | ![]() |
Keyn yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi, ammo laynsmen ofsaydni qayd etdi |
| 40' | ![]() |
Martin Shkrtel ogohlantirish oldi |
| 38' | ![]() |
Vuuuh! Jordan Ayb chap tomondan markaz tomon surildi va jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Lyoris to‘pni egllab oldi |
| 32' | ![]() |
Eh, Markovich. Chap qanotdan berilgan uzatma bilan Lazarni jamoadoshlari darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqarishdi, ammo u to‘pni o‘ziga bo‘ysundirishda texnik xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘pni oldirdi |
| 30' | ![]() |
Jerrard jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarba himoyachilarga tegib qaytdi |
| 29' | ![]() |
Londonliklarning hujumini "Liverpul" himoyachilari qaytarishdi |
| 26' | ![]() |
GOOOOL! Xarri Keyn, 1:1! Qisqa uzatmalar orqali markaz bo‘ylab tashkil etilgan hujum paytida hujumchi birga bir vaziyatga chiqib ketdi va kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 25' | ![]() |
Rayan Meyson ogohlantirish oldi |
| 20' | ![]() |
Ehhh, Starridj! "Tottenxem" himoyachilari yana qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishdi. Natijada Starrij birga bir vaziyatga chiqib bordi va jarima maydonchasiga kirib borib, zarba yo‘lladi. To‘p yo‘liga Erik Dayer tashlanishga muvaffaq bo‘ldi. To‘p uning oyog‘idan yuqoriga ko‘tarilib ketdi. Ammo hakam burchak zarba bermadi |
| 19' | ![]() |
To‘p burchakdan o‘yinga kiritilganidan keyin Benteleb tavani bilan uni darvozaga burishga harakat qildi. Yana bir burchak to‘pi |
| 18' | ![]() |
"Liverpul" darvozasi oldida burchak to‘pi |
| 15' | ![]() |
GOOOOOOL! Lazar Markovich, 1:0! Darvozabon tepib bergan to‘p uchun Starrij kurash olib bordi. Himoyachi to‘pni qaytardi va uni Markovich egallab oldi hamda jarima maydonchasiga kirib zarba berdi. To‘p Lyorisning qo‘liga tegib, to‘rga borib tushdi! |
| 14' | ![]() |
Vuh! O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Markovich Aybga to‘xtatib berdi. Jordanning zarbasini Lyoris qaytardi! |
| 12' | ![]() |
Chap qanotdan jarima maydonchasiga yerlatib uzatilgan to‘pni Markovich darvoza tomon burishga harakat qildi. Noaniq |
| 10' | ![]() |
Jordan Aybga nisbatan o‘yin qoidasi buzidi. Jerrard jarima zarbasini tepdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 9' | ![]() |
Oho! "Tottenxem" futbolchisi maydon markazidan uzatilgan "pas" orqali Starrijni birga bir vaziyatga chiqib bordi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Uning zarbasi uncha kuchli chiqmadi va Lyoris to‘pni egallab oldi |
| 8' | ![]() |
Mezbonlarning qarshi hujumi paytida Koutinyo pas orqali Morenoni oldinga boshladi. Ugo Lyoris oldinga chiqdi va to‘pni uzoqlashtirdi |
| 5' | ![]() |
Qarshi hujum paytida Starrijning uzatmasi noaniq bo‘ldi |
| 3' | ![]() |
Burchak to‘pi mehmonlar uchun xavfli bo‘lmadi |
| 3' | ![]() |
Jordan Ayb burchak zarbasi ishladi |
| 3' | ![]() |
"Liverpul" - qizil, "Tottenxem" oq-qora rangli futbolkalarda o‘ynamoqda |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
Futbolchilar maydonga chiqib kelishdi |
| ' | Ayni damda 25-turning 3ta o‘yini boshlandi. "Liverpul" - "Tottenxem" bahsi Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Haftaning o‘rtasi bo‘lishiga qaramay, APLda tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|