Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya kubogi, yarim final
| Dastlabki o‘yin, 11 fevral, soat 23:59. Bosh hakam: Ernandes Ernandes | ||
BARSELONAMessi (41)
Inyesta (49) Pike (64) |
3 : 1 |
VILYARREALTregeros (48)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 24.Jeremi Matye 18.Xordi Alba 22.Dani Alves 03.Jerar Pike 08.Andres Inyesta 12.Rafinya 14.Xavyer Maskerano 10.Lionel Messi 09.Luis Suares 11.Neymar |
01.Serxio Asenxo (D) 05.Mateo Musachchio 18.Yaume Kosta 02.Mario Gaspar 15.Viktor Ruis 04.Tomas Pinya 06.Jonatan dos Santos 21.Bruno Soriano 17.Denis Cherishev 07.Lusiano Viyetto 09.Jovanni dos Santos |
|
| ZAHIRA | ||
|
25.Xordi Masip (D) 35.Pedro Xerard (D) 21.Adriano 15.Mark Bartra 06.Xavi Ernandes 05.Serxio Buskets 04.Ivan Rakitich |
25.Xuan Karlos (D) 16.Xose Dorado 22.Antonio Rukavina 19.Moyes Gomes 14.Manu Triguros 10.Joel Kembell 23.Jerar Moreno |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Luis Suares (86)
|
Tomas Pinya (66)
|
|
Matn
| ' | ![]() |
E’tiboringiz uchun rahmat |
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Barselona" - "Vilyarreal" - 3:1. Kataloniyaliklar javob o‘yini oldida 2ta to‘p farqi bilan ustunlikka ega bo‘lib olishdi. Javob o‘yini 3 haftadan so‘ng, 5 mart kuni o‘tkaziladi |
| 90+3' | ![]() |
Messining uzatmasiga Alba yetib bora olmadi |
| 90+1' | ![]() |
Vuuuuuuh, Suareeessss! Luis maydon markazida to‘pni egalladi va markazdagi aylana ichida darvoza tomon zarba berdi! Davrzabon oldinga chiqib ketgandi, biroq zarba biroz noaniq bo‘ldi! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Messining uzatmasidan keyin Neymar jarima maydonchasi ichida ofsaydda qoldi |
| 86' | ![]() |
Luis Suares sariq kartochka oldi. Hakam keskin e’tiroz bildirgani uchun |
| 84' | ![]() |
Mehmonlarning hujumi paytida Ter Shtegen to‘pni egallab oldi |
| 84' | ![]() |
Messining uzatmasidan keyin Suares to‘pni egalladi va chap qanotga o‘tib, darvozabon maydonchasi yaqiniga yuqoridan pas berdi. Neymar uzatmani darvozaga yo‘llay olmadi |
| 82' | ![]() |
Messi o‘ng tomondan oldinga o‘tdi, ammo jarima maydonchasiga kirish chog‘ida to‘pni himoyachiga oldirdi |
| 81' | ![]() |
Vuuuuh! Vilyarreal" yaxshi qarshi hujum tashkil qildi. Vyettoning uzatmasidan keyin Gomes 16 metrlardan darvoza tomon zarba berdi. Matyo o‘zini to‘p yo‘liga tashladi va to‘p unga tegib qaytdi. |
| 79' | ![]() |
Ehhhh, Jovanni! Burchakdan yetkazilgan to‘pga chiqishda Ter Shtegen xatoga yo‘l qo‘ydi. Dos Santos yaqin masofadan bosh bilan zarba berdi, ammo to‘pni darvozaga joylay olmadi |
| 79' | ![]() |
Jovanni dos Santos chap qanotdan jarima maydonchasiga kirayotganida Pike "podkat" orqali to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. BUrchak zarbasi |
| 74' | ![]() |
"Vilyarreal"da o‘zgarish: Denis Cherishev o‘rniga Moyes Gomes tushdi |
| 71' | ![]() |
"Barselona" futbolchisi Rakitichning olis masofadan yo‘llagan zarbasini Asenxo qaytardi. Burchakdan uzatilgan to‘pni ham posbon mushti bilan urib yubordi. |
| 71' | ![]() |
Penaltini Neymar tepishga qaror qildi. Uning zarbasini darvozabon qaytardi! Hisob o‘zgarmadi! |
| 70' | ![]() |
PENALTI! "Vilyarreal" darvozasiga! Inyesta havodan jarima maydonchasiga uzatib berdi. Suares bosh bilan Messiga pas berdi. Lionel himoyachini aldamoqchi bo‘lganida to‘p himoyachining qo‘liga tegdi |
| 68' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Rafinch o‘rniga Rakitich tushirilmoqda |
| 66' | ![]() |
Tomas Pinya ogohlantirildi. Neymarning oyog‘iga tepgani uchun |
| 64' | ![]() |
GOOOOOOL! Jerar Pike, 3:1! Messi burchakdan to‘pni havolatib yetkazib berdi. Pike bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 59' | ![]() |
Mehmonlar himoyalanishmoqda. Hozircha qayd etilayotgan hisobni ularni ma’lum ma’noda qanoatlantirishi ham mumkin |
| 56' | ![]() |
Alves havodan yetkazgan to‘pga Suares darvozagacha 12 metrlardan bosh bilan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 54' | ![]() |
Maskerano olis masofadan yo‘llagan zarbasini Asenxo egallab oldi |
| 53' | "Barsa" bir daqiqa ichida yana hisobda oldinga chiqib oldi. Ammo safarda urilgan gol "Vilyarreal" ma’lum ustunlik berishi aniq. Shu bois mezbonlar hisobni yanada yiriklashtirishga harakat qilishiga shubha yo‘q | |
| 49' | ![]() |
GOOOOOL! Andrees Inyestaaaa! "Barsa"ning tika-takalari bu safar foyda keltirdi. Suares chap qanotdan jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va Inyestaga uzatdi. Andres to‘pni yana Luisga qaytarayotganida to‘p himoyachidan Inyestaning o‘ziga keldi. Andres zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! 2:1! |
| 48' | ![]() |
GOOOOL! Tregeros, 1:1! Burchakdan yetkazilgan to‘pni "Vilyarreal" futbolchisi darvozaga joyladi! Hisob tenglashdi! |
| 47' | ![]() |
"Vilyarreal" burchak to‘pini ketma-ket ikkinchi marta o‘yinga kiritadi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘lim statistikasi: to‘p nazorati: 73-27%, zarbalar: 9-1, aniq zarbalar: 2-1, burchak to‘plari: 7-1, ofsaydlar: 3-0, follar: 3-4, ogohlantirishlar: 0-0. |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Barselona" - "Vilyarreal" - 1:0. Tanaffus. |
| 45+2' | ![]() |
Vuuuuuh, Vyetto!!! "Barsa" jarima maydonchasi chap burchagida zarba yo‘lladi! Ter Shtegen qahramonlik ko‘rsatib, olis burchakka borayotgan to‘pni maydon tashqarisiga burib yubordi! |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Eh, yana Suares! Alvesning uzatmasidan keyin urugvaylik futbolchi darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni to‘xtatdi, ammo zarba berishga ulgurmadi. Himoyachi to‘pga oyoq qo‘ydi va to‘p Messiga kelib tushdi. Lionel darvozani ishg‘ol qila olmadi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 43' | ![]() |
Ehhh, Suareeees! Messining uzatmasidan keyin Luis o‘tkir burchak ostida darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqdi va kuchli zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi.... |
| 41' | ![]() |
GOOOOOOOL! Lioneeeeel Messsiii! 1:0! Suares pressing paytida himoyachidan to‘pni olib qo‘ydi, jarima maydonchasiga kirdi va kichik pauza qilib, Messiga pas berdi. Leo 10 metrlardan chap oyoqda zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi! |
| 40' | ![]() |
"Barselona" qarshi hujumga o‘tib ketdi, amo imkoniyatdan foydalana olmadi |
| 39' | ![]() |
Ayni daqiqalarda mehmonlar pozision hujum tashkil etishmoqda. Ular chap qanotda jarima zarbasini ishlashdi |
| 36' | ![]() |
"Barsa"ning bosimi oshib bormoqda |
| 33' | ![]() |
"Vilyarreal"da o‘zgarish: Jarohat olgan Bruno Soriano o‘rniga Manu Trigeros tushirildi |
| 32' | ![]() |
Jeremi Matyo gol urdi, ammo u ofsaydda qolgandi. Rafinya jarima maydonchasi ichida ikki himoyachi orasidan o‘tib ketayotganida Matyo to‘pga tegmasligi kerak edi |
| 29' | ![]() |
Oho, Messsi! "Barsa" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Neymarning uzatmasidan keyin Inyesta jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va bir himoyachini aldab, biroz orqaroqda turgan Messiga pas berdi. Leoning zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 28' | ![]() |
"Barsa" turli yo‘nalishlarda hujum tashkil qilmoqda. "Sariq suvosti kemasi yaxshi himoyalanmoqda |
| 24' | ![]() |
Alba o‘ng tomondan oldinga o‘tdi va to‘pni orqaroqqa uzatdi. Jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Messi to‘pni yerga tushirmasdan zarba berishga harakat qildi. To‘p uning chap oyog‘iga "o‘tirmadi". |
| 22' | ![]() |
Vuh! Messi o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza ro‘parasida ochilayotgan Suares tomon pas berdi. Liu uzatmaga yeta olmadi |
| 21' | ![]() |
Suares jarima maydonchasi ichida to‘pni egallab oldi va o‘ng tomondan darvozabon maydonchasiga pas berdi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegib yuqoriga ko‘tarildi va uni darvozabon egallab oldi |
| 20' | ![]() |
To‘p uchun kurash chog‘ida Maskerano jarohat oldi. Vyetto uning oyog‘ini butsasining tishlari bilan bosib oldi. Hakam buni ko‘rmay qoldi va o‘yinni to‘xtatmadi |
| 16' | ![]() |
Eh, Suares! Alba chap qanotda bir himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirdi va to‘pni olis ustun tomon ko‘tardi. Luis bosh bilan zarba berib, darvozani ishg‘ol qila olmadi! |
| 15' | ![]() |
Oho! Messining uzatmasiga o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirgan Suares va Alba yetib bora olishmadi... |
| 15' | ![]() |
Alves tomonidan yetkazilgan to‘pni jarima maydonchasi ichida qabul qilish chog‘ida Suares yiqildi. Penalti yo‘q |
| 14' | ![]() |
"Vilyarreal" asosan qarshi hujumga e’tibor qaratmoqda. Ular pozision hujumga ahamiyat berishayotgani yo‘q |
| 12' | ![]() |
Vuuuuh! Himoyachilarning xatosidan so‘ng Messi jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Darvozabon to‘pni egalladi |
| 11' | ![]() |
"Barsa" ijrosida ketma-ket burchak to‘plari. Hozircha xavfli bo‘layotgani yo‘q |
| 10' | ![]() |
Messi jarima maydonchasiga o‘ng tomondan kirgan Alvesga uzatma berdi. Danining darvozabon maydonchasi tomon pas berish harakati burchak to‘pi bilan yakunlandi |
| 9' | ![]() |
Messi to‘pni yuqoridan Neymar tomon uzatdi. Markaziy himoyachi to‘pni qaytardi. Takroriy hujum paytida Messi burchak zarbasi ishladi |
| 8' | ![]() |
Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pga Neymar yeta olmadi. To‘pni darvozabon egallab oldi |
| 5' | ![]() |
Maydon markazida Alvesni nisbatan qo‘pol o‘ynaldi. Dani tibbiy yordamga muhtoj |
| 3' | ![]() |
To‘p nazorati to‘laligicha, ular razvedka orqali hujum variantlarini qdirishmoqda |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi! |
| ' | O‘yin oldidan 1 daqiqalik sukut saqlanmoqda | |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Barselona" ko‘k-anorrang, "Vilyarreal" esa sariq rangli formada o‘ynaydi. |
| ' | Darvoqe, "Atletik" bugun "Espanyol"ni qabul qiladi. Bu o‘yini "Barsa" - "Vilyarreal" bahsidan keyin, Toshkent vaqti bilan soat 02:00da boshlanadi. | |
| ' | Enrike so‘nggi paytlarda bo‘layotganidek, bu safar ham maydon markazida rotasiyaga qo‘l urgan. "Atletik" bilan o‘yinda harakat qilgan Xavi, Rakitich, Buskets bugun zaxirada qolib, Maskerano, Rafinya, Inyesta asosiy tarkibda o‘ynashadi. | |
| ' | Jamoalar bundan 10 kun avval La liga doirasida o‘zaro bahs olib borishgandi. Juda qiziqarli kechgan o‘yinda kataloniyaliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozonishgandi. Demak, Kubok doirasidagi o‘yinlarning qiziqarli o‘tishini kutish mumkin | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Ispaniya kubogi yarim final bosqichiga yetib keldi. "Barselona" o‘z maydonida "Vilyarreal"ni qabul qiladi |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|