Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 23-tur, 14 fevral, soat 22:00. Bosh hakam: Estrada Fernandes | ||
REAL MADRIDIsko (23)
Benzema (83) |
2 : 0 |
DEPORTIVO |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Iker Kasilyas (D) 12.Marselo 02.Rafayel Varan 18.Nacho Fernandes 17.Alvaro Arbeloa 23.Isko 08.Toni Kroos 11.Garet Beyl 24.Asyer Ilyaramendi 07.Krishtianu Ronaldu 09.Karim Benzema |
13.Fabrisio Agosto (D) 23.Alberto Lopo 02.Manuel Pablo 15.Laure 16.Luizinyo 22.Selso Borjes 04.Aleks Bergantinyos 14.Isaak Kuenka 21.Oriol Riyera 07.Lukas Peres 19.Ivan Kavaleyro |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Keylor Navas (D) 15.Daniel Karvaxal 42.Derik Osede 16.Lukas Silva 26.Alvaro Medran 20.Xese 14.Xavyer Ernandes |
26.David Gomes (D) 03.Roberto Kanelya 25.Borxa Lopes 08.Xaris Medunyanin 10.Xuan Dominges 20.Sezari Vilk 32.Elder Koshta |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Selso Borxes (45)
|
||
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Real" - "Deportivo" - 2:0. |
| 90+5' | ![]() |
O‘yinning 89-daqiqasida jarohat olgan Marselo maydonga qaytmadi |
| 90+4' | Qo‘shib berilgan daqiqalarning 4 daqiqasi o‘tib bo‘ldi. Jamoalar o‘yin tugashini kutishmoqda | |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Laure ogohlantirish oldi |
| 87' | ![]() |
Vuuuh! Xese o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va deyarli chiziq ustidan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Ronaldu to‘pni to‘xtatmasdan darvoza tomon tepdi. To‘p ustun yonginasidan o‘tib ketdi! |
| 86' | ![]() |
"Real"da uchinchi o‘zgarish: Benzema o‘rniga Xese tushdi. Avvalroq Isko o‘rniga Karvaxal tushirilgandi. |
| 84' | ![]() |
Beylning zarbasi xavfli bo‘ldi. Darvozabon mushtari bilan to‘pni urib yubordi |
| 83' | ![]() |
Internet bilan bog‘liq texnik nosozlik yuzaga kelgani uchun kichik tanaffus uchun uzr so‘raymiz. Ronalduga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Beyl "nuqta"sidan jarima to‘pi |
| 73' | ![]() |
GOOOOOL! Benzema! 2:0! Arbeloa-Ronaldu-Benzema kombinasiyasidan keyin Karim birga bir vaziyatga chiqdi va to‘pni darvozabonning ustidan oshirib, darvozaga yo‘lladi! |
| 71' | ![]() |
"Real"da dastlabki o‘zgarish: Ilyaramendi o‘rniga Lukas Silva tushirildi |
| 70' | ![]() |
Mehmonlar ko‘proq hujum tashkil qilishmoqda, ammo hozircha golga tortadigan vaziyat yo‘q. Hisob esa qaltis ekanini unutmaslik lozim. "Real"ga yana bitta gol kerak |
| 67' | ![]() |
Benzema jarima maydonchasi ichida olis burchakka zarba yo‘llashga urindi. Posbon to‘pni egallab oldi |
| 66' | ![]() |
Marselo chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi, ammo samarali zarba yo‘llashga himoyachi yo‘l qo‘ymadi |
| 65' | ![]() |
"Deportivo"da o‘zgarish: Elder Koshta maydonga tushdi. |
| 64' | ![]() |
Chap qanotdan yuqorilatib yetkazilgan to‘pni Fabrisio Agosto egallab oldi |
| 61' | ![]() |
Ronaldu raqib jarima maydonchasi tashqarisida zarba berish chog‘ida to‘p himoyachining qo‘liga tegdi. Ronalduning jarimadan zarbasi "regbi"da aniq gol bo‘lardi! Aniq! |
| 58' | ![]() |
"Depor"ning hujumini madridlik himoyachilar bartaraf etishdi |
| 54' | ![]() |
Beyl o‘ng tomondan to‘p uchun yugurib yetib oldi va darvozabon maydonchasi tomon uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni egallab olishdi |
| 52' | ![]() |
Vuuuh! Burchakdan yetkazilgan to‘pni mehmon futbolchisi darvoza tomon tepdi. "Deportivo" futbolchilaridan biri to‘p yo‘nalishini bosh bilan burmoqchi bo‘ldi, ammo to‘p yuqoriga ketib qoldi |
| 52' | ![]() |
"Depor" o‘ng qanotdan hujum tashkil qilib, burchak zarbasi ishladi |
| 49' | ![]() |
Chap qanotdan uzatilgan to‘pni "Deportivo" hujumchisi darvoza tomon burdi. Kasilyas mahorat ko‘rsatib, zarbani qaytardi. Qaytgan to‘pni Marselo maydon tashqarisiga tepib yubordi! |
| 48' | ![]() |
Vuuuuuuh! Darvoza ustuni "Real"ni goldan qutqarmoqda!!! O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Borxes darvoza tomon tepgandi! |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘lim statistikasi: to‘p nazrati: 45–55, zarbalar: 8-2, aniq zarbalar: 4-1, ofsaydlar: 0-2. |
| ' | "Real" birinchi bo‘lim davomida yuqori ishtiyoq bilan o‘ynadi va katta ustunlikka ega bo‘ldi. Anchelotti jamoasi ega bo‘lgan ko‘plab vaziyatlardan bittasini golga aylantirdi. Isko jamoaning almashtirib bo‘lmas o‘yinchisiga aylanib bo‘lganini yana bir marta isbotladi. Shuningdek, ikki marta to‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi | |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi |
| 45' | ![]() |
Selso Borxes ogohlantirish oldi. Toni Kroosni qo‘li bilan tortib qolgani uchun |
| 44' | ![]() |
"Depor" raqibning burchak zarbasini bartaraf etib, o‘zlari ham burchak to‘pi ishlashdi |
| 43' | ![]() |
Oho! Iskoning chiroyli pasidan keyin Ronaldu jarima maydonchasiga kirib bordi va o‘tkir burchak ostida bir himoyachini o‘ziga xos uslubda aldab o‘tib, Marseloga pas berayotganida to‘p himoyachidan maydonni tark etdi |
| 39' | ![]() |
Mehmonlar chap qanotdan to‘pni darvoza yaqiniga uzatishdi. To‘pni Kasilyas egallab oldi |
| 39' | ![]() |
Ronaldu jarima maydonchasi ichida yiqildi, ammo hakam unga o‘rnidan turish tavsiyasini berdi |
| 37' | ![]() |
Ronaldu ofsaydda qoldi |
| 36' | ![]() |
Beyl o‘ng qanotda raqib futbolchilaridan qochib ketdi va to‘pni darvozabon maydonchasiga yuqoridan yetkazdi. Ronaldu to‘pga sakradi, ammo uning zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi. Krishtianu to‘pni o‘tkazib yuborganida Isko zarba berish uchun qulay vaziyatga chiqayotgandi... |
| 35' | O‘yin maydon markaziga ko‘chdi. "Deportivo" ham faollashib qoldi | |
| 30' | ![]() |
Isaak Kuenka jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Zarbaga aniqlik yetishmadi |
| 30' | ![]() |
Burchakdan uzatilgan to‘pni Benzema bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 29' | ![]() |
Ronaldu o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va burchak to‘pi ishladi |
| 28' | ![]() |
Madridliklar "Deportivo" tomonidan tashkil etilayotgan hujumlarni bartaraf etishmoqda |
| 23' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Iskkooooo! 1:0! To‘p yuqoridan "Deportivo" darvozabon maydonchasi burchagi tomon uzatildi va Benzema uni darvvoza chizig‘idan 2 metr masofada turgan Krishtianuga uzatdi. Ronaldu to‘pga oyoq cho‘zsa, gol bo‘lardi, ammo to‘p olis ustun tomonga o‘tib ketdi. Arbeloa to‘pning maydonni tark etishiga yo‘l qo‘ymadi va uni orqaroqqa qaytardi. Isko esa aylanma zarba bilan olis ustunni ishg‘ol qildi. Chiroyli gol! |
| 21' | ![]() |
Burchak zarbasidan keyin Beyl bu safar chap qanotdan darvozabon maydonchasi tomon pas berdi. To‘pni Agosto egallab oldi |
| 20' | ![]() |
Ohohohohoooooo! Beyl o‘ng tomondan Benzemaga pas berdi va Karim yaqin masofadan darvoza tomon zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegib, darvozaning bo‘sh qolgan qismiga kirib borayogandek edi, ammo u ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 18' | ![]() |
Vuuuuuuuh! Yana darvoza to‘siniga to‘p tegdi!!! Hujum paytida Benzemaga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Beyl to‘pni egallab olgani uchun hakam o‘yinni to‘xtatmadi. Uelslik futbolchi 18 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p to‘singa tegib ortga qaytdi. Bu safar to‘p Garetning boshidan maydonni tark etdi |
| 15' | ![]() |
Jamoalar bir martadan burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 13' | ![]() |
Vuuuuuuuh! Ronalduuuuu! Marselo chap qanotda juda ajoyib pas orqali raqib jarima maydonchasining o‘ng tomonida turgan Beylni to‘p bilan ta’minladi. Garet o‘z yaqinida turgan Ronalduga to‘pni berdi va Krishtianu 16 metrdan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi. Qaytgan to‘pni Benzema egallab, zarba berayotgan chog‘ida unga himoyachi xalal berdi. Natijada to‘pni darvozabon Agosto egallab oldi |
| 11' | ![]() |
"Real" futbolchilari himoyada to‘pni oldirishi natijasida Lukas Peres jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. To‘pni Kasilyas egallab oldi |
| 9' | ![]() |
Isko chiroyli uzatma bilan Arbeloani jarima maydonchasiga ichiga boshladi. Ammo Alvaro negadir to‘pni markazroqqa yetkazishni kechiktirdi. U to‘pni yetkazgan paytda to‘p maydonni tark etib bo‘lgandi. Shu bois Ronaldu chalqancha uslubda yo‘llagan zarbasi shunchaki chiroyli harakatdan boshqa narsa bo‘lmadi |
| 6' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin mehmonlar to‘pni egallab hujumni davom ettirishdi va jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llashdi. Zarbaga biroz aniqlik yetishmadi |
| 6' | ![]() |
Vuuuuuh! "Depor" futbolchisi Kuenka chap tomondan jarima maydonchasiga yorib kirdi va darvozabon maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi. To‘p Kasilyasga tegib, maydonni tark etdi |
| 5' | ![]() |
Oriol Riyera jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza yuqorisidan o‘tib ketdi |
| 2' | ![]() |
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmonlar xavfli vaziyat yuzaga kelishiga yo‘l qo‘yishmadi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! "Real" oq, "Deportivo" oq-ko‘k yo‘l-yo‘l formada maydonga tushishgan |
| ' | ![]() |
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. |
| ' | "Real" tarkib bilan bog‘liq muammolar boshidan kechirishda davom etmoqda. Bugun ham markaziy himoyadagi yuk Nacho va Varanga tushadi. Hujumda esa deyarli muammo yo‘q. Ammo zaxira o‘rindig‘ida deyarli o‘yinni kuchaytiradigan futbolchi yo‘q... | |
| ' | "Deportivo" La ligada autsayderlardan salgina tepada bormoqda. O‘rtamiyona jamoa. Ammo ular ham "Real"dagi muammolardan foydalanib qolishga harakat qilishsa kerak | |
| ' | Bugun "Real"ning navbatdagi "navbatchi" o‘yini. Ammo "Atletiko"ga qarshi o‘yindagi qaqshatqich mag‘lubiyatdan keyin jamoa murakkab vaziyatni boshidan kechirdi. Shu bois bugungi o‘yin qaymoqranglilar uchun juda katta ahamiyatga ega. Juda katta | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|