Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

23-tur, 15 fevral, soat 21:00. Bosh hakam: Mario Melero

BARSELONA

Neymar (17)
Messi (38, 59, 65-pen.)
Luis Suares (73)

5 : 0

LEVANTE

JAMOALAR TARKIBI
13.Klaudio Bravo
2.Martin Montoyya
15.Mark Bartra
14.Xavyer Maskerano
21.Adriano
4.Ivan Rakitich
5.Serji Buskets
6.Xavi
7.Pedro
10.Lionel Messi
11.Neymar
  13.Marinyo
3.Tonyo
4.Navarro
14.Ramis
2.Lopes
23.Diop
24.Simao
17.Shumetra
11.Morales
5.Kalu Uche
7.Barral
ZAHIRA
1.Ter Shtegen
3.Pike
9.Luis Suares
12.Rafinya
18.Xordi Alba
20.Serxi Roberto
24.Jeremi Matyo
  1.Xesus
6.Vintra
10.Ruben Garsiya
12.Xuanfran
18.Viktor Kasadesus
25.Xose Mari
30.Jeyson
SARIQ KARTOCHKA
 
Ivan Ramis (67)
Barral (68)

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat. Stadiondan uzoqlashmang!
'
Lionel Messining o‘zining La ligadagi 300-o‘yinida xet-trik qayd etdi
90+2'
O‘yin yakunlandi! "Barselona" - "Levante" - 5:0.
90'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
89'
Oho! "Levante" bitta javob to‘pini kiritishi mumkin edi. Kasadesusning uzatmasini Barral jarima maydonchasi ichida qabul qildi va zarba yo‘lladi. Bravo to‘pni egallab oldi
86'
Vuuuuh! Messi poker qayd etishi ham mumkin edi! Uning jarima maydonchasi chizig‘i ustidan yo‘llagan zarbasini Marinyo qo‘li bilan darvoza ustidan ko‘tarib yubordi!
83'
Uzun pas orqali Pedro chap tomondan jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo himoyachini aldab o‘ta olmadi
82'
Suares jarima maydonchasi ichida birga bir vaziyatga chiqdi, ammo ofsaydda qolib ketgandi
78'
"Levante"da o‘zgarish: Diop o‘rniga Xose Mari tushdi
73'
GOOOOOOOL! Luis Suares! Fantastik gol! Chap qanotda Adriano tomonidan yetkazilgan to‘pga urugvaylik hujumchi qaychi uslubida zarba berdi va juda chiroyli gol muallifiga aylandi!
71'
Messi bugunning o‘zida Ronalduning 2ta rekordini takrorladi. Ikkala futbolchi ushbu mavsumda 4tadan xet-trik qayd etishgan. Shuningdek, Messining La ligadagi xet-triklari soni xuddi Ronaldunikidek 23taga yetdi. Bu borada har ikkala futbolchi peshqadam!
70'
Xavi jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi
68'
Barralga sariq kartchka ko‘rsatildi. Montoyyaga nisbatan qo‘pol o‘ynadi
67'
"Barsa"da o‘zgarish: Neymar o‘rniga Luis Suares tushirildi
67'
Messi La liganing ushbu mavsumidagi gollar soni bo‘yicha Ronalduga yetib olishiga 2ta gol qoldi
65'
GOOOOOOL! Messi kuchli bo‘lmagan zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! 4:0!
64'
"Levante" darvozasiga penalti! Himoyachi jarima maydonchasi ichida Neymarni chalib yiqitdi
63'
Messining yuqoridan uzatmasini Adriano darvozabon maydonchasiga qaytardi. Marinyo to‘pni egallab oldi
62'
"Barsa"da o‘zgarish: Rakitich o‘rniga Serxi Roberto tushirildi.
59'
GOOOOOOOL! Messssssiiii! Avvalgisi o‘xshamasa, bunisi golga aylandi. Rakitich yuqoridan to‘pni jarima maydonchasiga kirgan Pedroga uzatdi. Pedro esa Messini pas bilan ta’minlab, golga assistentlik vazifasini bajardi
58'
Ohohohoo! Qoyil! "Barsa"dan superkombinasiya! Faqat kombinasiya golga aylanmadi!
55'
Ehhhhh, Messiii! Neymar himoyachidan to‘pni olib qo‘ydi va jarima maydonchasiga kirdi va o‘ng qanotdan yordamga kelgan Leoga pas berdi. Messi o‘zi zarba berishi mumkin bo‘lgan vaziyatda darvoza oldida turgan Pedroga pas berdi. Marinyo to‘pni egallab oldi!
53'
Ehhhhhh! Rakitichning maydon markazidan bergan uzatmasidan keyin Neymar davrozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketdi. O‘zi zarba berishi mumkin bo‘lgan vaziyatda Messiga pas berishga qaror qildi, ammo uzatma aniq chiqmadi va to‘p Messidan o‘tib ketdi...
52'
O‘rganib qolganimiz Messining chap oyoqda chap tomondagi Neymar tomon uzatmasi bu safar himoyachidan o‘tmadi
51'
Messining uzatmasi tomon harakat qilgan Pedro jarima maydonchasi ichida to‘pni to‘xtata olmadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Neymar va Messi tomonidan kiritilgan gollar kataloniyaliklarga ustunlikni taqdim etmoqda. Messining La ligadagi gollari 24taga, Neymarniki esa 17taga yetdi. Lionel yana 4ta gol ursa gollar soni bo‘yicha Ronalduga tenglashib oladi
45+1'
Birinchi bo‘limga qo‘shimcha daqiqalar qo‘shilmadi. Birinchi bo‘lim tugadi. Hozircha "Barselona" - "Levante" - 2:0. Tanaffus
45'
Vuh! Messi o‘ng qanotdan markaz tomon surilib keldi va Xavi bilan "devor" o‘ynab davrozabon maydonchasi burchagida to‘pni qabul qildi va o‘ng oyoqda zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi...
44'
Xavi tomonidan havodan yetkazilgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi
43'
Jarima maydonchasi burchagida Neymarga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi
41'
Ehhhhh, Messssiiiii! Leoning o‘zi to‘pni yuqoridan uzatib chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Neymarni to‘p bilan ta’minladi. Uning uzatmasi Pedro yaqin masofadan zarba berdi, ammo to‘p darvozabon tegib qaytdi. Qaytgan to‘pga Messi o‘ng oyoqda zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi...
38'
GOOOOOOOOOL! Messssssiiiii! 2:0! Mezbonlarning hujumi paytida "Levante" futbolchilari to‘pni egallashgandek bo‘lishgandi, ammo Bartra to‘pni darhol egalladi va Messini birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Leo darvozani ishg‘ol qildi. 300-o‘yinda Messi maydonni golsiz tark etmaydigan bo‘ldi
35'
Adriano o‘yin qoidasini buzdi. "Levante" jarima to‘pini o‘yinga kiritdi, ammo to‘pni egalagan mezbonlar tezda oldinga o‘tishdi. Messi Neymar bilan "devor" o‘ynab birga bir vaziyatga chiqdi, ammo laynsmen o‘ta qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, yo‘q ofsaydni qayd etdi...
34'
Rakitichning uzatmasidan keyin jarima maydonchasiga o‘ng tomondan kirgan Messi to‘pni chap oyog‘iga to‘g‘irlab zarba berdi. Darvozabon bunday zarbani kutdi va to‘pni egalladi
32'
Messi tomonidan yo‘llangan zarba darvoza yonidan o‘tib ketdi
31'
Messiga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Darvozagacha 27 metrlar...
30'
Mehmonlar himoyachisi 2-3 nafar "Barsa" futbolchisi orasidan chiqib ketdi va olis masofaga pas berib hujumchini birga bir vaziyatga chiqardi, ammo Bravo o‘z vaqtida oldinga chiqdi va to‘pni tepib yubordi
29'
"Levante" o‘yinda to‘rtinchi marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Hozircha ularning "standart"lari xavfli ko‘rinish olayotgani yo‘q
28'
Xavi chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Neymarga uzatma berdi. Buni kutib turgan Marinyo oldinga chiqdi va to‘pni egallab oldi
25'
Kalu Uche jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘langan zarbasi Bartraning yuziga tegib, yon tomonga ketdi. Qanotda otib berilgan to‘pni Simao bosh bilan Barralga qoldirdi. Uning yaqin masofadan yo‘llagan zarbasi darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi!
24'
Kataloniyaliklarning pressingi oqibatida "Levante" futbolchilari to‘pni yo‘qotishdi. Messi to‘pni Neymar uzatib, o‘zi jarima maydonchasi ichiga kirayotganida ikki himoyachining orasiga qisilib, yiqildi. Hakam jarima zarbasi belgilamadi
22'
"Levante" darvozaboni o‘ziga uzatilgan to‘pni tezda uzoqlashtirmadi, Pedro esa pressing uyushtirdi va to‘p "Barsa" hujumchisining oyog‘idan maydonni tark etdi. Hakam burchak to‘pi belgilab, xatoga yo‘l qo‘ydi
20'
Neymar ushbu mavsumdagi o‘zining 17-golini urdi. Messidan navbatdagi assistentlik
17'
GOOOOOOOL! Neymaaaaaaar! 1:0! Messi jarima maydonchasining o‘ng burchagidan havolatib Neymar tomon pas berdi. Braziliyalik hujumchi himochilar orasidan chiqib keldi va darvozagacha 2 metr masofadan yo‘llagan zarbasi parashyut shaklida darvoza chizig‘in kesib o‘tdi!
16'
"Levante" burchak to‘pini o‘yinga kiritgan paytda mezbonlar qarshi hujumga o‘tib ketishdi. Messi bir himoyachidan o‘ta olmadi, takroriy hujum paytida esa jarima maydonchasining chap qanotidaga Pedro to‘p bilan ta’minlandi. Hujumchining davrozabon maydonchasiga uzatgan pasini hech kim darvozaga yo‘llay olmadi
15'
Olis masofadan yetkazilgan uzatmani Barral qabul qildi, ammo u Bartradan o‘tib keta olmadi. Mark to‘pni maydon markaziga qaytardi, mehmonlar takroriy hujum paytida burchak to‘pi ishlashdi
13'
"Levante" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Bosh bilan yo‘llangan zarbani Bravo egallab oldi
12'
"Barsa" hujumchisi Lionel Messi bugun La ligadagi o‘zining 300-o‘yinini o‘tkazmoqda
11'
Rakitich olis masofadan chap oyoqda zarba yo‘lladi. Noaniq
9'
"Barsa"ning tika-taka hujumi oxiriga yetmay qoldi
7'
Neymar ikki himoyachidan o‘tib, Messiga pas berdi. Leo 3 himoyachi qurshovida jarima maydonchasiga kirdi va chap oyoqda zarba yo‘lladi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi.
6'
Busketsning zarbasi Messining oyog‘idan rekoshet holatida darvozabonning qo‘liga borib tushdi
5'
Shumetra o‘ng qanotda Maseranodan o‘tib ketib, jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan sherigiga pas berdi. Ammo hujumchining zarbasi ancha noaniq bo‘ldi
4'
"Barsa" bugun o‘zining "ko‘k-anorrang" formasida, "Levante" esa yashil rangli futbolkada harakat qilmoqda
2'
Pedro o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va chap oyoqda zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni egallab oldi
1'
O‘yin boshlandi!
'
Enrike bu safar Alves va Suaresni zaxirada olib qolib, Montoyya va Pedroni tushirishga qaror qildi. Shuningdek, Pike va Xordi Albaga ham dam berilgan
'
Ispaniya chempionatining 23-turida "Barselona" o‘z maydonida "Levante"ni qabul qilmoqda. Mazkur uchrashuvdan matnli onlayn translyasiyani e’tiboringizga havola qilamiz
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.