Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo chempionlar ligasi

Saralash pley-off. 17 fevral, soat 17:00. Bosh hakam: Alirizo Fag‘oniy (Eron)

BUNYODKOR

Vohid Shodiyev (23)
Sardor Rashidov (52)

2 : 1

AL-JAZIRA (BAA)

Ali Mabxut (45+3-pen.)
JAMOALAR TARKIBI
45.Akbar To‘rayev
2.Akmal Shorahmedov
7.Shokir Zuagi
8.Javlon Ibrohimov
9.Sato Minori
11.Mirzohid G‘ofurov
13.Ivan Miloshevich
14.Vohid Shodiyev
16.Artyom Filiposyan
21.Sardor Rashidov
48.Akromjon Komilov
  36.As-Senaniy
5.Musallim Fayoz
7.Ali Mabxut
8.Jusiley da Silva
10.Manuel Lanzini
11.Yan Jonatan Pitroypa
13.Xamis Ismoil
18.Abdulla Musa
23.Xolid Sebil
28.Saif Xalfan
60.Bashir Sayid
SARIQ KARTOCHKA
Akrom Komilov (22)
Sato Minori (61)
Vohid Shodiyev (61)
Javlon Ibrohimov (61)
 
Bashir Sayid (22)
Xamis Ismoil (41)
QIZIL KARTOCHKA
 
Abdulla Musa (90+1)

Matn

'
Biz yulduzli tarkibga ega bo‘lgan "Jazira"ni mag‘lub etdi!
'
Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida Sardor RASHIDOV tan olindi!
'
BARCHANGIZNI KLUBLAR MIQYOSIDAGI AJOYIB START BILAN TABRIKAYMIZ! Balli "Bunyodkor", qoyil, Lushchan!
90+4'
O‘yin yakunlandi! "BUNYODKOR" OSIYo CHEMPIONLAR LIGASI GURUH BOSQICHIGA CHIQDI!!!
90+3'
Qarshi hujum paytida Hamdamov jarmia maydonchasi ichida to‘pni egalladi va himoyachini aldab o‘tib zarba berish chog‘ida burchak to‘pi ishladi!
90+2'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
90+1'
Shokir Zuagi tomonidan yo‘llangan zarba darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi!
90+1'
QIZIL KARTOCHKA! Abdulla Musaga! Raqib himoyachisining bosh bilan uzatmasidan keyin "ofsayd"da turgan Hamdamovning to‘p bilan qochayotganida Musa uni ortidan chalib yiqitdi!
90'
Shomurodov burchak zarbasi ishladi. BUrchak to‘pi paytida Sardor to‘pni yo‘qotdi
88'
Shomurodov maydon markazida turib, chap qanotdan oldinga o‘tayotgan Rashidovga pas berdi. Sardor to‘pni to‘xtata olmadi, to‘p yon chiziqdan maydonni tark etdi
87'
Vuuuh! Raqib futbolchisi jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi!
86'
Rashidoooooooooov! Jamoamiz tashkil etgan hujumni himoyachilar jarima maydonchasi ichida egallab, endi mudofaadan chiqishayotganida Sato raqibni to‘pni olib qo‘ydi. To‘p parashyut uslubda himoyachining ustidan oshirilib Sardorga berildi. Rashidovning zarbasi darvoza oldidan o‘tib ketdi, Hamdamov to‘pga oyoq qo‘ya olmadi
85'
Shomurodoooooov!!! Zuagi tomonidan yetkazilgan to‘pni Eldor bosh bilan darvoza tomon burdi! To‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi!
85'
"Jazira"da o‘zgarish: Xamis Ismoil o‘rniga Yosir Matar tushirildi
84'
Qarshi hujumda bitta gol urib olsak, barchasini hal qilib qo‘yardik!
83'
Vuuuh! Lanzini 15 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi!
82'
Shorahmedov jarima maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi. Noaniq bo‘ldi. Ushbu vaziyat qarshi hujum evaziga yuzaga kelgandi
80'
"Jazira" fubolchisi o‘ng qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazib berdi. Hujumchi Miloshevichga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi
79'
Zuagi to‘pni Sardorga yetkazish orqali qarshi hujumga asos soldi. Sardor yetkazib bergan to‘pni Shomurodov bosh bilan darvozaga yo‘lladi. As-Senaniy to‘pni egalladi
77'
Jamoamiz tezkor qarshi hujum tashkil qildi. Rashidov chap qanotdan ikki marta uzatmani amalga oshirdi. Sato o‘ng tomonda to‘pni yo‘qotdi
76'
Ali Mabxut jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p rekshoyet holatida maydonni tark etdi
75'
Bashir Sayid kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi. Mehmon futbolchisi darvoza to‘ri ortidan to‘pni olib, erkin zarba tepiladigan nuqtaga tezda qo‘yib berdi
74'
Zuagi fol ishlatdi. Darvozagacha 28 metr masofa bor
73'
Abu-dabiliklar o‘ng qanotdan jarima zarbasini o‘yinga kiritishdi. Toshkentliklar to‘pni qaytarishdi. Rashidov maydon markazida to‘p uchun kurash olib bordi, ammo raqibdan to‘pni olib qo‘ya olmadi
71'
"Al-Jazira" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Bosh bilan berilgan darvoza ustidan o‘tib ketdi
69'
Vuuuuh! Rashidov! Zuagi olis masofadan uzatmasini Shomurodov bosh bilan jarima maydonchasi ichkarisiga uzatib berdi. Rashidov to‘pni egalladi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Sananiy zarbani qaytardi
69'
Bo‘ldi Fag‘oniyning xatolarini unutamiz, Asabiylashmaymiz! Barchamiz bir jonu bir tan bo‘lib g‘alaba sari harakat qilamiz! Biz g‘alaba qozonamiz, nasib qilsa!
68'
Mabxut jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Kuchsiz chiqdi. To‘rayev to‘pni egalladi
67'
Vuuh! Ali Mabxut jarima maydonchamizga kirib bordi va birga bir vaziyatda zarba yo‘lladi. Baxtimizga uning zarbasi olis ustun yonidan o‘tib ketdi
66'
Jarima zarbasi noaniq bo‘ldi
65'
"Jazira" jarima zarbasini tepadi
65'
"Bunyodkor"da o‘zgarish: vohid Shodiyev o‘rniga Eldor Shomurodov tushirildi
64'
"Jazira"da o‘zgarish: Saif Xalfan o‘rniga Hasan Amin Abdulla tushirildi
63'
Rashidov 30 metrdan zarba yo‘lladi! Darvozabon to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi. Shodiyev to‘pga biroz yeta olmadi
61'
Vooooy! Alirizo! Minori Sato ikki raqib himoyachisi orasidan o‘tib ketdi! Himoyachi ochiqchasiga uni qo‘li bilan tortib yiqitdi! Ammo Fag‘oniy avval Satoning o‘ziga sariq kartochka, keyinchalik Shodiyev va Ibrohimovga ogohlantirish berdi! E’tirozlar uchun
58'
Rashidov yana bir marta raqib jarima maydonchasi yonida to‘pni qabul qildi, ammo yana himoyachilardan o‘tib keta olmadi
58'
Futbolchilarimiz o‘ng qanotda to‘pni olib qo‘yishdi va jarima maydonchasi oldidaga Rashidovga to‘p uzatildi. Sardor ikki himoyachiga qarshi kurishda to‘pni oldirdi
56'
"Bunyodkor"da dastlabki o‘zgarish: Mirzohid G‘ofurov o‘rniga Doston Hamdamov tushirildi
56'
Raqibning markaz bo‘ylab uyushtirgan hujumini Filiposyan qaytardi
54'
Abdulla Musa chap qanotda Shorahmedovdan o‘tib ketdi, ammo to‘p chiziqni kesib o‘tdi
52'
GOOOOOOOOOOOL! Sardooooorrrr! RAshidoooooovv! 2:1!!! Maydon markazida to‘p uchun kurashda Shodiyev to‘pni Sato Minoriga yetkazib berdi. Yapon futbolchisi darhol oldinga uzatma berdi va Sardor tezlik evaziga himoyachilardan o‘tib ketdi va darvozabonni dog‘da qoldirdi!
52'
Maydon markazida kurash kechmoqda. Tashabbus uchun kurash
49'
Mabxut o‘ng tomondan jarima maydonchamizga kirib kelib, Miloshevichga urilib yiqildi. Fag‘oniy bu safar penalti belgilamadi
47'
Rashidov tomonidan yo‘llangan zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi
46'
Shodiyevga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Bunyodkor" - "Al-Jazira" - 1:1. Tanaffus
45+3'
Ali Mabxut darvozbonimizni alday oldi. 1:1!
45+1'
Ehhh, birinchi bo‘lim tugashiga 20 soniya qolganida darvozamizga penalti! Pitroypa birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va To‘rayev bilan to‘qnashuvda yiqildi. Takroriy lavha ko‘rsatdiki, Pitroypa avvaldan yiqilishni boshlagan ekan. Bu yerda penalti yo‘q edi...
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
45'
Shodiyev maydon markazidan to‘pni oldingi chiziqda tepdi va Sardor to‘p uchun yugurdi. To‘pni himoyachi maydon tashqarisiga tepib yubordi
42'
BAAlik darvozabon to‘pni uzoqlashtirish paytida Shodiyevga berib qo‘ydi. Davrozagacha masofa uzoq edi, hujum paytida to‘p yo‘qotildi
41'
Olis masofadan berilgan uzatmadan keyin Rashidov darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketdi, ammo ofsayd
41'
Xamis Ismoil sariq kartochka oldi
38'
Amirlik futbolchisi jarima maydonchasi burchagidan zarba yo‘llaydi. Zarba aniq chiqmadi
34'
Rashidov o‘ng qanotdan havolatib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
33'
Raqib futbolchisi ofsaydda qoldi
33'
Sato Minori burchakdan uzatgan to‘pni Senaniy egallab oldi
32'
Komilov chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi qaytardi. Ikkinchi urinishda esa Akromjon burchak zarbasi ishladi
31'
Ehhh... Shorahmedovning uzatmasidan keyin Rashidov jarima maydonchasiga kirib bordi, to‘pni egalladi, ammo ofsaydda qolgan ekan.
29'
Jarima zarbasini himoyachilarimiz qaytarishdi. Javlon maydon markazidan oldinga intildi, ammo jarima maydonchasi yaqinida ikiknchi himoyachiga to‘pni oldirdi
28'
"Jazira" chap qanotdan jarima zarbasi ishladi
26'
"Jazira" ketma-ket ikki marta o‘yinga kiritdi. Vakillarimiz xavfni bartaraf etishdi
25'
Yaxshi, Sardor! O‘ng qanotda to‘pni egalladi va biroz markaz tomon surilib, chap oyoqda zarba yo‘lladi. To‘p darvozaning olis ustuni yonidan o‘tib ketdi
23'
GOOOOOOOOL! Vohid Shodiyeeevvvvv! 1:0! Rashidov yetkazgan burchak to‘pini himoyachi qaytardi. Sardor to‘pni egallab, yana jarima maydonchasiga uzatdi. To‘p mehmon futbolchilariga tegib, darvozabon tomon ketdi. Shodiyev o‘z vaqtida oldinga o‘tdi va to‘pni darvozaga yo‘lladi!
23'
Uchinchi burchak to‘pi...
22'
Burchak to‘pi hali o‘yinga kiritilmasidan avval joy uchun kurashda bir biriga nisbatan keskin o‘ynagani uchun Akrom Komilov va "Jazira" futbolchisi ogohlantirilishdi
20'
"Bunyodkor" ketma-ket ikkinchi marta burchak to‘pini o‘yinga kiritadi
19'
Ehhhhh, Rashidoooooov! Sardor darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi. Davrozabon o‘z o‘rnini tashlab chiqdi, ammo Rashidov uni aldab o‘tib keta olmadi! Zuagi jamoadoshini ajoyib pas bilan ta’minlagandi!
17'
Shorahmedov o‘ng qanotda ikki futbolchidan o‘tib ketib, jarima maydonchasiga havodan uzatma berdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni maydondan tashqariga chiqarayotganida, to‘p G‘ofurovning boshidan maydonni tark etdi
16'
Jamoamiz chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berdi, himoyachilar to‘pni qaytarishdi
15'
Lanzinining o‘ng qanot tomon uzatmasini noaniq bo‘ldi. Sherigi to‘pga yeta olmadi
15'
To‘p nazorati "Jazira" tomonida. Hozircha ular vakillarimizning bo‘sh zonasini topa olishmayapti
12'
Mehmonlar to‘p bilan jarima maydonchasiga kirib borishdi, ammo Minoriga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi
11'
Rashidovning ikkinchi uzatmasini darvozabon egallab oldi
10'
"Bunyodkor" ketma-ket ikkinchi marta to‘pni burchakdan o‘yinga kiritadi
8'
Ehhhh, Rashidov! Jamoamiz maydon markazida to‘pni olib qo‘yishi natijasida jarima maydonchasiga kirib borgan Rashidovni to‘p bilan ta’minladi. Sardor to‘pni Zuagiga yetkazdi, ammo Shokir zarba berish o‘rniga to‘pni Sardorning o‘ziga qaytardi. Yarim himoyachining keyingi uzatmasini himoyachilar qaytarishdi
6'
Shorahmedov o‘ng tomondan to‘p bilan jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va Shodiyev tomon aniq uzatma bera olmadi. Darvozabon to‘pni egallab oldi
5'
BAA futbolchilari o‘ng qanotdan jarima zarbasini o‘yinga kiritishdi. To‘rayev mushti bilan to‘pni urib yuborganidan keyin vakillarimiz to‘pni egallashdi va tezkor qarshi hujumga o‘tishdi. Rashidov raqib jarima maydonchasi chap tomonida bir himoyachini alday olmadi va to‘pni yo‘qotdi
4'
"Jazira"ning hujumi. Jusiley jarima maydonchasi tashqarisida darvozabon maydonchasining o‘ng tomoniga pas berdi. Hujumchi to‘pga yeta olmadi - to‘p maydonni tark etdi
1'
"Bunyodkor"ning ilk xavfli hujumi! Zuagi jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni egallab, chapda ochilgan G‘ofurovga yetkazdi. U darvozabon maydonchasiga pas berdi. Ammo posbonga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi deb topildi
1'
Mehmonlar to‘pni markazdan o‘yinga kiritgan zahoti chap qanotdan hujum tashkil qilishga qaror qildi, ammo Shorahmedov to‘pni egallab, hujumga asos soldi. Rashidovning raqib jarima maydonchasiga uzatmasini darvozabon egallab oldi
1'
Alirizo Fag‘oniyning xushtagi yangradi va o‘yin boshlandi!
16:59'
O‘yinni "Al-Jazira" boshlab beradigan bo‘ldi
16:58'
Jamoalar aylana hosil qilib, o‘yinga so‘nggi ruhiy tayyorgarlikni olib borishmoqda
16:56'
"Bunyodkor" oq, "Jazira" qizil-oq yo‘l-yo‘l kiyimda o‘ynaydi. Hakamlar esa sariq rangli formani tanlashgan.
16:55'
Chempionlar ligasi madhiyasi sadolari ostida jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
'
Futbolchilar mashg‘ulotni yakunlab, kiyinish xonasiga yo‘l olishdi. Yana 10 daqiqadan keyin ular maydonga qaytishadi
'
Ushbu o‘yin g‘olibi OCHLning "A" guruhiga borib joylashadi. Bu guruhda "An-Nasr" (Saudiya), "Laxviya" (Qatar), "Persepolis" (Eron) jamoalari joy olishadi
'
Jamoalar maydonda chigalyozdi mashg‘ulotini o‘tkazishmoqda.
'
Yurtimizda klublar miqyosida xalqaro o‘yinlar boshlanmoqda. "Bunyodkor" Toshkentda BAAning "Al-Jazira" klubini qabul qilmoqda.
'
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.