Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionlar ligasi

Nimchorak final, 18 fevral, soat 00:45. Bosh hakam: Junayt Chaqir (Turkiya)

PSJ

Edinson Kavani (56)

1 : 1

CHELSI

Branislav Ivanovich (36)
JAMOALAR TARKIBI
30.Salvatore Sirigu (D)
23.Gregori van der Vil
32.David Luis
02.Tiago Silva
05.Markinyos
17.Maksvell
14.Blez Matyuydi
24.Marko Verratti
09.Edinson Kavani
10.Zlatan Ibrohimovich
22.Esekyel Lavessi
  13.Tibo Kurtua (D)
28.Sesar Aspilikueta
02.Branislav Ivanovich
24.Geri Kexill
26.Jon Terri
22.Villian
04.Sesk Fabregas
07.Ramires
10.Eden Azar
21.Nemanya Matich
19.Diyego Kosta
ZAHIRA
01.Nikolya Dyushe (D)
21.Lukas Din
38.Presnil Kimpemb
06.Zumana Kamara
25.Adriyen Rabiot
27.Xavyer Pastore
15.Jan-Kristof Baebek
  01.Petr Chex (D)
03.Filipe Luis
08.Oskar
23.Xuan Kuadrado
05.Kurt Zuma
11.Didye Drogba
18.Loik Remi
SARIQ KARTOCHKA
Marko Verratti (29)
Gregori van der Vil (52)
 
Branislav Ivanovich (65)
Sesk Fabregas (73)

Matn

90+2'
To‘p burchakdan o‘yinga kiritilganidan keyin o‘yin yakunlandi. Birinchi o‘yin - "PSJ" - "Chelsi" - 1:1.
90+2'
Vuuuuh! Chap qanotdan yetkazilgan to‘pga Zlatan bosh bilan zarba berdi! Kurtua to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi!
90'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
88'
So‘nggi daqiqalarda mezbonlar faolroq o‘ynashmoqda
83'
"Chelsi"da o‘zgarish: Fabregas o‘rniga Oskar
81'
Jamoalarda o‘zgarish: "PSJ"da Lavessi o‘rniga Pastore, "Chelsi"da Diyego Kosta o‘rniga Loik Remi tushirildi
80'
Ehhhh, Kavaniii! U chap qanotdan darvozabon bilan birga bir vaziyatda zarba berdi. To‘p esa olis ustun yonginasidan o‘tib ketdi!!!
79'
"Chelsi"da o‘zgarish: Villian o‘rniga Xuan Kuadrado tushirildi
79'
Verratti ogohlantirildi
78'
Fabregas jarima zarbasidan yetkazib bergan uzatman mezbonlar qaytarishdi
74'
Jarimadan yo‘llangan zarba jonl devorga tegib qaytdi
73'
Sesk Fabregas jarima maydonchasi tashqarisida Matyuidini chalgani uchun "sariq"
71'
PSJ yana burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmonlar xavfni bartaraf etishdi
67'
BUrchak zarbasi xavfli bo‘lmadi
66'
Jarimadan yetkazilgan to‘pga David Luiz bosh bilan zarba berdi. To‘p rekoshet holatida maydonni tark etdi
65'
Ivanovich ogohlantirish oldi. Chap qanotdan jarima zarbasi
60'
Vuuuuuuh! Katta omad tufayli to‘p "Chelsi" darvozasidan o‘rin olmadi! Zlatan jarima maydonchasiga kirib, zarba yo‘lladi. Kurtua zarbani oyog‘i bilan qaytardi. Qaytgan to‘pga Matyuidi zarba berdi. Terri zarbani qaytardi!!!
59'
"PSJ" o‘yinga kiritgan burchak to‘pini mehmonlar qaytarishdi
57'
"Chelsi" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Sirigu to‘pni egalladi
56'
GOOOOOOOOL! Edinson Kavaniiiii! 1:1! Chap qanotdan yetkazilgan to‘pni hujumchi 5 metr masofadan bosh bilan olis burchakka joyladi!
53'
Van der Vil ogohlantirish oldi
49'
Mezbonlar bosimni oshirishmoqda
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45'
Chaqir bir soniya ham birinchi bo‘limga vaqt qo‘shmadi. Tanaffus. Hozircha "PSJ" - "Chelsi" - 0:1
45'
Ibraning kuchli zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi. Bunday nuqtadan chapaqay futbolchi zarba berish kerak aslida...
44'
Shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i oldida Verrattiga nisbatan Matich qo‘pol o‘ynadi. Jarima zarbasi
42'
Matyudi chap qanotdan bir himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga pas berdi. Londonliklar to‘pni egallab olishdi
39'
Endi "PSJ" katta kuch bilan oldinga o‘tishga majbur. Ammo hozircha bunday qilayotgani yo‘q
36'
GOOOOOOL! Branislav Ivanovich, 0:1! "Chelsi"ning u himoyachisi golni yuzaga keltirishdi! Terri chap qanotdan jarima maydonchasiga pas berdi. Keyxill tavani bilan to‘pni yuqoriga ko‘tardi va darvozabon maydonchasi yaqinida turgan Ivanovich bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi!
34'
Burchakdan yetkazilgan to‘pni Kavani bosh bilan yaqin burchakka burdi. Kurtua to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
33'
PSJ futbolchilari qarshi hujumga o‘tishdi va burchak to‘pi ishlandi
30'
Fabregas yetkazib bergan to‘pni Sirigu mushti bilan uzoqlashtirdi
29'
Verratti jarima maydonchasi tashqarisida o‘zidan o‘tib ketayotgan Azarni chalib yiqitdi. Jarima zarbasi va sariq kartochka
27'
Van der Vil o‘ng tomondan yaxshi ochildi va jarima maydonchasi ichida o‘ziga yetkazilgan to‘pni to‘xtatmasdan Zlatan tomon uzatdi. Himoyachilar to‘pni qaytarib yuborishdi.
25'
Diyego Kostaning uzatmasidan keyin Azar o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. To‘pni PSJ darvozaboni egallab oldi. "Chelsi" ijrosida ilk xavfliroq vaziyat
23'
Ibraning uzatmasidan keyin Lavessi bosh bilan noaniq zarba yo‘lladi
23'
Ibrohimov ofsaydda qoldi
22'
Bugun qiziqarli o‘yin ko‘rishimiz qiyinga o‘xshaydi, mabodo birinchi goldan keyin vaziyat o‘zgarmasa...
18'
Zlatan olis masofadan zarba yo‘llashga qaror qildi. To‘p Ramiresga tegib qaytdi
14'
Van der Vil o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo Kavani unga aniq pas bera olmadi...
13'
"Chelsi" qisqa paslar orqali markaz bo‘ylab kirib borayotganida Fabregas jarima maydonchasi chizig‘i ustida yiqilidi. O‘yin qoidasi buzilmagan.
11'
Vuuuuh! "PSJ" tomonidan ilk xavfli zarbalar! Chap qanotdan yetkazilgan to‘pga dastlab Matyuidi bosh bilan zarba berdi, Kurtua to‘pni qaytardi. O‘sha qanotdan uzatilgan takroriy uzatmaga Ibrohimovich zarba berdi. Tibo yana zarbani qaytardi!
7'
Mourinyo shogirdlari asta-sekin mezbonlar jarima maydonchasiga yaqinlashib kelishmoqda
5'
Hozircha hech bir jamoa katta kuch bilan oldinga o‘tmayapti. Tushunarli, bu pley-off, to‘qnashuv 2ta o‘yindan iborat. Birinchi o‘yinda darvoza daxlsizligini saqlab qolish katta ahamiyatga ega.
2'
"Chelsi" to‘pni nazorat qilmoqda
1'
O‘yin boshlandi!
'
ECHL madhiyasi yangradi
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Bugun "Chelsi" sariq, mezzbonlar esa to‘q ko‘k rangli futbolkada o‘ynashadi
'
"PSJ" - "Chelsi"! O‘yin boshlanishiga juda kam vaqt qolmoqda. Ushbu jamoalar o‘tgan yili YECHLning chorak finalida to‘qnash kelishgan va unda londonliklar 2ta o‘yin natijasiga ko‘ra (1:3, 2:0) yarim finalga chiqishgandi
'
Qadrli futbol muxlislari. Yevropa chempionlari ligasini biz bilan birga kuzatib borishga taklif etamiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.