Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionlar ligasi

Nimchorak final, 19 fevral, soat 00:45. Bosh hakam: Martin Atkinson (Angliya)

SHALKE-04

0 : 2

BARSELONA

Ronaldu (26)
Marselo (79)
JAMOALAR TARKIBI
40.Timon Vellenroyter (D)
22.Asuto Uchida
31.Matiya Nastasich
04.Benedikt Xyovedes
15.Dennis Aogo
12.Marko Xeger
33.Roman Noyshtedter
32.Joel Matip
09.Kevin-Prins Boateng
13.Maksim Shupo-Moting
25.Klaas-Yan Xuntelaar
  01.Iker Kasilyas (D)
12.Marselo
15.Daniel Karvaxal
02.Rafayel Varan
03.Pepe
23.Isko
08.Toni Kroos
11.Garet Beyl
16.Lukas Silva
07.Krishtianu Ronaldu
09.Karim Benzema
ZAHIRA
28.Kristian Vetklo (D)
03.Yan Kirxoff
23.Kristian Fuks
24.Kan Ayxan
27.Trankvillo Barnetta
07.Maksimilian Meyer
36.Feliks Platt
  13.Keylor Navas (D)
17.Alvaro Arbeloa
18.Nacho Fernandes
24.Asyer Ilyaramendi
26.Alvaro Medran
20.Xese
14.Xavyer Ernandes
SARIQ KARTOCHKA
Roman Noyshtedter (45+2)
Yan Kirxoff (63)
 
Toni Kroos (9)

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
'
"Shalke" - "Real" - 0:2. Madridliklar javob o‘yini oldidan jiddiy ustunlik hosil qilishdi. Anchelotti jamoasi deyarli chorak finalda desak ham bo‘ladi.
90+3'
Uchrashuv yakunlandi
90+2'
"Shalke" yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. Shupo-Moting tomon yetkazilgan to‘pni hujumchi jarima maydonchasiga kirish paytida o‘tkazib yubordi. Natijada vaziyat yo‘qqa chiqdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
87'
"Shalke" ishonchsiz hujumlari orqali hech narsa ko‘rsata olishmayapti
85'
"Real"da uchinchi o‘zgarish: Isko o‘rniga Ilyarramendi tushirildi
82'
"Real"da o‘zgarish: Karvaxal o‘rniga Arbeloa tushirildi
79'
GOOOOOOL! Marselo! 0:2! Ronaldu chap qanotda ikki futbolchi orasidan o‘tib ketdi va jamoadoshiga pas berdi. Marselo 18 metrlardan o‘ng oyoqda zarba yo‘llab, "to‘qqizlik"ni nishonga oldi! Chiroyli gol!
78'
"Real"da o‘zgarish: Benzema o‘rniga Xavyer Ernandes maydonga tushdi
78'
Benzema birga bir vaziyatga chiqdi, ammo ofsaydda qolgandi
75'
"Shalke" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Samarasiz
74'
Vuuuuuuuuh! Uchidaaaaa! Yapon futbolchisining jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi! Qaytgan to‘pni Plat tepdi, Kasilyas to‘pni egallab oldi!
73'
Ronalduning zarbasi jonl devorga tegib qaytdi
73'
Benzema yiqitildi. Darvozagacha 24 metrlardan jarima to‘pi
71'
Vuuuuh! Beyl Iskodan to‘pni qabul qildi va tavani bilan uning o‘zini zarbavor vaziyatga chiqardi. Yarim himoyachining 15 metrlardan yo‘llagan zarbasi davroza ustidan o‘tib ketdi
69'
Boateng olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi. Iker to‘pni qabul qilib oldi
68'
Yuqoridan yetkazilgan to‘pni "Shalke" darvozaboni baland sakragancha egallab oldi
67'
Vuuuh! "Shalke" futbolchisi jarima maydonchasining o‘ng tomonida to‘pni qabul qilib, oldinga bordi, biroq maydon "tugab qoldi"...
64'
Karvaxalga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
63'
Yan Kirxoffga ogohlantirish berildi
61'
Mezbonlarning yuqoridan jarima maydonchasiga yetkazgan to‘pini himoyachilar qaytarishda va madridliklar qarshi hujumga o‘tishdi. Beyl to‘p bilan jarima maydonchasi yaqinigacha yetib keldi, ammo Ronalduga aniq pas bera olmadi
57'
Roman Noyshtedter o‘rniga Yan Kirxoff tushirildi "Shalke"da
56'
"Shalke" hozircha hujumda hech narsa qila olmayapti
55'
Beyl jarima maydonchasining o‘ng tomonidan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Timon to‘pni ushlab oldi
53'
Ronaldu chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va markazroqqa uzatma berdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi. Burchakdan uzatilgan to‘pni Vellenroyter egallab oldi
52'
Feliks Plat "Real" jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi. Karvaxal unga nisbatan o‘yin qoidasini buzayotgandek ko‘ringandi, ammo himoyachi bu harakatini o‘z vaqtida to‘xtatdi va keyinchalik Pepe to‘pni undan olib qo‘ydi.
50'
Chap burchakka yaqin joydan uzatilgan to‘pni Kasilyas egallab oldi
48'
Benzema jarima maydonchasi tashqarisida jamoadoshi bilan "devor" o‘ynab, ichkariga kirmoqchi bo‘lganida yiqildi, hakam bu yerda qoidabuzarlik bor deb hisoblamadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Shalke-04" - "Real Madrid" - 0:1. Tanaffus.
45+2'
Ronaldu deyarli maydon markazidan belgilangan jarima to‘pini to‘g‘ri darvoza tomon tepdi. Noaniq
45+2'
Roman Noyshtedter ogohlantirildi, Benzemani futbolkasidan tortib qolgani uchun
45+1'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
45+1'
BUrchak to‘pidan keyin Isko jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba berdi
45'
Beyl o‘ng qanotdan ochilgan Ronalduni to‘p bilan ta’minladi. Krishtianu jarima maydonchasi ichiga kirgan Benzema tomon pas berdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
44'
Shupo-Moting chap qanotda Karvaxaldan chiroyli o‘tib ketdi, biroq jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan jamoadoshiga pas berayotganida Kroos to‘pni olib qo‘ydi
41'
Bu safar o‘ng qanotdan Beyl jarima maydonchasiga kirib keldi va to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Biroq Atkinson to‘p Ronaldudan maydonni tark etganini ko‘rsatdi. Tabiiyki, bundan Ronalduning jahli chiqdi
39'
Uuuuuh, Ronaldu! Markaz bo‘ylab yuqoridan uzatilgan to‘pni Krishtianu jarima maydonchasi ichida qabul qilish chog‘ida darvozabon ham oldinga chiqib keldi. Krishtianu o‘ng tomonga to‘pni olib o‘tdi, ammo maydonda olib qola olmadi...
38'
O‘ng qanot uzatilgan to‘pni Varan qaytarib yubordi
35'
Vuuuuh, Vellenroyter! Ronalduning zarbasi juda xavfli bo‘ldi. Darvozabon yuqori burchakka yo‘naltirilgan zarbani qaytardi. 19 yoshli darvozabon uchun juda yaxshi seyv!
34'
Bugun Kevin-Prins Boateng "Real" hujumchisi Krishtianuga nisbatan juda qo‘pol o‘ynamoqda. Hozirgi xatti-harakati uchun u sariq kartochka bilan jazolandi. Darvozagacha 25 metrlardan jarima zarbasi
33'
Xuntelaar jarohat oldi. Uning o‘rniga Feliks Platt tushirildi
31'
VUuuuuh! Kroos maydon markazidan uzatma berib, Benzemani deyarli birga bir vaziyatga chiqardi. Karim jarima maydonchasi kirar kirmas zarba berdi. To‘p Kellenroyterning oyog‘iga tegib, darvoza tomon yumalayotgandi, posbon ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi
30'
Yana Karvaxal tomonidan o‘ng qanotdan uzatilgan to‘pga Ronaldu chalqancha uslubda zarba yo‘llashga harakat qildi. To‘p uning oyog‘iga tegmay qoldi
26'
GOOOOOOOOL! Ronalduuuuu! 0:1! Karvaxal jarima maydonchasi o‘ng burchagidan to‘pni havolatib darvozabon maydonchasi yaqiniga uzatdi. Krishtianu bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi!
15'
Vuuuuh! Xuntelaaaaar! 23 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Kasilyas qiyinchilik bilan zarbani bartaraf etdi!
24'
Ronaldu jarima maydonchasi chap burchagidan zarba yo‘lladi. Noaniq
20'
Ispaniyaliklar chap qanotda yolg‘iz qolgan Aogoni ko‘zdan qochirishdi. Natijada o‘ng tomondan tashkil qilingan hujum natijasida to‘p Dennisga yetkazildi. Aogo 15 metrlardan chap oyoqda zarbani o‘ta noaniq yo‘lladi
18'
Lukas Silva 25 metrlardan zarba yo‘llashga qaror qildi. Aniqlik yetishmadi
17'
Aogo maydon markazida to‘pni madridlik futbolchidan olib qo‘ydi va Xuntelaarni birga bir vaziyatga chiqarayotganida Varan to‘pni to‘xtatib qolishga ulgurdi
16'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Samarali chiqmadi bu urinish
14'
Lukas Silva jarima maydonchasi tashqarisida o‘yin qoidasini buzdi. Dennis Aogo yo‘llagan zarba Pepening boshiga tegib qaytdi
11'
Agar o‘xshatish lozim bo‘lsa, "Shalke" kecha "Bunyodkor" taktika asosida o‘ynamoda. Futbolchilar zich mudofaa chizig‘ini hosil qilib, to‘pni egallagan zahoti tezkor qarshi hujumga o‘tishga harakat qilishmoqda.
10'
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Kasilyas egallab oldi
9'
Toni Kroos sariq kartochka oldi. "Shalke"ning tezkor qarshi hujumini to‘xtatgani uchun
6'
"Real" mezbonlar jarima maydonchasiga yaqinlashib kelmoqda. O‘ng tomondan darvozabon maydonchasi tomon uzatmani himoyachilar qaytarishdi
4'
Karim Benzema ofsaydda qoldi. Umuman olganda, to‘p mehmonlarda, "Shalke" asosan himoyalanmoqda
2'
Ronaldu himoyachi oldida oyog‘ini baland ko‘targani uchun xavfli o‘yin qayd etildi
1'
O‘yin boshlandi! "Shalke" to‘pni o‘yinga kiritdi
'
"Shalke" ko‘k-oq, "Real" esa och qizil rangli futbolkalarda o‘ynaydi
'
Darvoqe, jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lgan Pepe bugun boshlang‘ich tarkibga kiritilgan
'
Chempionlar ligasi madhiyasi yangrab o‘tdi.
'
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishdi
'
Xabaringiz bor, o‘tgan mavsumda ham ushbu jamoalar pley-off bosqichida to‘qnash kelishgandi. Anchelotti shogirdlari germaniyaliklardan juda osonlik bilan o‘tib ketishgandi. Bu safar bunday bo‘lmasligini barcha tushunib turibdi. "Madrid" muxlislarini bir narsa qiziqtirmoqda: jamoa yanvar oyi va fevral boshidagi nursiz o‘yinlardan keyin qanchalik o‘sishga erishmoqda? Ayniqsa, bir nechta jarohatlar fonida zaxira tarkibi ularning o‘rnini qanchalik bosa oladi
'
"Shalke" - "Real" o‘yinidan tashkil etilayotgan matnli onlayn translyasiyani kuzatib borishga barchangizni taklif etamiz
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.