Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

26-tur, 22 fevral, soat 21:15. Bosh hakam: Kevin Frend

SAUTGEMPTON

0 : 2

LIVERPUL

Koutinyo (3)
Sterling (73)
JAMOALAR TARKIBI
23.Forster
6.Fonte
33.Targett
2.Klayn
3.Yoshida
10.Devis
12.Vanyama
15.Jurichich
16.Uord-Prouz
22.Elia
19.Pelle
  22.Minyole
23.Emre Jan
37.Shkrtel
Lovren
20.Lallana
24.Jo Allen
10.Koutinyo
31.Sterling
50.Markovich
14.Xenderson
33.Jordan Ayb
SARIQ KARTOCHKA
Vanyama (63)
 
Lovren (43)
Alberto Moreno (77)

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat. Bugun 01:00da boshlanadigan "Elche" - "Real" o‘yinidan matnli onlayn translyasiyani o‘tkazib yubormang
90+5'
O‘yin yakunlandi! "Liverpul" katta ahamiyatga ega bo‘lgan o‘yinda YECHL yo‘llanmasi uchun asosiy raqibi maydonida g‘alaba qozondi. Intriga yana oshdi
90+1'
Starrij o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va zarba yo‘lladi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Vuuuuh! Jarima zarbasidan mezbonlar yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. Himoyachilar to‘pni jarima maydonchasi tashqarisiga qaytarishdi. To‘p yana ichkariga qaytarildi. "Sautgempton"ning 4-raqamli futbolchisi to‘pni ko‘kragi bilan qaytardi va chalqancha uslubda zarba yo‘lladi. Minyolega to‘p nasib etdi
89'
Mane shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i yaqinida jarima zarbasi ishladi. Jo Allen fol ishlatdi
87'
Vuuh! Starrij chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, to‘pni qabul qildi va bir himoyachini chalg‘itib, zarba berdi! Forster to‘pni ushlab oldi
82'
"Liverpul" himoyachisi Jonson jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
78'
Tadich jarimadan kuchli zarba yo‘lladi. To‘pni Minyole egallab oldi!
77'
Alberto Moreno ogohlantirish oldi. Raqib futbolchisini ortidan chalib yiqitgani uchun
73'
GOOOOOOOOL! Rahim Sterling! 0:2! Himoyachilarnig ketma-ket xatolari evaziga "Liverpul" o‘zining ikkinchi golini urdi. Mehmonlar to‘pni olib qo‘yishdi va Sterling chap qanotdan oldinga o‘tgan Morenoga pas berdi. Uning uzatmasini qaytarish chog‘ida himoyachi sirpanib ketdi va to‘p Sterlingga kelib tushdi. Rahimning zarbasini darvozabon qaytara olmadi!
71'
Starrij jarima maydonchasi ichida bir futbolchini aldadi va darvozabon maydonchasi burchagida ikkinchisi aldayotganida himoyachi to‘pga oyoq qo‘yib qoldi!
70'
Futbolchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba yo‘llamasdan, jarima maydonchasining o‘ng tomonda ochiq turgan Jurichichga uzatdi. Ammo futbolchi bu uzatmani kutmagandi, to‘pni maydonda olib qola olmadi
69'
"Sautgempton" jarima zarbasi ishladi. Darvozagacha 25 metr masofa bor
66'
Sterling chap qanotdan jarima maydonchasi sari uzatmani kuchli tarzda amalga oshirdi. To‘p Xendersonning oyog‘idan yuqoriga ko‘tarildi va uni Minyole egallab oldi
65'
Jamoadoshlaridan uzatmani qabul qilgan Mane chap qanotdan jarima maydonchasi kirdi, ammo himoyachini aldash chog‘ida to‘pni yo‘qotdi
63'
Vanyama sariq kartochka oldi
62'
"Liverpul"da o‘zgarish: Adam Lallana o‘rniga Daniel Starrij tushirildi
57'
Juda ko‘p holatlarda Jordan Ayb o‘z qanotidan to‘p bilan oldinga o‘tmoqda, ammo aksariyat vaziyatda to‘pni yo‘qotmoqda. unga tajriba yetishmayapti
51'
"Sautgempton" futbolchisi maydon markazidan jarima zarbasini to‘g‘ri jarima maydonchasiga yetkazdi. Minyole to‘pni egallab oldi
50'
Mezbonlar jarima maydonchasi tashqarisida bir tepar uslubda yaxshi o‘ynashdi. Yakuniy zarbani Grasiano Pelle 20 metrlardan yo‘llashga qaror qildi. Zarba aniq chiqmadi
49'
"Sautgempton" burchak zarbasi ishladi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Sautgempton" - "Liverpul" - 0:1. Tanaffus
45+1'
Burchak zarbasi o‘yinga kiritilganidan keyin "Sautgempton" futbolchilari ketma-ket bir necha marta darvoza tomon zarba berishdi. Himoyachilar va darvozabon ularning barchasni qaytarishdi!
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
44'
Vuuuuuuh! Olis masofadan uzatilgan uzatma natijasida Elia birga bir vaziyatga chiqdi. Hujumchi to‘pni darvozabonning ustidan oshirmoqchi bo‘lganida Minyole to‘pni ko‘kragi bilan qaytarib, keyin maydonning raqib tomoniga tepib yubordi!
43'
Lovren sariq kartochka oldi. U qarshi hujumga o‘tayotgan raqib futbolchisini maydon markazida chalib yiqitdi
41'
Xenderson jarima zarbasini o‘yinga kiritdi. To‘pni mezbonlar qaytarishdi
41'
O‘ng burchakdagi bayroqcha oldidan Jordan Ayb yiqitildi. Jarima zarbasi
39'
Mezbon futbolchisi mehmonlar jarima maydonchasi yaqinida to‘pni olib qo‘ydi, ammo jarima maydonchasiga kirib borgan ikki jamoadoshiga to‘pni aniq yetkaza olmadi
36'
"Sautgempton" o‘ng qanotdan jarima zarbasini o‘yinga kiritdi. Markovichga nisbatan o‘yin qoidasi buzilgani o‘yin to‘xtatildi
35'
Kuman jamoasi hujum qilayotganida "Liverpul" yaxshi himoyalanmoqda
31'
Hakam "Sautgempton" darvozasiga penalti belgilamadi! Sterling jarima maydonchasi ichida himoyachini aldayotganida, mudofaa vakili sirpanib borib Rahimni chalib yiqitgandi!
28'
Mezbonlar o‘ng qanotda jarima zarbasini ishlashdi
26'
Elia jarima maydonchasinnig o‘ng tomonida to‘pni qabul qildi va darvoza yaqiniga uzatishda xatoga yo‘l qo‘ydi
35'
So‘nggi 5 daqiqadan buyon to‘p bilan ko‘proq mersisaydliklar muomalada bo‘lishmoqda
20'
Yomg‘ir yog‘ayotganiga qaramay, o‘yin juda yuqori tempda davom etmoqda
18'
Ayb to‘pni Lallanaga uzatib, o‘zi o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, ammo bir himoyachini aldab o‘tganidan keyin to‘pni o‘zidan qochirib yubordi va u maydonni tark etdi
15'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Minyole egallab oldi
13'
Mezbonlar bitta hujum paytida har ikkala qanotdan bir martadan uzatmani amalga oshirdi. Ammo hujumchilar darvoza tomon zarba bera olishmadi
11'
O‘ng qanotdan oldinga o‘tayotgan Klaynni Markovich chalib yiqitdi. Jarima zarbasi o‘yinga kiritildi. To‘p hech kimga tegmasdan qarama-qarshi qanotga o‘tib ketdi
9'
Uord-Prouz tomonidan jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llangan zarba aniq chiqmadi
4'
Vuuuuuuh! "Sautgempton" hisobni tenglashtirishiga bir bahya qoldi! Hujumchilardan biri jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilib, chap tomonda turgan sherigiga uzatdi. Elianing zarbasi darvozabonning oyog‘iga tegib, ustun yonidan o‘tib ketdi!
3'
GOOOOOOOL! Koutinyo! Supergol! "Liverpul" yarim himoyachisi 25 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p to‘singa tegib, yerga urilib, so‘ng chiziqni kesib o‘tdi!
1'
Oho! Dastlabki hujumning o‘zidayoq olis masofadan yetkazilgan to‘pni qabul qilgan mezbonlar futbolchisi o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirib borib yiqildi. Emre Jan uning yelkasiga qo‘yishi bilan hujumchi yiqilishga qaror qildi. Hakam penalti belgilamadi!
1'
O‘yin boshlandi!
'
"Sautgempton" oq-qizil yo‘l-yo‘l, "Liverpul" esa qora rangli formada harakat qiladi.
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi
'
Ushbu masalalarga bugungi o‘yin oydinlik kiritib beradi
'
Demak, bugun Kuman shogirdlari g‘alabaga erishib, yana 3-o‘ringa chiqib olishlari mumkin. Shuningdek, "Liverpul"da ham "Tottenxem"dan o‘tib ketib, "Sautgempton"ga maksimal yaqinlashib imkoniyati mavjud
'
APLda "Chelsi" (60 ochko), "Manchester Siti" (55)dan keyingi o‘rinlar uchun, xususan, YECHLga yo‘llanma beradigan qolgan 2ta o‘rin uchun 5ta jamoa o‘rtasida keskin kurash kechmoqda. Ahamiyat bering: "Arsenal" - 48, "MYu" - 47, "Sautgempton" - 46, "Tottenxem" - 44, "Liverpul" - 42 ochkoga ega
'
APLda 26-tur o‘yinlari yakuniga yetib bormoqda. "Sautgempton" va "Liverpul" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan tashkil etilayotgan matnli onlayn translyasiyani kuzatib borishga taklif etamiz
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.