Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

24-tur, 23 fevral, soat 01:00. Bosh hakam: Iglesias Vilyanueva

ELCHE

0 : 2

REAL MADRID

Karim Benzema (56)
Krishtianu Ronaldu (69)
JAMOALAR TARKIBI
25.Pshemislav Titon (D)
02.Damian Suares
03.Enso Roko
04.David Lomban
21.Edu Albakar
07.Aaron Niges
08.Adrian Gonsales
24.Mario Pashalich
20.Faykal Fayr
22.Jonatas
17.Viktor Rodriges
  01.Iker Kasilyas (D)
03.Pepe
02.Rafayel Varan
12.Marselo
15.Daniel Karvaxal
16.Lukas Silva
23.Isko
11.Garet Beyl
08.Toni Kroos
07.Krishtianu Ronaldu
09.Karim Benzema
ZAHIRA
01.Manu Errera (D)
05.Domingo Sisma
36.Rafayel Galves
10.Koro
19.Alvaro Ximenes
09.Kristian Errera
  13.Keylor Navas (D)
17.Alvaro Arbeloa
18.Nacho Fernandes
24.Asyer Ilyaramendi
26.Alvaro Medran
14.Xavyer Ernandes
20.Xese
SARIQ KARTOCHKA
Edu Albakar (24)
Jonatas (41)
Aaron Niges (52)
Enso Roko (71)
 
Marselo (38)

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat!
'
"Madrid" navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ronaldu La ligada 6ta o‘yindan iborat golsizlikka chek qo‘ydi va o‘zining chempionatdagi 29-golini urdi. "Real" "Barsa" bilan oradagi farqni 4 ochkoga yetkazib oldi
90+3'
O‘yin yakunlandi. "Elche" - "Real" - 0:2.
90+3'
"Real"da o‘zgarish: Benzema o‘rniga Xese Rodriges tushirildi
90+1'
Vuuuh! Chap qanotdan berilgan uzatmaga Ronaldu, o‘ng qanotdan uzatmaga Beyl yeta olmadi!
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
89'
"Real"da o‘zgarish: Isko o‘rniga Arbeloa tushirildi
88'
"Elche"ning hujumi samarasiz chiqdi. Madridliklar yaxshi himoyalanishmoqda
85'
Vuuuh, Kasilyas o‘z darvozasi oldida hujumchini aldashga qaror qildi va to‘pni oldirib qo‘yishiga sal qoldi...
85'
Jarima maydonchasi chap burchagidan berilgan uzatmani Kasilyas egallab oldi
84'
"Real"da o‘zgarish: Luka Silva o‘rniga Ilyaramendi tushirildi
82'
Mezbonlarning hujumi paytida hujumchilar imkoniyatdan foydalana olishmadi
81'
"Elche"ning hujumi paytida to‘p Gari Rodrigesning qo‘liga tegdi
77'
Karvaxal - Benzema kombinasiyasidan keyin Karim darvozabon maydonchasi o‘ng burchagidan narigi tomondagi Ronalduga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni to‘xtatib qoldi
75'
"Elche"da o‘zgarish: Pashalich o‘rniga Rafael Galves tushdi
72'
Ronaldu jarima zarbasi yerlatib yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi!
71'
Enso Roko jarima maydonchasi tashqarisida Ronaldu turtib yiqitgani uchun ogohlantirish oldi
69'
GOOOOOOOL! Krishtianu Ronalduuuu, 0:2! Isko chap qanotdan bir himoyachidan qochdi va to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Ronaldu davrozagacha 9 metrlardan bosh bilan zarba berib, jamoasining ikkinchi goliga muallifliq qildi!
67'
Ronaldu bu safar o‘ngdan chap qanotdagi Beylga pas berdi. Garet bir himoyachidan qochib darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Krishtianu yaqin masofadan to‘pni darvozaga bura olmadi
63'
"Elche"da o‘zgarish: Niges o‘rniga Gari Rodriges tushirildi
62'
Oho, yaxshi! Ronalda olis masofadan zarba yo‘llashga qaror qildi. Yerga urilib sakrab borgan to‘pni "Elche" posboni ikkinchi urinishda egallab oldi
61'
Burchakdan yetkazilgan to‘pni Titon egallab oldi
61'
Ronaldu chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va burchak to‘pi ishladi
59'
Vuh! Marselo ketma-ket futbolchilarni aldab jarima maydonchasiga kirib keldi, zarba berishga chog‘lanayotganida to‘pni yo‘qotdi
56'
GOOOOOOL! Karim Benzemaaaa! 0:1! Ronaldu chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va darvozabon maydonchasiga pas berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi, ammo to‘p darvozabonga tegib, bo‘sh darvoza chizig‘i oldida turgan Benzemaga kelib tushdi va Karim hisobni ochdi!
53'
Jarima zarbasi hech kimga tegamay, narigi qanotga o‘tib ketdi. Takroriy hujum paytida Isko jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Noaniq
52'
Oy-oyyyy! Hakam Aaron Nigesni ayadi! U juda xavfli podkat orqali Beylnnig oyog‘iga tik oyoq bilan tashlanib, Garetni yiqitdi! Bor-yo‘g‘i sariq kartochka
50'
Bu safar Karim Benzema ofsaydda to‘pni qabul qildi
49'
Beyl ofsaydda qoldi
47'
Burchak to‘pi mehmonlar uchun xavfli bo‘lmadi
47'
Vuuuh! "Elche" hsobni ochishiga sal qoldi! O‘ng qanotdan tashkil etilgan hujum natijasida Niges o‘tkir burchak ostida jarima maydonchasi ichida kuchli zarba yo‘lladi. To‘p Kasilyasnng qo‘lidan maydonni tark etdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Anchelotti shogirdlari birinchi bo‘limda juda yaxshi o‘ynashdi. Ammo ularga biroz omad yetishmadi.
'
"Elche" - "Real" - 0:0. Mezbonlar nomdor raqibning hamlasiga birinchi bo‘lim davomida dosh bera olmadi. Tanaffus.
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi.
45+1'
Krishtianu jarima maydonchasi tashqarisida yiqildi, hakam unga ishonmadi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
44'
Oho! "Elche" qarshi hujumga ko‘pchilik bo‘lib o‘tdi. Mario Pashalich darvoza ro‘parasida to‘pni qabul qildi va o‘zi zarba yo‘llashga qaror qildi. U chap qanotda ochiq turgan jamoadoshiga pas berishi ham mumkin edi. Zarbaga esa aniqlik yetishmadi
41'
Jonatas ogohlantirish oldi
40'
Ehhhhhh, hakamlar Benzemaning juda chiroyli golini bkor qilishdi! Beyl jarima maydonchasi burchagidan uzatma berdi. Karim darvozagacha 6-7 metrlardan chalqancha uslubda to‘pni to‘rga yo‘llagandi. Laynsmen ofsayd qayd etdi. Takroriy lavhada Karim so‘nggi himoyachi bilan bir chiziqda turgani ko‘zga tashlandi
39'
Yon chiziqdan otib berilgan to‘pni Albakar jarima maydonchasi tashqarisidagi Jonatasga qoldirdi. Uning zarbasini himoyachi qaytardi!
38'
Marselo to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun ogohlantirish oldi
35'
"Real" maydon markazida to‘pni egallab, tezkor qarshi hujumga o‘tdi. Jarima maydonchasi chizig‘i ustidagi Ronaldu tomon berilgan pas aniq bo‘lmadi
34'
Karvaxalning uzatmasidan keyin Beyl jarima maydonchasida darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqdi, ammo ofsayd qayd etildi
33'
Varan qaltis harakat qildi! Chap qanotdan uzatma berilgan paytda Rafael to‘pni darvozabon egallaydi deb o‘ylab o‘tkazib yubordi. Hujumchi to‘pga yugurdi, ammo unga biroz yeta olmadi. Aks holda juda xavfli vaziyat yuzaga kelardi...
32'
"Elche" futbolchisi chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma bergan paytda Pepe markaziy hujumchiga to‘pni oldirib qo‘yishiga sal qoldi
31'
Jonatas bilan to‘p uchun kurashda Varan jarohat oldi. Unga shifokorlar yordam ko‘rsatishmoqda
30'
Isko jarima maydonchasi chap burchagidan o‘ng oyoqda zarba yo‘lladi. Titon to‘pni egalladi
29'
Maydon markazidan belgilangan jarima zarbasini mezbonlar raqib jarima maydonchasiga yetkazishdi. Iker to‘pni egallab oldi
27'
Marseloning deyarli maydon markazidan uzatmasidan keyin Benzama birga bir vaziyatga chiqishi mumkin edi, ammo to‘pni to‘xtata olmadi. Boz ustiga, Karim ofsaydda qolgan ekan
25'
O‘ng qanotda belgilangan jarima zarbasini Beyl amalga oshirdi. Krishtianu bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi!
24'
"Elche" himoyachisi Edu Albakarga sariq kartochka ko‘rsatildi
23'
"Elche"ning hujumi paytida o‘ng qanotdan jarima maydonchasi tomon yetkazilgan to‘p rekoshet natijasida Kasilyas qo‘liga borib tushdi
21'
Mezbonlar yaxshi qarshi hujum tashkil qilishdi. Ammo jarima maydonchasi yaqiniga uzatilgan pas aniq bo‘lmadi. Futbolchi bu uzatmaga yetib kela olmadi
19'
Ehhh, Ronalduuuuu! Bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni yo‘llash o‘rniga u tushunarsiz harakat qildi. Na zarba yo‘lladi, na Beylga aniq pas berdi. To‘p himoyachiga bordi va xavf bartaraf etildi
18'
Ronaldu raqib jarima maydonchasi ichida yiqilib yotibdi, penalti qayd etilmadi
17'
Vuuuuuh! Ronaldu Van Basten uslubida gol urishiga sal qoldi! Marseloning chap qanotdan bergan uzatmasini Krishtianu o‘tkir burchak ostida yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. To‘p darvozabondan o‘tdi, ammo olis ustun yonidan o‘tib ketdi!
16'
Mezbonlar futbolchisi chap qanotdan "Real" jarima maydonchasiga havodan pas bermoqchi bo‘ldi, to‘p maydonni tark etdi
14'
Vuuuh! Ronaldu darvozagacha 23 metrlardan zarba yo‘lladi. Titon seyv namoyish qilib, to‘p maydon tashqarisiga urib yubordi.
12'
"Elche" tomonidan uyushtirilgan hujum natijasida to‘p ilk marta Kasilyas qo‘liga yetib bordi
11'
Vuuuuuuuh! Iskoning chap qanotdan uzatmasidan keyin Karim birga bir vaziyatdan to‘pni darvoza tomon burdi. To‘p darvozabonga tegib qaytdi. Ronalduning zarbasi ham Titonning ko‘kragiga tegib qaytdi. Laynsmen esa ofsayd qayd etdi
10'
Beyl maydon markazida to‘ni egallab, o‘ng qanot bo‘ylab oldinga o‘tdi va jarima maydonchasiga kirib keldi. Burchak to‘pi ishladi
9'
To‘p burchakdan o‘yinga kiritilganidan so‘ng Benzema o‘yin qoidasini buzdi
9'
Marseloning uzatmasidan keyin Ronaldu to‘pni jarima maydonchasi ichida qabul qildi va jamoadoshiga pas berayotganida himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi
7'
Benzema chap qanotda himoyachidan qochib ketdi va jarima maydonchasiga kirib, darvozabon maydonchasiga yaqinlashib kelgan Ronaldu tomon pas berdi. Himoyachi to‘pni yon tomonga tepib yubordi
4'
Vuuuuuuuh! Ronalduuuuu! Mehmonlarning pressingi oqibatida "Elche" himoyachilari to‘pni Benzemaga berib qo‘yishdi. Karim jarima maydonchasiga chap tomondan kirgan Ronalduga berdi. Krishtianu esa to‘pni o‘ng oyog‘iga to‘g‘irlab, olis burchak tomon zarba berdi. To‘p darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi!
3'
Maydon markazidan uzatilgan pasdan keyin Beyl darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqdi va to‘pni uning ostidan oshirib, gol urdi. Ammo Garet ofsaydda qolgandi
2'
Beyl raqib jarima maydonchasi ichida Albakarga nisbatan fol ishlatdi
1'
O‘yin boshlandi. To‘pni o‘yinga mehmonlar kiritib berishdi
'
O‘yin 1 daqiqalik sukut saqlash bilan boshlanadi
'
"Elche" oq-yashil, "Real" esa qora rangli formada harakat qiladi
'
Futbolchilar maydonda saf tortishdi
'
"Barselona" kecha yutqazib qo‘yganidan keyin "Madrid" ochkolar orasidagi farqni 4 ochkoga yetkazib olish imkoniyatiga ega
'
Qadrli futbol muxlislari. Yana 15 daqiqadan so‘ng "Elche" va "Real" jamoalari o‘rtasidagi La liganing 14-tur bahsi boshlanadi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.