Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Osiyo chempionlar ligasi
| «V» guruhi, 1-tur. 24 fevral, soat 16:30. Bosh hakam: Toma Masaaki (Yaponiya) | ||
PAXTAKORKaxi Maxaradze (48)
Igor Sergeev (85) |
2 : 1 |
NAFT TEHRONAli Qurboniy (59)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
12.Aleksandr Lobanov 2.Egor Krimes 4.Adnan Oraxovas 5.Akbarjon Ismatullayev 7.Kaxi Maxaradze 8.Sherzodbek Karimov 10.Jamshid Iskanderov 11.Igor Sergeev 23.Aleksandr Merzlyakov 24.Davronbek Hoshimov 28.Stanislav Andreev |
1.Alirizo Beyranvand 2.Mehdi Shiri 5.Amin Najmuhammadiy 6.Alirizo Izzatiy 9.Vohid Amiriy 10.G‘ulomrizo Rizoiy 11.Kamoliddin Kamyabina 13.Vohid Hamdinajod 20.Leandro Padovani 23.Iman Mobaliy 31.Ali Qurboniy |
|
| ZAHIRA | ||
|
1.Nikita Ribkin 6.Murod Xolmuhammedov 9.Jaloliddin Masharipov 15.Javohir Sohibov 16.Navro‘z Alimov 18.Bahodir Pardayev 29.Vladimir Kozak |
4.Siamak Kurashiy 7.Hussayn Ibrohimiy 14.Sayid Lutfiy 16.Bozar Abbos 27.Arash Rizovand 66.Murtazo Puraliganjiy 77.Arsalan Mutahhariy |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Ali Qurboniy (59)
|
Vohid Amiriy (41)
|
|
| QIZIL KARTOCHKA | ||
|
Sherzod Karimov (51)
|
||
Matn
| ' | ![]() |
E’tiboringiz uchun rahmat! G‘alaba muborak bo‘lsin! |
| 90+5' | ![]() |
O‘yin yakunlandi! "Paxtakor" g‘alaba qozondi! Bir kishi kam bo‘lib o‘ynab, g‘alaba qozondi! Tabriklaymiz! |
| 90+4' | ![]() |
"Naft" burchak to‘pini o‘yinga kiritishganidan keyin "Paxtakor" davrozasi oldida taxlikali vaziyat yuzaga keldi. Barchasi xayrli tugadi biz uchun! |
| 90+3' | ![]() |
"Naft"da o‘zgarish: G‘ulomrizo Rizoiy o‘rniga Siamak Kurashiy tushirildi |
| 90+2' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shilgani ma’lum qilindi. Uning yarmi ortda qoldi |
| 90+2' | ![]() |
Olis masofadan yo‘llangan zarba davroza ustidan o‘tib ketdi |
| 90+1' | ![]() |
Vuuh! Masharipov yetkazib bergan to‘pga Sergeev biroz yeta olmadi. To‘pni darvozabon egallab oldi |
| 90' | ![]() |
Hakam darvozamizga burchak to‘pini belgilashda xatoga yo‘l qo‘ydi. Yetkazilgan to‘pni Lobanov egallab oldi |
| 89' | ![]() |
"Naft" futbolchisi chalqancha uslubda zarba berish chog‘ida to‘pni bosh bilan qaytargan Oraxovasning yuziga tepib yubordi. O‘yin to‘xtatildi |
| 87' | ![]() |
Olis masofadan jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani hujumchi bosh bilan ortga o‘tkazdi. Lobanov to‘pni egallab oldi |
| 86' | ![]() |
Chap qanotdan yo‘llangan zarbani Lobanov egallab oldi |
| 85' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Igor Sergeeeeevvv! 2:1! Vladimir Kozak jarima zarbasini juda kuchli va aniq yo‘naltirdi. DAvrozabon to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi va Igor qaytgan to‘pni darvoza to‘riga joyladi! |
| 85' | ![]() |
Yana bir standart! Eronlik futbolchi to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi |
| 83' | ![]() |
Ehhhhhh, "Paxtakor"ning birdaniga 4 nafar futbolchisi to‘pni darvozaga yo‘llay olmadi! Kozak chiroyli tarzda havodan uzatma bergandi. Masharipov va Sergeev bir biriga xalal berib qolishdi! |
| 83' | ![]() |
Sergeev chap qanotdan jarima zarbasi ishladi |
| 82' | ![]() |
Ehhhh, Kozak texnikaga emas, kuchga tayandi jarima zarba berish chog‘ida. Ancha balanddan o‘tib ketdi to‘p... |
| 80' | ![]() |
Shundoqqina jarima maydonchasi ostonasida eronlik himoyachi Maxaradzeni chalib yiqitdi. Jarima zarbasi! |
| 79' | ![]() |
Yaxshiiii! Jaloliddin chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Sergeev 12 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi! |
| 79' | ![]() |
"Naft"da o‘zgarish: Vohid Amiriy o‘rniga Bozar Abbos tushirildi |
| 78' | ![]() |
Mehmonlar futbolchisi jarima maydonchasi burchagidan chalqancha uslubda zarba yo‘lladi. Noaniq |
| 78' | ![]() |
"Paxtakor" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Davrozabon musht bilan to‘pni qaytardi. Ismatullayev yo‘llagan zarbani darvozabon qayta egallab oldi |
| 76' | ![]() |
Olis masofadan yo‘llangan zarbani Lobanov qiyinchilik bilan qaytardi va egallab oldi |
| 76' | Demak, takroriy lavhaga ko‘ra, Sherzod Karimov to‘qnashuvdan keyin raqibga nisbatan yaxshi ish qilmaganga o‘xshadi... | |
| 75' | ![]() |
"Naft" futbolchisi tomonidan olisdan yo‘llangan zarba noaniq bo‘ldi |
| 74' | ![]() |
Krimes 35 metrlardan jarima zarbasini yo‘lladi, ancha noaniq |
| 73' | ![]() |
Mobaliy olis masofadan yo‘llagan zarbani darvozabon egallab oldi |
| 72' | ![]() |
"Naft"da o‘zgarish: Ali Qurboniy o‘rniga Arsalan Mutahhariy maydonga tushirildi |
| 72' | ![]() |
"Paxtakor" yaxshi hujum tashkil kilayotgandi, ammo Maxaradze pas berishda biroz kech qoldi va Merzlyakov ofsaydda qoldi |
| 70' | ![]() |
Merzlyakovning chap qanotdan uzatmasidan keyin to‘p yana Sergeevga yetib bordi. Qaytgan to‘pni futbolchilarimiz o‘ng qanotdagi Hoshimovga berishdi va Davronning kuchli zarbasiga aniqlik yetishmadi... |
| 68' | ![]() |
Ehh, Sergeeeev! Merzlyakov chap qanotdan yetkazgan to‘pni Igor oyog‘i bilan qaytardi. Ammo zarba berishga chog‘langunga qadar, himoyachi undan to‘pni olib qo‘ydi! |
| 66' | ![]() |
"Paxtakor"da ikkinchi o‘zgarish: Jamshid Iskandarov o‘rniga Jaloliddin Masharipov tushirildi |
| 66' | ![]() |
To‘p nazorati to‘laligacha "Naft" tomonida. Vakillarimiz himoyalanishga majbur |
| 62' | ![]() |
Vuuuuh! Mehmonlar qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga kirib kelib, chap tomondan darvozabon maydonchasiga uzatma berildi. Qurboniy 5 metrdan bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 62' | ![]() |
Tashabbus tehronliklar tomonida |
| 59' | ![]() |
GOOL! Ali Qurboniy, 1:1! Krimes hujum tomon yetkazilgan uzatmani o‘tkazib yubordi va Qurboniy jarima maydonchasi chizig‘i ustida zarba yo‘llab, darvozani ishg‘ol qildi! |
| 58' | ![]() |
Yuqoridan yetkazilgan uzatmani posbonimiz egallab oldi |
| 57' | ![]() |
"Naft" chap qanotdan belgilangan jarima zarbasini amalga oshirishdi. Bosh bilan berilgan zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 57' | ![]() |
"Paxtakor"da dastlabki o‘zgarish: Stanislav Andreev o‘rniga Vladimir Kozak maydonga tushirildi |
| 55' | ![]() |
Ehhh, Sergeeev! Adreevning uzatmasidan keyin Igor darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib, jarima maydonchasiga kira solib zarba berishga ulgurmadi! Himoyachi unga xalal berib qoldi... |
| 54' | ![]() |
Eronlik hujumchi ofsaydda qolib ketdi. |
| 51' | ![]() |
Tushunarsiz holat! Yaponiyalik hakam Sherzod Karimovga qizil kartochka berdi! Maydon markazida havodagi to‘p uchun kurashda eronlik futbolchi bosh bilan to‘pni oldinga yo‘naltirdi. Yon tomondan to‘pga sakragan Sherzod raqib futbolchisiga kelib urildi. To‘g‘ri, qoida buzilishi bor, ammo bu qizil kartochkaga tortadigan vaziyat emasku! |
| 48' | ![]() |
GOOOOOOOOOOL! Kaxi Maxaradzeeeee, 1:0!!!!! Sherzod Karimov o‘ng qanotdan diagonal bo‘yicha harakat qildi va yuqoridan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Eronliklar ofsaydni yuzaga keltirishda xatoga yo‘l qo‘yishdi. Darvozabonga nisbatan chaqqonroq harakat qilgan Kaxi bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 46' | ![]() |
"Naft" futbolchisi maydon markazidan belgilangan jarima zarbasini to‘g‘ri darvoza tomon tepdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi! |
| ' | "Paxtakor"ning 3-daqiqadagi vaziyati gol bilan yakunlanganida o‘yin boshqacha tus olishi mumkin edi. Ammo bundan keyin tehronliklar himoyada o‘ta tartibli o‘ynashmoqda. | |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Paxtakor" - "Naft" - 0:0. Tanaffus |
| 45+1' | ![]() |
Vuuuuuuh! Lobanov "Paxtakor"ni muqarrar goldan qutqarib qoldi! Olis masofadan uzatilgan to‘p uchun kurashda Oraxovas tezlikda yutqazdi va "Naft" hujumchi jarima maydonchasi chizig‘i ustida darvozabon bilan yolg‘iz qoldi va to‘pni Aleksandr ustidan oshirishga harakat qildi. Lobanov zarbani qaytardi! |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Andreev 35 metrlardan zarba yo‘llashga qaror qildi. Regbi darvozasi bo‘lganida chiroyli gol bo‘lardi... |
| 42' | ![]() |
Jarima maydonchasiga uzatilgan to‘pga Igor yetib bora olmadi, to‘pni posbon egallab oldi |
| 41' | ![]() |
"Naft" futbolchisi Vohid Amiriy sariq kartochka oldi. U Hoshimovni qo‘li bilan tortib qoldi... |
| 41' | ![]() |
Vuuuh, Andreevning uzaatmasi Sergeevgacha yetib bormadi. Aks holda Igor birga bir vaziyatga chiqib ketardi |
| 39' | ![]() |
Babayan shogirdlari burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Xavfli vaziyat sodir bo‘lmadi |
| 38' | ![]() |
Uuuuuh! Eronlik futbolchi bosh bilan yo‘llagan zarbasni Lobanov ushlab oldi |
| 36' | ![]() |
Merzlyakov yana hujumga qo‘shildi va to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Himoyachi to‘pni qaytarib qoldi |
| 33' | ![]() |
Ismatullayev maydon markazidan jarima maydonchasi tomon bergan uzatmasiga Sergeev va Andreev yetib bora olishmadi |
| 32' | ![]() |
Vuuuh! Mehdi Shiri jarima maydonchasi ichida - o‘ng tomonda to‘pni qabul qildi va zarba yo‘lladi. Yaxshiyamki, zarba noaniq bo‘ldi |
| 30' | ![]() |
"Naft" futbolchilari tomonidan qo‘llanilayotgan pressing vakillarimizga muammo tug‘diryapti |
| 28' | ![]() |
Eh, Oraxovas, e’tiborsiz tarzda to‘pni Lobanovga yetkazdi. Buni poylayotgan hujumchi darhol to‘p tomon yugurdi. Darvozabonimiz bir amallab to‘pni tepib yuborishga ulgurdi |
| 26' | ![]() |
Merzlyakov chap qanotdan uzatma berdi. To‘p darvoza to‘ri ustiga yuqoridan kelib tushdi |
| 26' | ![]() |
Mehmonlarning braziliyalik futbolchisi Leandro Podavani o‘z butsasini almashtirishga majbur bo‘ldi |
| 25' | ![]() |
"Naft" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Vakillarimiz to‘pni egallab olib, markazdagi Iskandarovga yetkazishganida, Jamshid himoyachidan o‘tib keta olmadi |
| 24' | ![]() |
Chap qanotdan belgilangan jarima to‘pni Iman Mobaliy jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Murakkab vaziyatda Maxaradze to‘pni qaytarib qoldi... |
| ' | Mutlaqo tengma-teng o‘yin kechmoqda | |
| 22' | ![]() |
Jamoamiz yaxshi hujum tashkil qildi. Iskanderov-Sergeev-Andreev kombinasiyasidan so‘ng Stas chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib borayotgan Merzlyakovga pas berdi. HImoyachi to‘pni to‘xtatib qoldi |
| 20' | ![]() |
Forslar xavfli hujum tashkil qilishdi. Jarima maydonchasiga kirgan futbolchiiga to‘p yetkazildi. U esa o‘ng tomondagi jamoadoshlariga uzatma bergan paytda Merzlyakov to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 18' | ![]() |
Andreev himoyachidan to‘pni olib qo‘yishi natijasida qarshi hujumga o‘tayotgandi, biroq himoyachilar xavfni bartaraf etishdi. Tehronliklarning qarshi hujumi paytida Oraxovas raqibdan to‘pni olib qo‘ydi |
| 16' | ![]() |
"Paxtakor" tavakkal qilib, katta kuch bilan oldinga o‘tib ketmaganidan keyin forslar ham pozision hujum tashkil etishga harakat qilishdi. Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni himoyachilarimiz egallab olishdi |
| 13' | ![]() |
To‘p nazorati asosan paxtakorchilarda. "Naft" himoyada mustahkam o‘ynab, qarshi hujumga e’tibor qaratish taktikasini tanlagan |
| 11' | ![]() |
Mezbonlar o‘ng qanotdan hujum tashkil qilishdi. Himoyachilar Hoshimovga ham, Karimovga ham to‘pni jarima maydonchasiga uzatishga yo‘l qo‘yishmadi. Iskanderovning uzatmasini esa himoyachi egallab oldi |
| 8' | ![]() |
Andreev o‘z qanotidan havodan uzatma berdi. Darvozabon to‘pni egalladi |
| 7' | ![]() |
"Naft"ning xavfli hujumi: Amiriy chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib borib, to‘pni markazroqqa yetkazdi. Himoyachilarimiz to‘pni egallab olishdi va xavfni bartaraf etishdi |
| 6' | Maydonda har bir qarich yer uchun jiddiy kurash kechmoqda | |
| 3' | ![]() |
Vuuuuuuuh! "Naft"ni goldan darvoza to‘sini qutqarib qoldi! Burchak to‘pini o‘yinga kiritilganidan so‘ng darvozabon mushti bilan to‘pni qaytardi. Andreev zarba yo‘lladi, himoyachi qaytardi. Oraxovas yo‘llagan zarbada to‘singa tegib qaytdi. Qaytgan to‘pga Sergeev bosh bilan zarba berdi. Beyraynvand to‘pni ushlab oldi! |
| 2' | ![]() |
Vuuuuuh! "Paxtakor"ning xavfli hujumi! Andreev-Merzlyakov kombinasiyasidan keyin Aleksandr to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Himoyachi to‘pni jarima maydonchasi tashqarisiga qaytardi. Karimovning zarbasi himoyachiga tegib, ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| ' | "Paxtakor" oq, "Naft" sariq rangli formada maydonga tushib keldi | |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. |
| ' | ![]() |
O‘yin boshlanishiga 7 daqiqa qolmoqda. Afsus, stadinda "Paxtakor" fan-klubidan tashqari stadionda deyarli hech kim yo‘q. 4ta sektor to‘lgan xolos. |
| ' | Ikkinchidan, jamoa negadir bugungi o‘yin uchun zaxira tarkibiga ular darvozabonni kiritishmadi | |
| ' | ![]() |
"Naft" o‘z tarixida ilk marta OCHLda ishtirok etadi. Shu bois bo‘lsa kerak, ular tashkiliy jihatdan ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishmoqda. Jumladan, jamoa bosh murabbiyning viza uchun hujjatlarni O‘zbekistonga yubormasdan, to‘g‘ridan to‘g‘ri uchib kelishgan. Natijada murabbiy Toshkent aeroportida 8-9 soat qolib ketdi. |
| ' | Nisbatan sovuq va yomg‘irli havo muxlislarning stadionga tashrifiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi shekilli. Hozircha stadionning to‘lishi haqida hech qanday gap-so‘z yo‘q. 10 ming atrofida muxlis tashrif buyursa ham, "Paxtakor"ga ancha dalda bo‘lishardi. | |
| ' | OCHL guruh bosqichining o‘zbek klublari orasida birinchilardan bo‘lib "Paxtakor" boshlab beradi. Babayan shogirdlari bugun o‘z maydonlarida Tehronning "Naft" jamoasini qabul qilmoqda | |
| ' | Yurtimizda qishning so‘nggi kunlarida biroz sovuq havo hukmronliq qilayotgan bo‘lsa-da, qaynoqqina futbol mavsumi boshlanmoqda! | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|