Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo chempionlar ligasi

«A» guruhi, 1-tur, 24 fevral, soat 22:25. Bosh hakam: Muhammad Taqi al-Jafariy bin Jahariy (Singapur)

AN-NASR

Fabian Estoyanoff (51)

1 : 1

BUNYODKOR

Zabihillo O‘rinboyev (14)
JAMOALAR TARKIBI
22.Abdulloh al-Enaziy
4.Umar Ibrohim Usmon
7.Armando Vila
11.Fabian Larri Estoyanoff
12.Xolid al-G‘amdiy
13.Muhammad al-Bishi
14.Ibrohim G‘olib
15.Ahmad al-Fraydiy
24.Hussayn Sulaymoniy
27.Avad al-Faraj
86.Adrian Merzejevski
  45.Akbar To‘rayev
2.Akmal Shorahmedov
7.Shokir Zuagi
8.Javlon Ibrohimov
9.Sato Minori
13.Ivan Miloshevich
16.Artyom Filiposyan
17.Dostonbek Hamdamov
19.Zabihillo O‘rinboyev
21.Sardor Rashidov
48.Akromjon Komilov
ZAHIRA
32.Hussayn Shayan
2.Muhammad Hasan
8.Yahyo ash-Shehri
10.Muhammad as-Sahlaviy
16.Abdulaziz al-Jebriyn
26.Shaya Sharahli
99.Hassan ar-Rohib
  25.Murodjon Zuxurov
4.Xayrulla Karimov
11.Mirzohid G‘ofurov
14.Vohid Shodiyev
15.Obid Jo‘raboyev
20.Samir Bekrich
39.Eldor Shomurodov
SARIQ KARTOCHKA
 
Shokir Zuagi (16)
Sato Minori (60)
Javlon Ibrohimov (75)

Matn

'
Yana biroz daqiqalardan so‘ng boshlanadigan "Manchester Siti" - "Bunyodkor" o‘yinidan matnli onlayn translyasiyani boshlaymiz
'
"Bunyodkor" kuchli raqib maydonidan bir ochko bilan qaytadigan bo‘ldi. Yomon emas. Keyingi o‘yinlarda Lushchan jamoasiga omad tilaymiz.
90+5'
Singapurlik hakamning xushtagi yangradi va o‘yin yakunlandi!
90+3'
O‘ng qanotdan uzatilgan to‘pni Artyom bosh bilan qaytardi
90+2'
Yomon himoyalanmayapmiz
90+1'
Miloshevichga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Yana 3 daqiqa qoldi...
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi
89'
Burchakdan o‘yinga kiritilgan to‘pni himoyachilarimiz qaytarishdi. Fraydiyning olis masofadan zarbasi esa Bekrichga tegib, maydonni tark etdi
89'
Mezbonlar jarima zarbasini o‘yinga kiritishdi va burchak to‘pi ishlashdi
87'
Uhhh, Sulaymoniy Rashidovni aldab, jarima maydonchaga havodan pas berdi. Mezbon futbolchisi tomonidan berilgan bosh bilan berilgan zarba aniq bo‘lmadi, shunday bo‘lsa-da Miloshevich to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
86'
G‘ofurov chap qanotdan yuqoridan uzatma berganidan keyin to‘p himoyachining boshidan Enaziyga borib tushdi
85'
"Nasr"da o‘zgarish: Ahmad al-Fraydiy o‘rniga Yahyo ash-Shehriy tushirildi
84'
Bekrich chap qanotdan jarima maydonchaga havodan uzatma berdi. Markaziy himoyachi to‘pni bosh bilan qaytardi
82'
Mirzohid G‘ofurov himoyada to‘pni raqibga berib qo‘ydi va hujumchi jarima maydonchaga burchakdan kirar-kirmas kuchli zarba yo‘lladi! To‘rayev zarbani qaytardi!
80'
Yuqoridan yetkazilgan to‘pni avval himoyachilar qaytarishdi. Takroriy uzatma paytida To‘rayev egallab, hujumga asos soldi
80'
Bekrich qanotda o‘yin qoidasini buzdi
79'
"An-Nasr"da o‘zgarish: Adrian Merzejevski o‘rniga Hassan ar-Rohib tushirildi
78'
Rashidov darvozaning yaqin burchagiga to‘pni aylantirmoqchi bo‘ldi. Noaniq
78'
"Bunyodkor"da o‘zgarish: Sato Minori o‘rniga Samir Bekrich kiritildi
76'
Vuuuh! Maydon markazidan to‘p jarima maydonchasiga uzatildi va bosh bilan zarba yo‘naltirilishi natijasida to‘p To‘rayevga bordi. Akbar avval to‘pni yon tomonga urib, keyin egallab oldi
75'
Javlon Ibrohimovga sariq kartochka ko‘rsatildi.
72'
Akbar To‘rayev unchalik zarurati bo‘lmagan joyda oldinga chiqdi va to‘pni sherigiga uzatish chog‘ida xatoga yo‘l qo‘ydi. Yaxshiyamki, Komilov Merjezevski bilan to‘p uchun kurashdi va to‘p maydonni tark etdi
71'
Endi "Nasr" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Bartaraf etdik
70'
Biroz avval to‘pni burchakdan o‘yinga kiritgan paytimiz himoyachilar xavfni bartaraf etishdi
70'
"Bunyodkor"da o‘zgarish: Doston Hamdamov o‘rniga Vohid Shodiyev maydonga tushadi
68'
Vuuuuuh, Sardooor! U chap qanotdan oldinga o‘tib, jarima maydonchasiga kirib keldi va bir himoyachini aldab o‘tib, birga bir vaziyatda zarba berishga chog‘lanayotganida yon tomondan boshqa futbolchi kelib, to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi! Rashidov jarohat olgan ko‘rinadi. Burchak to‘pi tepamiz
67'
"An-Nasr" futbolchi almashtirish: Armando Vila o‘rniga Muhammad Sahlaviy tushirildi
66'
Vuuuuh! Akbar To‘rayevning keskin e’tirozida jon bor! Armando Vila jarima maydonchamiz chizig‘i ustida to‘pni qabul qildi va aylanib, birdaniga zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
64'
G‘ofurov maydonga tushib, qanotni egallaganidan keyin yolg‘iz hujumchi vazifasini bajarayotgan Rashidov hozir ofsaydda qoldi. Minori deyarli himoya chizig‘idan Sardorga pas bergandi...
63'
Hamdamov o‘ng qanotdan chap oyoqda havodan bergan uzatmasi himoyachi bosh bilan yuqoriga qaytardi va uni davrozabon egallab oldi
62'
Estoyanoff 30 metrlardan yerlatib zarba yo‘lladi. Posbon to‘pni egalladi
60'
Sato Minori sariq kartochka oldi
60'
Uhhh, "Nasr" qarshi hujumga o‘tdi va 4 raqib futbolchisi 3 himoyachimizga qarshi chiqib bordi. O‘ng qanotga uzatilgan pasni Komilov egallab oldi!
58'
Merzejevski jarima zarbasini kuchli yo‘naltirdi. To‘rayevga tegib, to‘p ortga qaytdi. Adrianni o‘zi o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga pas berdi. Akbar to‘pni egallab oldi
57'
Akrom Komilov jarima maydonchasi burchagida raqib hujumchisiga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi
53'
Vuuuuuuuh! Minoriiiii! Rashidov o‘ng qanotda raqib futbolchisidan juda chiroyli o‘tib ketdi va markazda ochilgan Satoga uzatma berdi. Yaponiyalik futbolchining zarbasi darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi!
51'
GOOOOL! Fabian Estoyanoff! 1:1! "An-Nasr" chiroyli gol urdi. Fabian to‘pni jarima maydonchasi ichida turgan Merzejevskiga uzatdi va Adrian tavani bilan himoyachimizdan o‘tkazib yaxshi pas berdi. Urugvayluk hujumchi olis burchakni aniq nishonga oldi!
48'
Vuuuh! Vila chap qanotda Shorahmedovdan o‘tib ketdi va to‘pni Al-Fraydiyga uzatdi. Ahmadning 12 metrlardan kuchli zarbasini posbonimiz qaytardi. Qaytgan to‘pga zarba bergan Vila esa ofsaydda qolgandi
46'
Maydon markazidan Rashidov tomon yetkazilgan to‘pni himoyachilar qaytarib qolishdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
46'
"Bunyodkor"da o‘zgarish bo‘ldi. Zabihillo O‘rinboyev o‘rniga Mirzohid G‘ofurov tushirildi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "An-Nasr" - "Bunyodkor" - 0:1. Tanaffus.
45+2'
Vuuuh! Sato Minori jarima maydonchasi tashqarisida olis yuqori burchak tomon zarba yo‘lladi! Ammo to‘p davroza ustidan o‘tib ketdi
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
44'
To‘rayev qarama qarshi qanotga to‘pni chiqarib yubordi. Ikkinchi burchak to‘pni To‘rayev egallab oldi
43'
"An-Nasr" o‘ng qanotdan hujum tashkil etdi va burchak to‘pi ishladi
43'
Eh, Sardor o‘ng qanotda himoyachidan o‘tib keta olmadi
39'
Burchak zarbasi bu safar ham xavfli bo‘ldi! Olis ustun oldida zarba berishga Filiposyan tayyor turgandi, ammo so‘nggi pallada Enaziy qo‘li bilan to‘p yo‘nalishini o‘zgartira oldi
38'
Navbatdagi hujum paytida Sulaymoniy to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Rashidov burchagidan burchak to‘pi
37'
Maydon markazidan yetkazilgan to‘pga Rashidov jarima maydonchasining o‘ng tomonidan to‘pni egallab, bitta urinishda himoyachidan o‘tib ketmoqchi edi, ammo Sulaymoniy bunga imkon bermadi
35'
Eh, Rashidov darhol to‘pni oldingi chiziqqa uzatganida, Hamdamov ofsaydda qolmasdi. Sardor bir futbolchini aldab, so‘ngra pas bergandi...
32'
Mezbonlar futbolchisi Merzejevski olis masofadan zarba yo‘lladi. To‘p To‘rayevning qo‘lidan chiqib ketdi va Miloshevich jarima maydonchamiz ichida to‘pni raqib hujumchisiga oldirib qo‘ydi. Qiyinchilik bilan xavfni bartaraf etdik!
31'
Sulaymoniy chap qanotdan darvozabon maydonchasiga yetkazgan uzatmasini To‘rayev qaytardi, so‘ngra Zuagi uni maydon markaziga uzoqlashtirdi
29'
"Nasr" futbolchisi Stoyanoff 25 metrdan jarima zarbasini tepdi. Burchakka yo‘naltirilgan zarbani To‘rayev egallab oldi
27'
To‘p nazorat qilish statistikasi - 41/59%. Ustunlik "Bunyodkor" tomonida
25'
Ehhhhh! O‘rinboyev! Raqibning burchak to‘plari "Bunyodkor" uchun qarshi hujum uchun yaxshi imkoniyat bo‘lmoqda. To‘p o‘ng qanotdagi Rashidovga yetkazildi. Sardor biroz oldinroq borib, jarima maydonchasi chizig‘i ustida ochilayotgan Zabihilloga uzatdi. Hujumchi to‘pni to‘xtatib, keyin zarba bersa ham bo‘lardi, ammo darhol zarba berishga qaror qildi. Ijro juda yomon chiqdi!
24'
"Nasr" yana bir marta burchak to‘pini o‘yinga kiritadi
23'
Burchak to‘pidan keyin jamoamiz to‘pni egallab hujumga o‘tishdi. Minoriga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi
22'
Komilov o‘z qanotida Estoyanoffga o‘tib ketish imkoniyatini bermadi. Burchak to‘pi.
20'
Oldinga chiziqqa yetkazilgan to‘pni Akbar To‘rayev egallab oldi
16'
Merzejevski tomonidan yo‘llangan jarima zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi!
16'
Shokir Zuagi ogohlantirish oldi. Hujumchini qo‘li bilan tortib qolgani uchun
15'
Rashidov o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi, ammo himoyachidan o‘tib keta olmadi, aks holda birga bir vaziyatga chiqib ketardi.
14'
GOOOOOOOOOL! Zabihillo O‘rinbooyeeevvvv! 0:1!!! Burchakdan Rashidov to‘pni o‘yinga kiritdi. Zabihillo bosh bilan to‘pni darvozaga joyladi!
13'
Vuuuuuuuh! Rashidov burchak to‘pini shunday aylantirdiki, Zuagi bosh bian zarba berishga chog‘lanayotganida Ibrohim G‘olib to‘pni maydon tashqarisiga burib yuborishga ulgurdi!
12'
"Bunyodkor" o‘ng qanotdan hujumga o‘tdi va burchak zarbasi ishladi
11'
Uhhhhh! Estoyanofning jarimadan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi. Takroriy hujum paytida mezbon futbolchisi chap tomondan davrozabon maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi. To‘p Filiposyandan maydonni tark etdi!
9'
Chap qanotdan havodan yetkazilgan to‘pni himoyachilarimiz bosh bilan qaytarishdi. Jarima maydonchasi tashqarisida to‘p uchun sakragan Minori to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi. Jarima zarbasi
8'
Minorining xatosi oqibatida to‘pni egallab olgan "Nasr" futbolchisi jarima maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi. To‘rayev to‘pni egallab oldi
6'
Sato Minori uzatgan to‘pga Rashidov yeta olmadi.
5'
"An-Nasr" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Vakillarimiz xavfni bartaraf etishdi
3'
Eh, Shorahmedov o‘ng qanotdan uzatma berishni qoyillatmadi
2'
Ibrohimov qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, himoyada to‘pni oshirish chog‘ida raqib futbolchisiga berib qo‘ydi. Estoyanoff olis masofadan aniq zarba bera olmadi
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
"Bunyodkor" oq, "An-Nasr" sariq-ko‘k rangli formada o‘ynaydi
'
O‘yinni boshlash uchun barcha narsa shay. Uchrashuvni "Bunyodkor" futbolchilari boshlab berishadi
'
Jamoalar allaqachon maydonda saf tortishgan.
'
Qadrli, futbol muxlislari! "Bunyodkor" ishtirokidagi OCHL o‘yinini biz bilan kuzatib borishga taklif etamiz. "Qaldirg‘ochlar" bugun Ar-Riyoddagi "Qirol Fahd" stadionida "An-Nasr" mehmoni bo‘lishyapti
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.