Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionlar ligasi

Nimchorak final, 25 fevral, soat 00:45. Bosh hakam: Feliks Brix

MANCHESTER SITI

Serxio Aguero (69)

1 : 2

BARSELONA

Luis Suares (16, 30)
JAMOALAR TARKIBI
01.Jo Xart (D)
05.Pablo Sabaleta
04.Vensan Kompani
26.Martin Demichelis
22.Gael Klishi
08.Samir Nasri
06.Fernando
07.Jeyms Milner
21.David Silva
10.Edin Jeko
16.Serxio Aguero
  01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
22.Dani Alves
03.Jerar Pike
18.Xordi Alba
04.Ivan Rakitich
05.Serxio Buskets
08.Andres Inyesta
14.Xavyer Maskerano
11.Neymar
10.Lionel Messi
09.Luis Suares
ZAHIRA
13.Vilfredo Kabalyero (D)
03.Bakari Sanya
20.Elyakim Mangala
18.Frenk Lempard
15.Xesus Navas
25.Fernandinyo
14.Vilfrid Boni
  13.Klaudio Bravo (D)
21.Adriano
24.Jeremi Matye
12.Rafinya
20.Serxi Roberto
06.Xavi Ernandes
07.Pedro Rodriges
SARIQ KARTOCHKA
Gael Klishi (59)
Fernando (90)
 
Ivan Rakitich (41)
Dani Alves (45)
Adriano (88)
QIZIL KARTOCHKA
Gael Klishi (74)
 

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
90+4'
O‘yin yakunlandi. "Manchester Siti" - "Barselona" - 1:2. Javob o‘yini "Kamp Nou"da bo‘lib o‘tadi.
90+4'
Ehhhhh, Messi! Qoyil, Xart! Lionelning zarbasi Jo qaytardi, qaytgan to‘pga Messi bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza yonidan o‘tib ketdi!
90+3'
Messi penalti ishladi! Sabaleta uni jarima maydonchasi ichida chalib yiqitdi!
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
90+1'
Messi jarima maydonchasiga kirdi va birga bir vaziyatda davrozani ishg‘ol qildi! Ammo u biroz ofsaydda qolgan ekan
90'
Fernando sariq kartochka oldi. Maydon markazida oldinga o‘tayotgan Suaresni ataylab ortidan yiqitdi
88'
Adriano sariq kartochka oldi. Burchak to‘pidan keyin mezbonlar to‘pni egallab, qanot bo‘ylab Aguero oldinga o‘tayotganida himoyachi uni qo‘pollik bilan to‘xtatdi
87'
"Barsa" burchak to‘pi ishladi
84'
Adriano jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi. Suares darvozabon maydonchasiga pas berdi. Xart to‘pni egallab oldi
80'
"Barsa"da so‘nggi o‘zgarish: Neymar o‘rniga Pedro paydo bo‘ldi
78'
David Silva o‘rniga Bakari Sanya maydonga tushdi
77'
Vuuuh! O‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni Alba egalladi va Messiga uzatdi. Leoning zarbasi himoyachining oyog‘iga tegib yuqoriga ko‘tarildi. Jo Xart to‘pni darvoza ustidan oshirib yubordi
76'
Vuuuuh! Xordi Alba jarima maydonchasi ichida birga bir vaziyatda zarba berishga chog‘lanayotganida Sabaleta to‘pga oyoq cho‘zib, xavfni bartaraf etdi. Alba yiqildi, penalti yo‘q
75'
Dani Alves o‘rniga Adriano tushirildi
74'
Gael Klishi ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. U Alvesning oyog‘iga qattiq tepib yubordi
71'
"Barselona" tarkibida o‘zgarish. Rakitich o‘rniga Matyo maydonga tushdi. Maskerano oldinga suriladi
69'
GOOOOOOOL! Serxio Aguero! 1:2! Jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan to‘pni qabul qilgan David Silva tavani bilan to‘pni ortga tashlab berdi. To‘pga yetib kelgan Aguero himoyachilardan qochib ketdi va birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi!
68'
"Siti"da navbatdagi o‘zgarish: Edin Jeko o‘rniga Vilfrid Boni tushirildi
66'
"Siti" o‘ng qanotdan hujum tashkil qildi va darvozabon maydonchasiga pas berilayotganida to‘p maydonni tark etdi. Burchak to‘pi samarali chiqmadi
65'
"Barsa"ning xavfli hujumi! Neymar o‘z qanotidan olis ustun yaqinida turgan Messiga pas berdi. Leo to‘pni to‘xtatib, yaxshi vaziyatga chiqayotgan Rakitichni to‘p bilan ta’minladi. Yarim himoyachining zarbasi mudofaaa vakillariga tegib qaytdi
63'
Milner burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi
62'
"Siti"da o‘zgarish: Samir Nasri o‘rniga Fernandinyo tushirildi
61'
Messi jarima maydonchasi ichida ochilgan SUaresga pas berishga biroz kech qoldi. Luis ofsaydda qoldi
59'
Rakitich jarimadan uzatmasidan keyin Neymar to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi...
59'
Gael Klishi ogohlantirish oldi
57'
Jarima zarbasidan keyin mezbon futbolchisi yaqin masofadan bosh bilan zarba yo‘lladi. Ter Shtegen bugun ancha ishonchli o‘ynamoqda!
57'
Burchak to‘pidan keyin mehmonlar xavfni bartaraf etishgandi, biroq Inyesta jarima maydonchasi tashqarisida xavfli o‘yin qildi
56'
Jeko jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va to‘p Pikedan maydonni tark etdi. Burchak zarbasi
55'
Messi futbolchilar orasidan o‘tib, Rakitichga uzatma berdi. Ivanning 18 metrdan yo‘llagan zarbasi "Siti" futbolchisi oyog‘idan maydonni tark etdi
54'
Vuuuuuh! Aguero to‘pni egallab oldi, Maskeranodan o‘tib ketdi va 18 metrlardan to‘pni olis burchakka aylantirdi. Ter Shtegen to‘pga yeta olmadi, ammo to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi!
52'
Suares o‘ng tomondan markaz tomon surildi va jarima maydonchasiga kirayotgan Messi tomon pas berdi. To‘p Kompanining boshida olis ustun tomon ketdi. Neymarning bosh bilan bergan zarbasidan keyin to‘p maydonni tark etdi
51'
Messi jarima zarbasini amalga oshirdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
50'
Vuuuuh, burchakdan yetkazilgan to‘pga Kompani bosh bilan zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi
49'
"Siti" ikkinchi bo‘limni kuchli boshladi. Samir Nasri chap tomondan berilgan uzatmani qabul qilib, 10 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p Mskeranoga tegib ortga qaytdi
48'
Silva burchakdan yetkazgan uzatmaga Jeko bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Manchester Siti" - "Barselona" - 0:2. Tanaffus
45+1'
Burchak to‘pidan keyin Aguero jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. Ter Shtegen to‘pni qaytardi
45'
Dani Alvesga sariq kartochka ko‘rsatildi
44'
Vuuuuh! "Siti" himoyachilarining maydon markazidagi xatosidan so‘ng Alves o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va parashyut uslubda zarba berdi. To‘p Xartning ustidan oshib o‘tib, darvoza to‘siniga tegdi va maydonni tark etdi!
41'
Ivan Rakitich sariq kartochka oldi
40'
Messi o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirib keldi va himoyachi bilan to‘qnashuvda yiqildi. Hakam o‘yin qoidasi buzilganini qayd etmadi
37'
Rakitich Suaresning o‘ng qanotdan ochilayotganini ko‘rdi va unga pas berdi. Ammo to‘p darvozabon tomon ketib qoldi
36'
Messi-Neymar-Messi kombinasiyasidan so‘ng Leo jarima maydonchasi ichida zarba berishga ulgurmadi. Xart to‘pni ushlab oldi
34'
Mezbonlarning kam sonli hujumlaridan biri. Jeko chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza yaqiniga pas berdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi
32'
Oho! "Barsa" uchinchi golni urishiga sal qoldi! Neymar darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqdi va Xartning ustidan to‘pni oshirdi. To‘pni himoyachi egallab oldi
30'
GOOOOOOL! Luis Suareees! 0:2! Messi to‘p bilan oldinga o‘tdi va chap qanotda ochilgan Albaga pas berdi. Xordining uzatmasiga Suares oyoq qo‘ydi. To‘p olis ustunga tegib, to‘rga borib tushdi!
28'
Burchakdan yetkazilgan to‘pni kataloniyaliklar qaytarishdi
27'
David Silva burchak zarbasi ishladi
26'
Vuuuuh! Suares tomon uzatilgan pasga Luis yugurdi, ammo Jo Xart biroz chaqqon o‘ynab, to‘pni egallab oldi
25'
Alvesning uzatmasidan keyin Rakitich 11 metrli nuqta ustidan bosh bilan zarba berdi. Xart to‘pni egalladi, ammo Ivan ofsaydda qolgandi
21'
Chap qanotdan uzatilgan to‘pga Jeko bosh bilan zarba berdi. Noaniq
20'
Messi maydon markazida to‘pni egallab, o‘ng qanotda ochilgan Alvesga uzatma berdi. Danining uzatmasiga jarima maydonchasi ichida Suares zarba berdi. To‘p Neymarga tegib, maydonni tark etdi
19'
Suares ofsaydda qoldi
16'
GOOOOOOL! Luis Suareeeesss, 0:1! Messi o‘ng qanotda jarima maydonchasiga uzatma berdi. Kompani to‘p bosh bilan qaytardi, ammo Suares to‘pga darhol zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi!
12'
Oho! "Siti" futbolchilarining xatosidan so‘ng Suares jarima maydnchasiga kirar kirmas narigi qanotdagi jamoadoshlariga yuqoridan uzatma berishga harakat qildi. Himoyachi to‘pni bosh bilan Luisning o‘ziga qaytardi va urugvaylik futbolchi o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Zarba ustun yonidan o‘tib ketdi
11'
Vuuuuuh! Messi jarima maydonchasi tashqarisidan to‘pni chap qanotdagi Neyarga uzatdi. Braziliyalik futbolchi Sabaletadan chiroyli tarzda o‘tib ketdi va Messining o‘ziga pas berdi. Leoning zarbasi Kompaniga tegib qaytdi!
10'
Messining chap qanotga uzatmasi manzilgacha yetib bormadi
9'
Jarimadan yo‘llangan zarba himoyachilardan biriga tegib qaytdi
8'
Maskerano jarima maydonchasi tashqarisida Agueroga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi
7'
Albaning zarbasi natijasida to‘p Jekoning sal nozik joyiga tegdi shekilli, Edin o‘ziga kelib olishi uchun 1 daqiqa taqdim qilindi
5'
Alba chap qanotdan oldingi o‘tib, uzatma berishni qoyillatmadi
4'
Kataloniyaliklar to‘pni nazorat qilishmoqda
2'
Mehmonlar burchak to‘pin yaqin masofadan o‘yinga kiritishdi va keyinchalik to‘pni yo‘qotishdi
2'
Messi maydon markazidan turib chap tomondan jarima maydonchasiga intilayotgan Suares tomon uzatma berdi. Kompani to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi
2'
"Siti" o‘zining och havorang, "Barsa" esa sariq rangli formada o‘ynamoqda
1'
"Barselona" o‘yinni boshlab berdi!
'
O‘yin boshlanish arafasida
'
Qadrli futbol muxlislari. "Manchester Siti" va "Barselona" jamoalari maydonga chiqib kelishdi. Chempionlar ligasi madhiyasi yangradi.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.