Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo chempionlar ligasi

«D» guruhi, 1-tur. 25 fevral, soat 18:00. Bosh hakam: Abdulloh al-Hiloliy (Ummon)

NASAF

Ilhom Shomurodov (46)
Hamza Karimov (53)

2 : 1

TRAKTORSOZIY

Eder Luchiano (32)
JAMOALAR TARKIBI
25.Eldorbek Suyunov (D)
4.Maqsud Karimov
9.Ilhom Shomurodov
15.Roy Rok
17.Artur Gevorkyan (S)
20.Erkin Boydullayev
28.Shuhrat Muhammadiyev
32.Hamza Karimov
33.Odiljon Hamrobekov
34.Farrux Sayfiyev
99.Aleksandr Kablash
  1.Hamid Lak (D)
3.Habib Gordaniy
4.Xolid Safiiy
6.Mehdi Kianiy (S)
8.Shahin Sag‘ebiy
10.Eder Lichiano
14.Andranik Teymuryan
18.Amirkandar Ahmad
23.Xani Hoshimiy
27.Farshad Ahmadzoda
88.Fardan Obidniy
ZAHIRA
30.O‘tkir Yusupov
5.Botir Qorayev
18.Bahrom Abdurahimov
22.Shohrux Gadoyev
23.Sherzod A’zamov
27.Ilhom Yunusov
29.Xudoyberdi Xoliqov
  45.Muhammadali Ramazonian (D)
2.Muhammad Iranpurian
7.Saman Narimonjahon
9.Farid Behzodiy Karimiy
15.Mahdi Qurayshiy
19.Mehrdod Bayramiy
77.Sayid Og‘aiy
SARIQ KARTOCHKA
Roy Rok (56)
 
Fardan Obidniy (52)

Matn

'
Bugun yana "Al-Hilol" - "Lokomotiv" va "Arsenal" - "Monako" o‘yinlaridan matnli onlayn translyasiyani kuzatishni unutmang! Stadionda qoling.
'
"Nasaf" o‘z tarixida chempionlar ligasidagi ilk g‘alabani qo‘lga kiritdi! G‘alaba muborak, yurtdoshlar!
90+3'
O‘YIN YAKUNLANDI!
90+3'
Gadoyev chap qanotdan raqibdan o‘tib ketayotganida eronlik futbolchi uni qo‘li bilan to‘xtatib qoldi!
90+2'
"Nasaf"da o‘zgarish: Artur Gevorkyan o‘rniga Ilhom Yunusov tushirildi
90+1'
Traktorsozlar yana o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib borishdi va darvozabon maydonchasiga yetkazilgan uzatmani himoyachilarimiz egallab olishdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
89'
Vuuuuuuh! Omad tufayli to‘p darvozamizga kirmadi! Tabrizliklar o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Teymuryanga uzatma berishdi. Andranik olis burchak tomon zarba berdi! To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi. To‘pga tashlangan eronlik futbolchi yeta olmadi...
88'
Burchakdan yetkazilgan to‘pni himoyachilarimiz qaytarishdi
87'
Raqib futbolchisi chap tomondan himoyachilarimizning orasidan o‘tib jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasi atrofiga pa berdi. Eder orqaga qaytib zarba berdi. To‘p himoyachimizga tegib maydonni tark etdi
86'
Jamoamiz hujumda yotmasdan, imkon bo‘lishi bilan oldinga o‘tayotgani xursand qilmoqda. Bo‘shashish kerakmas, yana besh daqiqa...
83'
Burchak zarbasi raqib uchun taxlikali bo‘ldi! Darvoza chizig‘iga parallel ravishda yumalagan to‘pni darvozaga yo‘llaydigan futbolchi topilmadi
83'
Vuuuuuh! Yaxshi imkoniyat! Jamoamiz o‘ng qanotdan hujum tashkil qildi va to‘p jarima maydonchasiga uzatildi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi va Roy Rok zarba yo‘lladi! To‘p himoyachilarga tegib, maydonni tark etdi
81'
"Traktorsoziy"da o‘zgarish: Shahin Sag‘ebiy o‘rnia Mahrdod Bayramiy tushirildi
81'
Tabrizlik futbolchining olis masofadan zarbasi noaniq chiqdi
80'
Hamrobekov Teymuryandan to‘pni olib qo‘yib oldinga yurdi va jarima maydonchasiga kirayotgan jamoadoshiga pas berayotganida uzatma himoyachidan o‘tmadi
79'
Chap qanotdagi chiziqdan uloqtirib berilgan to‘p hech kimga tegmay maydonni tark etdi
76'
"Nasaf"da o‘zgarish: Aleksandr Kablash o‘rniga Shohrux Gadoyev tushirildi
75'
"Traktor" futbolchilari ko‘pchilik bo‘lib oldinga o‘tishdi. Boydullayev to‘p bilan harakatlanayotgan futbolchining ortidan kelib to‘pni darvozabonga tepib berdi va xavf yo‘qqa chiqarildi
73'
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin eronlik futbolchi jarima maydonchasi burchagidan kuchli zarba yo‘lladi. Davrozabonimiz to‘pni egalladi
73'
Teymuryan maydon markazidan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Suyunov to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘pni chap tomonga qarab ketdi. U yerda raqib futbolchilaridan biri zarba berdi, to‘p Eldorbekning oyog‘idan maydonni tark etdi
70'
Vuuuuh! Roy Rok chap qanotda bir himoyachini aldab o‘tdi va havodan olis ustun tomon uzatma berdi. Kablash bosh bilan zarba berdi, noaniq...
69'
Gevorkyan to‘pni egallab himoyadan maydon markazi tomon harakatlanayotganida unga nisbatan fol ishlatildi
68'
Maydon markazidan Luchiano tomon uzatma berildi. Suyunov darvozani tashlab oldinga chiqdi va to‘pni yon tomonga tepib yubordi. Hujumchi ofsaydda qolgan ekan
64'
Eronliklar jarima maydonchamiz atrofida katta bosimni yuzaga keltirishdi. Iskariga berilgan uzatmani Suyunov egallab oldi
63'
"Traktorsoziy"da o‘zgarish: Amirkandar Ahmad o‘rniga Saman Narimonjahon tushirildi
62'
Uhhhh! O‘ng qanotdan uzatilgan to‘pni qaytarish chog‘ida Boydullayev xatoga yo‘l qo‘ydi va Luchiano akrobatik uslubda zarba berdi. Yaxshiyamki, to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
61'
Sayfiyev himoyada to‘pni egallab olib, maydon markazini kesib o‘tdi va to‘pni o‘ng qanotda ochilgan Gevorkyanga uzatdi. Uzatma himoyachining ustidan o‘tib manzil sari bordi, ammo Artur yiqilib tushgani bois uzatma narigi qanotga o‘tib ketdi
60'
Ehhhhh! Olis masofadan yetkazilgan uzatmani Kablash ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi va o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirib borgan Shomurodovga pas berdi. Ilhom o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Zarbani Hamid qaytardi. Qaytgan to‘pga ega Farrux Sayfiyev biroz yeta olmadi - to‘pni himoyachi egallab oldi
58'
"Traktorsozlar" burchakdan to‘pni o‘yinga kiritishdi. Ular bu ishni yana bir marta amalga oshirishadi
56'
Roy Rok kerakmas joyda sariq kartochka oldi. Muhammadiyev o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi va himoyachi bosh bilan to‘pni qaytardi. Legioner futbolchi jarima maydonchasi tashqarisida to‘p uchun kurashda raqibni belidan tortib yiqitdi
55'
O‘yin sur’ati oshdi. Maydonda keskin kurash kechmoqda
53'
GOOOOOOOL! Hamza Karimooooov!!! Gevorkyan jarimadan uzatib bergan to‘pini Hamza Karimov 5 metrdan bosh bilan darvozaga joyladi!
52'
Fardin Obidniy ogohlantirish oldi. U o‘zidan o‘tib ketayotgan "Nasaf" sardorini chalib qoldi
50'
Vuuuuuh! "Nasaf" ijrosida juda chiroyli hujum! Muhammadiyev o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yaqinlashgan Arturga pas berdi. Gevorkyan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi va himoyachi qaytardi. Odil Hamrobekov jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarba himoyachilarga tegib qaytdi!
46'
GOOOOOOOOOL! Ilhom Shomurodooooov! 1:1! Muhammadiyev o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasi chizig‘i ustiga uzatdi. Shomurodov to‘pni to‘xtatmasdan himoyachining ustidan oshirib Gevorkyanni darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqarishni maqsad qildi. Ammo himoyachi bosh bilan to‘pni qaytarib qoldi. Qaytgan to‘pni Ilhom darhol darvoza tomon tepdi va to‘p darvoza burchagiga borib tushdi!
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi! Jamoalarda o‘zgarish bo‘lmadi
'
"Nasaf" futbolchilari maydonga chiqib kelishgan. "Traktorsoziy"ni kutyapmiz
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Nasaf" - "Traktorsoziy" - 0:1. Tanaffus
45+2'
Hamrobekovga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Roy Rok yo‘llagan zarba kuchli, ammo yuqoridan o‘tib ketdi
45+1'
Kablash jarima maydnchasi ichida, atrofida himoyachilar bilan to‘p uchun kurash olib bordi va ustun keldi. Gevorkyan 16 metrlardan darvoza tomon zarba berdi. Darvozabon to‘pni egalladi!
45+1'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
45+1'
Luchiano ofsaydda qoldi
45'
Ehhhh! Hamrobekov jarima maydnchasi tashqarisida to‘pni egalladi va ichkariga kirib borib... to‘pni yo‘qotdi.
43'
Xavfli vaziyat! Jarimadan yetkazilgan to‘pni Kablash boshi bilan oldidagi jamoadoshiga qoldirdi. Ammo Maqsud Karimovning oyog‘iga to‘p tegmay qoldi!
42'
Sayfiyevga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. "Standart"dan foydalanish kerak!
41'
Farrux Sayfiyev chap qanotda himoyachidan o‘tib ketish chog‘ida o‘z maqsadiga erisha olmadi
39'
"Traktorsoziy" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilarimiz uzatma maydon markaziga qaytarishdi
37'
Jamoamiz markazdan hujum qildi. Kablash jarima maydnchasi ichida hujumni rivojlantira olmadi va to‘pni yo‘qotdi. Hozircha Kablash yaxshi taassurot qoldirmayapti
36'
Chap qanotdan yerlatib berilgan uzatmani Hamid Lak egallab oldi
35'
Muhammadiyev burchakka yaqin joydan darvozabon maydonchasiga aniq pas bera olmadi. To‘p maydonni tark etdi
34'
Gevorkyan burchakdan yetkazgan to‘pni himoyachi baland sakrab qaytardi
33'
"Nasaf" burchak to‘pi ishladi
32'
GOOL! Eder Luchiano, 0:1! O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pga braziliyalik hujumchi bosh bilan zarba berdi va to‘p Suyunovning ustidan oshib o‘tib, olis burchakka borib tushdi! Chiroyli gol!
30'
Vuuuuh! Futbolchilarimiz maydon markazida to‘pni egallashdi va chap qanotda oldinga o‘tgan Roy Rokga uzatma berishdi. Legioner futbolchining uzatmasini Kablash jarima maydonchasi ichida to‘xtatdi va zarba berdi. To‘p uning oyog‘iga yaxshi tegmay qoldi...
28'
Ustunlik eronliklar tomoniga o‘tishmoqda. Boydullayev maydon markazida fol ishlatdi
26'
Habib Gordaniy chap qanotdan jarima maydonchamizga yuqoridan uzatma berdi. Himoyachilarimiz to‘pni egallab, qarshi hujumga boshlash mumkin bo‘lgan vaziyatda, Shomurodov juda noaniq pas berdi
24'
Kablash raqib jarima maydonchasi oldida himoyachidan o‘tib ketmoqchi bo‘lganida, raqib oyog‘ini cho‘zib to‘pni qaytarib qoldi
23'
Traktorsozlar jarima maydonchamizga kirib kelishdi, ammo Muhammadiyevga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi
23'
Bunday holatda hujum qilishdan ko‘ra himoyalanish osonroq. Himoyada ehtiyot bo‘lib o‘ynash lozim
22'
O‘yin tempi yuqori emas. Jamoalarning sifatli o‘ynashiga maydonning holati va ob-havo ta’sir ko‘rsatmay qolmayapti baribir
17'
"Ajdarlar" yana himoyadan uzun pas bilan to‘pni raqib jarima maydonchasi tomon yetkazishdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi, jarima maydonchasi tashqarisida turgan Boydullayev to‘pni egallay olmadi
14'
"Nasaf" himoyachisi o‘z jarima maydonchasi yaqinida raqib futbolchisini chalgandi, ammo Hiloliy o‘yinni to‘xtatmadi
13'
Kablash maydon markazida to‘pni egallab, chap qanotdan oldingi o‘tdi va to‘pni yo‘qotish chog‘ida qoida buzdi. Aleksandr to‘pni jamoadoshiga qoldirib, o‘zi oldinga o‘tganida maqsadga muvofiq bo‘lardi
12'
Muhammadiyev oldinga o‘tdi va yukorida unga uzatma berildi. Shuhrat to‘pni maydonda olib qolishga biroz kech qoldi
10'
Vuuuuh! Ahmadzoda bir necha futbolchilarimiz orasidan o‘tib, jarima maydonchasiga kirib bordi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Suyunov to‘pni egallab oldi!
9'
Jarima zarbasini negadir Roy Rok tepdi va to‘p jonli devorga tegib qaytdi. Muhammadiyev yo‘llagan zarbani esa jarima maydonchasi ichida turgan Shomurodov egallab ola bilmadi. To‘p maydonni tark etdi
8'
Teymuryan jarima maydonchasi tashqarisida Kablashni yiqitdi. Jarima zarbachi. Arturning nuqtasi!
7'
Oho! Shuhratning uzatmasidan keyin Gevorkyan to‘pni egallab, o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga havodan uzatma berdi. Kablash to‘pni bosh bilan to‘pni o‘ziga bo‘ysundirmoqchi bo‘ldi, to‘p maydonni tark etdi!
5'
Nihoyat Muhammadiyev o‘ng qanotdan oldingi o‘tib, bir himoyachini ortda qolayotgan paytda yiqildi. Hakamning fikricha, Shuhratning yiqilishiga himoyachi emas, maydonning xo‘l ekani sababchi
4'
Har ikkala jamoa o‘z o‘yinini topib olish uchun o‘ynamoqda. Uzatmalar braklar ko‘p va to‘p tez tez yo‘qotilmoqda
2'
Hamza Karimov himoyadan to‘pni oldingi chiziqqa uzatdi. "Traktor" futbolchilari to‘pni egallab olishdi
1'
Mehmonlar dastlab hujum tashkil qilishga harakat qilishdi. Qarshiliklar ularga xavfli hujum tashkil qilish imkoniyatini berishmadi
1'
UCHRASHUV BOSHLANDI! KETDIK!
'
"Nasaf" oq-qora, "Traktorsoziy" - qizil rangli formada o‘ynashadi. Hakamlar sariq formani tanlashgan. Stadionda muxlislar anchagina. Ular qarshiliklarni qo‘llab-quvvatlashni allaqachon boshlab yuborishgan.
'
Jamoa sardorlari o‘zaro vimpellarni almashishdi
'
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda!
'
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qarshida qor yog‘moqda, kun ancha sovuq.
'
Bugun "Nasaf" va "Lokomotiv" klublarining o‘z o‘yinlarini o‘tkazishad. Yana 15 daqiqadan so‘ng Qarshi shahrida "Nasaf" va "Traktorsoziy" jamoalar o‘rtasidagi o‘yin boshlanadi
'
OCHL bayrami davom etadi. Kecha 2ta klubimiz o‘zlarining ilk o‘yinlarini o‘tkazishdi va ijobiy natija qayd etishdi.
'
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.