Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo chempionlar ligasi

«C» guruhi, 1-tur. 25 fevral, soat 22:30. Bosh hakam: Kim Chjong Xyok (J.Koreya)

AL-HILOL

Saud Kaririy (11)
Yusuf as-Salim (14)
Tiagu Neves (71)

3 : 1

LOKOMOTIV

Sardor Mirzayev (39)
JAMOALAR TARKIBI
28.Abdulloh as-Sdayriy (D)
7.Neves Augosto Tiagu
12.Yosir ash-Shahroniy
13.Salmon al-Faraj
14.Saud Kaririy (S)
16.Yusuf as-Salim
18.Abdulloh Otayf
19.Xolid Ka’biy
23.Kvak Te Xvi
26.Digao
77.Georgios Samaras
  44.Abrorjon Karimov (D)
3.Shavkatjon Mullajonov
7.Ruslan Koryan
8.Sardor Mirzayev
11.Temurxo‘ja Abduxoliqov
13.Lutfulla To‘rayev
18.Temur Kapadze (S)
20.Islom To‘xtaxo‘jayev
22.Sanjar Shoahmedov
31.Nemanya Yanichich
33.Oleg Zoteev
ZAHIRA
1.Xolid Sharahiliy (D)
9.Hamad al-Hamad
11.Abdulaziz ad-Davsariy
17.Abdulloh al-Hafiz
25.Faysal Darvish
49.Abdulloh ash-Shamex
70.Muhammad Jahfaliy
  12.Ma’mur Ikromov (D)
4.Boburbek Yo‘ldoshev
9.Dilshod Rahmatullayev
10.Marat Bikmayev
16.Jasur J. Hasanov
17.Salim Mustafoyev
77.Jasur O. Hasanov
SARIQ KARTOCHKA
Yusuf as-Salim (41)
Salmon al-Faraj (49)
 
Islom To‘xtaxo‘jayev (35)
Lutfulla To‘rayev (53)

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
'
OCHLning 1-turida Saudiyaning jamoasi dastlabki g‘alabani qo‘lga kiritgan bo‘lsa (avvalgi 3tasi durang o‘ynadi), o‘zbek klubi dastlabki mag‘lubiyatni qayd etdi
90+3'
O‘yin yakunlandi. "Al-Hilol" - "Lokomotiv" - 3:1.
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
90'
"Hilol"ning uchinchi golidan keyin jamoamiz tayinli hujum tashkil qila olmadi.
89'
Kapadze chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan katta Hasanovga pas berdi. Jasur qarama qarshi tomonga to‘pni yetkazdi, ammo u yerda hech kim yo‘q edi
88'
Vuh! Mezbonlar to‘rtinchi golni urishlari mumkin edi! Ka’biy 14 metrdan yo‘llagan zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi
85'
Yanichich o‘yin qoidasini buzdi. Darvozagacha masofa 25 metrlar...
84'
Shoahmedov jarima maydonchasi tashqarisida bir himoyachidan o‘tib ketayotganida raqibga urilib yiqildi. Koreyalik hakam jarima zarbasi belgilamadi
82'
"Hilol"da o‘zgarish: Yusuf Salim o‘rniga Faysal Darvish tushirildi
80'
Katta Hasanov burchak to‘pini o‘yinga kiritdi, to‘pni himochilar qaytarishdi. To‘p yana o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga yetkazildi. Koryan bosh bilan zarba berdi. Sdayriy to‘pni egallab oldi!
79'
Katta Hasanov chap qanotdan yerlatib uzatma berdi. Koryangacha to‘p yetib kelmadi
78'
Arabcha ayyorlik. Himoyachi darvozabonning butsasi bog‘ichini tartibga keltirish uchun 1 daqiqa sarfladi...
77'
Vuuuuh! Katta Hasanov yetkazgan to‘pni darvozabon mushti bilan qaytardi. Shoahmedov jarima maydonchasiga kirdi va kuchli zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegmaganida gol bulishi aniq edi...
77'
"Lokomotiv" ketma-ket ikkinchi marta burchak to‘pini o‘yinga kiritadi
76'
"Loko"da o‘yinchi almashtiriladi. Lutfulla To‘rayev o‘rniga Dilshod Rahmatullayev tushirildi
74'
Olis masofdadan yo‘llangna zarbani Sdayriy egallab oldi
73'
Abramov haddan tashqari erta vabankka bordi. Butunlay hujumga o‘tib ketishga hali vaqt bor edi
71'
GOOL! Tiagu Neves! 3:1! 18 metrdan zarba berib, davrozani ishg‘ol qildi! Himoyada parokandalik...
69'
Uhhh, "Hilol"ning xamlasini bir amallab qaytardik. Mezbonlar uch marta jarima maydonchasiga kirib borishdi. Hammasi xayrli tugadi
66'
Koryan jarima maydonchasi tashqarisida o‘ziga uzatilgan to‘pni gavdasi bilan himoya qilib egalladi va ichkariga kirmoqchi bo‘lganida hakam fol qayd etdi
65'
Katta Hasanov yetkazgan to‘pni darvozabon mushti bilan urib yubordi. Jarima maydonchasiga qaytadan uzatilgan to‘pni Sdayriy egallab oldi
64'
Kichik Hasanov o‘ng qanotda himoyachidan o‘tib ketayotganida raqib uni yiqitdi
62'
"Hilol"da ham o‘zgarish: Georgios Samaras o‘rnia Abdulaziz ad-Davsariy tushirildi
62'
Abramov vabankka bormoqda. Himoyachi Shavkat Mullajonov o‘rniga kichik Jasur Hasanov tushirdi.
61'
Vuuuuuuh! "Hilol" futbolchilari xavfli hujum tashkil qilishdi. 12 metrlardan berilgan zarba markaziy himoyachimizning qo‘liga tegib, darvoza oldida turgan mezbon futbolchisiga kelib tushdi va u gol urdi. Ofsayd qayd etildi, baxtimizga
60'
Kapadze chap qanotdan oldinga o‘tib, Jasurga pas berdi. Hasanov yerlatib berilgan pas orqali Shoahmedovni to‘p bilan ta’minlashdi. Sanjar orqaroqqa to‘pni qoldirdi va Mirzayev zarba berdi. Ancha noaniq
58'
"Lokomotiv"da dastlabki o‘zgarish: Jasur Hasanov (katta) maydonga tushdi. Temurxo‘ja maydonni tark etdi
57'
Mullajonov o‘ng qanotdan hujumga qo‘shildi. Jamoadoshi bilan devor o‘ynab, jarima maydonchasiga kirayotganida yiqildi, ammo hakam o‘yinni to‘xtatmadi
55'
Uhhhh, Xolid Ka’biy bir himoyachimizdan o‘tib, jarima maydonchasiga kirishga va zarba berishga harakat qildi. To‘xtaxo‘jayev imkon qadar unga xalal berishga harakat qildi. Bunga erishdi ham. Kuchli chiqmagan zarbani Karimov egallab oldi
55'
Ehhheeee. Lutfulla, buni odam zarba deyishgayam uyaladi...
54'
Neves 36 metr masofadan belgilangan zarba noaniq bo‘ldi
53'
Raqibni tortib qolgani uchun endi Lutfulla To‘rayevga sariq kartochka taqdim etildi
49'
Salmon al-Faraj maydon markazida Koryanni tortib yiqitgani uchun ogohlantirildi
48'
Ehhhh, Koryan! Maydon markazidan berilgan uzatmadan keyin Ruslan birga bir vaziyatga chiqdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘pni Sdayriy qaytardi. Qaytgan to‘p uchun kurashda rossiyalik futbolchi o‘yin qoidasini buzdi
47'
Markazdan to‘p chap qanotdagi Abduxoliqovga yetkazildi. Temurxo‘ja oldidagi raqib futbolchisini turtib yiqitdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. "Lokomotiv" to‘pni o‘yinga kiritib berdi
'
Jamoalar maydonga qaytishmoqda
45+2'
Jarima zarbasini qaytarib, qarshi hujumga o‘tayotganimizda hakam taymni yakunlab berdi
45+2'
"Hilol" jarima zarbasini amalga oshiradi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa kompansasiya vaqti
43'
Abduxoliqov chap qanotdan jarima maydonchasiga aniq pas bera olmadi
43'
Ruslan Koryan jarima zarbasini to‘g‘ri darvozaga tepdi. 30 metrlardan yo‘llangan zarba kuchli bo‘lmadi
41'
Yusuf as-Salim ogohlantirildi. Zoteevning yuziga tirsagi bilan urdi.
39'
GOOOOOOOL! Sardor Mirzayeeeeeev! 2:1! Supergol! Kapadze jarima maydonchasining chap qanotidan markazroqdagi Sanjarga uzatdi, Shoahmedov sal nariroqdan yugurib kelayotgan Sardorga pas berdi. Mirzayev o‘ta kuchli zarba bilan to‘qqizlikka to‘pni joyladi!
37'
Vuuuuuh! Xolib Ka’biy chap qanotda to‘pni Samarasga yetkazdi va grek futbolchisi tavani bilan uzatma berib Xolidning o‘zini birga bir vaziyatga chiqarib yubordi! U zarba berishga chog‘lanayotganida To‘xtaxo‘jayev to‘p yo‘liga oyoq qo‘yishga ulgurdi!
36'
Eh, Koryan jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni qabul qildi, ammo ichkariga kira olmadi. Himoyachi undan to‘pni olib qo‘ydi
35'
Islom To‘xtaxo‘jayev sariq kartochka evaziga raqib qarshi hujumini to‘xtatdi
32'
Sardor Mirzayev jarima zarbasini yaxshi yetkazdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi. Takroriy hujum paytida o‘ng qanotdan yerlatib berilgan uzatmani mezbonlar egallab olishdi
32'
Zoteev o‘z qanotida jarima zarbasi ishladi
31'
Temiryo‘lchilar to‘pni nazorat qilishdi. Temurxo‘ja markazga kelib to‘pni oldi va hujumni boshladi. Shoahmedov chp qanotdagi Zoteevga uzatma tezroq bervordi
28'
Zoteev chap qanotdan uzatmasi darvoza ustidan o‘tib ketdi
27'
Mezbonlar chap qanotdan ikki marta jarima maydonchasiga uzatma berishdi. Uchinchi urinishda Tiagu Neves to‘g‘ridan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
26'
Jarimadan yetkazilgan to‘pni Sdayriy ushlash chog‘ida qo‘lidan chiqarib yubordi. Ammo qayta urinishda egallab oldi
25'
Sardor Mirzayev chap qanotda jarima zarbasi ishladi. Standartdan foydalanish kerak
23'
Hozircha burchak zarbalari biz uchun foydali bo‘mayapti. Aksincha, mezbonlar tezkor qarshi hujumga o‘tib ketishyapti
22'
Vuuuuuuh! Maydon markazidan berilgan uzatmani Zoteev jarima maydonchasi ichida qabul qildi va yonida turgan Temurxo‘jaga pas berdi. Hujumchining zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi
20'
Abduxoliqov chap qanotdan ikki futbolchini chalg‘itib zarba yo‘lladi. To‘pni Sdayriy egallab oldi
19'
Ehhh, jamoamiz yaxshi hujum tashkil qildi. Shoahmedov o‘ng qanotda ochilgan futbolchilardan biriga pas yerdi. Uning uzatmasi haddan tashqari kuchli chiqdi va to‘p qarama qarshi qanotga o‘tib ketdi. U yerda biznikilardan hech kim yo‘q edi
17'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Ka’biy qo‘li bilan qaytardi. Hakam hozircha ogohlantirish bermadi
16'
To‘rayevning jarima maydonchasi tomon uzatmasiga Temurxo‘ja yeta olmadi
14'
Ana shu qarshi hujum natijasida Yusuf as-Salim darvozani ishg‘ol qildi! GOL! 2:0!
13'
"Lokomotiv" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar qaytarishdi va qarshi hujumga o‘tishdi....
11'
GOOL! Saud Kaririy! 1:0! "Hilol" burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi. Abrorjon Karimov to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi va Kaririy bosh bilan davrozani ishg‘ol qildi!
10'
Mezbonlar chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berishdi. To‘rayev to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirdi
9'
Mutlaqo ochiq o‘yin kechmoqda. Jamoalar qisqa paslar orqali o‘ynayotgani bahsga joziba bag‘ishlamoqda
8'
Vuuuuuuh! Samaras chap qanotda futbolchilarimizdan o‘tib ketib, jarima maydonchasiga kirib bordi va darvozabon maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi! Baxtimizga to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi!
5'
"Hilol" futbolchisi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p yo‘liga himoyachilarimiz g‘ov bo‘ldi
4'
Vuuuuuuuh! "Hilol" himoyachisining xatosidan foydalana olmadik! Karyan jarima maydonchasida raqibdan to‘pni olib qo‘ydi va oldingi intilib, markazroqda ochilgan Abduxoliqovga sekinroq pas berdi. Ammo himoyachi to‘pni egallab oldi
3'
Vadim Abramov bugun uch himoyachi bilan o‘ynashga qaror qildi. Vaziyatga qarab Zoteev qanotda himoyaga yordam beradi
2'
Shoahmedov chap qanotdagi Zoteevga pas berdi. Oleg jarima maydonchasiga uzatma bera olmadi
1'
"Loko" ikkinchi marta qanotdan to‘pni o‘yinga kiritib berdi
1'
O‘yin boshlandi! To‘pni o‘yin "Hilol" kiritib berdi.
'
Doiralar hosil qilingan...
'
"Hilol" futbolchilari o‘yindan oldin tribunalar tomon yugurib, muxlislarga minnatdorchilik bildirishmoqda
'
Barcha jamoalarimiz singari "Lokomotiv" ham oq rangli formada o‘ynaydi, "Al-Hilol" esa ko‘k rangli futbolkalarni tanlagan
'
Jamoalar "Qirol Fahd" stadioniga chiqib kelishdi!
'
"Lokomotiv"ning bugungi tarkibi butunlay yangicha. Boshlang‘ich tarkibda avvalgi yilgi tarkibdan faqat Mullajonov, To‘rayev va To‘xtaxo‘jayev o‘rin olishgan xolos. Qolganlar yangi taklif etilgan futbolchilardan iborat. Zaxira tarkibida ham kuchli futbolchilar o‘tirishibdi. Bikmayev, Rahmatullayev, Hasanovlar...
'
"Paxtakor", "Bunyodkor" va "Nasaf" jamoalari barchamizni quvontirdi. Turni ajoyib notada yakunlab berish vazifasi Abramov jamoasi zimmasiga yuklatiladi
'
OCHLning 1-tur o‘yinlari deyarli yakuniga yetib qoldi. Turni "Al-Hilol" va "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlab beradi.
'
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.