Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 25-tur, 28 fevral, soat 20:00. Bosh hakam: Santyago Xayme Lotre | ||
GRANADAFran Riko (53-pen.)
|
1 : 3 |
BARSELONAIvan Rakitich (25)
Luis Suares (48) Lionel Messi (70) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Oyer Olasabal (D) 02.Allan Nyom 19.Kala 22.Dimitri Fulkye 06.Jan-Silven Baben 16.Manuel Iturra 04.Fran Riko 18.Jon Kordoba 08.Xavi Markes 21.Roberto Ibanyes 15.Alxassan Bangura |
13.Klaudio Bravo (D) 24.Jeremi Matye 22.Dani Alves 18.Xordi Alba 15.Mark Bartra 14.Xavyer Maskerano 06.Xavi Ernandes 04.Ivan Rakitich 09.Luis Suares 10.Lionel Messi 11.Neymar |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Roberto (D) 03.Luish Martinsh 24.Jeyson Murillo 12.Ruben Peres 29.Sakses Ayzek 07.Daniel Kandeyash 23.Ruben Rochina |
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 02.Martin Montoyya 21.Adriano 08.Andres Inyesta 12.Rafinya 05.Serxio Buskets 07.Pedro Rodriges |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Neymar (55)
Jeremi Matyo (58) |
||
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Granada" - "Barselona" - 1:3. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 88' | ![]() |
Eh, Pedro! Messining uzatmasidan keyin hujumchi posbon qarshisida yolg‘iz qoldi va to‘pni Oyerning ustidan oshirmoqchi bo‘ldi. Ijro muvaffaqiyatsiz chiqdi - to‘pni darvozabon egallab oldi |
| 87' | ![]() |
Ehhhhh, Messsi! Leo yana bir 100 foizlik vaziyatdan foydalana olmadi! U Neymardan to‘pni qabul qilib, darvozabon maydonchasiga kirib bordi va zarba yo‘lladi. To‘p darvozabonga tegib, maydonni tark etdi! |
| 86' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pga Bartra bosh bilan zarba berdi. noaniq |
| 86' | ![]() |
Alves burchak to‘pi ishladi |
| 85' | ![]() |
Markazdan berilgan uzatmadan keyin Messi jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo ofsayd |
| 81' | ![]() |
Vuuuuh! Bugun Messining o‘yini ham unchalik qovushmayapti. Rakitichning uzatmasidan keyin Neymar jarima maydonchasiga kirdi va chalqancha uslubda narigi tomonga pas berdi. Messi yo‘llagan zarba esa darvozaga aniq bormadi |
| 79' | ![]() |
Jamoalarda o‘zgarish bo‘ldi. Jon Kordoba o‘rniga Sakses Ayzek, Luis Suares o‘rniga Pedro tushirildi |
| 77' | ![]() |
Messi o‘ng qanotda markazda to‘pni egallab, qarama-qarshi qanotdagi Neymarga pas berdi. Braziliyalik futbolchi biroz pauza qildi va Rakitichning zarbavor vaziyatga chiqardi. Ivanning chap oyoqda yo‘llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi |
| 75' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Matyo o‘rniga Buskets tushirildi |
| 75' | ![]() |
Neymar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib borib, burchak to‘pi ishladi |
| 73' | ![]() |
Vuuuh! "Granada" futbolchisi olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi. Burchakka kirayotgan to‘pni Bravo egallab oldi |
| 70' | ![]() |
GOOOL! Messi, 1:3! Golni Suares Messiga sovg‘a qildi. Rakitichning uzatmasidan keyin urugvaylik hujumchi darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va u darvozabonni aldab o‘tdi. O‘zi bemalol darvozani ishg‘ol qilishi mumkin edi (darvozada bir himoyachi qolgandi), ammo u to‘pni Messiga berdi. Leo bo‘sh darvozani muammosiz ishg‘ol qildi |
| 70' | ![]() |
Messi o‘ng qanotdan ikki futbolchini aldab, markaz tomon surildi va chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Neymarga pas berdi. Uzatma yaxshi chiqmadi |
| 67' | ![]() |
"Granada"da o‘zgarish: Xavi Markes o‘rniga Ruben Rochina tushirildi |
| 66' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Xavi o‘rniga Rafinya tushirildi. Sardorlik bog‘ichi Messiga o‘tdi |
| 65' | ![]() |
Messining jarima zarbasi muvaffaqiyatsiz chiqdi |
| 64' | ![]() |
Jarima maydonchasining o‘ng burchagida Messiga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi |
| 60' | ![]() |
Neymar chap qanotda to‘pni qabul qildi va darvozabon maydonchasiga yaqinlashayotgan Messiga pas berdi. Leo to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi |
| 59' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan to‘pni Bravo egallab oldi |
| 58' | ![]() |
Jeremi Matyo sariq kartochka oldi |
| 58' | ![]() |
Laynsmenni Suaresni ofsaydda deb topdi va xato qildi |
| 55' | ![]() |
Neymar ogohlantirish oldi. U keyingi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Braziliyalik futbolchining o‘yini bugun mutlaqo chiqayotgani yo‘q |
| 54' | ![]() |
Messi yuqoridan uzatma bilan Xavini birga bir vaziyatga chiqardi. Davrozabon to‘pni qaytardi. Neymar 15 metrdan zarba berdi, to‘pni yuqoridan o‘tib ketdi |
| 53' | ![]() |
GOOOOL! Fran Riko, 1:2! Klaudio Bravo to‘p yo‘nalishini topdi, ammo zarba kuchli bo‘lgani uchun to‘p to‘rga borib tushdi! |
| 52' | ![]() |
PENALTI! "Barselona" darvozasiga! Bartra o‘yin qoidasini buzdi |
| 51' | ![]() |
"Barsa" tezkor qarshi hujum tashkil qildi. Neymar to‘pni haddan tashqari o‘zida ko‘p saqlavordi va to‘pni yo‘qotdi |
| 48' | ![]() |
GOOOOOL! Luis SUareeees! Urugvaylik futbolchi o‘ng qanotdagi chiziqdan otib berilgan to‘pni egalladi va Rakitich bilan "devor" o‘ynab, jarima maydonchasiga kirdi va birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi! |
| 48' | ![]() |
"Barsa" himoyasining maydon markazidagi qo‘pol xatosidan so‘ng "Granada" futbolchisi chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va darvozabon maydonchasiga pas berdi. Bravo to‘pni egallab oldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Granada" - Barselona" - 0:1. Tanaffus |
| 45+1' | ![]() |
Vuuuuh, Messiii! Jamoadoshlari Leoni birga bir vaziyatga chiqarishdi. Messi va darvozabon orasida qisqa masofa qolgandi. Argentinalik futbolchining zarbasini darvozabon qaytardi! |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi |
| 44' | ![]() |
"Barsa" qarshi hujumga o‘tdi. Alves o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasi yaqiniga uzatma berdi va Messining zarbasidan so‘ng to‘pn darvoza ustuniga tegdi, ammo Leo ofsaydda qolgandi |
| 43' | ![]() |
Burchak zarbasidan keyin bosh bilan zarba yo‘llandi. Bravo to‘pni osonlik bilan egalladi |
| 42' | ![]() |
Vuuuuuh! Jon Kordoba 18 metrlardan zarba yo‘lladi. Bravo burchakka kirayotgan to‘pni maydon tashqarisiga burib yubordi |
| 38' | ![]() |
"Barselona" jarima maydonchasi ichida to‘p uchun Bartra va mezbonlar hujumchisi oyoq cho‘zishdi. To‘pga birinchi bo‘lib "Granada" a’zosi yetib bordi va yiqildi. Kontakt borga o‘xshadi, ammo vaziyatga yaqin turgan hakam qoida buzilmaganini ta’kidladi |
| 36' | ![]() |
Vuuuuuh! Kaataloniyaliklar himoyada to‘pni egallab, qarshi hujumga o‘tishdi. Messi o‘ng qanotdagi Rakitichga uzatma berib, o‘zi jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va o‘ng oyoqda zarba berdi. To‘p shundoqqina darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi! |
| 35' | O‘yin tempi u qadar yuqori emas. "Barselona" ancha xotirjam o‘ynamoqda | |
| 32' | ![]() |
Messi o‘ng qanotdan bir himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirib keldi va sheriklariga pas berayotganida himoyachi to‘pni qaytarib qoldi |
| 30' | ![]() |
Mezbonlar 2-3 daqiqa davomida katta kuch bilan hujumga o‘tishdi, ammo bundan samara chiqara olishmadi |
| 28' | ![]() |
"Granada" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Kataloniyaliklar yuqoridan uzatilgan to‘p uchun kurashlarda yutib chiqishmoqda |
| 26' | ![]() |
Uhhhh, "Granada" hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Yuqoridan uzatilgan to‘pni hujumchi bosh bilan darvoza tomon yo‘lladi. Himoyachi to‘pni qaytardi, qaytgan to‘pga mezbonlarning boshqa futbolchisi zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 25' | ![]() |
GOOOOOOOL! Ivan Rakitich, 0:1! Alba yaxshi pas bilan Suaresni jarima maydonchasiga ichiga boshladi va Luis o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Darvozabonning yonidan o‘tib ketgan to‘p darvozaga aniq bormayotgandi, himoyachi esa uni qaytardi va yugurib kelgan Rakitich osongina darvozani ishg‘ol qildi! |
| 24' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. "Barsa" xavfli vaziyat ro‘y berishga yo‘l qo‘ymadi |
| 23' | ![]() |
Xavfli zarba! Messi chap qanotda ochilgan Suaresga pas berdi. Urugvaylik futbolchining darvozabon maydonchasi tomon uzatmasini himoyachilar uning o‘ziga qaytarishdi. Luis jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Xavini ko‘rdi va unga pas berdi. Yarim himoyachining kuchli zarbasi darvozaboning qo‘lidan maydonni tark etdi |
| 21' | ![]() |
Yana ofsayd. Bu safar barselonachilar qisqa paslar evaziga Neymarni birga bir vaziyatag chiqarishdi. Ammo braziliyalk futbolchi o‘yindan tashqari holatda qoldi |
| 19' | ![]() |
Maydon markazidan berilgan uzatmadan keyin Suares birga bir vaziyatga chiqdi va to‘pni darvozabonning ustidan olib o‘tib, bo‘sh darvozani ishg‘ol qilmoqchi bo‘lganidan referi ofsayd bo‘lgani haqida xushtakni chaldi |
| 18' | ![]() |
"Granada" futbolchilari maydon markazida to‘pni egallab olib, ko‘pchilik bo‘lib oldinga o‘tishdi. O‘ng qanotga berilgan uzatmadan keyin hujumchi jarima maydonchasiga kirib, birga bir vaziyatda zarba yo‘lladi. Laynsmen ofsayd qayd etdi, ammo xato qilganga o‘xshadi |
| 17' | ![]() |
Messi o‘ng qanotdan turib, jarima maydonchasiga kirib borayotgan Rakitichga uzatma berdi. Ivan himoyachiga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi |
| 12' | ![]() |
Burchak to‘pini Xavi jarima maydonchasi markaziga yetkazdi. Qaytarilgan to‘p Rakitichga kelib tushdi, Ivanning zarbasi esa yuqoridan ketdi! |
| 12' | ![]() |
Messi o‘ng qanotdan yurish qildi va to‘pni chap oyog‘iga to‘g‘irlab, jarima maydoniga oshirdi. Granada himoyachilari to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordilar, Burchak. |
| 9' | ![]() |
Kataloniyaliklarning birinchi zarbasi. Maskerano 25 metrdan darvozabonni sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi, to‘p rikoshet bilan Olasabalning qo‘liga borib tushdi. |
| 5' | Dani Alves maydonga qaytmoqda, uning qonini to‘xtatishgan chog‘i. Montoyya mashq bajarishga kirishdi. | |
| 3' | ![]() |
Hakam bu vaziyatda Markesni aybdor deb topdi va unga sariq kartochka ko‘rsatdi. |
| 2' | ![]() |
Xavi Markes va Danni Alves Barsa jarima maydonchasi burchagida to‘qnashib ketishdi.Alvesning burnidan qon oqyapti, Granada o‘yinisi esa maydonda yotibdi. |
| 1' | ![]() |
Uchrashuvni mehmonlar faol boshlashdi, Bangura Barsa darvozasi tomon intildi, ammo undan to‘pni olib qo‘yishdi. |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi! |
| ' | ![]() |
Asalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari, Ispaniya chempionatining 25-turi doirasida Granada-Barselona urashuvida onlayn translyasiyani boshlaymiz! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|