Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

27-tur, 1 mart, soat 17:00. Bosh hakam: Mark Klatenburg

LIVERPUL

Jordan Xenderson (11)
Filippe Koutinyo (75)

2 : 1

MANCHESTER SITI

Edin Jeko (25)
JAMOALAR TARKIBI
22.Simon Minyole (D)
06.Deyan Lovren
37.Martin Shkrtel
24.Jo Allen
18.Alberto Moreno
20.Adam Lallana
14.Jordan Xenderson
31.Raxim Sterling
10.Filippe Koutinyo
23.Emre Jan
50.Lazar Markovich
  01.Jo Xart (D)
04.Vensan Kompani
20.Elyakim Mangala
11.Aleksandr Kolarov
05.Pablo Sabaleta
25.Fernandinyo
42.Yaya Ture
21.David Silva
08.Samir Nasri
10.Edin Jeko
16.Serxio Aguero
ZAHIRA
52.Denni Uord (D)
04.Kolo Ture
49.Jordan Uilyams
15.Daniel StarriJ
29.Fabio Borini
45.Mario Balotelli
09.Riki Lambert
  13.Vilfredo Kabalyero (D)
22.Gael Klishi
26.Martin Demichelis
18.Frenk Lempard
06.Fernando
07.Jeyms Milner
14.Vilfrid Boni
SARIQ KARTOCHKA
 
Samir Nasri (57)

Matn

'
"Liverpul" o‘z ochkolarini 48taga yetkazdi va 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Shuncha ochkoga ega bo‘lgan "Arsenal" yana 10 daqiqadan so‘ng "Everton"ga qarshi bahsni boshlaydi
90+4'
O‘yin yakunlandi! "Liverpul" - "Manchester Siti" - 2:1!
90+3'
Aguero jamoadoshi bilan "devor" o‘ynab olib, jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Zarba qovushmadi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Vuuuuuuuh! Yahyo Ture jarima maydonchasiga kirib keldi va yonida turgan Silvaga pas berdi. Davidning kuchli zarbasi olis ustun yonidan o‘tib ketdi!
87'
Vuuuuuh! "Liverpul" raqib jarima maydonchasiga yaqin joyda pressing qo‘lladi va Yahyoni xato qilishga majbur qilishdi. Natijada Starrij birga bir vaziyatga chiqib borib, zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi!
86'
Vilfrid Boni sariq kartochka oldi
85'
Vuuuh! Sterlingning uzatmasidan keyin Koutinyo jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi
82'
"Siti"da yana bir o‘zgarish: Samir Nasri o‘rniga Frenk Lempard tushirildi
82'
"Liverpul"da o‘zgarish: Jo Allen o‘rniga Kolo Ture tushirildi
82'
Milner sariq kartochka oldi
79'
Vuuuuuuh! Aguerrrooooo! "Liverpul" jarima maydonchasiga havodan yetkazilgan uzatmani himoyachi qaytardi. Qaytgan to‘pni Aguero jarima maydonchasi ichida egalladi va ikki himoyachini aldab, zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonginasidan o‘tib ketdi!!!
78'
"Siti"da o‘zgarish: Fernandinyo o‘rniga Vilfrid Boni tushirildi
76'
"Liverpul"da o‘zgarish: Markovich o‘rniga Starridj tushirildi
75'
GOOOOOOOOOL! Koutinyo! 2:1!!! Xuddi Xerdersonning golining "egizagi" bo‘ldi! Filippe jarima maydonchasi burchagidan kuchli zarba yo‘llab, olis burchakni aniq nishonga oldi! Jo Xart zarbani qaytara olmadi!
73'
Kolarov chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazganidan keyin himoyachilar to‘pni qaytarishdi va mezbonlar qarshi hujumga o‘tishdi. Sterling raqibdan o‘tib keta olmadi
70'
Jarima maydonchasining o‘ng tomonidan belgilanga jarima to‘pini Silva amalga oshirdi. To‘p hech kimga tegmay, qarama-qarshi tomonga o‘tib ketdi
69'
Samir Nasri o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va sheriklariga pas berayotganida himoyachilar to‘pni qaytarib qolishdi
65'
Xenderson jarima maydonchasida ochilayotgan jamoadoshi tomon yaxshi pas berdi. To‘pni Xart egallab oldi
61'
Kolarov chap qanotda chiroyli fint bilan himoyachidan o‘tib, jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo uzatma berishni qoyillatmadi
60'
O‘yin tempi biroz tushdi.
58'
"Siti"da o‘zgarish: Jekor o‘rniga Milner tushdi
57'
Samir Nasri sariq kartochka oldi
56'
Koutinyo o‘ng qanotdan ochilayotgan Sterlingga ikki marta uzatma berdi. Dastlabkisini himoyachi qaytargan bo‘lsa, ikkinchi uzatmani darvozabon egallab oldi.
54'
Jarimadan yetkazilgan uzatmani Shkrtel bosh bilan Lallanaga uzatdi, ammo Martin ofsaydda qoldi. Adam gol urgani esa endi hech qanday ahamiyatga ega emas!
53'
Fernandinyo o‘yin qoidasini buzdi
53'
Ikkinchi bo‘lim boshida mezbonlar ancha faol o‘ynashmoqda
52'
Vuuuuuuh, Sterling! Lallana o‘ng qanotdan bergan uzatmasini darvozaga yaqin turgan Rahim darvoza tomon aniq bura olmadi!
49'
Mezbonlar "Siti" jarima maydonchasi tomon yaxshi bosim tashkil qilishdi. Ammo xavfli vaziyat yuzaga keltira olishmadi
46'
Vuuuh! Sabaleta o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi va Aguero bosh bilan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Hozircha "Liverpul" - "Manchester Siti" - 1:1. Tanaffus
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi.
45+1'
Ehhh, Sterling! Jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va darhol zarba berish o‘rniga himoyachini aldamoqchi bo‘ldi. Himoyachi to‘pni orqaroqqa qaytardi. Shundan so‘ng Rahim chap oyoqda zarba yo‘lladi. Xart to‘pni egallab oldi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
45'
"Liverpul" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Sabaleta bosh bilan to‘pni uzoqlashtirdi
44'
Sabaleta Ture bilan "devor" o‘ynab, o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo to‘p uchun kurashda Lovren uni qo‘li bilan itarib yiqitdi. Hakam o‘yinni to‘xtatmadi
43'
Vuh! Koutinyo 28 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p to‘ppa-to‘g‘ri Xartning qo‘liga borib tushdi
42'
Bu safar Aguero ofsaydda deb topildi
41'
Ture maydon markazidan Jeko tomon uzatma berdi. Ammo Edin ofsaydda qolgandi
39'
Rahim Sterling ofsaydda qoldi
37'
Kolarov maydon markazining chap tomonidan jarima maydonchasi chizig‘i ustiga uzatma berdi. To‘pni davrozabon egalladi
35'
Oho! Markovichning "parashyut" uzatmasidan keyin Lallana jarima maydonchasiga kirdi va to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon burdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
34'
Jarima maydonchasi tashqarisida Aguero va Jeko qisqa masofadan bir birlariga to‘pni uzatishdi. Edin to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yubordi, aks holda 16 metrlardan zarba yo‘llashi mumkin edi
32'
Jeko olis masofadan ancha noaniq zarba yo‘lladi
29'
Jarimadan yetkazilgan to‘pni Kompani jarima maydonchasi ichida o‘ziga bo‘ysundira olmadi
28'
David Silvaga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi Jo Allen
25'
GOOOOOOOOL! Edin Jeko! 1:1! Aguero 3 himoyachi orasidan ampluadoshiga uzatma berdi va Jeko birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi!
22'
Vuuh! Koutinyoning uzatmasidan keyin Sterling bir himoyachini aldab, chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va darvoza oldiga uzatma berdi. To‘p hech kimga tegmasdan narigi qanotga o‘tib ketdi...
21'
Alberto Moreno chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va o‘ng oyoqda zarba yo‘lladi. Zarbani noaniq bo‘ldi
19'
Sabaleta o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo Shkrtel qaytargan to‘p Pabloning o‘zidan maydonni tark etdi
17'
"Siti" pozision hujum tashkil qilishga harakat qilmoqda. "Liverupul" hozircha yaxshi himoyalanmoqda.
14'
Dahshatli o‘yin! Super start!
13'
VUuuuuuuuuuh! Markazdan uzatilgan to‘pni Aguero jarima maydonchasi ichida qabul qildi va deyarli birga bir vaziyatda zarba yo‘lladi. To‘p olis ustunga tegib qaytdi!!!
11'
GOOOOOOOOOL! Xendersooooon! 1:0! Supergol! 18 metrlardan yo‘llangan zarba darvoza to‘siniga tegib, darvozaga kirib ketdi!
9'
"Liverpul" hisobni ochgandi, biroq futbolchi ofsaydda to‘pni qabul qilgani uchun gol inobatga olinmadi
8'
Vuuuuuuh! Lallana to‘p bilan markazdan jarima maydonchasiga kirib keldi va ikki raqib futbolchisi orasida bo‘lishiga qaramay, zarba yo‘lladi. Xart to‘pni egallab oldi
8'
Chap qanotdan yerlatib uzatilgan to‘pni "Liverpul" himoyachisi qaytardi. Qaytgan to‘pni 20 metrlardan Ture darvoza tomon yo‘llashga harakat qildi. To‘p yon tomonga ketib qoldi. Sabaletaning uzatmasi esa muvaffaqiyatsiz chiqdi
5'
Hozircha "Liverpul" hujum tashkil qila olmayapti
3'
Jeko jarima maydonchasiga uzatma bergan paytda Aguero ofsaydda qoldi
2'
To‘pni mehmonlar nazorat qilishmoqda
1'
O‘yin boshlandi!
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! "Liverpul" va "Manchester Siti" jamoalari maydonda saf tortishdi. Qizillarning mashhur qo‘shig‘ini butun stadion baralla kuylamoqda!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.