Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

27-tur, 1 mart, soat 19:05. Bosh hakam: Andre Marriner

ARSENAL

Olivye Jiru (39)
Tomash Rosiskiy (89)

2 : 0

EVERTON

JAMOALAR TARKIBI
13.David Ospina (D)
39.Ektor Bellerin
03.Kiran Gibbs
05.Gabriel Paulista
06.Loran Koselni
15.Aleks
19.Santi Kasorla
11.Mesut O‘zil
34.Fransis Koklen
17.Aleksis Sanches
12.Olivye Jiru
  24.Tim Xovard (D)
26.Jon Stounz
17.Muxamed Beshich
29.Lyuk Garbutt
06.Fil Jagelka
18.Garet Berri
20.Ross Barkli
23.Shimus Koulmen
16.Jeyms MakKarti
10.Romelu Lukaku
11.Kevin Miralyas
ZAHIRA
01.Voysex Shensni (D)
18.Nacho Monreal
21.Kalum Chambers
04.Per Mertezaker
07.Tomash Rosiski
23.Danni Uelbek
14.Teo Uolkott
  01.Joel Robles (D)
30.Antolin Alkaraz
21.Leon Osman
25.Aaron Lennon
04.Derron Gibson
14.Stiven Neysmit
09.Aruna Kone
SARIQ KARTOCHKA
Olivye Jiru (47)
Loran Koselni (78)
 

Matn

90+7'
O‘yin yakunlandi!
90+5'
Vuuuh! O‘zil jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilib, ortda ochilgan Kasorla pas berdi. Uning zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi
90+3'
"Everton" ikkinchi marta burchak to‘pini o‘yinga kiritadi
90+2'
Vuuuuh! O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pga Jiru bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi!
90'
Ikkinchi bo‘limga 7 daqiqa qo‘shildi!
89'
GOOOOOOOOL! Tomash Rosiski! 2:0! O‘zil chap qanotda to‘pni jarima maydonchasi tashqarisida ochilgan Rosiskiy uzatdi. Tomashning zarbasi rekoshet holatida darvoza to‘riga borib tushdi!
89'
"Arsenal"da so‘nggi o‘zgarish: Koklen o‘rniga Kalus Chambers tushdi
88'
Maydon markazidagi to‘qnashuv paytida Koklenning burnidan yana qon ketib qoldi. Endi uni almashtirmasa bo‘lmaydi
87'
"Arsenal"da navbatdagi o‘zgarish: Sanches o‘rniga Uelbek tushirildi
86'
Chap qanotdan darvozabon maydonchasiga yetkazilgan to‘pni Ospina mushti bilan qaytardi, Lukaku esa posbonga urilib ketdi
84'
"Everton" murabbiy yangi o‘yinchini tushirdi. Garet Berri o‘rniga Derron Gibson tushirildi
82'
"Arsenal"da o‘zgarish: Oksleyd-Chemberlen o‘rniga Tomash Rosiskiy tushdi
81'
Ehhhh, O‘zil! "Kanonirlar" raqib himoyachisidan to‘pni olib qo‘yishdi. Aleks jarima maydonchasiga kirayotgan O‘zilga uzatma berdi. Mesut darvozabonning yonidan o‘tkazishni ko‘zlab zarba yo‘lladi. To‘pga himoyachi oyoq qo‘yib qoldi va to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi!
78'
"Arsenal" himoyachilari to‘pni raqibga berib qo‘yishdi va Koselni sariq kartochka evaziga raqibning hujumini to‘xtatdi
76'
"Everton"da o‘zgarish bo‘ldi. Muhammad Beshich maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Stiven Neysmit tushirildi
75'
Gibbs o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib, maydoni tark etdi. Burchak zarbasi mezbonlar uchun samarali bo‘lmadi
72'
Oho! O‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yerlatib uzatilgan to‘pni Koulmen yaqin masofadan darvoza tomon burdi. Ospina to‘pni ushlab oldi
68'
Oyyyyyyyy!..... Jiru va Koklen to‘p uchun baland sakrashdi va o‘zaro to‘qnashib ketishdi.... Fransisni tishi sindi shekilli, og‘zi qonamoqda..
67'
Burchak zarbasidan mehmonlar samara chiqara olishmadi
65'
Vuuuuuuuh! Chap qanotdan yetkazilgan to‘pga Lukaku yaqin masofadan zarba berdi. Ospina to‘pni darvozadan yuqori ko‘tarib yubordi!
64'
Vuuuh! Kasorla Jiruga to‘pni berdi va qayta qabul qilib olib, 19 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi
62'
"Everton"da futbolchi almashdi: Miralyas o‘rniga Aaron Lennon tushirildi
60'
"Everton" vaziyatni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yin tempi yuqori emas, ammo hozircha himoyachilar yaxshi o‘ynashmoqda
54'
Koklenning formasi yirtilib ketgani uchun u yangi formani kiyishga majbur bo‘ldi
53'
Oho! Oksleyd-Chemberlen tomonida berilgan uzatmani Jiru jarima maydonchasi ichida qabul qildi va yaqin masofada o‘tkir burchak ostidan zarba yo‘lladi. To‘p maydonni tark etdi!
51'
Burchak to‘pidan keyin Miralyas olis ustun yonidan zarba yo‘lladi. To‘p darvozaga aniq bormadi
50'
Yana bir burchak to‘pi "Everton" ijrosida
50'
"Everton" o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Yana bir burchak zarbasi
48'
Burchak to‘pidan keyin Garet Berri akrobatik usulda zarba yo‘lladi. To‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi
47'
Jarimadan yo‘llangan zarbani Ospiana maydon tashqarisiga urib yubordi
47'
Oliv Jiruga sariq kartochka berildi. Raqib futbolchisini ortdan chalgani uchun
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Arsenal" - "Everton" - 1:0.
44'
Vuh! Burchak to‘pidan keyin Beshich bosh bilan darvozani ishg‘ol qilib qo‘yishiga sal qoldi. Xovard to‘pni egallab oldi
44'
Kasorla jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi! To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi!
41'
Shu paytgacha Venger shogirdlari golli vaziyatni yuzaga keltira olishmayotgan edi. Ular standart vaziyatdan unumli foydalanishdi
39'
GOOOOOOL! Olivye Jiru! O‘zil yetkazib bergan burchak to‘pini hujumchi oyog‘i bilan darvozaga yo‘lladi!
38'
Kasorla burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmonlar to‘pni qaytarishdi
38'
Vuuuuh! Lukaku deyarli maydon markazidan "Arsenal"ning ikki himoyachisidan qochib, jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo so‘nggi pallada Belleringa to‘pni oldirib qo‘ydi
34'
Sanches jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib, darvozabonning qo‘liga borib tushdi
30'
"Arsenal" har ikkala qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi, ammo ish sifatli zarbagacha yetib bormadi
28'
Oksleyd-Chemberlen o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va darvoza tomon pas berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
27'
Vuuuuuh! Aleksis o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Jiru 5 metrdan bosh bilan zarba berib, darvozani ishg‘ol qila olmadi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi!
24'
To‘p bilan yana mehmonlar muomala qila boshlashdi
20'
Tashabbus to‘laligacha "kanonirlar" tomoniga o‘tdi, ammo hozircha ularning hujumlari samara berayotgani yo‘q
17'
Vuuuuh! "Arsenal" himoyachisining qo‘pol xatosidan so‘ng Lukaku posbon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketdi. David Ospina ajoyib harakat qildi va o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi!
15'
"Everton" futbolchisi olis masofadan noaniq zarba yo‘lladi
11'
"Arsenal" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘pni narigi qanotdagi Sanches egalladi va darvoza oldiga uzatma berishda aniq harakat qila olmadi. To‘p maydonni tark etdi
8'
Qanchalik g‘alati bo‘lmasin, to‘pni ko‘proq liverpulliklar nazorat qilishmoqda
7'
O‘zil ofsaydda qoldi
5'
"Arsenal" jarima maydonchasiga o‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani mezbonlar qaytarishdi
4'
Hozircha xavfli vaziyat yo‘q, to‘p asosan maydon markazida
2'
"Arsenal" qizil, "Everton" ko‘k rangli formada o‘ynamoqda
1'
O‘yin boshlandi
'
"Arsenal" va "Everton" jamoalari maydonga chiqib kelishmoqda
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.