Ispaniya La-ligasi, 21-tur
| 25 yanvar, soat 20:00 | ||
REAL MADRIDRonaldu (56)
Benzema (75) |
2 : 0 |
GRANADA |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
25. Diyego Lopes 12. Marselo 15. Daniel Karvaxal 3. Pepe 4. Serxio Ramos 11. Garet Beyl 14. Xabi Alonso 19. Luka Modrich 22. Anxel Di Mariya 7. Krishtianu Ronaldu 9. Karim Benzema |
13. Roberto Fernandes 16. Brayan Angulo 2. Allan Nyom 24. Jeyson Murilyo 5. Diyego Mayns 10. Yasin Braimi 14. Resio 18. Manuel Iturra 20. Piti 23. Mishel Pereyra 9. Yussuf al-Arabiy |
|
Matn
| ' | E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! | |
| ' | "Qirollik klubi" muxlislari ertaga bo‘ladigan "Atletiko" va "Barselona"ning o‘yinlarini kuzatishadi. | |
| ' | "REAL" - "GRANADA" - 2:0. Madrid jadvalda 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi! | |
| 90+3' | ![]() |
O‘YIN TUGADI! |
| 90+2' | ![]() |
Iskoning zarbasini Roberto egallab oldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
"Granada" mezbonlar darvoza tomon xavf soldi. O‘yinda faol harakat qilayotgan Al-Arabiy chap oyoda darvoza tomon kuchli zarba berdi. Lopes to‘pga yeta olmadi. Ammo marokashlik hujumchining zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi. |
| 89' | ![]() |
Ronaldu ofsaydda qolib ketdi |
| 88' | ![]() |
Xese!!! Darvoza tomon kuchli zarba yo‘lladi. Darvozabon ham yaxshi harakat qilib, to‘pni egallab oldi! |
| 87' | ![]() |
Isko o‘ng qanotdan hujumga o‘tdi va to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Himoyachilar esa xavfni bartaraf etishdi |
| 85' | ![]() |
O‘yin tugashiga 5 daqiqa qoldi. Ikkinchi goldan keyin o‘uin surati biroz tushdi. Ketma-ket o‘yinchi almashtirishlar amalga oshirildi. Deyarli o‘yin taqdiri hal bo‘lganini futbolchilar his qilishmoqda |
| 84' | ![]() |
"Real"da so‘nggi almashtirish. Anxel Di Mariya maydonni tark etdi, Asyer Ilyaramendi tushirildi. |
| 83' | ![]() |
"Granada"da yana bir futbolchi almashtirildi. Jeyson Murilyo o‘rniga Aleksandr Koeff tushdi |
| 82' | ![]() |
"Granada"da futbolchi almashtirildi. Piti o‘rniga Diyego Buonanotte tushirildi |
| 80' | ![]() |
Piti qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Madridlik himoyachilar osonlik bilan xavfni bartaraf etishdi |
| 77' | ![]() |
Benzema maydonni tark etdi. Uning o‘rniga o‘yinni Isko davom ettiradi |
| 77' | Benzema esa Marseloning qanotdan uzatgan to‘pini darvoza yo‘lladi. Karim himoyachilardan qochib ketganini ta’kidlash lozim | |
| 76' | ![]() |
Goldan avval esa Ronaldu jarima zarbasidan to‘pni to‘ppa-to‘g‘ri darvoza to‘siniga yo‘llagandi! Bu vaziyatda Roberto qimirlay olmagandi hattoki! |
| 75' | ![]() |
Ikkinchi gol muallifi - Karim Benzema! Fransiyalik futbolchi ham so‘nggi o‘yinlarni golsiz tark etmayapti |
| 74' | ![]() |
Gooooollll! "Real" hisobni 2:0ga yetkazmoqda! |
| 70' | ![]() |
"Granada"da dastlabki o‘yinchi almashtirish. Resio maydonni tark etdi, Pereyra tushirildi |
| 68' | ![]() |
Ronaldu Xese uzatgan to‘pni qabul qilib olib, bir himoyachini ortda qoldirgancha jarima maydonchasiga yorib kirdi va darvozaning yaqin burchagiga to‘pni yo‘lladi. Roberto oyoqlari bilan zarbani bartaraf etdi |
| 66' | ![]() |
"Real"ning qarshi hujumi natijasida Ronaldu chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Modrich esa chiroyli zarba bermoqchi bo‘ldi, ammo zarbaga kuch yetishmadi va noaniq bo‘ldi |
| 66' | ![]() |
Di Mariya sariq kartochka bilan jazolandi |
| 65' | ![]() |
Ronaldu juda qulay vaziyatdan hisobni yiriklashtirish imkoniyatida foydalana olmadi. Uning zarbasi noaniq chiqdi |
| 63' | ![]() |
Endi esa "Granada" futbolchisi Iturra ogohlantirildi |
| 61' | ![]() |
Jabrlanuvchi Iturra to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Pepe esa bosh bilan xavfni bartaraf etgandek bo‘ldi. Al-Arabiy to‘pni yana jarima maydonchasiga qaytardi. Ramos esa to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. |
| 60' | ![]() |
"Real" to‘rtinchi sariq kartochkasini olmoqda. Bu safar Modrich ogohlantirildi. |
| 59' | ![]() |
Anchelotti shogirdlari to‘pni nazorat qilishmoqda. Bitta to‘p ustunligi hali xotirjam bo‘lishga imkon bermaydi |
| 58' | ![]() |
Gol esa quyidagicha yuzaga keldi. Ronaldu chap qanotdan markazga o‘tishi bilan "Granada" darvozasi oldidan xavfli vaziyat vujudga keldi. Modrich jarima maydonchasiga to‘pni yetkazdi. Ronaldu esa bir nafar himoyachini aldadi va to‘pni chap oyog‘iga to‘g‘rilab, darvozaning burchagiga yo‘lladi. Robertoning qo‘li to‘pga tegdi, ammo zarbani qaytara olmadi. |
| 55' | ![]() |
55-daqiqada, goldan oldin Benzema maydon markazida Pitiga nisbatan fol ishlatgani uchun sariq kartochka olgandi |
| 57' | ![]() |
Krishtianu o‘zining chempionatdagi 22-golini raqib darvozasiga yo‘lladi! |
| 56' | ![]() |
Goooooolll!!! Ronaldu! |
| 50' | ![]() |
Xese ikki himoyachidan o‘tib ketib, o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Noaniq. Ronaldu uzatma kutgandi |
| 49' | ![]() |
Alonso jarima to‘pini raqib darvozasi oldiga uzatdi. Ammo to‘pga Pepe yeta olmadi |
| 48' | ![]() |
Mezbonlar hujumni o‘z darvozalari yonidan boshlashdi. Di Mariyaning uzatmasi Ronaldugacha yetib bormadi, ammo uning o‘zi yanato‘pni egallab olib, oldinga intildi. O‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib, to‘pni markazroqqa uzatdi. Benzema bosh bilan zarba berdi. To‘p esa darvoza to‘siniga tegib qaytdi. Shundan keyin himoyachilar to‘pni uzoqlashtirishdi! |
| 47' | Benzema to‘p uchun kurashda himoyachi Murilyoga yutqazdi va mezbonlarning hujumlari yakuniga yetmay qoldi | |
| 46' | ![]() |
"Real"da futbolchi amalshdi. Beyl maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Xese tushirildi |
| 46' | ![]() |
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI! |
| ' | Jamoalar maydonga chiqib kelishdi | |
| ' | ![]() |
Darvoqe, birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 1 daqiqa ichida realchilar tomon tashkil etilgan xavfli hujumga alohida to‘xtalib o‘tmasak bo‘lmas. Beyl to‘pni maydonda saqlab qoldi va to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Ronaldu to‘p boradigan joydan o‘tib ketayotgandi, ammo u tezda o‘girilishga va o‘z ustidan oshirib zarba berishga ulgurdi. To‘p darvozaga kirib ketayotgandi. Biroq Roberto fantastik reaksiya namoyish qilib, to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pga Di Mariya bosh bilan zarba berdi. Bu safar esa darvozabon to‘pni egallab oldi. Bu birinchi bo‘limdagi eng xavfli vaziyat edi! |
| ' | O‘yindan oldin Ronaldu muxlislarga Oltin to‘pni namoyish qildi. Foto: http://cs314824.vk.me/v314824108/6529/1I6reuJ_63Q.jpg | |
| ' | Tanaffus. "Real" - "Granada". Tabloda faqat gollar | |
| ' | Birinchi bo‘limda maydon egalari hududiy ustunlikka erishishdi, ammo mehmonlar hozircha himoyada tartibli o‘yin namoyish qilishmoqda. | |
| 45+1' | ![]() |
BIRINCHI BO‘LIM YAKUNLANDI |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 42' | ![]() |
Beyl 3 nafar himoyachidan o‘tib ketdi va markaz tomon o‘tib, to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. To‘p esa Marseloga yetib keldi. U esa to‘pni Di Mariyaga yetkazgandi, argentinalik futbolchi to‘pni yo‘qotdi |
| 41' | ![]() |
Benzema to‘p bilan jarima maydonchasigacha yaqinlashib keldi va chap qanotdan ochilgan Ronalduga uzatdi. Portugaliyalik hujumchi raqibni aldamoqchi bo‘lganida himoyachi undan to‘pni olib qo‘ydi |
| 39' | ![]() |
Beylning qanotdan yetkazgan to‘piga Ronaluda sakradi. Ammo to‘p yanada balandroqdan o‘tib ketdi |
| 37' | ![]() |
Beylning zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 36' | ![]() |
Benzemaga nisbatan qoida buzildi. Alonso to‘pni jarima maydonchasiga emas, uning chap tomonida turgan Ronalduga uzatdi. Krishtianu to‘pni jarima maydonchasi markaziga yetkazmoqchi bo‘lgandi, ammo noaniq |
| 34' | ![]() |
Bu safar chap qanotdan Di Mariya hujumga o‘tdi. Marselo to‘pni orqaga yumalatdi va argentinalik futbolchi darvoza tomon kuchli zarba berdi. To‘pni darvoza tomon burmoqchi bo‘lgan Benzema esa ofsaydda qolgandi |
| 32' | ![]() |
Ronaldu Marselo bilan "devor" o‘ynadi va to‘pni yerlatib jarima maydonchasiga yetkazdi. Beylning zarbasi yo‘liga esa himoyachi g‘ov bo‘ldi. |
| 31' | ![]() |
"Granada" hujumga o‘tganida ham to‘pni yo‘qotmaslik uchun uni yana ortga qaytarishmoqda |
| 30' | ![]() |
Alonso oldinga intilayotgan Beylni to‘p bilan ta’minladi. U esa tovoni bilan Modrichni to‘pni uzatdi. Xorvatiyalik yarim himoyachidan esa raqib futbolchilari to‘pni olib qo‘yishdi |
| 29' | ![]() |
Al-Arabiy chap qanot bo‘ylab Karvaxaldan o‘tib ketdi. Undan keyin esa Ramosni ham ortda qoldirayotgan paytda hakam o‘yinni to‘xtatdi. To‘p yon chiziqni tark etibdi |
| 28' | ![]() |
Benzema darvozani ishg‘ol qildi! Lekin ofsayddan. Di Mariya o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. U yerda "Real" futbolchilaridan bir to‘pni bosh bilan darvozabon maydonchasiga uzati. Benzema esa oyoq bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Qanot hakami bayroqchasini ko‘tarib, o‘yindan tashqari holatni qayd etdi |
| 26' | ![]() |
Iturraning zarbasi kuchli chiqmadi. Lopes to‘pni osongina egallab oldi. |
| 25' | ![]() |
Iturra o‘ng qanotda to‘p uchun kurashda g‘olib chiqdi va to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Al-Arabiy bosh bilan noaniq zarba berdi |
| 24' | ![]() |
Modrich tomonidan yetkazib berilgan to‘pga bu safar Karim yetib bora olmadi |
| 23' | ![]() |
Chap qanotdan Marselo to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Benzema olis burchakdan to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon yo‘llashga uringandi. Noaniq |
| 22' | ![]() |
To‘p ham "Qirollik klubi"da. Qanotdan Ronalduni ko‘zlab uzatilgan to‘pni Murilyo qaytarib qoldi. |
| 21' | ![]() |
Endi "Real" to‘pni ko‘proq nazorat qilmoqda. Hozircha madridliklar raqib himoyasini yorib o‘ta olishmayapti |
| 19' | Da Mariyaning jarima maydonchasi tomon yetkazgan to‘pi noaniq chiqdi | |
| 18' | ![]() |
"Granada"ning standart vaziyatlari hozircha besamar ketmoqda. |
| 17' | ![]() |
Ramos ogohlantirildi. "Granada" futbolchisi Nyoma hujumga qo‘shildi va Ramos podkat orqali uni to‘xtatishga majbur bo‘ldi |
| 16' | ![]() |
"Real"ning tezkor qarshi hujumi. Benzema to‘pni Di Mariyaga uzatdi. Ammo uning zarbasiga aniqlik yetishmadi |
| 14' | "Granada" so‘nggi 3 daqiqa davomida to‘pni yaxshi nazorat qildi. Lekin oldinga o‘tishga shoshilmayapti. | |
| 11' | ![]() |
Di Mariya burchak to‘pini to‘g‘ridan to‘g‘ri darvoza tomon zarba berishga qaror qildi. Roberto to‘pni mushtlari bilan urib yubordi va to‘p yana Di Mariyaga keldi. Bu safar argentinalik yarim himoyachi to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Ramosning bosh bilan bergan zarbasi esa darvoza to‘sinining shundoqqina ustidan o‘tib ketdi |
| 10' | ![]() |
Di MAriya jarima to‘pni jarima maydonchasiga yetkazi berdi. Karvaxal esa to‘pni bosh bilan jarima maydonchasi markaziga yetkazdi. Iturra esa to‘pni bosh bilan qaytaraman deb, o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘yishiga sal qoldi. "Granada"ni goldan darvoza to‘sini qutqardi |
| 9' | ![]() |
BUndan avval esa "Granada" futbolchisi Yusuf al-Arabiy "Real" darvozasini ishg‘ol qilgandi. U ofsaydda deb topildi |
| 9' | ![]() |
Murilyo ogohlantirish oldi. U o‘zidan o‘tib ketayotgan Beylni qo‘pollik bilan to‘xtatdi. Aks holda uelslik futbolchi darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketardi |
| 7' | ![]() |
Mehmonlar to‘pni nazorat qilishga urinishmoqda. Madridliklar pressing orqali to‘pni olib qo‘yishga urinishmoqda. Mudofaa chizig‘iga Beyl, Ronaldu va Benzema yordamga kelishgan |
| 6' | ![]() |
Ronaldu o‘z fintlarini namoyish qildi va himoyachidan o‘tib ketgancha va darvozabon tomon zarba berdi. To‘p darvoza ustunidan 2 metrlar masofadan o‘tib ketdi |
| 5' | ![]() |
Bu safar "Real"ning hujumi chap qanotdan rivojlandi. To‘p Modrich orqali Beylga yetkazildi. U esa tezlikda Angulodan o‘tib ketdi va madon chizig‘i yonidan to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. To‘p bu safar ham Robertoga nasib etdi |
| 4' | ![]() |
Beyl to‘pni jarima maydonchasi yaqinidagi Modrichga uzatdi. U esa to‘pni darhol Benzema tomon yetkazgandi. Biroq darvozabon Roberto unga ega chiqdi |
| 3' | ![]() |
Granada chap qanotdan hujum uyushtirib, to‘pni jarima maydonchasiga uzatib berdi. To‘p narigi qanotga o‘tib ketdi va uni Di Mariya egalab oldi. |
| 3' | Darvoqe, bugun "Real" oq formada, "Granada" esa to‘q ko‘k rangli formada o‘ynamoqda | |
| ' | Bu Diyego Lopes darvozasi uchun xavf tug‘dirmadi. | |
| 2' | ![]() |
"Granada" burchak to‘pi ishladi. |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| ' | Ronaldu o‘zining "Oltin to‘pi"ni "Santyago Bernabeu"ga namoyish qildi va ushbu to‘p bilan birga umumiy rasmga tushishdi madridliklar | |
| ' | Diqqat! JAmoalar maydonga chiqib kelishgan! | |
| ' | Bugungi o‘yinda madridliklar, shubhasiz, favorit hisoblanadi. "Granada" esa raqibga qarshilik ko‘rsatishga urinib ko‘rishadi | |
| ' | "Real"ning bugungi raqibi "Granada" esa hozircha 24 ochko bilan 10-o‘rinni egallab turibdi. Ular shu kungacha 19ta gol urishgan xolos | |
| ' | So‘nggi paytlarda Karlo Anchelotti shogirdlari juda yaxshi o‘yin namoyish qilib, raqiblarini yirik hisoblarda mag‘lub etishmoqda | |
| ' | "Barselona" va "Atletiko" jamoalarining o‘tgan turdagi "qoqilishi" oqibatida "qaymoqranglilar" peshqadamlar bilan oradagi farqni 1 ochkogacha qisqartirishdi | |
| ' | Assalomu alaykum, qadrli ispan futboli muxlislari! Bugun bizni Ispaniya chempionatining navbatdagi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Turni "Real" - "Granada" o‘yini boshlab beradi. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|