Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Angliya liga kubogi
| Final, 1 mart, 21:00 | ||
CHELSIJon Terri (45)
Diyego Kosta (56) |
2 : 0 |
TOTTENXEM |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Petr Chex (D) 02.Branislav Ivanovich 26.Jon Terri 28.Sesar Aspilikueta 24.Geri Kexill 07.Ramires 04.Sesk Fabregas 05.Kurt Zuma 10.Eden Azar 22.Villian 19.Diyego Kosta |
01.Ugo Lyoris (D) 05.Yan Vertongen 15.Erik Dayer 02.Kayl Uoker 38.Rayan Meyson 03.Denni Rouz 22.Nosir Shodli 23.Kristian Eriksen 17.Andros Taunsend 42.Nabil Bentaleb 18.Gerri Keyn |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Tibo Kurtua (D) 03.Filipe Luis 06.Natan Ake 23.Xuan Kuadrado 08.Oskar 11.Didye Drogba 18.Loik Remi |
13.Mishel Vorm (D) 25.Benjamin Stambuli 33.Ben Devis 21.Federiko Fasio 11.Erik Lamela 19.Mussa Dembele 09.Roberto Soldado |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Villian (69)
Garri Kexill (72) Kuadrado (85) |
Erik Dayer (32)
Nabil Benteleb (78) |
|
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin tugadi! "Chelsi" — Angliya liga kubogi sohibi! Mourinyo yana bir sovrinni qo‘lga kiritdi! |
| 90+4' | ![]() |
"Tottenxem" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi, ammo bundan hech qanday naf chiqara olmadi |
| 90+3' | ![]() |
"Chelsi" afsonasi Drogba maydonga tushmoqda. Maydonni Diyego Kosta tark etdi |
| 90+1' | ![]() |
Harri Keyn chap tomondan jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo Kexill to‘pni yon tomonga tepib yubordi |
| 9' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin "shporlar" darvoza tomon bosim uyushtirishdi. Ammo "aristokratlar" raqibga gol urish imkoniyatini bermayapti |
| 89' | ![]() |
Vuuuuh! Soldado o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga xavfli uzatma berdi. Ivanovich bir amallab to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 88' | ![]() |
"Chelsi"da o‘zgarish: Fabregas maydonni tark etdi. Oskar tushdi |
| 87' | ![]() |
Soldado zarba berishga ulgurmadi, Terri to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi |
| 85' | ![]() |
Kuadrado sarii kartochka oldi |
| 80' | ![]() |
"Tottenxem"da o‘zgarish: Shodli o‘rniga Roberto Soldado o‘yinni davom ettiradi |
| 79' | ![]() |
Vuuuuh! Keyn o‘ng tomondan oldinga o‘tdi va narigi qanotda kelayotgan Shodliga uzatma berdi. Ivannovichning oyog‘i tepga tegmay qoldi, buni kutmagan Nosir ham to‘pni o‘tkazib yubordi... |
| 78' | ![]() |
Bentaleb ogohlantirildi. |
| 77' | ![]() |
Aspilikuetaning boshiga oq bint o‘raldi |
| 76' | ![]() |
Vuuuh! To‘p burchakdan o‘yinga kiritilganidan keyin Harri Keyn to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi. Olis ustun yonida turgan Lamela to‘pni darvozaga yo‘llay olmadi |
| 76' | ![]() |
"Chelsi"da o‘zgarish: Villian o‘rniga Kuadrado tushirildi |
| 75' | ![]() |
"Tottenxem"ni bosimni oshirmoqda. Ular burchak to‘pi ishlashdi |
| 74' | ![]() |
Oyyyyy! Dayer to‘p uchun sakragan Askilikuetaning boshiga oyog‘i bilan zarba bergan ekan. Sesarning boshidan qon oqmoqda |
| 73' | ![]() |
Jarima to‘pi o‘yinga kiritilgan paytda Dayer ofsaydga kirib ketdi |
| 72' | ![]() |
Garri Kexill raqib futbolchisini qo‘li bilan tortib qoldi. Hakam unga uchinchi marta qoida buzganini ko‘rsatdi. |
| 70' | ![]() |
"Tottenxem"da o‘zgarish: Meyson o‘rniga rik Lamela tushirildi |
| 69' | ![]() |
Villian sariq kartochka oldi. |
| 67' | ![]() |
Azar jarima maydonchasi tashqarisidan olis ustun tomon ochilayotgan Fabregasga uzatdi. To‘p avval Rouzning, so‘ngra Seskning boshiga tegib, maydonni tark etdi |
| 64' | ![]() |
Vuuuuh! Villiandan to‘pni qabul qilgan Azar jarima maydonchasi burchagidan kirib keldi va olis burchakka to‘pni aylantirdi. To‘p olis ustun yonidan yotib ketdi! |
| 63' | ![]() |
Sesk chap qanotdan oldinga o‘tgan Aspilikuetaga uzatma berdi. Uoker to‘pni yon tomonga tepib yubordi |
| 61' | ![]() |
"Tottenxem"da o‘zgarish: Taunsend o‘rniga Mussa Dembele tushirildi |
| 56' | ![]() |
GOOOOOL! Diyego Kosta, 2:0! Fabregasdan uzatmani qabul qilgan hujumchi o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. To‘p Uokerning oyog‘iga tegib, darvoza to‘riga borib tushdi! |
| 52' | ![]() |
Harri Keyn ikki marta ofsaydda qoldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlanib ketdi |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Chelsi" - "Tottenxem" - 1:0. |
| 45+2' | ![]() |
Vuuuuuh! Yana bir burchak to‘pini "Chelsi" golga aylantirishiga bir bahya qoldi. Ivanovich to‘pni bosh bilan darvozabon maydonchasiga uzatdi va Kexill to‘pni darvoza tomon burdi! Ugo Lyoris seyv bilan to‘pni egalladi |
| 45' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Jon Terriiii! 1:0! Burchak zarbasidan keyin Zuma to‘p uchun kurashdi va to‘p Terriga kelib tushdi. Jamoa sardorining zarbasi rekoshet holatida to‘rga borib tushdi. Futbolchilar Terrini ochiq qoldirishdi |
| 42' | O‘yin tempi biroz tushdi | |
| 36' | ![]() |
Vuh! Erikssen jarima maydonchasi chap tomonida to‘pni qabul qildi va Zumaning oyoqlari orasidan to‘pni o‘tkazib, yaqin burchakka zarba berdi. Chexni to‘pni egalladi |
| 35' | ![]() |
"Chelsi" qarshi hujumga o‘tdi, Villian maydon markazidan hujumga o‘tayotgan Kostaga to‘pni yetkazmoqchi bo‘ldi, so‘nggi himoyachi to‘pni olib qoldi |
| 32' | ![]() |
"Tottenxem" futbolsi Erik Dayer ogohlantirish oldi |
| 29' | ![]() |
"Chelsi" jarima zarbasini o‘yinga kiritishdi. Ivanovich jarima maydonchasi ichida himoyachilarni aldamoqchi bo‘ldi, ammo to‘pni yo‘qotdi |
| 23' | ![]() |
Azar jarima maydonchasining chap tomonida to‘pni qabul qildi va biroz markazroqqa surilib, zarba yo‘lladi! To‘p himoyachiga tegib qaytdi |
| 20' | ![]() |
"Tottenxem" futbolchisi jarima maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 19' | ![]() |
Villian yo‘llagan zarba jonli devorga tegib qaytdi |
| 17' | ![]() |
Jarima maydonchasi yaqinida Azarga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi |
| 13' | ![]() |
Oho! Diyego Kosta jarima maydonchasining chap tomonidan to‘pni qabul qildi va Azar tomon yetkazdi. Eden yo‘llagan zarba darvozaga aniq bormadi |
| 11' | ![]() |
Keyn maydon markazida to‘pni egallab, "Chelsi" jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va yerda zarba yo‘lladi. Petr Chexni tepni ushlab oldi |
| 10' | ![]() |
Vuuuuuuh! Eriksen tomonidan yo‘llangan zarba darvoza to‘siniga tegib qaytdi!!! |
| 8' | ![]() |
Harri Keynga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Jarima zarbasi |
| 8' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Ivanovich aniq zarba bera olmadi |
| 7' | ![]() |
Vuuh! "Chelsi" deyarli maydon markazidan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi va to‘p o‘ng qanotdagi Ivanovichga kelib ushdi. Branislav olis ustun tomon uzatma berdi. Terri to‘pni darvozaga joylashga tayyor edi, Lyoris to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 6' | ![]() |
Diyego Kosta burchak to‘pi ishladi. Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Kurt Zuma bosh bilan aniq zarba bera olmadi |
| 2' | ![]() |
"Chelsi" chap qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Terri bosh bilan yo‘llagan zarba aniq chiqmadi |
| 1' | ![]() |
"Chelsi" ko‘k, "Tottenxem" oq-qora rangli formadan o‘ynamoqda |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
Qadrli futbol muxlislari. "Chelsi" va "Tottenxem" jamoalari o‘rtasidagi Angliya liga kubogi final bahsi bolshlanish arafasida |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|