Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 25-tur, 2 mart, soat 01:00. Bosh hakam: Xose Luis Gonsales Gonsales | ||
REAL MADRIDKrishtianu Ronaldu (51-pen.)
|
1 : 1 |
VILYARREALJerar Moreno (64)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Iker Kasilyas (D) 03.Pepe 02.Rafayel Varan 12.Marselo 15.Daniel Karvaxal 23.Isko 08.Toni Kroos 11.Garet Beyl 16.Lukas Silva 07.Krishtianu Ronaldu 09.Karim Benzema |
01.Serxio Asenxo (D) 02.Mario Gaspar 16.Xose Dorado 24.Erik Beyli 18.Yaume Kosta 19.Moyes Gomes 26.Serxio Markos 04.Tomas Pinya 23.Jerar Moreno 10.Joel Kembell 09.Jovanni dos Santos |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Keylor Navas (D) 05.Fabiu Kuentrau 17.Alvaro Arbeloa 18.Nacho Fernandes 24.Asyer Ilyaramendi 14.Xavyer Ernandes 20.Xese |
25.Xuan Karlos (D) 05.Mateo Musachchio 15.Viktor Ruis 14.Manu Triguros 06.Jonatan dos Santos 08.Ikechukvu Uche 07.Lusiano Viyetto |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Moyes Gomes (37)
Erik Beyli (51) Yaume Kosta (70) |
||
Matn
| ' | ![]() |
E’tiboringiz uchun rahmat! |
| ' | "Real"ni keyingi hafta yana bir qiyin uchrashuv kutib turibdi. Jamoa "Atletik Bilbao" mehmoni bo‘ladi | |
| ' | ![]() |
"Real" muhim bo‘lgan 2 ochkodan mahrum bo‘ldi. Natijada "Madrid" va "Barselona" ochkolari orasidagi farq endi 2 ochkoni tashkil qilmoqda. Yana intriga keskinlashdi |
| 90+4' | ![]() |
Himoyachi to‘pni qaytardi va hakam o‘yin yakunlangani haqida hushtakni chaldi! |
| 90+4' | ![]() |
BUrchak to‘pi Marselo orqali jarima maydonchasiga yuqoridan yetkazildi |
| 90+3' | ![]() |
"Real" burchak to‘pi ishladi. So‘nggi imkoniyat! |
| 90+3' | ![]() |
Vyetto maydon markazida to‘pni egallab oldinga bordi va sheriklariga pas bermasdan o‘zi Varanni aldab o‘tishga qaror qildi va to‘pni yo‘qotdi |
| 90+1' | ![]() |
Vuuuh! Marselo olis ustun tomon havodan uzatma berdi. Ronaldu bosh bilan to‘pni darvoza tomon burdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 90+1' | ![]() |
"Real" ikkita burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli bo‘ldi vaziyatlar |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi |
| 89' | ![]() |
Marselo chap qanotdan darvozabon maydonchasiga yaxshi uzatma berdi. Beyli to‘pni tepib yubordi |
| 87' | ![]() |
Karvaxal maydon markazida to‘pni qabul qilib oldinga intildi va jarima maydonchasi ichida ochilgan Chicharito tomon uzatma berdi. Erik Beyli hujumchining ortidan itarib yubordi va Xavyer yiqildi. Hakam penalti belgilash uchun asos topmadi |
| 86' | ![]() |
Vuuuh! Chap qanotdan yuqoridan yetkazilgan to‘pga Vyetto bosh bilan zarba berdi. Kasilyas o‘z mahoratini namoyish qilishiga to‘g‘ri keldi! |
| 85' | ![]() |
Ehhh, Xessseee! Chap qanotdan yuqorilatib berilgan to‘pga Asenxo chiqdi, ammo to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi. Xese jarima maydonchasining o‘ng tomonidan bo‘sh darvozaga to‘pni joylay olmadi! |
| 84' | ![]() |
Chap qanotdan "Vilyarreal" darvozasining olis ustuni tomon uzatma berildi. Ronaldu bosh bilan zarba berishga chog‘lanayotganida himoyachi to‘pni bosh bilan yon tomonga urib yubordi |
| 80' | ![]() |
"Real"da ikkita o‘zgarish bo‘ldi. Isko o‘rniga Ilyaramendi, Benzema o‘rniga Xavyayer Ernandes tushirildi |
| 79' | ![]() |
Ronaldu kuchli zarba yo‘lladiiii! To‘p darvoza yonidan o‘tib ketdi |
| 77' | ![]() |
Vuuuh! Vyetto darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketdi va "Real" jarima maydonchasiga kirib borib, kutilmaganda yiqilib tushdi... |
| 76' | ![]() |
Ohoo! "Real" darvozasi oldida taxlikali vaziyat yuzaga keldi. Mehmonlar jarima to‘pini chap qanot bilan o‘ynashdi. Futbolchi bir himoyachini aldab, davrozabon maydonchasiga kuchli uzatma berdi. Pepe to‘pni qaytardi |
| 76' | ![]() |
Karvaxal sariq kartochka bilan jazolandi. Raqibni ortidan itarib yiqitgani uchun |
| 75' | ![]() |
Kempbell jarima maydonchasi tashqarisidan olis burchak tomon aylanma zarba berdi. Zarba aniq chiqmadi |
| 72' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish bo‘ldi. Lukas Silva o‘rniga Xese Rodriges tushirildi |
| 71' | ![]() |
Vuuuh! Qoyil, Ronaldu, qoyil, Asenxo! Beylning uzatmasidan keyin Krishtianu darvozaga teskari turganiga qaramay to‘pni bosh bilan yuqori burchakka aylantirdi! DAvrozabon barmoqlarining uchi bilan to‘pni yuqoriga ko‘tarib yubordi |
| 70' | ![]() |
Oho! Jarimadan yetkazilgan to‘pga bosh bilan zarba berdi. Darvozabon to‘pga chiqishda xatoga yo‘la qo‘ygandi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 70' | ![]() |
Yaume Kosta sariq kartochka bilan jazolandi. U Beylni chalib yiqitdi |
| 69' | ![]() |
Vuuuuh! Ronaldu chap qanotda Beylidan qochib ketdi va birga bir vaziyatda zarba yo‘lladi. Davrozabon ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi! |
| 68' | ![]() |
"Vilyarreal"da uchinchi o‘zgarish: Serxio Markos o‘rniga Jonatan dos Santos tushirildi |
| 64' | ![]() |
GOOL! Jerar Moreno, 1:1! Chap qanotdan jarima maydonchasi chizig‘i ustiga pas berildi. Moreno to‘pni Vyettoga qoldirdi va Vyetto yana jamoadoshiga uzatayotganida, to‘p himoyachining oyog‘iga biroz tegdi va zarba berish uchun qulay holatga keldi. Moreno ushbu imkoniyatni qo‘ldan chiqarmadi va kuchli zarba bilan darvoza burchagini nishonga oldi! |
| 62' | ![]() |
"Vilyarreal"da ikkita o‘zgarish bo‘ldi: Pinya o‘rniga Treguros, Jovanni o‘rniga Vyetto tushirildi |
| 61' | ![]() |
Ronalduning zarbasi to‘sin ustidan o‘tib ketdi! |
| 60' | ![]() |
Marselo to‘p bilan jarima maydonchasi yarim aylanasigacha bordi va u yerda himoyachilar unga nisbatan fol ishlatishdi |
| 58' | ![]() |
Jarima zarbasidan keyin Beyli to‘pni darvoza tomon burishga harakat qildi. O‘tkir burchak ostida berilgan zarba aniq chiqmadi |
| 57' | ![]() |
Tomas Pinyaga nisbatan burchak yonida o‘yin qoidasini Isko buzdi |
| 57' | ![]() |
Marselo yo‘llangan zarba ancha noaniq bo‘ldi |
| 55' | ![]() |
Ehhhhh, Ronalda chap qanotda bir himoyachidan qochib ketib, jarima maydonchasiga kirib bordi va o‘ng qanotdan yetib kelgan Beylga pas berdi. Garet to‘pni osmonu falakka yo‘naltirdi... Ronaldunnig o‘zi zarba bersa ham bo‘lardi |
| 54' | ![]() |
Vuuuuh! Beylning uzatmasidan keyin Ronaldu birga bir vaziyatda zarba yo‘lladi! To‘p Asenxoga tegib qaytdi |
| 52' | ![]() |
Erik Beyli sariq kartochka oldi penalti belgilangan vaziyatda |
| 52' | ![]() |
GOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 1:0! Beyli darvozabon maydonchasida Ronalduning beliga osilib, uni yiqitdi. Beyl aynan Krishtianu tomon uzatma bergandi |
| 51' | ![]() |
PENALTI! "Vilyarreal" darvozasiga! |
| 50' | ![]() |
"Vilyarreal" futbolchilari qarshi hujumga o‘tishdi. To‘p bilan jarima maydonchasiga yaqinlashib borgan futbolchi ikki tomonda ochilgan sheriklariga pas bera olmadi! |
| 48' | ![]() |
Vuuuuh! Ronaldu jarima maydonchasi o‘ng burchagidan yerlatib zarba berdi. Asenxo to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi. Himoyachilar to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirishdi |
| 47' | ![]() |
Karvaxal o‘ng qanotdan uzatmani amalga oshirdi. Himoyachilar qaytarishdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Real" - "Vilyarreal" o‘yinida hisob ochilmadi. Tanaffus |
| 45+2' | ![]() |
Ronaldu jarimadan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 45+1' | ![]() |
Kroosga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 44' | ![]() |
"Vilyarreal" burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Madridliklar xavfni bartaraf etishdi |
| 43' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pga yana Varan bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 42' | ![]() |
Vuuuuh! Iskoning uzatmasidan keyin Beyl jarima maydonchasining o‘ng tomonida to‘pni qabul qildi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. To‘p esa darvoza to‘siniga tegib, narigi tomonga ketdi! Keyinchalik esa himoyachilar to‘pni uzoqlashtirishdi... |
| 39' | ![]() |
Iskoning chap qanotdan uzatmasidan so‘ng Marselo qaychi uslubida zarba yo‘llashga urindi. To‘p darvozaga aniq bormadi |
| 38' | ![]() |
Jarohatlangan Beli maydonga qaytdi |
| 37' | ![]() |
"Vilyarreal" futbolchisi Moyes Gomes ogohlantirildi. Iskoni chalib, so‘ngra to‘pni tepib yuborgani uchun |
| 36' | ![]() |
"Vilyarreal" himoyachisi Erik Beyli jarohat oldi. Uni zambildan maydondan olib chiqib ketishdi |
| 34' | ![]() |
Ohohoho! Burchak to‘piga Varan bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi! |
| 31' | ![]() |
Burchak to‘piga Beyl bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza yonidan o‘tib ketdi |
| 30' | ![]() |
Vuh! Marselo ijrosida chap qanotdan amalga oshirilayotgan uzatma rekoshet orqali zarbaga aylanib ketdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 29' | ![]() |
Marselo o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga to‘pni yetkazdi. Serxio Asenxo to‘pni egallab oldi |
| 28' | ![]() |
Beyl o‘ng qanotdan ikki marta jarima maydonchasiga pas berdi. Himoyachilar xushyorlikni yo‘qotishmagan |
| 26' | ![]() |
"Real" ijrosidagi burchak zarbasi samarasiz yakunlandi |
| 25' | ![]() |
"Real" qanotlardan berayotgan uzatmalarni "Vilyarreal" futbolchilari bartaraf etib turishibdi |
| 23' | ![]() |
Kroos havodan bergan uzatmasiga Pepe bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 22' | ![]() |
Karvaxal jarima maydonchasi uzatma berayotganida to‘p sakragan himoyachining qo‘liga tegdi. Jarima zarbasi |
| 20' | ![]() |
Beyl chap qanotdan "Vilyarreal" darvozasiga yaqiniga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi |
| 19' | ![]() |
Beyl chap qanotdan jarima maydonchasiga kirishga urindi, ammo to‘p uning o‘ziga tegib, maydonni tark etdi |
| 18' | ![]() |
Kempbell o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi |
| 17' | ![]() |
Benzema ofsaydda qoldi |
| 13' | ![]() |
Navbatdagi burchak to‘pidan keyin Kempbell o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, ammo to‘pni maydonda olib qola olmadi |
| 12' | ![]() |
Vuuuuuuh! Faqat omad tufayli to‘p "Real" darvozasiga kirmay qoldi! Burchak zarbasidan keyin to‘p narigi qanotga o‘tib ketdi va davroza tomon zarba berildi. To‘pni Moreno egalladi va birga bir vaziyatda yaqin masofadan zarba yo‘lladi. Zarbani Kasilyas qaytardi. Qaytgan to‘pga Jovanni dos Santos 12 metrlardan zarba berdi. Bu safar Karvaxal bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Kasilyas to‘pga ulgurmagandi... |
| 12' | ![]() |
Jarima zarbasi jonli devorga tegib, maydonni tark etdi. BUrchak to‘pi |
| 11' | ![]() |
Pepe Joel Kempbellga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Darvozagacha 25 metr... |
| 10' | ![]() |
Ronaldu chap qanotda o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Asenxo to‘pni egallab oldi |
| 9' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin Pepe to‘pni orqaroqqa yetkazdi. Lukas Silvaning zarbasi darvozaga aniq bormadi |
| 8' | ![]() |
Olis masofadan berilgan uzatmadan so‘ng Benzema o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va burchak to‘pi ishladi |
| 7' | ![]() |
Erga urilib, pastlayotgan to‘pga Ronaldu zarba berdi. To‘p darvozaga aniq bormadi |
| 6' | ![]() |
Burchakdan o‘yinga kiritlgan to‘p oxir-oqibat "Vilyarreal" darvozabonigacha yetib keldi |
| 6' | ![]() |
"Vilyarreal" burchak zarbasi ishladi |
| 4' | ![]() |
"Vilyarreal"ning xavfli hujumi paytida o‘ng qanot yarim himoyachisi ofsaydda qoldi |
| 3' | ![]() |
O‘ng qanotdan oldinga o‘tgan Karvaxal tomon uzatmaga himoyachi yetib bora olmadi |
| 3' | ![]() |
"Real" o‘z o‘yinini yo‘lga qo‘yib olishga harakat qilmoqda |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
"Real" basketbol jamoasi qo‘lga kiritgan sovrini bilan "Santyago Bernabeu" stadioniga chiqib kelishdi. U Kubokni muxlislarga ko‘z-ko‘z qilishdi. |
| ' | ![]() |
"Real" oq, "Vilyarreal" sariq rangli futbolkalarda o‘ynaydigan bo‘lishdi |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqishga shaylanishmoqda |
| ' | Shunga qaramay, "Vilyarreal" mezbonlarga jiddiy qarshi ko‘rsatishi kutilmoqda. Ular "Barselona" bilan o‘yinlarda juda yaxshi taassurot qoldirishgandi | |
| ' | Hozirda "Madrid" turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turgan bo‘lsa, "Vilyarreal" 6-o‘rinda bormoqda. "Sariq suvosti kemasi" ko‘proq Yevropa ligasi yo‘llanmasini beradigan o‘rinni saqlab qolish uchun kurashishi oydinlashib bormoqda. | |
| ' | ![]() |
Yana bir marta assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. "Real" va "Vilyarreal" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yana bir necha daqiqadan so‘ng boshlanadi |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|