Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo chempionlar ligasi

«A» guruhi, 2-tur, 3 mart, soat 18:00. Bosh hakam: Kim Dong Jin (J.Koreya)

BUNYODKOR

0 : 1

PERSEPOLIS

Muhammmad Nuriy (20-pen.)
JAMOALAR TARKIBI
45.Akbar To‘rayev
2.Akmal Shorahmedov
7.Shokir Zuagi
8.Javlon Ibrohimov
13.Ivan Miloshevich
16.Artyom Filiposyan
17.Dostonbek Hamdamov
20.Samir Bekrich
21.Sardor Rashidov
39.Eldor Shomurodov
48.Akromjon Komilov
  1.Susha Makaniy
2.Umid Alishoh
4.Mikayel Umana
6.Muhsin Bengar
14.Muhammad Nuriy
17.Mehdi Taremiy
20.Alirizo Nurmuhammadiy
24.Hodi Navro‘ziy
28.Ahmad Nurullohiy
66.Fernand Gabriyel
99.Babak Hotamiy
ZAHIRA
1.Pavel Bugalo
9.Sato Minori
11.Mirzohid G‘ofurov
14.Vohid Shodiyev
15.Obid Jo‘raboyev
19.Zabihillo O‘rinboyev
40.Temur Ayupov
  44.Ma’sud Hamamiy
3.Muhammad Xonzoda
11.Payam Sodig‘ian
16.Rizo Xoliqifar
18.Mehrdod Kafshgariy
22.Joze Tadeu Junior
77.Ali Alipurqara
SARIQ KARTOCHKA
Akrom Komilov (31)
 
Muhammmad Nuriy (45+3)

Matn

90+5'
O‘yin yakunlandi. "Bunyodkor" guruh bosqichining 2-turida mag‘lubiyat alamini tortdi. "Persepolis" esa 6 ochko bilan guruhning yaqqol peshqadami bo‘lib oldi
90+3'
Jamoamiz faqa olis masofadan beriladigan uzatmalar orqali o‘ynamoqda. Forslar esa "ikkinchi qavat"da mutlaqo yutqazishmayapti
90+1'
Bu safarga chap qanotdan berilgan uzatma darvoza ustidan o‘tib ketdi...
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Komilov uzatgan to‘pni Hamdamov jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘xtata olmadi
89'
Vuuuuh! Filiposyan olis masofadan zarba yo‘lladi. To‘p shundoqqina to‘sin ustidan o‘tib ketdi!
88'
Hamdamov chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Yana himoyachilar to‘pni qaytarishdi
86'
"Piruzi"da o‘zgarish: Fernando Gabriyel o‘rniga Mehrdod Kafshgariy tushdi
83'
Hamdamov tomonidan yuqoridan yetkazilgan uzatmani yana mehmon futbolchilar qaytarishdi
82'
Yaxshi! Komilov chap qanotdan bir himoyachini aldab o‘tdi, ammo himoyachini uni qo‘li bilan tortib qoldi
82'
Markazdan yetkazilgan to‘pni Shodiyev jarima maydonchasi chizig‘i ustida O‘rinboyev tomon burdi. Zabihillo to‘pga yeta olmadi
80'
Chap qanotdan havolatib yetkazilgan uzatmani Shodiyev bosh bilan darvoza tomon burishga harakat qildi, ammo zarba xavfli bo‘lmadi
78'
Rashidov o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Qanotdan uzatilayotgan to‘plarning barchasini himoyachilar bugun qaytarishmoqda
76'
Hamdamov jarima zarbasini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar qaytarishdi
76'
Jarima maydonchasining chap tomonida Komilovga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi
75'
Sato o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgan Shorahmedovga kesma pas berdi. Himoyachi podkat orqali to‘pni to‘xtatib qoldi
74'
"Bunyodkor"da uchinchi o‘zgarish: Javlon Ibrohimov o‘rniga Zabihillo O‘rinboyev tushirildi
71'
Rashidov 30 metrdan zarba yo‘lladi. Posbon to‘pni egalladi
70'
Rashidovning uzatmasidan keyin Shorahmedov o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo Akmal 3 himoyachisi qarshisida sheriklariga aniq pas bera olmadi
65'
Chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatilgan to‘pni MAkaniy egallab oldi
64'
Satoning uzatmasidan keyin Rashidov jarima maydonchasiga kirdi, ammo o‘tkir burchaak ostida zarba berish o‘rniga boshqa variant tanlashga qaror qildi. To‘p Shodiyevga berildi va keyin Zuagi to‘pni yo‘qotdi
63'
"Bunyodkor"da ikkiinchi o‘zgarish: Bekrich maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Minori Sato tushirildi
60'
Vuuuuh! Bekrich! Raqib jarima maydonchasi ichidan qaytgan to‘pni Zuagi egalladi va chiroyli pas bilan Samirni ichkariga boshladi. Bekrich o‘tkir burchak ostidan yo‘llagan zarbani Makaniy qaytardi. To‘p maydonni tark etdi
59'
Bekrich jarima to‘pini darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Makaniy to‘pni egalladi
58'
"Persepolis"da o‘zgarish: Taremiy o‘rniga Ali Alipurqara tushirildi
58'
Muhsin Bengar ogohlantirish oldi. Rashidov to‘pni undan o‘tkazib, o‘zi himoyachidan aylanib o‘tayotganida Bengar uni to‘xtatib qoldi
55'
Nimagadir bugun "Persepolis" futbolchilar ko‘p yotib olishmoqda.
53'
Vuuuuuuuh!!!! Shodiyev to‘pga ilk tegishidayoq darvozani ishg‘ol qilishi mumkin edi! Burchakdan yetkazilgan uzatmani Vohid bosh bilan darvoza tomon burdi! Darvozabon bir amallab to‘pni yuqoriga urib yubordi! To‘p Makaniyning qo‘li aralash boshiga tegib, so‘ngra yuqoriga ko‘tarildi
53'
"Bunyodkor"da dastlabki o‘zgarish: Vohid Shodiyev maydonga tushdi. Eldor Shomurodov maydonni tark etdi
50'
Xavfli! "Piruzi" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi va Nurmahammadiy bosh bilan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
48'
Vuuh! Zuagi Bekrichga uzatma berib, o‘zi jarima maydonchasiga kirib borayotganida Samir unga nozik pas berdi. So‘nggi pallada himoyachi to‘pni to‘xtatib qoldi, aks holda Shokir birga bir vaziyatga chiqib ketardi
47'
Akrom Komilov chap qanotdan bir himoyachini ikki marta chalg‘itib, darvoza yaqiniga uzatma berdi. Makaniy to‘pni egallab oldi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+3'
"Persepolis"ning hujumini uzib qo‘ygani uchun bo‘lsa kerak, Muhammad Nuriy Kim Dong Jinga e’tiroz bildirdi va sariq kartochka oldi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi.
45+2'
Rashidov burchakdan yetkazgan uzatmaga Bekrich bosh bilan zarba berishga chog‘lanayotganida himoyachi bosh bilan to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi
45+2'
Burchak to‘pi ishladik
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
43'
Komilovga nisbatan qoidabuzarlik tufayli belgilangan jarima to‘pini Rashidov amalga oshirdi. Himoyachilar uzatmani qaytarishdi
42'
Mehmonlar olis masofadan berilgan uzatma orqali Alishohni posbon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqarishga harakat qilishdi. Umid jarima maydonchasi kirar-kirmas Filiposyan bilan to‘qnashuvda yiqildi. Koreyalik hakam bu safar penalti belgilamadi
41'
Jamoamiz to‘pni nazorat qilib, hujum tashkil qilish uchun variant qidirishdi. Shorahmedov bergan uzatmaga Bekrich jarima maydonchasi ichida bosh bilan noaniq zarba berdi
38'
Muhsin Bengar jarohat oldi, uni zambilda maydondan olib chiqib ketishdi
37'
Rashidov jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Futbolchilarimizdan biri bosh bilan to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi, ammo to‘p himoyachiga tegib qaytdi
36'
O‘ng qanotda Bekrichga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi
35'
Juda yaxshi hujum! Shomurodov jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni egalladi va Rashidovga qoldirdi. Sardorning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi!
33'
Ehhhhhh, Shomurodoooooov! Komilov chap qanotdan markaz tomon surildi va tavani bilan uzatma berib, Hamdamovni jarima maydonchasiga boshladi. Doston davrozaga yaqinlashib kelayotgan Eldorga pas berdi. Shomurodov yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qila olmadi! To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi...
31'
Akrom Komilov ogohlantirish oldi. U chap qanotda raqib futbolchisini aldab o‘tmoqchi bo‘lganida to‘pni yo‘qotish xavfi yuzaga keldi. U tik oyoq bilan raqib futbolchisiga tashlandi. Qiziq tomoni, Kim Dong Jin himoyachimizga foldan keyin oradan 1 daqiqa o‘tib ko‘rsatdi...
30'
Shorahmedov o‘ng qanotdan yana uzatmani amalga oshirdi. Markaziy himoyachi to‘pni davrozabon tomon yetkazdi. Shomurodov to‘pga yeta olmadi, boshqa himoyachi to‘pni tepib yubordi
29'
"Bunyodkor" ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ikkinchi urinishda Makaniy to‘pni egallab oldi
28'
Havodan yetkazilgan uzatmani Hamdamov jarima maydonchasi ichida tizza bilan o‘ziga bo‘ysundirishga urindi, himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
26'
Shorahmedov o‘ng qanotdan havolatib yetkazgan uzatmani Shomurodov bosh bilan darvozaga burishga urindi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
25'
Rashidov chap qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgan Bekrichga uzatma berdi. Samir bir himoyachini aldab o‘tib, orqaroqqa uzatma berdi. To‘pni vakillarimiz emas, raqiblar egallashdi..
24'
Forslar qarshi hujumga o‘tishdi va jarima maydonchamizga kirib kelishdi. Toshkentlar xavfni bartaraf etishdi
24'
Zuagining uzatmasidan keyin Shorahmedov o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va burchakka yaqin joydan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
22'
Olis masofadan Rashidov tomon yetkazilgan to‘pga yarim himoyachi yeta olmadi
20'
Muhammad Nuriy, 0:1. Burchakka yo‘llangan zarbani To‘rayev qaytara olmadi.
19'
"Bunyodkor" darvozasiga penalti belgilandi. Filiposyan raqib hujumchisi yiqitdi!
18'
Darvozabonimiz to‘pni Shorahmedovga uzatdi va Akmal olis masofadan berilgan uzatma bilan Rashidovni qulay vaziyatga chiqardi. Sardor o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, bir himoyachini chetlab o‘tib, chap oyoqda zarba yo‘lladi. Yuqoridan o‘tib ketdi.
17'
Jarima zarbasini Akbar To‘rayev ikkinchi urinishda egallab oldi
17'
Mehmonlar o‘ng qanotdan jarima zarbasini tepishadi
16'
Uhhh! Farnend Gabriyel olis masofadan xavfli zarba yo‘lladi. To‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi
15'
Hozircha tehronliklarning hujumi biz uchun xavfli bo‘layotgani yo‘q
14'
Zuagi olis masofadan jarima maydonchasiga kirgan Hamdamovni to‘p bilan ta’minladi. Doston esa keyinchalik to‘pni raqiblarga oldirib qo‘ydi
13'
Rashidov burchakdan uzatgan to‘pni Susha Makaniy egallab oldi
12'
"Bunyodkor" katta bosim uyushtiryapti. Bekrichning zarbasi himoyachiga tegib, yon tomonga ketdi, Hamdamov to‘p uchun kurash olib bordi va uni egallab, Rashidov berdi. Sardorning zarbasi himoyachidan maydonni tark etdi
10'
Rashidov olis masofadan zarba yo‘lladi. Zarba himoyachiga tegib, chaproqda turgan Bekrichga kelib tushdi. Samirning zarbasi muvaffaqiyatli chiqmadi. Sardor zarba berishidan avval Shorahmedov o‘ng qanotda ochilayotgandi...
8'
Markazdan yetkazilgan to‘pni Shomurodov jarima maydonchasi chizig‘i ustidan qabul qildi, ammo ofsayd
8'
BUrchak to‘pini Makaniy egallab oldi
7'
Komilov chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi va to‘pni himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi
6'
Jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani himoyachilarimiz qaytarishdi, qaytgan to‘pni "Piruzi" futbolchisi darvoza tomon yo‘lladi. Ancha noaniq
6'
Doston Hamdamov raqib oyog‘ini butsasining tishlari bilan bosib olgan ekan
5'
Endi vakillarimiz raqib futbolchilariga nisbatan ikki marta fol ishlashtishdi
4'
Jamoamiz jarima to‘pini o‘yinga kiritganidan keyin eronliklar qarshi hujumga o‘tishdi. Oldinga chiziqqa yetkazilgan uzatmani To‘rayev egallab oldi
3'
Bu safar Zuagi o‘ng qanotda yiqitildi.
3'
Bekrich jarima to‘pni o‘yinga kiritdi. Himoyachilar qaytargan to‘pni Shomurodov 14 metrlardan darvozaga yo‘llashga urindi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
2'
Chap qanotdan oldinga o‘tayotgan Shokir Zuagiga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi
1'
To‘p "qaldirg‘ochlar" tomonida. Vakillarimiz bir marta hujum tashkil qilishga ham ulgurishdi
1'
O‘yinni "oqlar" boshlab berishdi! Ketdik!
17:59'
Jamoa sardorlari o‘zaro vimpellarni almashishdi va hakamlar mini-qur’a orqali to‘pni kim o‘yinga kiritishini, jamoalar birinchi bo‘limda maydonning qaysi tomonida o‘ynash masalalariga aniqlik kiritishdi
17:57'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda!
'
"Persepolis" qizil-qora yo‘l-yo‘l, "Bunyodkor" esa oq rangli formada o‘ynaydi. Toshkentliklar sardori - Javlon Ibrohimov.
'
Diqqat, futbolchilar maydonga chiqish uchun tribuna osti yo‘lakchasida yig‘ilishmoqda. Koreyalik hakamlar ham shu yerda
'
"Qaldirg‘ochlar" bugun g‘alaba qozonib, guruh peshqadamligini o‘z qo‘liga olish uchun yaxshi imkoniyatga ega
17:37'
Bugun "Bunyodkor" o‘z maydonida Eronning "Persepolis" jamoasini qabul qilmoqda. Poytaxtimizdagi muhtasham "Bunyodkor" stadioniga muxlislarning tashrifi davom etmoqda
17:35'
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI! Osiyo qit’asida Chempionlar ligasining 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.