Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo chempionlar ligasi

«V» guruhi, 2-tur. 3 mart, soat 22:20. Bosh hakam: Piter Grin (Avstraliya)

ASH-SHABOB

Abdulrahmon al-Haybariy (34)
Naif Hazzoziy (84)

2 : 2

PAXTAKOR

Igor Sergeev (62)
Kaxi Maxaradze (70-pen.)
JAMOALAR TARKIBI
1.Volid Abdulloh
2.Abdulloh al-Asta’
4.Amir Muhammad
7.Rafael da Silva
11.Ahmad Atiyf
12.Abdulmalik al-Xaybriy
13.Hassan Muaz Falatah
15.Abdu Autef
23.Muhammad Aval
80.Abdulrahmon al-Xaybariy
91.Jon Antvi
  12.Aleksandr Lobanov
2.Egor Krimes
4.Adnan Oraxovas
5.Akbarjon Ismatullayev
7.Kaxi Maxaradze
29.Vladimir Kozak
10.Jamshid Iskanderov
11.Igor Sergeev
23.Aleksandr Merzlyakov
24.Davronbek Hoshimov
28.Stanislav Andreev
ZAHIRA
  1.Nikita Ribkin
6.Murod Xolmuhammedov
9.Jaloliddin Masharipov
15.Javohir Sohibov
16.Navro‘z Alimov
18.Bahodir Pardayev
20.Anvar Soliyev
SARIQ KARTOCHKA
Abdulrahmon al-Haybariy (61)
 
Davron Hoshimov (25)
Egor Krimes (48)
Igor Sergeev (81)

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
'
Ushbu durangdan so‘ng "Paxtakor" o‘z ochkolarini 4taga yetkazdi va guruh peshqadamligini saqlab qoldi. "Al-Ayn" va "Ash-Shabob" hisobida 2tadan, "Naft"da esa 1 ochko bor. Babayan shogirdlari 2 haftadan so‘ng BAA klubi mehmoni bo‘ladi
90+5'
O‘yin yakunlandi! "Ash-Shabob" - "Paxtakor" - 2:2.
90+4'
Andreev chap qanotdan yetkazgan to‘pini Masharipov jarima maydonchasi ichida o‘ziga bo‘ysundira olmadi
90+3'
"Paxtakor"da o‘zgarish: Sergeev o‘rniga Bahodir Pardayev maydonga tushirildi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
89'
Ehtiyot bo‘lish kerak! Olis masofadan berilgan uzatmadan keyin Hoshimov Rafinyani o‘tkazib yubordi. Krimes yordamga keldi va to‘pni qaytardi!
88'
Burchak to‘pidan keyin himoyachi bosh bilan to‘pni yon qanotga chiqarib yubordi
87'
Andreevning burchakdan uzatmasidan keyin to‘p narigi qanotga o‘tib ketdi. Kozakning zarbasi himoyachidan maydonni tark etdi. Yana burchak to‘pi
87'
"Paxtakor" burchak to‘pi ishladi
86'
"Paxtakor"da o‘zgarish: Jamshid Iskanderov o‘rniga Javohir Sohibov tushirildi
86'
Rafinya jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘pni Lobanov egalladi
84'
GOOL! Hisob tenglashdi. Hazzoziy, 2:2! Chiroyli kombinasiya natijasida kiritildi gol!
83'
Burchakdan yetkazilgan to‘pga mezbonlar futbolchisi bosh bilan zarba berdi. Lobanov to‘pni egallab oldi
83'
Jamshidning maydon markazida to‘pni oldirib qo‘yishidan so‘ng Rafinya jarima maydonchasi ichida zarba yo‘lladi. To‘p Krimesdan maydonni tark etdi
82'
Ehhh, Iskanderovning uzatmasini Sergeev egallay olmadi.
81'
Igor Sergeev sariq kartochka oldi
80'
Bu safar Jamshid Iskandarovning oyog‘ini bosib oldi raqib futbolchisi
79'
Igor Sergeevga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
78'
Rafinya chap qanotdan uzatgan to‘pi darvoza ustidan o‘tib, narigi qanotdan chiziqni kesib o‘tdi
75'
Yuqoridan Hazzoziy tomon yetkazilgan uzatmani Lobanov egallab oldi
70'
GOOOOOL! Kaxi Maxaradze, 1:2! Davrozabonga hech qanday imkoniyat qoldirmadi!
69'
PENALTI! "Shabob" darvozasiga! Sergeev jarima maydonchasi ichida to‘pni to‘xtatib, to‘p uchun harakat kilayotganida himoyachi uni chalib yiqitdi!
68'
Abdulrahmon al-Haybariy Masharipovga nisbatan juda qo‘pol o‘ynadi. Jaloliddinga tibbiy yordam ko‘rsatildi
66'
Rafinya ofsaydda qoldi
65'
"Shabob"da o‘zgarish: Abdu Atif o‘rniga Abdulaziz al-Bishi tushirildi
62'
GOOOOOOOOL! Igor Sergeeeevvv! 1:1! Masharipov chap qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Igorning oyoq bilan zarbasi bir qarashda muvaffaqiyatsiz chiqqandek ko‘rindi. Ammo to‘p "parashyut" uslubida darvozabonning ustidan oshib tushayotganida Volid to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pni Sergeevning o‘zi darvoza to‘riga joyladi!
61'
Iskandarov yo‘llagan jarima zarbasini himoyachi bosh bilan qaytardi
61'
Abdulrahmon al-Haybariy ogohlantirish oldi
59'
"Paxtakor" burchak zarbasini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar qaytarishdi. Takroriy uzatmani Krimes bosh bilan darvoza tomon burdi. Noaniq
57'
Iskandarov bir futbolchidan o‘tdi va 25 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. To‘pni Volid Abdulloh egallab oldi
55'
Vuuuuuh! Burchakdan yetkazilgan to‘pga Krimes bosh bilan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvozabonning o‘ziga bordi va u to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘p uchun kurashda vakillarimiz darvozabonga nisbatan o‘yin qoidasini buzishdi
55'
"Paxtakor"da o‘zgarish: Ismatullayev o‘rniga Jaloliddin Masharipov tushirildi
54'
Davron Hoshimov bir futbolchidan o‘tib, burchak to‘pi ishladi
53'
Merzlyakov havodan uzatmasini davrozabon ikkinchi urinishda egallab oldi. "Paxtakor" ham faqat qanotlar orqali o‘ynamoqda. Bu samara berayotgani yo‘q
52'
Hoshimov o‘z qanotidan uzatmasini himoyachilar qaytarishdi. MAydon markaziga yaqin joyda Krimes o‘ng qanotda ochilayotgan Jamshidga uzatma berdi. Iskandarov to‘pga yeta olmadi
50'
Andreev chap qanotdan yetkazgan to‘pni Volid Abdulloh mushti bilan urib yubordi
48'
Egor Krimes ogohlantirish oldi
47'
Ehhhh, Kaxi! Olis masofadan yetkazilgan to‘pni Maxaradze jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va zarba berish chog‘ida himoyachi uni itarib yubordi. Natijada zarba ancha noaniq bo‘ldi, hakam esa penalti belgilamadi
46'
"Ash-Shabob"da o‘zgarish bo‘ldi. Jon Antvi o‘rniga Naif Hazzoziy tushirildi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Ash-Shabob" - "Paxtakor" - 1:0. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
42'
Andreev chap qanotdan bergan uzatmasi Volidga sovg‘a bo‘ldi
40'
Al-Asta’ chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi. Futbolchilarimiz to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirishdi
38'
Iskandarov darvozagacha 30 metrlardan jarima zarbasini to‘g‘ri darvozaga tepdi. Abdulloh to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi!
34'
GOOOOL! Abdulrahmon al-Haybariy, 1:0! Jon Antvi jarima maydonchasi ichida deyarli birga bir vaziyatda zarba berdi. Lobanov to‘pni qaytardi va Merzlyakov to‘pni egalladi. Aleksandr to to‘pni tepib yuborguncha Haybariy yetib kelib to‘p yo‘liga tashlandi va to‘p darvoza to‘riga borib tushdi! Yosh bolalarcha xatolar!
33'
Merzlyakov chap qanotdan to‘pni qabul qildi va biroz markazroq tomon yurib, Sergeev tomon uzatma berdi. To‘pni davrozabon egallab oldi
32'
Xavfli! Asta’ chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi, Hoshimov to‘pga oyoq cho‘zdi va to‘p Antviga borib tushdi. Jon yo‘llagan zarba noaniq bo‘ldi
31'
Ismatullayev chaproqda belgilangan jarima zarbasini o‘yinga kiritdi. Volid baland sakrab to‘pni egallab oldi
29'
To‘pni nazorat qilishdagi ustunlik ar-riyodliklar tomonida. "Paxtakor" qarshi hujumda o‘ynamoqda hozircha. Himoyada ehtiyotkorlik bilan o‘ynagan ma’qul baribir. Hujumda esa imkoniyat bo‘ladi
27'
Chap qanotdan uzatilgan to‘pni Oraxovas qaytardi
25'
Davron Hoshimov sariq kartochka oldi
24'
Vuuuuuuh! Omad! Omad! Biz tomonda! Ahmad Atif o‘ng tomondan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuniga tegib, yaqin joyda turgan Muhammad Avalga keldi. Uning zarbasi yana ustunga tegib, maydonni tark etdi!
20'
VUuuuuh! Rafinya bugun jamoamizni ko‘p qiynaydigan ko‘rinadi. U 3-4 nafar futbolchilarimiz orasida jarima maydonchasiga kirib, kutilmaganda zarba yo‘lladi. Yaxshiyamki Lobanov xushyorlikni yo‘qotmagandi!
20'
"Paxtakor" qarshi hujumga o‘tdi, Merzlyakov chap qanotda bir himoyachidan o‘tib ketishga harakat qildi, himoyachi "podkat" orqali to‘pni yon tomonga tepib yubordi
18'
Vuuuuuh! "Shabob" ikki marta darvozamizga zarba yo‘lladi. Dastlabki zarbani Lobanov qaytardi. Takroriy zarba himoyachimizga tegib, maydonni tark etdi!
17'
Ehhh, Kaxi! Igor Sergeev raqib jarima maydonchasi ichida to‘p uchun kurash olib bordi va to‘pni olib qo‘yib, Maxaradzega uzatdi. Jamoa sardorining zarbasi juda noaniq bo‘ldi
14'
Uhhh! Futbolchimizning qo‘pol xatosidan so‘ng Rafinya chap qanotda to‘pni egallab, jarima maydonchasiga kirib keldi va zarba yo‘lladi. Yaxshiyamki to‘p yo‘liga himoyachimiz g‘ov bo‘ldi
12'
"Paxtakor"ning ilk xavfli hujumi. Hujum o‘ng tomondan chapga ko‘chdi va Andreev jarima maydonchasiga kirgan Maxaradzega uzatma berdi. Kaxining zarbasi kuchli chiqmadi, Volid Abdulloh to‘pni egallab oldi
9'
Lobanovga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
8'
"Shabob" yana bir marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Lobanov to‘pni egallab olayotganida al-Xaybriy unga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi
6'
To‘p nazorati asosan saudiyaliklar bo‘lmoqda
4'
VUuuuh! Braziliyalik Rafinya chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va bir himoyachimizni aldab, sheriklariga pas berayotganida Oraxovas to‘pni qaytarib qoldi
2'
Burchakdan o‘yinga kiritilgan to‘pni vakillarimiz qaytarishdi
2'
Mezbonlar burchak to‘pi ishlashdi
1'
O‘yin boshlandi!
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi
'
Hozircha o‘zbek futbol saytlari boshlang‘ich tarkibni aniqlashda muammoga duch kelishmoqda. OFK rasmiy sayti ham, "Paxtakor" matbuot xizmati ham boshlang‘ich tarkiblarni e’lon qilishganicha yo‘q. Kutamiz
'
Qadrli futbol muxlislari! OCHLning 2-turida "Paxtakor" Ar-Riyodda "Ash-Shabob" klubi mehmoni bo‘ladi. O‘yin boshlanishiga 10 daqiqa qoldi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.