Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo chempionlar ligasi

«C» guruhi, 2-tur. 4 mart, soat 15:00. Bosh hakam: Ryuji Sato (Yaponiya)

LOKOMOTIV

Oleg Zoteev (7)

1 : 1

FULAD

Mehrdod Ja’matiy (32)
JAMOALAR TARKIBI
12.Ma’mur Ikromov (D)
7.Ruslan Koryan
8.Sardor Mirzayev
11.Temurxo‘ja Abduxoliqov
13.Lutfulla To‘rayev
17.Salim Mustafoyev
18.Temur Kapadze (S)
20.Islom To‘xtaxo‘jayev
22.Sanjar Shoahmedov
31.Nemanya Yanichich
33.Oleg Zoteev
  1.Alirizo Salimiy
2.Ahmad An-Nameh
3.Leonard Mesarich
8.Sasan Ansoriy
10.Ismoil Sharifat
15.Matias Chago DengouYE
17.Aloys Bertrand Nong
21.Umid Xolidiy
24.Mehrdod Jama’tiy
40.Yusuf Vakia
77.Muhsin Musalman
ZAHIRA
3.Shavkatjon Mullajonov
9.Dilshod Rahmatullayev
10.Marat Bikmayev
16.Jasur J.Hasanov
30.Sardor Qobuljonov
77.Jasur O.Hasanov
97.Alisher Shog‘ulomov
  19.Bahman Komil
25.Muhammad Ahlishaxeh
27.Rizo Ahmadiy
29.Ali Sino Raboniy
31.Milad Xumoyuniy
32.Hodi Habibnajod
99.Muhammad G‘oziy Najafobodiy
SARIQ KARTOCHKA
Lutfulla To‘rayev (16)
Salim Mustafoyev (70)
 
Yusuf Vakia (79)

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi
90+4'
So‘nggi hujumimiz ham samarali yakunlandi
90+3'
Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni Islom qaytarib yubordi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Mirzayev yo‘llagan zarbani darvozabon egallib oldi
89'
Salim Mustafoyevga nisbatan fol. CHAp qanotdan jarima zarbasi tepiladi
85'
Burchak to‘pi raqiblar uchun tahlikali bo‘ldi, qaytgan to‘pni Rahmatullayev darvoza tomon tepish o‘rniga Yanichichga uzatishga qaror qildi. To‘p yo‘qotildi
85'
"Loko"da so‘nggi o‘zgarish: Kapadze o‘rniga Dilshod Rahmatullayev tushdi
84'
Hasanov burchak to‘pi ishladi
82'
Zoteev o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza yaqinidagi Shog‘ulomovga pas berdi. To‘pni Salimiy egalladi
82'
"Fulad"da o‘zgarish: Yusuf Vakia o‘rniga Bahman Komil tushirildi
81'
Xavfli vaziyat! Ansoriy chap tomondan jarima maydonchasiga kirib keldi va zarba yo‘lladi! Ikromov to‘pni egallab oldi
80'
VUuuuh! Sardor Mirzayev jarima to‘pini yaqin burchak tomon juda xavfli aylantirdi. Qaytgan to‘pni davroza yo‘llaydigan futbolchi topilmadi
79'
Hasanov o‘tib ketayotganida Yusuf Vakia uni tortib yiqitdi. Jarima maydonchasining chap qanotidan jarima zarbasi tepiladi
78'
Hasanov chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga pas berdi. Himoyachi to‘pni yon tomonga tepib yubordi
77'
To‘rayev Shog‘ulomovni jarima maydonchasi ichiga boshladi, ammo uzatma biroz aniq chiqmagandi
74'
"Loko" jarima maydonchasi burchagidan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Uzatma aniq bo‘lmadi va ish zarbagacha yetib bormadi
73'
"Fulad"da yangi o‘yinchi tushirildi. Aloys Bertrand Nong o‘rniga Ali Sino Raboniy tushirildi
73'
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan so‘ng himoyachilarga nisbatan fol ishlatildi
72'
Vuuuuh! Eronliklar anfadan beri hujum tashkil qilmayotgandi. Hozirgi hujumi xavfli bo‘ldi. O‘tkir burchak ostida yo‘llangan zarbani Ikromov maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
71'
Jarima zarbasini To‘xtaxo‘jayev tepdi. Salimiy to‘pni egallab oldi
69'
Shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i yaqinida Shoahmedovga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi
68'
"Lokomotiv"da o‘zgarish bo‘ldi: Ruslan Koryan o‘rniga Jasur Hasanov tushirildi
68'
Jarima to‘pini Mirzayev qaytardi va to‘p markazga qaytarildi
67'
Shog‘ulomov o‘ng burchakda jarima zarbasi ishladi
66'
"Fulad" futbolchisiga tibbiy yordam ko‘rsatildi
64'
Ehhh, Zoteev jarima maydonchasi ichida to‘p uchun kurash olib bordi va Shog‘ulomovga pas berdi. HImoyachilar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. BUrchak to‘pi xavfli bo‘lmadi
62'
Yaxshi Koryan! To‘rayevning uzatmasidan keyin jarima maydonchasiga kirdi, korpus bilan yaxshi ishladi va o‘tkir urchak ostidan zarba yo‘lladi! Darvozabon zarbani oyog‘i bilan qaytardi
60'
Bugun Zoteevning ham o‘yini yaxshi chiqmayapti. U ortga qaytayotgan Mirzayev tomon uzatma berib, vaziyatni yo‘qqa chiqardi
59'
Koryan ham olis masofadan zarba yo‘llashga qaror qildi. To‘p darvozabonniki
58'
Shoahmedov uzatib bergan to‘pga Shog‘ulomov bosh bilan zarba berdi. Zarba kuchsiz chiqdi
57'
Temiryo‘lchilarning yaxshi hujumi! Alisher Shog‘ulomov 20 metrlardan zarba yo‘lladi. Salimiy to‘pni egalladi
56'
"Loko"da o‘zgarish: Abduxoliqov o‘rniga Alisher Shog‘ulomov tushirildi
55'
Ehhhhh, Zoteeeev! Markaz bo‘ylab oldingi o‘tdi va unda variantlar ko‘p edi, ammo u sheriklariga pas bermasdan, o‘zi raqibni aldashga harakat qildi va to‘pni yo‘qotdi!
53'
Abduxoliqov-Shoahmedov-Koryan uzatmalaridan keyin Ruslan ofsaydda qolib ketdi
52'
Zoteev chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi. HImoyachilarni chalg‘itdi, ammo chap oyoqda bermoqchi bo‘lgan zarbasi qovushmadi
52'
Ansoriy olis masofadan zarba yo‘lladi. Ma’mur to‘pni ushlab oldi
51'
"Fulad"ning markaz bo‘ylab uyushtirgan hujumidan so‘ng Ikromov to‘pni egallab oldi
48'
To‘rayevning chiroyli uzatmasini Temurxo‘ja jarima maydonchasi ichida qabul qilib, darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Salimiy to‘pni egallab oldi
46'
Koryan o‘ng qanotdan oldinga bordi va jarima maydonchasiga yaqin joyda yiqildi, ammo hakam o‘yinni to‘xtatish uchun asos topmadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
'
Jamoalar maydonga qaytishmoqda
'
Ikkinchi bo‘limda Abramov shogirdlaridan yorqinroq o‘yin kutib qolamiz
'
Birinchi bo‘lim haqida nima deyish mumkin. Abramov jamoasi golgacha yaxshi bosim tashkil qildi va hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng futbolchilarimiz ortga chekinishdi. Natijada gol o‘tkazishdi. "Loko"da yo hali o‘yin yaxshi shakllanmagan, yoki futbolchilar o‘z o‘yinlarini ko‘rsata olishmayapti
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Lokomotiv" - "Fulad" - 1:1. Tanaffus
45+1'
Temurxo‘ja jarima maydonchasi tashqarisidan to‘pni olis burchakka yo‘naltirdi. Salimiy to‘pni egallab oldi
45'
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
45'
Jamoamiz Ansoriyga olis masofadan zarba berish imkoniyatini berdi. Ikromov to‘pni egalladi
43'
Zoteev chap qanotdag Temurxo‘jani oldinga boshladi. Uning uzatmasini darvozabon egallab oldi
42'
Eronlik futbolchi ofsaydda qoldi
41'
Shoahmedov raqib futbolchisiga nisbatan fol ishlatdi. Jarimadan yetkazilgan uzatmani To‘rayev qaytarib yubordi
40'
Burchakdan yetkazilgan to‘pga olis ustunda turgan Islom bosh bilan uzatma berdi. Ammo u joyda jamoadoshlaridan hech kim yo‘q edi
40'
"Loko" burchak to‘pini o‘yinga kiritidi
39'
Temiryo‘lchilar darhol pressing uyushtirib himoyachilardan to‘pni olib qo‘yishdi. Koryan 18 metrdan olis burchakka to‘pni aylantirdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi
37'
Mehmonlar xavfli qarshi hujum tashkil qilishdi. Sharifat o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va narigi tomonda ochilgan sherigiga pas berdi. Yanichich to‘pni qaytarib qoldi, Yaxshiyam
35'
Koryanning zarbasi jonli devorga tegib ortga qaytdi. Takroriy hujum paytida To‘xtaxo‘jayev qanotdan uzatma berdi. To‘p Koryanning oyog‘iga o‘tirmadi...
33'
Shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i ustida Koryanni chalib yiqitdi fors himoyachisi
32'
GOOL! Mehrdod Ja’matiy, 1:1. Burchak to‘pidan keyin Ja’matiy jarima maydonchasi tashqarisida zarba yo‘lladi. To‘p rekoshet holatida darvoza burchagiga borib tushdi. Ikromov zarbani qaytara olmadi
32'
To‘xtaxo‘jayev to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi, burchak to‘pi
29'
Mustafoyev va Ismoil Sharifat to‘qnashib ketishdi. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Salim maydonda
28'
Jamoamiz ancha vaqtdan beri ilk marta hujum tashkil qildi. Ammo to‘p jarima maydonchasiga olib kira olmadik
24'
Mehmonlar futbolchisi to‘pni jamoadoshiga uzatib, o‘zi biroz orqaroqqa qaytdi va to‘pni qabul qilib, darvozabon maydonchasiga aylantirdi. Ikromov musht bilan to‘pni urib yubordi.
23'
"Fulad" burchak zarbasi ishladi
21'
"Lokomotiv" to‘pni nazorat qildi. Bugun o‘ng qanot Mirzayev jarima maydonchasigaga havodan uzatma berdi. Salimiy to‘pni egallab oldi
18'
MAydon markazida Shoahmedov to‘pni raqibga uzatib qo‘ydi va darhol jarima maydonchamizga uzatma berildi. Mustafoyev to‘pning maydondan tark etishini ta’minladi
16'
Ketma-ket 3ta foldan keyin Lutfulla To‘rayev ogohlantirildi
14'
Vuuuuuh! Eronliklar chap qanotdan oldinga o‘tishdi va darvozabon maydonchasiga yetkazilgan uzatmaga bosh bilan zarba berdi. Ikromov bir amallab to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pni Salim Mustafoyev qaytardi
12'
Burchak zarbasidan so‘ng Koryan himoyachini itarib yubordi. O‘yin to‘xtatildi
12'
Temurxo‘ja Koryan bilan devor o‘ynab jarima maydonchasiga kirib bordi va o‘tkir burchak ostida uzatma berayotganida to‘p maydonni darvozabondan tark etdi!
11'
Kapadzening xatosidan so‘ng Sasan Ansoriy 18 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi. Bunday xatolar kerak emas, aslo!
8'
Forslar chap qanotdan "Lokomotiv" jarima maydonchasiga kirib kelishdi. Orqaroqqa uzatilgan pasni To‘xtaxo‘jayev egallab oldi
7'
GOOOOOOOL! Oleg Zoteeeeev! 1:0! Lutfulla To‘rayevning uzatmasini Zoteev jarima maydonchasi chizig‘i ustidan qabul qildi va darhol zarba berib, burchakka to‘pni yo‘lladi!
4'
Temiryo‘lchilar yarim himoyachisi Zoteev chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, ammo yakuniy uzatmani aniq bera olmadi
4'
Salim maydonga qaytdi
3'
Salim Mustafoyev raqib bilan to‘qnashuvda yengil jarohat oldi
2'
"Loko" jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Ma’mur Ikromov ushlab oldi
1'
"Lokomotiv" futbolchisi maydon markazida fol ishlatdi.
1'
Kapadze chap qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Salimiy to‘pni egallab oldi
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
14:59'
O‘yinni "Lokomotiv" boshlab beradigan bo‘ldi. Soat 15:00 bo‘lishini kutyapmiz
14:57'
Mini-qur’adan so‘ng jamoalar maydonning tomonlarini o‘zaro almashishdi
14:56'
Esdalik uchun jamoaviy suratga tushildi
14:56'
Futbolchilar o‘zaro va hakamlar bilan qo‘l berib chiqishdi.
14:54'
Kutib olamiz, OFK chempionlar ligasi sadolari ostida "Lokomotiv" va "Fulad" jamoalari maydonga chiqib kelishmoqda
14:54'
Toshkentda ob-havo, qisqa qiib aytganda, aynan futbol o‘ynaydigan!
14:43'
Futbolchilar chigalyozdi mashg‘ulotini yakunlab, kiyinish xonasiga yo‘l olishdi.
14:41'
Hozircha stadion to‘lgani yo‘q. Tribunaning bir muxlislar bilan to‘ldi.
'
Stadionda jamoalarning tarkiblari o‘qib eshittirilmoqda
'
"Lokomotiv" bugun qizil, "Fulad" oq rangli futbolkalarda o‘ynashadi
14:20'
"Lokomotiv" va "Fulad" futbolchilari maydonga chiqib kelishdi va mashg‘ulotlarni boshlashdi
'
Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionidan matnli onlayn translyasiyani boshlaymiz
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.