Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Osiyo chempionlar ligasi
| «D» guruhi, 2-tur. 4 mart, soat 21:15. Bosh hakam: Strebne Delovski (Avstraliya) | ||
AL-AHLI (S.Arabistoni)Umar as-Soma (22)
Solih Muhammad (78) |
2 : 1 |
NASAFArtur Gevorkyan (65)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
22.Abdulloh al-Muayyuf 3.Usama Havsaviy 4.Volid Bakshvin 9.Umar as-Soma 11.Hussayn al-Moqahviy 13.Muhammad Abdulshafiy 17.Osvaldo Lorenso Filyo 21.Oqil al-Sahobiy 24.Salmon Muvashar 25.Mutaz Havsaviy 29.Zakariyo as-Sudaniy |
25.Eldorbek Suyunov 4.Maqsud Karimov 9.Ilhom Shomurodov 15.Roy Rok 17.Artur Gevorkyan 20.Erkin Boydullayev 23.Sherzod A’zamov 28.Shuhrat Muhammadiyev 32.Hamza Karimov 33.Odiljon Hamrobekov 34.Farrux Sayfiyev |
|
| ZAHIRA | ||
|
44.Ahmad al-Harbiy 15.Solih Muhammad 18.Abdulloh Saud al-Mutayriy 19.Bruno Sezar 23.Komil al-Musa 32.Majid Asiriy 77.Amir Fahad Kurdiy |
30.O‘tkir Yusupov 5.Botir Qorayev 7.Akromjon Bahriddinov 18.Bahrom Abdurahimov 22.Shohrux Gadoyev 27.Ilhom Yunusov 99.Aleksandr Kablash |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Zakariyo as-Sudaniy (42)
Volid Bakshvin (90+2) |
||
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin tugadi! Nasaf mag‘lubiyatga uchradi. Al Ahli esa guruh peshqadamiga aylandi. |
| 90+1' | ![]() |
Koblashga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun Volid Bakshvin ogohlantirildi. |
| 90' | ![]() |
O‘yinga 3 daqiqa qo‘shib berildi. |
| 87' | ![]() |
Ehhhhhh, bir necha santimetrlar Al Ahlini goldan qutqarib qoldi. Gevorkyanning to‘p uzatishini Hamza Karimov darvozaga yo‘lladi, biroz noaniq. |
| 86' | ![]() |
Imkoniyat! O‘ng qanotdan havfli jarima to‘pi. To‘p oldida yana Gevorkyan. |
| 85' | ![]() |
Gevorkyanning qanotdan uzatgan to‘pini himoyachilar qaytarishdi, qaytgan to‘pni esa Muhammadiyev jarima maydoniga qayta oshirishda xato qildi. Yana pala-partish harakatlar boshlandi. |
| 83' | ![]() |
Nasaf futbolchilari raqib jarima maydoniga kirishga qiynalishmoqda. Raqib himoyachilari hozircha bexato o‘ynashmoqda. |
| 80' | ![]() |
Nasaf safida o‘zgarish. Odil Hamrobekov o‘rniga Aleksandr Koblash maydonga tushdi. Ro‘ziqul Berdiyev maydonga hujumchi tushirmoqda. |
| 79' | ![]() |
Yana qanotdan uzatilgan to‘p, yana bosh bilan zarba va gol! Ikkinchi golda Suyuunov to‘pga chiqishda biroz xatoga yo‘l qo‘ygandek. |
| 78' | ![]() |
GOOL! Saloh Muhammad yana Al Ahlini hisobda oldinga olib chiqdi. |
| 73' | ![]() |
Mezbonlar tarkibida yana bir o‘zgarish. Salmon Muvashar o‘rniga Solih Muhammad maydonga tushdi. |
| 72' | ![]() |
Mezbonlar ham jonlanishdi. Ketma-ket ikkinchi burchak to‘pi. |
| 70' | ![]() |
Gevorkyan yana qanotdan qochib ketdi va raqibning bir himoyachisiga qarshi qoldi. Ammo, Gevorkyan o‘z sherigi yetib kelishini kutgunicha raqib himoyachilari ham yetib kelishdi....Havf bartaraf etildi. |
| 69' | ![]() |
Al Ahli burchak to‘pini amalga oshirdi, ammo Nasaf himochilari to‘pni qaytarishdi. |
| 67' | ![]() |
Nasaf tarkibida ham o‘zgarish. Maqsud Karimov o‘rniga Ilhom Suyunov maydonga tushmoqda. |
| 66' | ![]() |
Hisob tenglashdi! Nasaf biroz jonlandi. |
| 65' | ![]() |
GOOOOOOLLLL! Gevorknyannnnn. Jarima zarbasini to‘g‘ri raqib darvozasi to‘qqizligiga joylab qo‘ydi!! |
| 63' | ![]() |
Ohooo!!!! Hozir Suyuunov darvozasiga yilning eng chiroyli gollaridan biri kiritilishi mumkin edi. Suyunovning jarima maydonini tark etganini ko‘rgan As Soma maydon markazidan to‘g‘ri darvoza tomon zarba berdi. Suyunov to‘pga ulgurdi! |
| 62' | ![]() |
Nasafning ikkinchi taymdagi ilk havfli hujumi. Gevorkyan o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga yerlatib uzatdi, ammo Farruh Sayfiyevning zarbasini himoyachi qaytardi. |
| 59' | ![]() |
Mezbonlarning ikki nafar futbolchisi chap qanotda Nasaf himoyachilaridan chiroyli tarzda o‘tib ketishdi, ammo so‘nggi zarbani berishda xatolik. |
| 56' | ![]() |
Mezbonlar safida ilk o‘yinchi almashtirish. Oqil Al Sahobiy o‘rniga Amir Fahad Kurdiy maydonga tushdi. |
| 54' | ![]() |
Al Ahli tezkor qarshi hujum uyushtirdi, Nasaf himoyachilarining pala-partish harakatlaridan so‘ng mezbonlar hujumchisi Mutaz Hafvsaviy yerlatib zarba berdi, ammo Suyunov zarbani qaytarishga ulgurdi. |
| 53' | ![]() |
Nasaf futbolchilari burchak to‘pini amalga oshirishdi, so‘nggi zarbani berishda noaniq harakat qildi. Mezbonlar havfni bartaraf etildi. |
| 51' | ![]() |
Al Ahli futbolchilaridan biri maydonda vrachlarni kutmoqda. Tomiri tortishib qolgan ko‘rinadi. |
| 49' | ![]() |
Nasaf futbolchilari bu safar ikkinchi bo‘limni 1-tur o‘yinidagi kabi boshlay olmadilar. Qarshi hujum paytida hozir Shomurodov noaniq harakat qildi. |
| 47' | ![]() |
Ikkinchi taymning ilk daqiqalari mezbonlar hujumi bilan boshlandi. Ketma-ket ikkita hujum va ikki zarba, ammo noaniq. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi taym boshlandi. |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi taym tugadi! |
| 45' | ![]() |
Birinchi taymga 1 daqiqa vaqt qo‘shib berildi. |
| 40' | ![]() |
Abdulloh al-Muayyuf shoshmasdan to‘pni o‘yinga kiritmoqda. Al Ahli shoshmayapti. |
| 37' | ![]() |
So‘nggi ikki daqiqada Nasaf raqibiga bosim o‘tkazmoqda. Roy Rok raqibini sariq kartochka ishlashga majbur qildi. O‘ng qanotdan havfli jarima to‘pi. To‘p oldida Gevorkyandan boshqa hech kim yo‘q.... |
| 35' | ![]() |
Mezbonlarning tezkorlik bilan uyushtirgan hujumini Roy Rok to‘sib qoldi, ammo biroz qaltis harakat qilib Suyunovga to‘pni oshirdi. Nasaf darvozaboni darvozasini tark etib Rokning pasini uzoqqa tepib yuborishga majbur bo‘ldi. |
| 34' | ![]() |
Chamasi 30 metrlardan belgilangan jarima to‘pini Sherzod A’zamov amalga oshirdi ammo uning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi. |
| 31' | ![]() |
Artur Gevorkyan raqib jarima maydoniga yorib kirdi, ammo himoyachi bilan kurashdan so‘ng to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Burchak to‘pi emas.... |
| 29' | ![]() |
O‘yin tempi goldan so‘ng biroz tushdi. Al Ahli shoshmasdan maydon markazini qo‘lga oldi. Nasaf raqib jarima maydoniga kirishga qiynalishmoqda. |
| 26' | ![]() |
Ilhom Shomurodovga tezlik yetishmayapti. Mezbonlar Shomurodovni tezlik borasida ortda qoldirmoqdalar. |
| 24' | ![]() |
Umar As Soma raqib jarima maydoni ichida hujumchi qanday harakat qilishi kerak ekanini ko‘rsatdi va bosh bilan ajoyib zarba berib Suyunovni ortda qoldirdi. Goldan so‘ng tashabbus mezbonlar tomoniga o‘tdi. |
| 22' | ![]() |
GOOL! Umar As Soma baribir o‘z maqsadiga erishdi va "Al Ahli"ni hisobda oldinga olib chiqdi. |
| 19' | ![]() |
Umar As Soma Nasaf jarima maydoniga kirish chog‘ida yiqildi va hakamga qaradi. Hakam bunday vaziyat uchun penalti beradiganga o‘xshamadi. |
| 16' | ![]() |
Nasafning yangi o‘yinchilaridan biri Roy Rok uzoq masofadan zarba berib ko‘rdi. Ancha emasku, "jichcha" noaniq.... |
| 13' | ![]() |
O‘yindagi eng havfli vaziyatlardan biri - Osvaldo deyarli Suyunov bilan birga bir vaziyatga chiqib borgan edi, ammo bu vaziyatni Suyunov to‘g‘ri baholadi va to‘pga chiqishga raqibidan tezroq ulgurdi. |
| 10' | ![]() |
Gevorkyan amalga oshirgan jarima to‘pi havfli devorga tegib burchakka chiqib ketdi. Burchak to‘pi. |
| 9' | ![]() |
Nasaf hafvli jarima to‘pini amalga oshirmoqda. To‘p oldida odatdagidek Gevorkyan. |
| 7' | ![]() |
Mezbonlar asta sekin o‘zlari mezbon ekanini esiga tushgan ko‘rinadi, so‘nggi ikki daqiqa davomida oldinga ko‘proq o‘tmoqda. |
| 3' | ![]() |
Artur Gevorkyan ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldi!! Qanotdan yetkazilgan to‘pga Gevorkya himoyachidan baland sakrab zarba berdi, ammo noaniq.. |
| 2' | ![]() |
Nasaf ilk daqiqadan olding bordi, ammo, hujumni samarali davom ettirish uchun diqqat yetishmadi. To‘p maydon markaziga ko‘chdi. |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi. |
| 22:01' | ![]() |
Qarshining "Nasaf" klubi bugun Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" mehmoni bo‘lmoqda |
| 22:00' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|