Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

2014 yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi

6 mart, soat 10:00

FUTBOL

:

FEDERASIYASI

JAMOALAR TARKIBI
 

Matn

'
YIG‘ILISh YAKUNIGA YETDI!
'
"Andijanka" ayollar klubi bosh murabbiyi so‘zga chiqib, federasiya e’tiborini bir muammoga qaratdi: "So‘nggi paytda ayollar futbolining ahvoli og‘irlashmoqda. Ko‘p jamoalarimiz o‘z faoliyatlarini tugatmoqda. Agar yurtimizda ayollar fuboliga e’tibor yana oshirilsa, qizlarimiz xalqaro arenalarda ko‘p muvaffaqiyatlarga erishishadi. Hech bo‘lmasa bir yilda bir marta ayollar futbolidagi muammolarni tanglash bo‘yicha murabbiylar kengashini o‘tkazib turish kerak".
'
Sovrinni Odil Ahmedovning akasi Yoqub Ahmedov Mirabror Usmonov qo‘lidan qabul qilib oldi!
'
Diqqat! O‘ZBEKISTONNING 2014 YILDAGI ENG YAXSHI FUTBOLCHISI - ODIL AHMEDOV!
'
O‘zbekistonning 2014 yildagi eng yaxshi ayol futbolchisi - Zebo Jo‘rayeva, "Sevinch" (Qarshi)!
'
"O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi" - Jamshid Iskanderov ("Paxtakor" yarim himoyachisi)
'
"O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi murabbiyi va O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi" - Samvel Babayan!
'
"O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi to‘purari" - Artur Gevorkyan.
'
"Yilning eng yaxshi laynsmeni" - Abduhamidullo Rasulov, FIFA referisi assistenti
'
"Yilning eng yaxshi hakami" - Ravshan Ermatov, Osiyoning besh karra eng yaxshi hakami
'
"Yilning eng yaxshi futzalchisi" - Artur Yunusov, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, klublar o‘rtasidagi OCh bronza medali sohibi
'
"O‘zbekistonning eng yaxshi yosh bolalar murabbiyi" - Temur Olimxo‘jayev, "Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi" - Islom Kenjaboyev (Navoiy viloyati)
'
"Feyr-pley" sovrini "Olmaliq" klubiga topshirildi. Sovrinni Igor Shkvirini M.Usmonovdan qabul qilib oldi
'
Turli nominasiyalar g‘oliblari e’lon qilinadi.
'
Jalolov Narimon Jalolovichga O‘FFning tashakkurnomasi taqdim etildi.
11:09'
"O‘zbekiston futbol federasiyasi" ko‘krak nishoni bilan quyidagilar taqdirlanishdi:
Sirojiddinov Fazliddin - O‘zbekiston futzal uyushmasi prezidenti;
Usmonov Jahongir Mirbarorovich - O‘zbekiston Futzal uyushmasi vise-prezidenti;
Dmitriy Kim - "Andijon" ayollar klubi bosh murabbiyi;
Gali Imomov - futbol faxriysi, sobiq futbol hakami;
Abdualiyev Habibulla - futbol faxriysi
'
So‘z O‘FF matbuot xizmati boshlig‘i Sanjar Rizayevga berildi.
11:02'
Jurnalist Zafar Imomxo‘jayevning savoli: "Osiyoning barcha mintaqalarida o‘zining musobaqasi bor. Markaziy Osiyo mintaqasida ham hududiy turnir tashkil etiladimi?
Javob: Bu borada ishlayapmiz. Aprel oyida Markaziy Osiyoning 6ta federasiyasi vakillari Toshkentga kelishadi. Bu yerda Assosiasiya nizomini tasdiqlaymiz. Albatta, erkaklar, ayollar, yoshlar va o‘smirlar terma jamoalari ishtirokida mintaqa vakillari orasida musobaqa tashkil qilamiz. Bu nafaqat 6ta davlat, balki 10-12ta davlat vakillari ishtirokida o‘tadi. Shunday rejalarimiz bor. Bunday musobaqalarni o‘tkazish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Bunga katta mablag‘lar kerak. Bunga manba kerak bo‘ladi. "Sport" kanali faoliyatini ham rivojlantirish haqida rejalar tuzilgan. Nasib qilsa, "Sport" kanali yiliga Federasiyaga 20 milliard so‘m pul berib turadi (kuladi)
'
Javob: "Biz kuni kecha barcha terma jamoalarimizning murabbiylar shtabini tashkil qildik. Agar O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Rio-2016 yo‘llanmasini qo‘lga kiritmasa, nafaqat Baxtiyor Ashurmatov, balki Terma jamoalar markazining hammasi ishdan ketadi! Professor Rustam Akromov, Asqar Tolibjonov - hammasi ishdan ketadi. Shunchaki Ashurmatovni "Navbahor" ajratib olishga ko‘nglim bo‘lmayapti. Klubga jabr bo‘lishini istamayapti
'
Jurnalist Xayrulla Xoliqov M.Usmonovga savol berdi. "Baxtiyor Ashurmatov ham O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi, ham "Navbahor" klubida ishlashi bir murabbiylik og‘irlik qilmaydimi?
'
Narimov Jalolov so‘zga chiqdi va Mirabror Usmonovga minnatdorchilik bildirdi. "Faxriylar xotirasi uchun 2014 yil davomida 19ta turnirlar ishtirok etishdi. Ammo ularda seleksionerlar ishtirok etishmadi. Bunday turnirlar orqali bo‘lajak Abduraimovlar, Krasniskiylar va Mirjalollarni topish mumkin. Bu masala jiddiy e’tibor qaratish kerak", - deydi Narimon Jalolov.
'
"Klubimiz nomidan "Nasaf" qa Qashqadaryo ftubol sha’niga bildirilgan iliq fikrlaringiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Federasiya tomonidan olib borilayotgan ishlar o‘z mevasini berib boryapti. To‘rt klubimiz OCHLda ishtirok etmoqda. Klubimiz qoshidagi futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilar safidan yaxshi futbolchilar yetishib chiqmoqda. "Nasaf" chiroyli o‘yinlar namoyish eta boshladi va OCHLda munosib ishtirok etishga harakat qilamiz".
'
So‘z "Nasaf" klubi bosh menejeriga berildi
'
"Namangan vakili sifatida "Navbahor" klubi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanganidan xursand bo‘ldik".
'
Ushbu mutaxassis futbolni rivojlantirishda qilayotgan ishlar, ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik uchun Hukumat rahbariyati va O‘FF mas’ullarga minnatdorchilik bildirdi
10:43'
So‘z Namangan futbol federasiyasi vise-prezidentiga so‘z berildi
'
Mirabror Usmonovning nutqi yakuniga yetdi
10:40'
Sport haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, biz ham O‘zbekiston fanlar akademiyasi bilan birgalikda O‘zbekistonlik sportchilarning kuchiga kuch qo‘shadigan, ammo dopping kirmaydigan dori-darmonlar yaratish ustid ish boshladik. Braziliyadagi olimpiadada foydalaniladi. Biz Rio-2016da 100dan ortiq sportchi bilan ishtirok etishni rejalashtiryapmiz. Umid qilaman, futbol bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar va ayollar olimpiya terma jamoalari tarixda ilk marotaba ishtirok etishadi!
10:36'
Davlatimizda "Keksalarni e’zozlash yili" deb e’lon qilindi. Hozircha birorta klubimizda keksalarni e’zozlash bo‘yicha tadbir o‘tkazilmadi. Barchamiz keksalarimizni e’zozlashimiz kerak.
10:35'
Nima uchun "Bunyodkor", "Paxtakor" va "NasaF"ning ishlari yaxshi? Chunki, ular o‘z futbol klublari orqali yoshlarga yaxshi e’tibor berishmoqda! Ana endi ularning tarbiyalanuvchilari klubni tortishmoqda. To‘g‘ri, ular 3-4 yil qiynalishdi, endi esa qiyin davrdan chiqib olishdi. Qolgan jamoalar ham o‘z yoshlariga e’tibor qaritishmasa bo‘lmaydi.
10:33'
Milliy olimpiya qo‘mitasining binosini qurib bitkazish uchun 67 milliard so‘m mablag‘ ketdi. Bu o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q. OAV vakillari faqat tanqid qilavermasdan, yutuqlarimizni ham yoritib borishlari kerak. Barcha sharoit va infratuzilmani yaratdik, endi mutaxassislardan natija talab qilamiz!
10:31'
2016 yil fevral oyida futzal bo‘yicha OSiyo chchempionati O‘zbekistonda o‘tadi. Unda kuchli to‘rtlikka kirgan jamoalar JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi!
10:30'
FIFA va XOQning yirik yig‘ilishlarida Blatter va Bax O‘zbekistonni o‘rnak sifatida ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston sport rahbarlari hukumat rahbariyati bilan hamkorlikda ishlamoqda. O‘zbekiston rahbariyati mamlakatda sportning rivojiga o‘z hissasini qo‘shmoqda!
10:26'
2005 yildan buyog‘iga yutuqlarimiz salmog‘i keskin oshdi. Futbolchilarimiz, murabbiylarimiz va hakamlarimiz ketma-ket qit’aning eng yaxshilari bo‘lishmoqda
10:25'
O‘smirlar va yoshlarimiz haqida gapirsak, 1994-2004 yillar davomida o‘zbek futboli erishgan natijalar: yoshlarimiz 2003 yilda bir marta JChga chiqqan, "Paxtakor" 2002 yilda Osiyoning eng yaxshi klubi deb topilgan", "Neftchi" OCHL yarim finaligacha yetib borgan. Bo‘ldi shu
10:22'
Endi tibbiy markazdagi har qanday analiz natijalarini 10 daqiqada chiqarib beradi. Bunday laboratoriya hali O‘zbekistonda yo‘q. Sportchilarimizga ana shunday sharoitlarni yaratyapmiz
10:21'
Shu yilning 1 aprelidan boshlab "Futbol MED" tashkilotini yopyapmiz. Buning sababi: yangi qurib bitkazilayotgan O‘zbekiston olimpiya qo‘mitasi binosida yangi tibbiyot markazi ochilyapti. U markaz o‘ta zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta’minlanmoqda. Bunday tibbiyot markazi Germaniya, Koreya, Xitoydan keyin to‘rtinchi bo‘lib O‘zbekistonda qurildi. Endi barcha sportchilar mana shu tibbiy markazda ko‘rikdan o‘tkaziladi.
'
"Men jurnalistlarga alohida minnatdorchilik bildiraman. Futbolimiz kamchiliklarini aytib, bizga turtki berib turgani uchun xursandman. Ular bizga turtki berib turmasa, futbolimiz rivojlanmaydi!"
10:19'
"Hozircha ro‘yxatni e’lon qilmayman. Lekin biz kerakli mutaxassislar va yuristlar bilan ish olib boryapmiz. Kerakli choralarni albatta ko‘raman! Bunday ishga yo‘l qo‘ygan hakamlar ham ftuboldan chetlatiladi"
10:17'
O‘zbekistonda kelishilgan o‘yinlarni yo‘q qilishimiz kerak!!! Tan olishimiz kerak, kelishilgan o‘yinlar Oliy ligada ham, Birinchi ligada ham ro‘y berib turibdi! Buni tegishli joylardan kuzatib turishibdi! Kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgan o‘zbekistonlik futbolchilarning ro‘yxati bor! BU ro‘yxatda klub rahbarlari va murabbiylari ham bor! Ular ham ro‘yxatda bor. Shuni inobatga olib qo‘yinglar, nasib qilsa, men bu yil 2-3 klub murabbiylari va klub prezidentlarini butun umr futboldan chetlataman!"
10:15'
"Oliy liganing 2014 yilida 4ta jamoamiz kurash olib bordi. O‘ylaymanki, 2015 yilda chempionlik uchun 5ta klub kurash olib boradi. Biz shunga yetib keldik".
10:14'
30 aprel kuni OFKning Kongressi bo‘lib o‘tadi. Sardor Rahmatullayev OFK Ijroqo‘m a’zoligiga nafaqat O‘zbekistonnning balki, Markaziy Osiyo vakili sifatida o‘z nomzodini qo‘ydi. Endi OFKning muhim qarorlarini qabul qilishda O‘zbekiston vakili ham ishtirok etishadi
10:12'
OFK va FIFA bilan maslahatlashgan holda, yangi tashkil etilgan Markaziy Osiyo futbol federasiyasining bosh qarorgohi Toshkentda bo‘ladigan bo‘ldi. Biz endi mintaqadagi 6ta davlatda futbolning rivojiga mas’ul bo‘ladi
10:11'
OFK ham yutuqlarimizni tan olib, Chempionlar ligasining ushbu mavsumida 4ta klubimiz ishtirok etishmoqda. O‘zbek futbolining obro‘sini mana shu 4ta klubimiz himoya qilishi kerak. Barcha jamoalarimizda keyingi bosqichga chiqish imkoniyatiga ega. Mana shu 4ta klubimiz rahbarlari futbolchilarga e’tibor berib, yoshlarning o‘sishini ta’minlash lozim".
'
"Shuningdek, viloyatlardagi futbol federasiyalarga minnatdorchilik bildiraman. Ularning ish faoliyatini yanada yaxshilash kerak".
10:08'
Yurtimiz futboli katta ishlarni amalga oshirib, OFK va FIFA oldida yaxshi obro‘ga ega bo‘ldi
10:07'
Deyarli har bir mahallada mini-futbol maydonlari qurilib, yoshlarimiz sport bilan shug‘ullanib, boshqa ishlar bilan shug‘ullanmasdan, sport bilan mashg‘ul bo‘lishmoqda. Xabaringiz bor, mustaqillik davrida xalqimizning umr ko‘rish davomiyligi 5 yilga oshdi. Bu ham xalqimizning yutuqlaridan biri"
10:06'
"Ana endi natijalar talab etiladigan vaqt kelib. Men davlatimiz va hukumatimiz rahbariyati alohida minnatdorchilik bildiraman. Yurtimizda 12ta stadion, 12 ta futbol maktabi va 4 ta akademiyada qurib, ishga tushirildi".
10:04'
"Assalomu alaykum, 2014 yil yakunlari va 2015 yil vazifalarini haqida suhbatlashib olish uchun yig‘ildik. Menga katta hisobotni taqdim etishgan. Ularning barchasiga to‘xtalib o‘tirmayman. Xursandchilik bilan aytib o‘tishim kerak, avval ham aytganman, O‘zbekiston futboli rivoji va poydevori uchun 8-10 yil kerakligi haqida gapirib yurardim"
10:03'
Sardor Rahmatullayev tadbirni ochib, kun tartibi bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi. So‘z Mirabror USmonovga berildi
'
Diqqat, prezidiumdan O‘FF prezidenti Mirbaror Usmonov, Madaniyat va sport ishlari vaziri o‘rinbosari Murod Aliye, O‘zPFL bosh direktori Farhod Magomatov, O‘FF vise-prizedenti Sardor Rahmatullayev, futbol faxriysi Narimon Jalolov o‘rin olishdi
'
O‘FF matbuot anjumanlari zali futbol ommasi vakillari bilan to‘lgan. Barcha tadbirning boshlanishini kutmoqda
'
O‘zbekiston futbol federasiyasi bugun bir nechta nominasiyalar bo‘yicha 2014 yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o‘tkazadi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.